strukturani tanlash;
strukturani integratsiyalash kabi iboralar ishlatiladi.
Strukturaga o’zgartirish kiritish va uni almashtirish - bu jahon amaliyotidagi doimiy jarayon bo’lib, har qanday tashkilotda menejer faoliyatini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Bunday o’zgarishlarning bosh omili - bu ilmiy-texnika taraqqiyoti va kuchli raqobatdir. AQSh firmalarida, G’arbiy Evropa va rivojlangan Sharq davlatlarida boshqaruv strukturasi o’rtacha har 3-5 yilda almashtirilib turiladi.
Boshqaruv strukturasini takomillashtirish yo’llari:
1. Amaldagi strukturani soddalashtirish usuli
Boshqaruv bo’g’inlari sonini qisqartirish va boshqaruvning quyi bo’g’iniga huquq va vakolatni ko’prok berish (demarkazlashuv). Bunday usul inqilobiy usullar qatoriga kiradi.
Shtablar yoki ulardagi xodimlar sonini kamaytirish, matritsali strukturadan chiziqli funktsional strukturaga o’tish boshqaruvchilar sonini har 3-7 kishiga bitta rahbar emas, balki 10-12 kishiga bitta rahbar to’g’ri kelishiga erishish lozim, ya'ni boshqaruv normasiga erishishga intilish kerak.
2. Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturani ko’nikma hosil qilingan struktura bilan almashtirish.
Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturaga quyidagi salbiy tomonlar xos: gorizontal tabaqalanishdagi keskinlik ierarxik aloqalardagi qat'iylik me'yorlashtirilgan mas'uliyat yuqori darajadagi rasmiyatchilik qarorlar qabul qilinishidagi o’ta markazlashuv va unda ko’pchilik boshqaruvchilarning qatnasha olmasligi.
Bu strukturani ko’nikma hosil qilingan, sinovdan o’tib o’zini oqlagan struktura bilan almashtirish ma'quldir.
3. Mexanik tarzda tashkil etilgan struktura ichida turli shakllardagi uzviy strukturani tashkil qilish.
Bu degan so’z korxona tarkibiga:
venchur va innovatsiya, ya'ni "biznesga tavakkalchilik "bo’limlari
biznes-markazlar
ekspert guruhlari
ishchi, brigadalar guruhlarini tashkil qilishni bildiradi.
Venchur va innovatsiya bo’limlaridagi tadbirkorlar yangi texnologiya uchun o’zlarining kapitalini yoki olgan qarz mablag’larini tavakkal qiladilar. "Venchur" iborasi tadbirkor, rahbar yoki menejerning tavakkalchilikdagi:
uddaburonligi, epchilligi
serharakatliligini
quntli, matonatliligini
dadilligi, jasoratliligini
jo’shqin, biznesga berilib ketishini bildiradi.
4. Konglomerat, modulli va "atomistik" strukturani barpo etish.
"Konglomerat" - bu turli strukturalarni birgalikda qo’shib olib borilishini anglatadi. Bunday strukturani yirik korporatsiyalarda, ya'ni chiziqli, funktsional, dasturli maqsadli strukturalarning birgalikda amal qilishida ko’rishimiz mumkin.
Axborot inqilobi byurokratiyaga bolta uruvchi modulli strukturaning, to’g’ridan-to’g’ri ma'muriy buysunuvchanlikka chek qo’yuvchi "atomistik" strukturalarning tashkil topishini taqozo etadi.
4.4. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni
Korxona - bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Korxona to’g’risidagi qonunda korxona yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan xo’jalik sub'ekti bo’lib, o’ziga tegishli yoki to’liq xo’jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko’rsatadi, deb ta'kidlangan.
Ular o’z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o’zaro raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng huquqliligi sharoitlarida amalga oshiradi.
Har bir ayrim korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas, balki korxonaning o’zidagi boshqaruvchi kichik tizim tomonidan ham boshqariladi. Korxonalar yakkaxokimlik tamoyili asosida va ayni zamonda ularning operativ-xo’jalik jihatdan mustaqil ish ko’rishi va tashabbus ko’rsatishi asosida boshqariladi. Shu sababli:
Do'stlaringiz bilan baham: |