Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakultet iqtisodiyot kafedrasi



Download 67,4 Kb.
bet9/11
Sana29.12.2021
Hajmi67,4 Kb.
#79646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mirshod(1)

Ta’sirchanlik - tashkilot maqsadlariga erishish darajasi.

Tejamlilik- zaruriy va sarflanayotgan resurslar (xarajatlar)ni

nisbati.



Foydalilik- jami xarajatlar va daromadlar o‟rtasidagi nisbat.

Mehnat faoliyati sifati - xodimlarning mehnat sharoitlari.

Innovaцiya faolligi - tashkilot faoliyatining turli soxalariga yangiliklarni joriy qilish va boshqalar

Bozor munosabatlari tobora rivoj topib borayotgan bir davrda mamlakatimiz iqtisodiyotida xizmat ko’rsatish sohasining hissasi asta-sekinlik bilan oshib bormoqda. Yaqin tarixga nazar tashlaydigan bo’sak, iqtisodiyot deyilganda, asosan moddiy ishlab chiqarish tushunilar edi. Endilikda iqtisodiyot deyilganda uning ko’lami faqat ishlab chiqarish emas, balki minglab xizmat turlarini birlashtirgan sohalar majmuiga aylanib bormoqda.

Jamiyatimiz taraqqiyotining bosh omillaridan biri milliy daromadni yaratuvchanlik faoliyatida ishtirok etuvchi xo’jalik sub’ektlari faoliyatini samaradorligini oshirish va amaldagi iqtisodiy islohotlarning ustivor yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyatini keng ko’lamda rag’batlantirish, milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, mamlakat milliy iqtisodiyotining eksport potensialini oshirish kabi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yo’nalishidagi islohotlar hisoblanadi. Buning uchun esa turli xil mulk shakllarida faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlarida tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish va ularning ishlab chiqarish jarayoni samarasini o’sishidan. manfaatdorligini oshirish bo’yicha yetarli moliyaviy-iqtisodiy zamin yaratilish lozim.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat asosida faoliyat yurituvchi har qanday xo’jalik sub’ektlari moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi bosh omillaridan biri ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasi, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar bo’yicha olingan pul tushumlari hisoblanadi

Mahsulot realizatsiyasidan tushumning iqtisodiy mazmuni, birinchidan, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning iqtisodiy-moliyaviy natijalarini puldagi aks etishi hisoblanadi. Shuningdek mahsulot realizatsiyasidan tushum takror ishlab chiqarish jarayonidagi yaratilgan tovar hamda ko’rsatilgan xizmatlarning abstrakt va konkret mehnatini o’zida aks ettiradi, ya’ni takror ishlab chiqarish jarayonining qayta ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol bosqichlaridagi harajatlarning hamma elementlarini va foydani, ya’ni yangidan yaratilgan qiymatni o’z ichiga oluvchi asosiy moliyaviy kategoriya hisoblanadi.

Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarining moliyasi moliya tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib, u yalpi ichki mahsulotni yaratish, taqsimlash va sarflash jarayonlarini o’z ichiga oladi. U asosan jami ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan moddiy ishlab chiqarish sohalariga xizmat qiladi.

O’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra xizmat ko’rsatish korxonalarining moliyaviy munosabatlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha guruhlanishi mumkin:

1) xizmat ko’rsatish korxonasini tashkil qilish vaqtida – ustav kapitalini tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan ta’sischilar o’rtasidagi pul munosabatlari. Ustav kapitali ishlab chiqarish fondlarini tashkil qilishning dastlabki manbai bo’lib hisoblanadi;

2) xizmat ko’rsatish va sotish bilan bog’liq bo’lgan o’zaro korxonalar o’rtasidagi pul munosabatlari. Bu asosan mol etkazib beruvchilar bilan xaridorlar o’rtasidagi munosabatlardir;

3) qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish va joylashtirish, o’zaro kredit berish va qo’shma korxonalarni tashkil eishda hissa qo’shib qatnashish bilan bog’liq bo’lgan xizmat ko’rsatish korxonalari o’rtasidagi pul munosabatlar;

4) harajatlarni mablag’ bilan ta’minlash, foyda va aylanma mablag’larni taqsimlash va sarflash bilan bog’liq bo’lgan korxonalar bilan ularning filial, sex, brigada kabi bo’limlari o’rtasidagi pul munosabatlar.

5) daromadlarni taqsimlash va sarflash, aksiya va obligasiyalarni chiqarish va joylashtirish, aksiyalar bo’yicha dividendlar va obligasiyalar bo’yicha foiz to’lovlari to’lash bilan bog’liq bo’lgan xizmat ko’rsatuvchi korxonalar bilan ularning ishchi xodimlari o’rtasidagi pul munosabatlar;

6) xizmat ko’rsatuvchi korxonalar bilan ularning yuqori tashkilotlari o’rtasida, xolding ichida, korxona a’zo bo’lgan uyushma va assosiasiyalar bilan vujudga keladigan pul munosabatlar. Moliyaviy munosabatlar markazlashtirilgan maqsadli pul fondlarini va rezervlarni tashkil qilish, taqsimlash va sarflash, marketing izlanishlarini, ilmiy-tekshirish ishlarini bajarish, ko’rgazmalar tashkil qilish, investisiya loyihalarini amalga oshirish va aylanma mablag’larni to’ldirish uchun qaytarish sharti bilan moliyaviy yordamlar ko’rsatish jarayonida vujudga keladi.

Xulosa

Kurs ishi natijalari shuni ko`rsatmoqdaki, ma`suliyati cheklangan jamiyatlar tuzilmalarida strategik boshqaruvni takomillashtirishda quyidagi yo`nalishlarga asosiy e`tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir:

1. O`z xodimlarini ish malakasini oshirishga qaratishi lozim va ko`proq yosh xodimlarni sinov asosida ishga qabul qilishlarini taklif qilaman

2.Diversifikatsiyalash ( yangi turdagi qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, ya`ni bo`yoqlar, quruq sement aralashmalari va gipsokarton )

3.Xodimlar sonini ish hajmiga moslashtirish (qo`shimcha ishchi kuchlarini korxonaga jalb qilish).

4.Yangi texnika va texnologiyani sotib olishga mablag` ajratishini ko`zda tutish.

Strategik boshqaruv tamoyillarini to`g`ri belgilash va boshqaruv tizimining samarali amal qilishini ta`minlashning asosiy maqsadi bozor iqtisodiyotida yuz berishi mumkin bo`lgan ichki va tashqi nomutanosibliklar va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari, hamda xom-ashyo va materiallarning samarsiz ishlatilishini oldini olishdan, ishlab chiqarishni boshqarishni bozor talablariga tobora ko`proq moslashtirishdan iboratdir, deb aytish mumkin.

Bugungi kunda iqtisodiyotimizni tarkibiy o’zgartrish jarayonlarini chuqurlashtrishda mamlakatimiz hayotining dеyarli barcha jabhalarini qamrab olgan. Respublikada yangi ishlab chiqarish sohalarini yaratish va eskilarini modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy qilish bo`yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizni ham tashqi, ham ichki bozorda mavqega ega bo`lishini ta`minlash uchun korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish darkor. Korxonalar raqobatbardoshligini oshirish qat`iy tejamkorlik tuzilmasini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlarini va mahsulot tannarxini kamaytirishni talab etmoqda. O`tgan yili faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga Boshqaruv tizimini takomillashtirish yo`nalishlarini belgilash dastlab bo`linmalar va ularning tarkibiy guruhlarining bajarayotgan ishlari ko`lamini aniq belgilab berish, ularning ma’suliyatida bo`lgan ishlar uchun vakolatlilik darajasi va javobgarligini to`g`ri taqsimlashga qaratilishi zarur. Ayniqsa, korxonada ishlayotgan ta`sischilar ma`suliyati cheklangan jamiyatlarida mulkiy ulushini hisobga olish bilan birga ularning korxona faoliyatining umumiy natijasiga qo`shayotgan mehnat hissalari tabaqalashgan tarzda baho berib borish katta ahamiyatga egadir. Yuqorida ta`kidlangan boshqaruv tamoyillarini tadbiq etishda quyidan yoki yuqoridan vujudga kelayotgan tashabbuslarni qo`llab quvvatlash, bu tashabbuslarni chuqur o`rganish orqali avtonom qarorlar qabul qilish va hatto alohida moddiy mablag`lar bilan ta`minlash imkoniyatlarini yaratish kerak bo`ladi. Bunda bir tomondan tarkibiy bo`linmalarning o`zaro hamkorlik qilishlari uchun sog`lom muhit yaratilib borilsa, ikkinchi tomondan bo`linmalar o`rtasida halol raqobat muhitini shakllantirish imkoniyat tug`iladi.




Download 67,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish