Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakultet iqtisodiyot kafedrasi


Boshqaruv Jarayonida chuqurlashtrishning strategik rejalashtrishning o’ziga xos xususiyatlari



Download 67,4 Kb.
bet5/11
Sana29.12.2021
Hajmi67,4 Kb.
#79646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mirshod(1)

2.Boshqaruv Jarayonida chuqurlashtrishning strategik rejalashtrishning o’ziga xos xususiyatlari

Strategik rejalashtirish - bu boshqaruv jarayoni bolib, kompaniyani rivojlantirish maqsadlari va ularga erishish yollarini ishlab chiqishga qaratilgan. Strategik rejalashtirish korxona menejmenti uchun asosni yaratadi, butun kompaniyani birlashtiradi hamda uning barcha darajalarini qamrab oladi.

Strategik rejalashtirish faqat rahbariyatning vazifasi emas, unga kompaniyaning barcha darajalaridagi xodimlar jalb etilishi kerak. Strategik rejalashtirishning asosiy tushunchalari kompaniya missiyasi (kompaniya vazifasining tarifi), qadriyatlari, asosiy kompetentsiyalari (kompaniya nimani yaxshiroq uddalaydi), kelajak tasavvuri (kompaniyaning bir-ikki yil uchun kelajakdagi obrazi), strategik muammolar (maqsadlarga erishishga tosqinlik qiladigan tizimli muammolar), strategik muammolarni yengishga qaratilgan maqsadlar vazifalar va ularga erishish yollarini oz ichiga oladi.

Rejalashtirish bozor bilan umuman mos kelmaydi, deb hisoblagan bozor munosabatlari tarafdorlari ham bugungi kunda ozlarining avvalgi fikrlarida qattiq turmayaptilar. Vaqt va hayotning ozi, xususan, koplab xorijiy kompaniya, firma va korxonalar tajribalari rejalashtirish va bashorat qilishning muhim ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydilar. Masalan, Rossiyada islohotlar boshida qabul qilingan «tadbirkorlar Rossiyani qutqaradilar» shiori garchi nafaqat Rossiya, balki barcha sobiq ittifoq mamlakatlarining barchasida ham biznes va tadbirkorlik sohasi iqtisodiyotning ustivor yonalishiga aylangan bolsada, yumshoq qilib aytganda oz tasdigini topdi.

Gap shundaki korxona bu nafaqat bozor subyektidir, u shu bilan bir paytda davlat tizimining elementi ham hisoblanadi. U davlat boshqaruv tizimi va siyosatidan toliq mustaqil bola olmaydi. Markazlashgan iqtisodiyotga asoslangan mamlakatlarda bozor munosabatlarini erkinlashtirish yonalishida amalga oshirilgan islohotlar ishlab chiqarish jarayonini chetlab otib, shu bilan bir paytda mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxonalarda mehnat motivatsiyasi va rejalashtirish tizimini sezilarli ravishda ozgartirib yubordi. Menejment sohasi mutaxassislarining takidlashicha, butun rejalashtirish va boshqaruv tizimi xodimlarning ish sifati va samaradorligini oshirishdan manfaatdorligiga yonaltirilishi lozim bolib, bu firma rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Biroq bu xuddi boshqa muvaffaqitlar kabi ozidan-ozi kelmaydi. Buning uchun resurslar asoslaridan tashqari mohir tashkilotchilik, ilmiy asoslangan rejalashtirish va boshqaruvni talab qilinadi. Ayniqsa kishilarning ishlab chiqarish mehnatidan moddiy manfaatdorligi muhim ahamiyat kasb etib, bugungi kunda buni mehnat hayotining sifati deb nomlanadi.

Masalan, Janubiy Koreyaning «DEU» transmilliy firmasi rahbari Kim U Jung takidlashicha: «biznesda odam boshqa hech qayerda bolmagan ahamiyatga ega. Inson - hamma narsadan yuqori. U buyuk kuchdir. Shu sababli kompaniyalar tobora koproq kadrlar bilan bogliq masalalarga etibor qaratmoqdalar. Chunki umuman olganda odamlar ishlaydilar. Firmaning gullab-yashnashi yoki inqirozga uchrashi ularga bogliq«. Shu sababli bolsa kerak, Yaponiya firmasi «Matsusita» quyidagi shiorni tanlab olgan: «narsalarni yaratishdan avval «Matsusita» kadrlarni yaratadi». Bugungi kunda Ozbekistonda turli mulkchilik shaklidagi, turli soha va tarmoqlarga taaluqli 300 mingdan ortiq korxona mavjud bolib, ulardan 280 mingtasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi. Ularning ishlab chiqarish faoliyati, shubhasizki, rejalashtirish va boshqarish obyekti bolib, bozorga va istemolchilar talabini qondirishga yonaltiriladi. Amaliyotning korsatishicha, ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirishda har bir korxona ozining bugungi kundagi va kelajak uchun strategiyasini belgilab oladi.

Mazkur holatda strategiya kelajak uchun umumiy goyani shakllantirshga imkon berdi. Rejalashtirish jarayonining ozi va bevosita strategik reja esa korxonaga aniqlik, individuallik hadya etib, bu unga malum turdagi xodimlarni jalb qilish va boshqa turdagi xodimlarni jalb qilmaslikka imkon beradi. Bu reja korxona uchun istiqbollar ochib berib, yangi xodimlarni jalb qiladi, mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari uni sotishga komaklashadi.

Rejalar shunday tuzilishi kerakki, ular uzoq vaqt davomida buzilmasligi, shu bilan bir paytda zarur hollarda yonalishni ozgartirishga moslashgan bolishi lozim. Amalda rejalashtirish jarayonida ikkita muhim savolga javob topish zarur:



  1. korxona uchun bozordagi vaziyat bilan bogliq joriy vazifalarni bajarishda tosiqlar yaratmaydigan strategik maqsadni qanday tanlash

2) strategik maqsadlarga tayangan holda eng murakkab va kutilmagan hodisa va tashqi tendentsiyalarga munosib va samarali javob qaytarishi uchun moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini qanday shakllantirish lozim. Avvalgi buyruqbozlik tizimidagidan farqli olaroq ko`plab korxonalarda, ayniqsa, mikrofirma va kichik korxonalarda rejalar mustaqil ravishda ishlab Korxona maqsadlari, kuchli va zaif tomonlarni baholash tashqi muhit tahlili va baholanishi, stratеgiyani amalga oshirish, stratеgiyani bеlgilash, muqobillarni tanlash, stratеgiyani baholash, korxona missiyasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Biroq korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish xuddi avvaldagi kabi korsatkichlar tizimi yordamida amalga oshirilib, bu korsatkichlar sifat va miqdor, hajm va solishtirma turlarga taqsimlanadi.

Miqdor korsatkichlari – absolyut korsatkichlar bolib, bu qatorga yalpi va tovar mahsulotlar hajmi, sotuv hajmi, xodimlar soni, ish haqi fondi, foyda yoki daromad miqdori, ishlab chiqarish resurslarining sarflanishini kiritish mumkin.

Sifat korsatkichlari - nisbiy kattalik hisoblanadi. Ular ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini, uning ayrim omillarini aks ettiradi. Bu mehnat mahsuldorligining osishi, mahsulot tannarxining pasayishi va hokazolardir. Bu qatorga shuningdek, ozaro miqdor korsatkichlarini ifodalovchi korsatkichlar, masalan, ishlab chiqarish rentabelligi, fond sigimi, mahsulot sifati va boshqalarni ham kiritish mumkin.

Hajm korsatkichlari- ishlab chiqarishning, uning ayrim jarayonlari va unda ishtirok etuvchi omillarning absolyut kattaligini belgilaydi. Bu qatorga masalan, yalpi, tovar va sotilgan mahsulot hajmi, mehnat xarajatlari hajmi, olingan foydaning umumiy hajmi va boshqalar kiritiladi.

Solishtirma korsatkichlar - ikki yoki undan ortiq ozaro bogliq korsatkichlar va mahsulot birligi xarajatlari salmogining nisbatlarini tavsiflaydi. Masalan, mahsulot birligiga metall, elektr energiyasi, yoqilgi sarflanishi, ishlab chiqarish quvvati birligiga kapital qoyilmalar, jami tolovlar hajmida mukofotlarning salmogi va hokazolar. Ushbu barcha korsatkichlar ortasida ozaro aloqalar mavjud. Bu korsatkichlar rejalashtirish jarayonida ham, korxonaning xojalik faoliyatini tahlil qilishda ham qollanadi.

Bozor munosabatlari sharoitlarida har bir korxona ishlab chiqarishning toxtovsiz osishi, mahsulot sifatining oshirilishi va uning oz vaqtida sotilishi, shuningdek, rejalashtirilgan foyda va daromadni oz vaqtida olish asosida ozining gullab-yashnashini taminlashga intiladi. Shu sababli korxona faoliyati kop maqsadli va dinamik xarakterga ega boladi. Birinchidan, fan-texnika 17

taraqqiyotiga yonaltirilgan, ikkinchidan, ishlab chiqarish quvvatlari va resurslardan samarali foydalanishga erishuvchi, uchinchidan esa, bozor konyunkturasiga oz vaqtida va tezkorlik bilan javob berishi mumkin bolgan korxona rivojlanadi va gullab-yashnaydi. Istiqboldagi vaziyatni qatiy rejalashtirish bu holda ozini oqlamaydi.

Bozor konyunkturasi va raqobat, talabga mos ravishda chiqarilayotgan mahsulot tavsifnomasiga ozgartirish kiritish imkoniyatlari bilan bogliq bolgan uzoq muddatli dastur talab qilinadi. Bu vazifa odatda istiqbolga yonaltirilgan korxona faoliyatini joriy rejalashtirish jarayonida aniqlangan korsatkichlarni tartibga solish yoli bilan bajariladi. Shu sababli koplab korxonalar bozor konyunkturasining ozgarib turishini hisobga olgan holda ishlab chiqarish texnologiyasiga tezkor ozgartirishlar kiritish hamda bunda asbob-uskuna va qurilmalarning imkoniyatlarni kengaytirish, butlovchi qismlar va materiallarni bir xillashtirish, mahsulot sifatini oshirish va assortimentini kengaytirishga majbur boladilar.

Korxona faoliyatini rejalashtirish vazifalari qaysidir manoda malum bolgani sababli uni rejalashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida tartibga solish zamonaviy fan tomonidan nisbatan kam tadqiq etilgan va umumlashtirilgan. Bu yerda amaliyot nazariyadan ancha ilgarilab ketgan.

Shunday bolsada, korxona faoliyatining oldindan belgilab qoyilgan korsatkichlarini tartibga solishga togri keladi. Bu istemolchilik talabining ozgarishidan tashqari, korxona hayotida va iqtisodiy muhitda roy berayotgan yangi vaziyatlar, xom-ashyo va materiallar taminotchilari bilan aloqalar, siyosiy vaziyat va hokazolarga bogliq boladi.

Gap shundaki, bugun ishlab chiqarilayotgan narsa ertaga yoki indinga kerak bolmay qolishi mumkin. Shu sababli rejalashtirish nafaqat bugungi, balki ertangi kunga ham yonaltirilgan bolishi loim. Hech qaysi korxona oz faoliyatida istiqbolni kozdan qochira olmaydi. Bu bozor sharoitlarida korxona barqarorligining asosiy qoidasidir. Barcha xodimlar, ayniqsa, korxona rahbariyati shuni aniq bilishi kerakki, bugungi kunda oson bajarilayotgan har qanday ish 3-5 yildan song qiyinlashishi yoki umuman imkoni bolmay qolishi mumkin. Demak, oldindan belgilab qoyilgan reja (bashorat) korsatkichlarini tartibga solish – korxona faoliyati va ishlab chiqarishni bashorat qilish va rejalashtirishning uzviy bir qismi hisoblanishi mumkin.

Tartibga solish bu hodisa va jarayonlarni yolga qoyish, bir tartibga keltirish jarayonidir. Shuningdek u boshqaruv mexanizmi va ularning elementlarini normal va samarali ishlaydigan holatga keltirishni ham anglatadi.

Rejalashtirishga nisbatan bu yerda gap shu haqda boradiki, oldindan ishlab chiqilgan reja va dasturlarni ozgarib turuvchi sharoitlarga moslashtirish, ular rejali iqtisodiyotda bolgani kabi har qanday baho evaziga bajarilmasdan, bozor talablariga mos kelishi hamda korxona maqsadlariga erishish, ishlab chiqarishning daromadli va foydali bolishiga xizmat qilishi lozim. Har holda zamonaviy biznes va tadbirkorlik aynan shu tamoyillarga asosan faoliyat korsatadi. Rejada belgilab qoyilgan, kechagi kun ishlab chiqilgan va bugunda oz ahamiyatini yoqotgan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat korsatish mumkin emas.

Gap shundaki, korxona faoliyatining oldindan belgilab qoyilgan korsatkichlarini tartibga solish malakasiz rejalashtirishning sababi va natijasi bolib, ishlab chiqarishni tashkil qilish va rejalashtirish jarayonlarida turli xato va kamchiliklar natijasida yuzaga keladi. Shu sababli ayrim korxonalarning, ayniqsa, biznes va tadbirkorlik sohasida hayotiylik davri yuqori bolmaydi, ular zarar keltiradigan korxonalarga aylanadilar va hatto bankrotga ham uchraydilar. Amaliyotning korsatishicha, asoslangan rejalashtirish odatda obyektiv zarurat talab qilgan hollardan tashqari kelgusida tartibga solishni talab qilmaydi. Korxona joriy faoliyatini tartibga solishdan maqsad quyidagilardan iborat: - barqaror ishlashni taminlash; - minimal xarajatlar bilan maksimal natijalarga erishish; - chiqarilayotgan mahsulotning sifat korsatkichlarini yaxshilash; - ishlab chiqarish rentabelligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish. Bugungi kunda, iqtisodiyotning nodavlat sektorini rivojlantirishga katta etibor qaratilayotgan bir paytda biznes va tadbirkorlik sohasi ustivor ahamiyat kasb etib, korxonalarning iqtisodiy faoliyatda erkinligi kuchaymoqda, rejalashtirish va tartibga solish jarayonlarini hech kim cheklab qoymayapti.

Hozirda korxonalarga yuqoridan buyruq va korsatmalar asosida topshiriqlarni belgilab beruvchi vazirlik va mahkamalar tizimi yoq. Korxonalarning katta qismi ishlab chiqarishning borishi va natijalarini ozlari rejalashtiradi va tartibga soladi.

Shu bilan bir paytda yuqorida aytib otilgan mustaqillik va iqtisodiy xatti-harakatlar erkinligi korxonalar faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini inkor qilmaydi. Masalan, AQSH, Yaponiya va boshqa bazi mamlakatlarda hukumat organlari asosan yirik korporatsiyalar bilan birgalikda ishlaydi. Bunda ular quyidagilarni aniqlaydi: - zarur investitsiyalar hajmi va tarkibi; - texnika darajasi, shuningdek, eng muhim mahsulot turlarining hajmi va proportsiyasi; - oylik ish haqi darajasi va korxona faoliyatining boshqa ayrim turlari.

Belgilangan umummilliy vazifalar iqtisodiy tartibga solish vositalari – soliqlar, kreditlar, subsidiyalar va kvotalar yordamida bajariladi. Shu sababli davlat bozor mexanizmiga aralashmasligi lozim va bozor tolaligicha ozini-ozi tartibga soluvchi, iqtisodiyotning bir tekisda proportsional rivojlanishini qollab-quvvatlashga qodir tizim deb hisoblovchilar unchalik haq bolib chiqmaydilar. Davlat ota ehtiyotkorlik bilan bozor mexanizmiga aralashuvi, uning kamchiliklarini togrilashi, raqobatning yakkahokimlikka aylanishining oldini olishi, biznes va tadbirkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirishi, baho diskriminatsiyasi va boshqa salbiy tendentsiyalarga qarshilik korsatishi lozim.

Bozor mexanizmiga davlatning aralashuvi zarurligi jahonda va mamlakatimizda toplangan tajribalardan korinib turibdi. Prezident I.Karimovning «Ozbekiston – bozor iqtisodiyotiga otishning oz yoli» kitobida qayd etganidek: «Bozor munosabatlariga otish davrida davlat ijtimoiy hayot va iqtisodiyotning barcha sohalarini ozgartirishni ishlab chiqishi va ketma-ketlikda amalga oshirishi lozim. Ozini-ozi tartibga soluvchi bozor sof korinishda umuman mavjud emas. Davlat har qachon ham ozining alohida ahamiyatga ega bolgan roli tufayli iqtisodiy jarayonlarga tasir korsatib kelgan.

Shu sababli zamonaviy bozor bu davlat tomonidan tartibga solinuvchi bozordir» Quyidagilar davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yonalishlari hisoblanadi: - mamuriy-huquqiy tartibga solish: - iqtisodiyot va biznes uchun huquqiy asoslarni yaratish; - qonunlarga rioya qilinishini taminlash; - jamiyat hayotining eng muhim sohalarini boshqarish; - davlat dasturlari va buyurtmalari; - moliya va soliq siyosati; - ijtimoiy siyosat.

Ozbekiston Respublikasi hukumati davlatning tartibga solish funktsiyasini jahon xojalik amaliyotida malum bolgan va tekshirib korilgan iqtisodiy tartibga solish vositalari yordamida amalga oshiradi. Masalan, soliq siyosati davlat va mahalliy byudjetlarni shakllantirishning fiskal funktsiyalarini bajarishdan tashqari ishlab chiqarish tuzilmasi, dinamikasi va joylashuviga iqtisodiy tasir korsatish mexanizmi vazifasini ham bajaradi. Imtiyozli soliqqa tortish biznes va tadbirkorlikni ragbatlantirishning eng kuchli vositalarida hisoblanadi.

Davlat tomonidan tartibga solish bozor mexanizmini toldirib, unga ozgartishlar kiritadi, biznes va tadbirkorlikning oyoqqa turib olishiga komaklashadi. Bunda u maksimal darajada maksimal pogonada, minimal darajada minimal pogonada tarqaladi. Tartibga solish, qaysi miqyosda amalga oshirilishidan qatiy nazar doimiy harakat, talab va taklif, daromad va xarajatlar ortasida muvozanatga intilish hisoblanadi.

Bu tenglik doim ham taminlanmasada, u kongildagidek darajada bolavermaydi. Biroq barcha hollarda ham davlat tomonidan tartibga solish va korxonaning ozini-ozi tartibga solishi iqtisodiyot va biznesni boshqarishning muhim elementi bolib qolaveradi. «Ekonomiks» darsligi muallifi Samuelsonning fikricha, busiz «bir qol bilan qarsak chalganday» qolaveramiz.

Tashkilotni boshqarishning strategiyasi - bu tizimning turli bosqichi (pogonasi)da joylashgan va tashkilotning ishlab chiqarish (xizmat korsatish) tuzilmasi sifatida faoliyat korsatishini taminlaydigan ozaro bogliq boshqaruv organlarining yigindisidir. Tashkilotni boshqarish tuzilmasi nisbatan alohida qismlarga - boshqaruv organlari (bolinmalar, bolimlar, byurolar, tsexlar, qismlar, markazlar, filiallar, kichik korxonalar, ayrim rahbarlar)ga bolinuvchi boshqaruv apparati (shtabi) dan iboratdir. Korxonani strategik boshqarish va rejalashtirish samaradorligini oshirishda kozda tutilgan barcha tadbirlar, amaliyotning korsatishicha, ishlab chiqarishni rivojlantirish vazifasi korxona rahbariyatidan tashqari xodimlar jamoasining ham zimmasida bolsa muvaffaqiyatli tuzilishi, kelgusida esa oz vaqtida va samarali amalga oshirilishi mumkin. Xodimlar iqtisodiyotda boshqaruvning aktsiyadorlik shakllari yetakchilik qilayotgan, biznes va tadbirkorlik faqatgina biznes uchun tugilgan, tanlangan shaxslarning emas, balki har bir shaxs shugullanishi mumkin bolgan hozirgi sharoitlarda koplab xojalik subyektlarining xulq-atvori uchun qoidaga, deyarli zaruratga aylanib bormoqda.

Biroq, korxona muvaffaqiyati yolidagi butun jamoaning, kollektivning harakatlari ilmiy menejment tamoyillari va talablariga zid kelmasligi kerak.

Birinchidan, jamoaning har bir azosi – oddiy ishchidan to birinchi rahbargacha korxonada belgilangan qonun-qoidalarga asosan oz vazifa va majburiyatlarini bajarishi, ikkinchidan, mansabdor shaxslar, bolinma va xizmatlar ortasidagi ozaro boysinishning taminlanishi, uchinchidan esa, boshqaruvni tashkil qilishda chuqur bilimga ega xodimlarni imlarni tanlash va samaradorlik taminlanishi lozim. Malumki, har bir shaxs oziga yarasha alohida hususiyatlarga ega 22

boladi. Agar rahbar xodim, mutaxassis oz salohiyatini toliq ochib berishini istasa boshqaruv jarayonida har bir shaxsga oziga xos yondashishi zarur. Inson tabiatini yaxshi bilmagan rahbar muvaffaqiyatga umid qilishi qiyin, tashkiliy reja esa qogozda qolib ketadi. Tajribalarning korsatishicha, koplab qol ostidagi xodimlar faoliyati kop jihatdan rahbariyat bilan munosabatlar xarakteriga bogliq boladi.

Aynan rahbariyat kimning nima ish qilishi va kim nima uchun javobgar bolishini belgilab beradi. Boshqaruv sanatidan yaxshi xabardor bolish rahbariyatning turli xil ichki va tashqi vaziyat omillarini oldindan kora bilish qobiliyatini anglatadi. Bu jarayonning asosini rejada kutilayotgan natijalarni beradigan darajada odamlar faoliyati va ishni tashkil qilish hisoblanadi. Bu esa kop jihatdan toplangan ish tajribasidan tashqari, boshqaruv usullariga, asosiy vazifalarni ikkinchi darajali vazifalardan ajrata olish, jamoaning va har bir shaxsning hatti-harakatlarini baholash va ragbatlantirish qobiliyatiga bogliq boladi. Korinib turganidek, boshqaruvni tashkil qilish kop qirrali jarayon bolib, oz mazmuniga kora oddiy boshqaruvdan koproq manoni anglatadi. U odatda, avvalo, korxona rahbariyati tomonidan boshqaruv tuzilmasi va kommunikatsiya tizimini shakllantirish, ishlab chiqarishning borishini nazorat qilish boyicha belgilangan boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi bilan bogliq boladi. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruvni tashkil qilish ikki xil jihatga ega: ishlab chiqarishni tashkil qilish va ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil qilish. Tashkil qilish jarayonida korxonaning tanlangan rivojlanish strategiyasi bilan uning boshqaruvi tashkiliy tuzilmasi ortasidagi munosabat muhim ahamiyat kasb etadi. Koplab olim va mutaxassislar fikriga kora boshqaruv tuzilmasining rivojlanish strategiyasiga mos kelishi eng yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishdan tashqari, ortiqcha boshqaruv xarajatlarini kamaytirish, boshqaruvning tizim sifatida moslashuvchanligi hamda korxonaning raqobatli muhitda yashovchanligi va uning osishida ham katta ahamiyatga ega.

Bunday mutanosiblikka erishi korxonada boshqaruvni tashkil qilishning asosiy vazifalaridan biridir. Biroq bu erda kop narsa korxona hajmi, mulkchilik shakli, ish faoliyati va boshqa belgilariga ham bogliq boladi. Masalan, korxona hajmi osishi bilan uning tuzilmasi ham ozgaradi, u yanada standartlashgan va formallashgan boladi.

Korxona hajmining kengayishi yoki kichrayishi mos ravishda boshqaruv boginlari soniga tasir korsatadi, boshqaruv faoliyati bilan mashgul bolgan xodimlar soniga ozgartirish kiritadi, boshqaruv xarajatlarining osishi yoki kamayishiga olib keladi. Ayrim korxonalar oz tuzilmasini maxsus tashkiliy axborotnomalar chiqarish yoli bilan formallashtiradi. Bu axborotnomalarda odatda korxonaning tarixi va uning tashkiliy tuzilmasi, ishlab chiqarish maqsadi va turlari, rahbariyat faoliyatining yoritilishi, kadrlar siyosati, bandlik sharoitlari, eng kam va eng yuqori ish haqi kabi malumotlar orin oladi. Bunday axborotlar shuningdek, kop hollarda korxona faoliyatini reklama qilish va bozordagi imidjini oshirishga xizmat qiladi.

Biznes-reja va uning bolimlari hayotiyligini taminlash maqsadida boshqaruv tizimi – menejmentni marketing bilan boglashi muhim. Ular u yoki bu darajada tashkiliy reja bilan bogliq bolib, korxonaning ishlab chiqarish muvaffaqiyati va kutilayotgan foyda darajasiga erishishiga xizmat qiladi. Aynan shunday bogliqlik boshqaruvni tashkil qilishni nafaqat oz istemolchisi va bozoriga, balki barcha bozorlar va istemolchilarga hamda qabul qilingan va amalga oshirilayotgan tadbirlarning maqsadga muvofiqligiga yonaltirilgan mukammal tizim shaklida ifodalashga imkon beradi. Masalan, korxonada boshqaruvni tashkil etishning hamda biznes samaradorligi nuqtai nazaridan kimlar va nima sababdan korxona mahsulotini sotib olmayotganligi befarq qoldirmasligi kerak. Korxonada boshqaruvni tashkil qilish yagona maqsad emasligi sababli shu va shu kabi boshqa savollarning javobi har bir ishlab chiqarish korxonasi rahbariyatining boshqaruv hatti-harakatlari asosida yotishi lozim.

Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda turli sohalardagi boshqaruv jarayonida samaraga erishish hamda uzoq muddat muvaffaqiyatli faoliyat olib borish uchun avvalo rejalashtirishni, aniqrog’i strategik rejalashtirishni to’g’ri va sifatli amalga oshirmog’ lozim.


Download 67,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish