Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


partiya  faoliyati  bilan  bog’liq  yig’ilishlar  konfrensiyalar  va  boshqa



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana06.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#325156
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
ozbekistonda koppartiyaviylik shakllanishi va rivojlanishi(1)


partiya  faoliyati  bilan  bog’liq  yig’ilishlar  konfrensiyalar  va  boshqa 

tadbirlarni o’tkazish; 

-

 



qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  ommaviy  axborot  vositalari 

ta’sis etish va boshqa OAV dan foydalanish

-

 

O’zbekiston  Respublikasining  siyosiy  partiyalari  bilan  ittifoq  (blok)  tuzish 



ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish. 

Siyosiy  partiyalar  ushbu  qonunda  hamda  O’zbekiston  Respublikasining 

boshqa  qonunlarida  nazarda  tutilgan  o’zga  huquqlarga  ham  ega  bo’lishlari  ham 

mumkin


1

”. 


Fuqarolik  jamiyatining  muhim  belgilaridan  biri,  bu  –  davlatning  siyosiy 

institutlarida  turli  xil  fikrlarning  erkin  ifoda  qilinishiga  huquqiy  asoslar  yaratib 

berish,  shuningdek  huquqiy  davlat  fuqarolari  –  plyuralistik  siyosiy  madaniyatga 

ega  bo’lgan  shaxslarni  shakllantirishdir.  Shu  maqsadlarda  qonunning  13-

moddasida  Oliy  Majlisdagi  partiyaviy  fraksiyalarning  erkin  faoliyat  yuritishlari, 

ularning  hozirgi  davr  ilg’or  mamlakatlaridagi  me’yorlar  talablariga  muvofiq 

jamiyatning  siyosiy  rivojlanishiga  hissa  qo’sha  olish  darajasiga  ko’tarilishlarini 

huquqiy  jihatlardan ta’minlashga asos solindi: “Siyosiy partiyalarning O’zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisidagi  fraksiyalari  siyosiy  partiyalar  tomonidan 

ko’rsatilgan  deputatlarning  ta’sis  yig’ilishlarida  o’z  partiyalarining  siyosatini 

uyushqoqlik bilan o’tkazish uchun tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan 

tegishli ariza va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlis tomonidan ro’yxatga olinadi. 

Siyosiy  partiyaning  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisidagi  fraksiyasi 

quydagi huquqlarga ega: 

-

 

sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish; 



                                                 

1

 Siyosiy partiyalar to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Qonuni. “Xalq so’zi” 1997-yil, 7-yanvar. 




31 

 

-



 

sessiya  kun  tartibidagi  har  bir  masala  bo’yicha  muzokaralarda  fraksiya 

vakiliga kafolatlangan so’z berilishi

-

 



tegishli  ravishda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Raisiga  va 

O’zbekiston 

Respublikasining 

Hukumatiga, 

vazirlarga, 

boshqa 


davlat 

organlarining rahbarlariga so’rovlar bilan murojaat etish; 

-

 

Oliy  Majlis  rahbarligiga,  qo’mita  va  komissiyalar  raisligiga  nomzodlar 



bo’yicha takliflar kiritish; 

-

 



sessiyada  muhokama  qilinayotgan  masala  bo’yicha  fraksiya  fikrini 

deputatlar orasida tarqatish

-

 

O’zbekiston Respublikasi Oliy  majlisi deputatlari uchun qonun hujjatlarida 



nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish. 

Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari Oliy Majlis Kengashi tarkibiga kiradi. 

Fraksiyaning  faoliyatiga  tashkiliy,  taxnikaviy  va  boshqa  xizmatlar  ko’rsatish 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kotibyati tomonidan ta’minlanadi”.

1

 

Shuningdek,  qonunda  siyosiy  partiyalarning  demokratik  tamoyillar  faoliyat 



asosida  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  zarur  bo’lgan  barcha  huquqiy  asoslar  o’z 

ifodasini topdi.  

Jumladan,  qonunda  siyosiy  partiyalarni  tuzish,  partiyaga  a’zolik,  siyosiy 

partiya  faoliyatining  kafolatlari,  ustavi,  ro’yxatga  olish,  partiyalarning  mulkiy 

munosabatlariga 

doir 


barcha 

huquqiy 


maqomlarning 

mujassamlashgani 

O’zbekistonda  ko’ppartiyaviylik  tizimining  qaror  toptirishning  kafolatlaridan 

biriga aylandi. 

Mazkur qonunga binoan siyosiy partiyalar fuqarolarning demokratik irodalari 

shakllanishini  ta’minlash  uchun  erkinlik  huquqiga  ega  bo’ldilar,  partiyalarning 

o’zaro  huquqiy  tengligi,  shuningdek  ularning  jamiyat  oldidagi  mas’ulyati 

qonunlashtirildi. 

Yuqorida  ta’kidlaganimizdagidek  1996  yil  26  dekabrda  Oliy  Majlis 

tomonidan “Siyosiy  partiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda 

siyosiy partiya tushunchasi, siyosiy partiyalarni tuzish va ularni faoliyat qo‘rsatish 

                                                 

1

 Siyosiy partiyalar to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Qonuni. “Xalq so’zi” 1997-yil, 7-yanvar. 




32 

 

prinsiplari,  ular  faoliyatining  qafolatlari,  siyosiy  partiyalar  ustavi  va  dasturi, 



siyosiy  partiyalarga  a’zolik,  siyosiy  partiyalarni  ro‘yxatga  olish,  siyosiy 

partiyalarning  huquqlari,  siyosiy  partiyalarning  Oliy  Majlis  Qonunchilik 

palatasidagi fraksiyalari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda 

mahalliy  hokimiyat  vakillik  organlarigi  partiyalar  guruxlari,  siyosiy  partiyalar 

mulki,  siyosiy  partiyalarni  mablag‘  bilan  ta’minlashga  oid  qoidalar  belgilangan. 

Qonunning  1-moddasida  siyosiy  partiyaga  ta’rif  berilib,  uni  quyudagicha 

izohlanadi:  “Siyosiy    partiyalar  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarini  qarashlar 

manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati vakillik 

organlarini  shakllantirishda  jamiyatning  muayyan  qismining  irodasini  ro‘yobga 

chiqarishga  intiluvchi  hamda  o‘z  vakillari  orqali  davlat  va  jamiyat  ishlarini  idora 

etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir.”

1

  



O‘zbekiston  Respublikasi  “Siyosiy    partiyalar  to‘g‘risida”gi  qonuni    ayrim 

yo‘nalishdagi  siyosiy partiyalarni tuzishni man etadi. Ular quyudagilar: 

Birinchidan, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qiluvchi, 

Ikkinchidan,  O‘zbekiston  Respublikasi  suveriniteti,  yaxlitligi  va  xavfsizligiga, 

fuqarolarning qonstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, 

Uchinchidan, urishni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, 

To‘rtinchidan, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatigi tajovuz qiluvchi, 

Beshinchidan, milliy va diniy ruxdagi partiyalar. 

   

Bu  yo‘nalishlarni  ayrim  tadqiqodchilar  toraytirib  yoki  kengaytirib 



yuboradilar. Jumladan  I.Bekov o‘z ilmiy ishida bu ro‘yxatga kasbiy yo‘nalishdagi 

partiyalarni  ham  qonunchilikka  kiritishni  tavsiya  qilib,  bir  kasb  egalari 

manfaatlparini  ko‘zlaydigan  siyosiy  partiyalarning  jamoat  birlashmasidan  farqi 

qolmasligini dalil sifatida keltiradi.

2

 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  ba’zi  buzg‘unchi,  mamlakatda  demokratik 



tuzumni ag‘darish bilan yo‘g‘rilgan g‘oyalarni ilgari suruvchi partiyalar faoliyatni 

                                                 

1

  O’zbekiston  Respublikasi    “Siyosiy    partiyalar  to’g’risida”gi  qonuni.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis 



axborotnomasi.1997 yil 2-son. 36 bet. 

 

2



  I.Bekov  “Oliy  Majlis  Qonunchilik    palatasini  faoliyatida  siyosiy  partiyalarning  huquqiy  asoslari  .yu.f.n.  dis.. 

Toshkent.:  35-b. 




33 

 

ta’qiqlash  masalasiga  atroflicha  yondoshar  ekan  shunday  fikrlarni  bildiradilar: 



“Ayni  zamonda  mavjud  konstitutsiyaviy  hokimiyatni  kuch  bilan  ag‘darishni 

maqsad  qilib  olgan  partiyalar  va  harakatlar,  shuni  aniq  aytishim  kerak,  ta’qiqlab 

qo‘yilishi  kerak.  Respublikasi  chegaralari  daxlsizligi  va  xavfsizligiga  qarshi 

kurashuqchi,  fashizm,  irqchilik,  zo‘ravonlik,  milliy  va  diniy  nizolarni  targ‘ib 

qilivchi,  demokrat  erkinliklar  va  xalqning  ma’naviyatiasoslariga  tajovuz  qiluvchi  

xar  qanday  partiyalar  va  jamoat  harakatlari  qonunga  xilof  deb  e’lon  qilinishi 

lozim.”

1

  



Siyosiy partiyalar faoliyatda uning ustavi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har 

bir  partiya  ustavida  partiyaning  faoliyat  yo‘nalishi,  rejasi,  uning  siyosiy  taktikasi 

belgilangan  bo‘ladi.  Partiyalar  ustavlarini  shartli  ravishda  partiyalarning  pasporti 

deb  xisoblasak  bo‘ladi.  Chunki  Ustavda  partiyaning  nomi,  maqsad  va  vazifalari, 

partiyaning  tuzilishi,  partiya  a’zoligiga  qabul  qilish  va  undan  chiqish  shartlari, 

partiya  a’zolaring  huquq  va  majburiyatlari,  partiya  tashkilotlari  raxbpr 

organlarining  vakolatlari,  ularni  vakolatlari,  partiya  mablag‘lari  shakllantirish 

manbalari, partiya  rahbar  organi  manzili, partiya  faoliyatini  qayta  tashkil  etish  va 

tugatish,  shuningdek  partiya  faoliyatiga  oid  boshqa  ma’lumotlar  ko‘rsatiladi.  

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tish uchun ustav qabul 

qilingandan so‘ng bir oydan kechiktirmay zaruriy  hujjatlarni taqdim etadi. Adliya 

vazirligi  bir  oy  ichida  hujjatlarni  ko‘rib  chiqib  ro‘yxatdan  o‘tkazadi  va  partiyalar 

yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.  

Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasida  siyosiy partiyalarni 

ro‘yxatga  olishni  rad  etish  tartibi  belgilangan,  unga  ko‘ra    “Agar    siyosiy 

partiyaning  ustavi,  maqsadlari,  vazifalari  va  faoliyat  uslubi  O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiya,  ushbu  qonunga  hamda  boshqa  qonun  hujjatlariga  zid 

bo‘lsa  yoki  oldinroq  xuddi  shunday  nomdagi  siyosiy  partiya  yoki  jamoatchilik 

harakati ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu partiya ro‘yxatga olinmaydi.”

2

 



                                                 

1

  I.A.Karimov.Istiqlol  yo’li:  muommolar  va  rejalar//O’zbekiston  :  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura. 



Toshkent.1.-Tom., 1996.-17-b. 

2

  O’zbekiston  Respublikasi  “Siyosiy  partiyalar  to’g’risida”  gi  Qonuni.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis 



axborotnomasi -1997. 2-son, 36 bet.

 



34 

 

Bundan tashqari Respublikada faoliyat yuritayotgan biror-bir siyosiy partiya  



O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiya,  siyosiy  partiyalar  to‘g‘risidagi  qonun  

yoki  O‘zbekiston  ustavini  buzgan  taqdirda    O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya 

vazirligi buzilgan normani xisobga olgan xolda partiyaning raxbar organiga yozma 

xabar yuborib bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agarda 

belgilangan  muddatda  davomida  buzilishlar  bartaraf  etilmasa,    Adliya  vazirligi 

yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  sudi  siyosiy  partiyaning  faoliyatining  olti  oygacha  to‘xtatib 

quyishi mumkin. 

Siyosiy  partiyaning  faoliyat  ushbu  holatlarda  butunlay  tugatiladi:  -

partiyalarning  o‘z  ustaviga  muvofiq  tarqalib  ketishi  orqali,  bu  haqda  partiya  oliy 

organi  uch  kunlik  muddat  ichida  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligiga 

xabar qiladi; 

        Partiyalar  siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonunning 3- moddasining ikkinchi 

qismida  nazarda  tutilgan  xatti-xarakatlarni  sodir  etgan  xollarda  yoki  o‘zfaliyati 

to‘xtatib  qo‘yilgandan  so‘ng  bir  yil  muddat  ichida  o‘sha  xatti  xarakatlarni  takror 

sodir  etgan  xollarda  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligining  O‘zbekiston 

Respublikasi  Bosh  prokurorining  taqdimnomasiga  binoan  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  sudining  qarori  bilan.  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya 

vazirligining  siyosiy  partiyaning  faoliyati  to‘xtatilganligi  to‘g‘risidagi  qarori 

ommaviy axborot vositalaridagi e’loni siyosiy partiyalar faolitini yakunlaydi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  siyosiy  partiyalarning  rivojlanish  tarixida 

partiyalarning tugatilishi va birlashishi jaroyoni bir necha marta sodir bo‘ldi. Lekin 

ikki  palatali  professional  parlamentimiz  shakllangandan  beri  partiyalarning 

faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turilishi yoki tugatilishi holatlari sodir bo‘lmadi. Shu 

o‘rinda  “Siyosiy  partiyalar  to‘g‘risida”gi  qonunda  siyosiy  partiyalar  faoliyati 

vaqtincha to‘xtatilganda yoki tugatilgandagi Oliy Majlis Qonunchilik  palatasidagi 

fraksiya  huquqiy    xolati  ko‘rsatib  berilish  masalasi  ochiq  qoldirilgan.  Ushbu 

holatlar  sodir  bo‘lganda    siyosiy  partiya  fraksiyaning  qanday  tartibda  faoliyat 

yuritilishi qonunda aniq belgilab qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. 



35 

 

Shu o‘rinda  aytish  lozimki,  partiyalarning  ijtimoiy-siyosiy  xayotda  faoliyat 



ko‘rsatishlarining  kafolati,  bu  ularning  uzliksiz  moliyaviy  asoslarga  ega 

bo‘lishlaridir.  “Hozirgi  davr  qonunchiligi  siyosiy  partiyalar  faoliyatining  barcha 

yo‘nalishlaridagi  moliyaviy  mablag‘larini  aniqlashtirib,  ularning  partiyalar 

faoliyati  turlariga  qo‘ra  taqsimlanish,  partiyalarning  aniq  manbalardan  mablag‘ 

olish  shartlari  va  ishlatish  tartibini  huquqiy    jihatlarini  mustahkamlab  bermoqda. 

Bu  faoliyatdagi  turli  cheklovlarni,  ya’ni  xayriya  berish  me’yorlari  xarajatlar 

kabilarni  muvofiqlashtirishga  doir  huquqiy  asoslar  ishlab  chiqilgan.  Siyosiy 

partiyalar 

belgilangan 

shartlarni 

bajarmasliklari 

yoki 


ularni 

buzishlari  

huquqbuzarlik  sifatida  talqin  etilib,  partiyalarga  turlicha    to  ularni  tarqatib 

yuborishga qadar sanksiyalar berishning huquqiy amaliyoti ham o‘rnatilgan.”

1

 

Bugingi  kunda  Yevropa, Shimoliy  Amerika, Yaponiya,  Avstraliya, Janubiy 



Koreya  va  Hindiston  kabi  demokrat  mamlakatlarda  siyosiy  partiyalar  faoliyati 

kengayishi  va  bu  sohada  ularning  sarf-xarajatlari  yildan-yilga  kengayib  borishi 

natijasida  ularning  serqirra  faoliyatini  davlat  tomonidan  ta’minlash  muommolari 

kelib chiqmoqda. Partiyalarning rivojlanish tarixidan ma’lumki, partiyalar uzliksiz 

keladigan moliyaviy mablag‘larsiz o‘z  maqsadlarini to‘liq bajara olmaganlar. Shu 

munosabat bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari qonunchiligi partiyalarni davlat 

tomonidan  moliyalashtirishga  ahamiyat  bera  boshladi.  Demokratik  huquqiy  

mamlakatlar  qonunchiligiga  e’tibor  bersak,  siyosiy  partiyalarni  ta’minlashga 

bog‘liq uch xil yondashuvga guvoh bo‘lamiz. 

Birinchi  guruh,  partiyalarni  xususiy  mablag‘lari  ya’ni  partiyaga  kirish  va 

a’zolik badallari, partiya tadbirlaridan ( ko‘rgazmalar, ma’ruzalar  va boshqa mab.) 

olinadigan tushumlar va tadbirkorlik faoliyati va mulkdan keladigan daromadlar. 

Ikkinchi  guruh,  partiyalarni  qisman  moliyalashtirish.  Bunda  davlat    siyosiy 

partiyalarni ayrim faoliyatlarini moliyalashtiradi. 

                                                 

1

  M.Qirg’izboyev.  Uzbekiston  na  puti  grajdanskomu  obshestvu//O’zbekiston  fuqorolik  jamiyati  sari.  Sbornik 



statey.Otyured.: R.Alimov.- Toshkent.: Sharq . 2003. B-209. 


36 

 

Uchinchi 



guruh, 

partiyalarni 

davlat 

tomonidan 

moliyalashtirish.Bu 

moliyalashtirish    siyosiy  partiyalar  to‘g‘risidagi    hozirgi  davr  qonunchiligining 

asosiy tamoyillaridan biriga aylanmoqda.  

Respublikamizda  ham  siyosiy  partiyalarni  moliyaviy 

mustaqilligini 

mustahkamlash  maqsadida,  2004  yil  30  aprelda  “Siyosiy  partiyalarni 

moliyalashtirish  to‘g‘risida”gi  qonun  ishlab  chiqildi.  Ushbu  qonunda  partiyalarni 

davlat tomonidan moliyalashtirish, partiyalarning moliyaviy manbalari va ularning 

qanday  foydalanishlari  to‘g‘risidagi  normalalar  kiritilgan.  Qonunning  2- 

moddasida  “Siyosiy  partiyalar,  agar  u  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis 

Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston  Respublikasi Oliy 

Majlisi  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risidagi    O‘zbekiston  Respublikasi  qonuniniga 

muvofiq  Qonunchilik  palatasida  siyosiy  partiyalar  fraksiyani  tuzish  uchun  zarur 

miqdorda  deputatlik  o‘rinlarini  olgan  bo‘lsa,  o‘zining  ustavida  nazarda  tutilgan 

faoliyatni moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi”

9

 



deb belgilab qo‘yilgan. Demak mamlakatimizdagi qonunchiligi siyosiy partiyalarni 

davlat  tomonidan  moliyalashtirishni  sharti  sifatida  Oliy  Majlis  Qonunchilik  

palatasida fraksiya tuzish uchun zarur bo‘lgan deputatlik o‘rinlarini  

( 9 nafar) talab etadi.  

Saylov  yakunlariga    ko‘ra  zarur  deputatlik  o‘rinlariga  ega  bo‘lgan  siyosiy 

partiyalar ustavida nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan 

davlat  mablag‘larining  yillik  hajmi  shu  mablag‘lar  olinishi    uchun  mo‘jallangan 

yildan  oldingi  yilning  1  yanvar  holatida  belgilangan  eng  kam  ish  haqining  ikki 

foizini Qonunchilik  palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar ro’yxatiga 

kiritilgan  fuqarolar  soniga  ko‘paytmasi  o‘z  deputatlari  soniga  mutanosib 

belgilangan mablag‘lardir

1

. Bugunda mavjud siyosiy partiyalarimizning faoliyatini 



kengayib  turli  yangi  yo‘nalishlar  ochilayotganini  va  bozor  munosabatlariga 

tortilayotgani  sababli  ulaning  yanada  samarali  faoliyati  uchun  ushbu  moddadagi 

                                                 

O’zbekiston  Respublikasi  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik    palatasi  to’g’risidagi” 



Konstitutsiyaviy qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi. 2002 12-son, 215 bet 

 

 



 


37 

 

miqdorni ko‘paytirish lozim. Siyosiy partiyalarga bugungi kunda fuqarolar orasiga 



yanada  chuqurroq  kirib  borishi  va  boshqa  aniq  maqsadli  vazifalarining  amalga 

oshirish  uchun  davlat  mablag‘larining  yillik  hajmi  shu  mablag‘lar  olinishi    uchun 

mo‘jallangan  yildan  oldingi  yilning  1  yanvar  holatida  belgilangan  eng  kam  ish 

haqining  ikki  foizini  to‘rt  foizga  qadar  oshirilishi  maqsadga  muvofiq  deb 

hisoblayman.    

Shu  o‘rinda  siyosiy  partiyalarning  moliyalashtirishga  doir  ayrim 

cheklovlarga    ham  to‘xtalib  o‘tish  lozim.  “Siyosiy  partiyalarni  moliyalashtirish 

to‘g‘risida”gi  qonunning  5-moddasida  siyosiy  partiyalarga  xayriya  yordamini 

cheklashga  doir  normalar  ko‘rsatilgan.Unga  ko‘ra  siyosiy  partiyalarga  pul  va 

boshqa ko‘rinishdagi mablag‘larni: 

- Chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallari

- Xalqaro tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari  

- Chet el investitsiyasi asosidagi korxonalar, 

- Chet el fuqarolari, 

-  Fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar

1

  tomonidan  berilishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi. 



Qonunchilikdagi  bunday  cheqlovlarning  mavjud  bo‘lishi  siyosiy  partiyalarning 

ba’zi  xorijiy  “xayrixohlar”dan  halos  etib,  mamlakat  barqarorligi  va  mavjud 

hokimiyatning samarali faoliyati uchun zaruriy jarayondir. Oxirgi yillarda Ukraina, 

Gruziya  va  qo‘shni  Qirg‘izistonda  sodir  bo‘lgan  “rangli  inqiloblar”  da  asosiy 

harakatlanuvchi  kuchlar  turli  jamoat  tashkilotlari,  jumladan,  siyosiy  partiyalar 

ekanligi bu cheklovlarning mavjudligi ijobiy hol ekanligini isbotladi. 

“Siyosiy  partiyalarni  moliyalashtirish  to‘g‘risida”gi  qonunining  13,  14 

moddalaridagi  O‘zbekiston  Respublikasining  yuridik  va  jismoniy  shaxslarining 

xayriya  yordamlarining  miqdorini  ham  ko‘rib  chiqilishi  lozim.  Qonunda  siyosiy 

partiyaning yil davomida bir yuridik shaxs tomonidan olinadigan xayriya yordami 

yilning birinchi yanvardagi holatiga ko‘ra belgilangan eng kam ish haqining besh 

ming  barobaridan,  O‘zbekiston  Respublikasining  jismoniy  shaxslarining  xayriya 

                                                 

1

  “Siyosiy  partiyalarni  moliyalashtirish  to’g’risida”gi  qonun.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  axborotnomasi 



2004. 5-son, 86- bet 

 



38 

 

yordamlarining  miqdori  besh  yuz  barobaridan  oshmasligi  belgilangan.  Ushbu 



miqdorni siyosiy partiyalar faoliyatini yanada faollashtirishni nazarda tutgan holda 

ikki  barobarga  O‘zbekiston  Respublikasining  yuridik  shaxslari  uchun  o‘n  ming 

barobargacha,  jismoniy  shaxslar  uchun  ming  barobargacha  oshirish  maqsadga 

muvofiqdir. 

Siyosiy partiyalarning moliyaviy jihatdan barqarorligining oshishi  ularning 

faoliyatining    jonlanishini,  raqobatdoshligini  oshiradi,  saylovlar  oralig‘idagi 

ishlash  mexanzlarinining  ham  takomillashishiga,  partiyalarning  joylardagi 

bo‘linmalarini  kengayishiga  olib  keladi.  Shu  bilan  birga  partiyalarning  yillik 

hisobotlariga jamoatchilikning e’tibori oshishiga xizmat qiladi. 

Ma’lumki  siyosiy  partiyalar  respublikamizda  jamoat  birlashmalari  sifatida 

ko‘rsatiladi.  Shu  o‘rinda  siyosiy  partiyalarning  jamoat  birlashmalaridan  farqli 

jihatlarini  anglab  olish  zarur.  Nemis  olimi  doktor  Raynxard  Krumm  bu  borada 

qarashlarni  bayon  etib,  “birinchidan  partiyalarni  nodavlat  notijorat  tashkilotlari 

bilan  aralashtirib  yubormaslik,  ikkinchidan  bir  semantik  tushuncha  ostida  siyosiy 

partiyalarning  har  xil  turlari  umumlashtirmasligi    uchun  ushbu  tushunchaning 

semantik doiralarini haddan tashqari toraytirib qo‘ymaslik zarur.”

1

  

Muallif  partiya  tushunchasi  quyudagi  mezonlarga  javob  berishini  nazarda 



tutadi:  jamoatchilik  fikrini  shakllantirishga  ta’sir  o‘tkazish,  tashkilish 

tuzulmalarning  ochiq  oshkoraligi,  jamoatchilikning    keng  qatlamlari  uchun 

ochiqlik  va  ular    bilan  o‘zaro  hamkorlik  qilishdan  manfaatdorlik.  Muayyan 

miqdorda partiya a’zolaring bo‘lishi kerakligi va nihoyat faqat saylov kompaniyasi 

davrida emas, faoliyati davomida faoliyatining tartibga solinishi.  

Mamlakatimiz  mustaqilligining  o‘tgan  davri  mobaynida  fuqarolik  jamiyati 

institutlari,  xususan,  siyosiy  partiyalar  demokratik  jarayonlarda  erkin  va  faol 

ishtirok etishi uchun zarur tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. 

Ma’lumki,  qonunchilikka  muvofiq,  siyosiy  partiya  O‘zbekiston  Respublikasi 

fuqarolarining  qarashlar,  manfaatlar  va  maqsadlar  mushtarakligi  asosida  tuzilgan, 

                                                 

1

 Germaniyaning siyosiy partiyalar to’g’risida”gi Qonuni.T.: Mas’ul muharrirlar A.Saidov, Raydrad  Krumm Inson 



huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi.2007.B-5. 


39 

 

davlat  hokimiyati  organlarini shakllantirishda  jamiyat  muayyan  qismining  siyosiy 



irodasini  ro‘yobga  chiqarishga  intiluvchi  hamda  o‘z  vakillari  orqali  davlat  va 

jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir. 

Siyosiy  partiyalar  faoliyatining  konstitutsiyaviy  kafolatlarini  ta’minlash  bilan 

bog‘liq  xalqaro  tajriba  tarixiga  nazar  tashlasak,  o‘tgan  asrning  50-yillariga  kelib 

Germaniya,  Fransiya,  Italiya  va  Yaponiya  kabi  davlatlar  Konstitutsiyalarida 

siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi ilk qoidalar o‘z aksini topganini ko‘ramiz. 

Keyinchalik  konstitutsiyalarda  belgilangan  me’yorlarni  mustahkamlaydigan  va 

rivojlantiradigan  siyosiy  partiyalar  faoliyati  to‘g‘risidagi  alohida  qonunlar  qabul 

qilina boshladi. Xususan, bunday qonunlar Germaniyada (1967 yil), Portugaliyada 

(1974 yil), Avstriyada (1975 yil), Ispaniyada (1978 yil) va boshqa mamlakatlarda 

qabul qilindi. 

Taraqqiy  topgan  mamlakatlar  tajribasidan  kelib  chiqib,  respublikamizda  ham 

siyosiy  partiyalarning  fuqarolik  jamiyati  instituti  sifatidagi  huquqiy  asoslari 

shakllandi. 

Siyosiy 

partiyalarning 

davlat 

va 


jamiyat 

boshqaruvini 

demokratlashtirishdagi  rolini  kuchaytirish  maqsadida  konstitutsiyaviy  qonun,  bir 

necha qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan siyosiy 

partiyalar «jamoat birlashmalari» sifatida e’tirof etiladi. Bosh Qomusimizning 58-

moddasi bilan esa davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari 

faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi Konstitutsiyaviy me’yor joriy 

qilingan. 

Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi Konstitutsiyamizning 60-moddasida 

ifodasini topgan. Unga ko‘ra, siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy 

irodasini ifodalaydi va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari 

orqali  davlat  hokimiyatini  tuzishda  ishtirok  etadi.  Siyosiy  partiyalar  o‘z 

faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil 

qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar. 

«O‘zbekiston  Respublikasida  jamoat  birlashmalari  to‘g‘risida»gi  qonun 

qabul  qilinishi  mamlakatimizda  siyosiy  partiyalar  faoliyati  yo‘lga  qo‘yilishida 



40 

 

muhim  huquqiy  asos  bo‘ldi.  1996  yil  12  dekabrda  bevosita  siyosiy  partiya 



tushunchasi,  faoliyatining  huquqiy  asoslari,  faoliyat  ko‘rsatish  prinsiplari, 

huquqlari  va  ular  faoliyatiga  tegishli  boshqa  me’yorlarni  belgilagan  «Siyosiy 

partiyalar  to‘g‘risida»gi,  shuningdek,  2004  yil  30  aprelda  siyosiy  partiyalarni 

moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi «Siyosiy partiyalarni 

moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. 

Qonunchilikka  muvofiq,  ikki  palatali  parlamentning  shakllantirilishi  va 

Qonunchilik  palatasi  deputatligiga  nomzodlar  ko‘rsatish  huquqining  siyosiy 

partiyalarga berilishi siyosiy partiyalarning jamiyat va davlat qurilishidagi o‘rni va 

rolini oshirishga sharoit yaratdi. 

Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  siyosiy  partiyalar  davlat  organlari  shakl-

lanishi,  ayni  paytda,  faoliyati  demokratlashishi  jarayonida  faol  ishtirok  etmoqda. 

Bunda  «Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada  demokratlashtirish  hamda 

mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini  kuchaytirish 

to‘g‘risida»gi  Konstitutsiyaviy  qonun,  shuningdek,  Mamlakatimizda  demokratik 

islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish 

konsepsiyasi  asosida  ishlab  chiqilib,  qabul  qilingan  «O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  ayrim  moddalariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish 

to‘g‘risida(78,  80,  93,  96  va  98-moddalariga)»gi  qonun  orqali  joriy  qilingan 

me’yorlarni hayotga izchil tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ma’lumki,  Konstitutsiyamizning  98-moddasiga  «O‘zbekiston  Respublikasi 

Bosh  vaziri  nomzodi  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 

palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng 

miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya 

tomonidan  taklif  etiladi»  degan  qoida  kiritildi.  Demak,  Qonunchilik  palatasiga 

o‘tkazilgan saylov jarayonida qaysi siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari va 

ularda  belgilangan  maqsad  va  vazifalar  saylovchilar  tomonidan  ko‘proq  qo‘llab-

quvvatlansa,  quyi  palatada  eng  ko‘p  deputatlik  o‘rinlarini  olgan  siyosiy  partiya 

yoki  teng  miqdordagi  eng  ko‘p  deputatlik  o‘rinlarini  qo‘lga  kiritgan  bir  necha 

siyosiy partiya hukumat rahbari, ya’ni Bosh vazir nomzodini taklif etish orqali o‘z 



41 

 

dasturlari  ijrosini  ta’minlash  imkoniga  ega  bo‘ldi.  Bu  mamlakatimizda  kuchli 



fuqarolik  jamiyati  barpo  etish  jarayonida  siyosiy  partiyalar  faoliyatining  bevosita 

ta’siri kuchaytirilganligidan dalolatdir. 

«Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada  demokratlashtirish  hamda 

mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalar  rolini  kuchaytirish 

to‘g‘risida»gi  Konstitutsiyaviy  qonunga  muvofiq  siyosiy  partiyalarning 

Qonunchilik  palatasidagi  fraksiyalariga  Bosh  vazirni  iste’foga  chiqarish,  xalq 

deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlariga esa viloyat hokimlarini 

iste’foga chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqining berilishi siyosiy 

partiyalarning  mamlakat  hayotidagi  ta’sir  kuchi  yanada  ortishiga  qulay  sharoit 

yaratib berilganini ko‘rsatmoqda. 

O‘tgan  davr  mobaynida  siyosiy  partiyalar  faoliyatiga  aloqador  bir  necha 

qonunosti  hujjatlari  ham  qabul  qilindi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

«Jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  isloh  qilish  hamda 

modernizatsiyalash  maqsad  va  vazifalarini  amalga  oshirish  Dasturi  to‘g‘risida»gi, 

«O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  institutlarini  rivojlantirishga  ko‘maklashish 

chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  Qarorlari,  shuningdek,  Vazirlar  Mahkamasining 

«Siyosiy  partiyalarning  ustavda  nazarda  tutilgan  faoliyatini  davlat  tomonidan 

moliyalashtirish  tartibi  to‘g‘risidagi  Nizomni  tasdiqlash  haqida»gi  qarori  shular 

jumlasidandir. 

Amalga  oshirilayotgan  ushbu  siyosiy-huquqiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy 

islohotlarning  huquqiy  kafolati  mamlakatimiz  Konstitutsiyasida  mustahkamlab 

qo‘yilgan. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  xulosa  qilish  mumkinki,  demokratik 

tamoyillar  asosida  faoliyat  yurituvchi  siyosiy  partiyalarning  jamiyat  hayotidagi 

mavqei  oshib  borishi  mamlakatimizning  rivojlangan  davlatlar  qatoridan  munosib 

o‘rin egallashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 

 


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish