Ijtimoiy to`lovlar - kam ta`minlanganlarga pul yoki natural yordam
ko`rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo`lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq bo`lmaydi. Ijtimoiy to`lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosat - bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o`rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo`naltirilgan siyosatdir.
Respublikada bozor munosabatlariga o`tish davrida ijtimoiy siyosat aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo`nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo`nalishlar I.A.Karimovning "O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida" kitobida to`liq bayon qilib berilgan.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo`nalish - bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o`rtachа darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o`ziga xos yondashuvi ishlаb chiqilib, daromadlar nisbatini o`zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning,
jamg’arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o`zida qayta ko`rib chiqish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Daromadlar nisbatini o`zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona ta`rif setkasi kata ahamiyatga ega bo`ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o`zaro bog’lash
imkonini berdi.
Xulosa
Aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona manbai bo‘lib mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarning oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tushuntiradi. Aholi daromadlari iste’mol va jamg‘arma mablag‘larining yig‘indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o‘sishi bilan iste’mol kamayib, pasayishi bilan esa ko‘payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra iste’mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsienti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Djini koeffitsienti chizmadagi Lorens egri chizig‘i bilan mutlaq tenglik chizig‘i o‘rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQShda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |