metodikasi”da metodlarni tanlash omili va maqsadi.
27
Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari kursida tushunchalar
kengaytirilgan, chuqurlashtirilgan va boyitilgan holda o'qitiladi. Demak, Milliy
istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanining tuzilishi o'ziga xususiyatlarga ega.
Bo'lajak o'qituvchilar kursning asosiy mazmuni bilan puxta tanishishi va
ma'naviyat darslari materiali kontsentrik tuzilganligiga e'tibor berish, nazariya va
amaliyot masalalari o'zaro organik bog'langan xarakterga ega ekanligini bilishlari
zarur.
Ayni paytda tushuncha, xossa, qonuniy bog'lanishlarni ochish kursda o'zaro
bog'langan va bir- birini to'ldiradi.
Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushuntiriladi. Masalan, ijtimoiy-
iktisodiy fanlar va o'qitish metodikalari orasidagi bog'lanish o'zaro bir-birini
to'ldiradi hamda asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o'zaro bog'lanishda
berilganligiga e'tibor karatish lozim.
Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari kursi o'z tuzilishi bo'yicha o'z
ichiga olgan qadimgi, o'rta asr va yangi davrdagi ma'naviyatning rivojidan iborat
qismlarning tadrijiy rivojlanish tarzida berilganligi o'rganish materialini bir tizimga
soladi, Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari kursida materialning
kontsentrik joylashuvi saqlanadi. Ammo, amaldagi dasturda kontsentrik soni
kamaytirilgan: falsafa, huquq, tarix, pedagogika. Tarbiya nazariyasi va metodikasi
va hokazo fanlardan unda o'zaro bog'langan tushunchalar, masalalarni qarash
mazmun jihatdan yaqinlashtirilgan.
8
Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslarini o’qitishning maqsadlari
quyidagilar: umumta'lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi. Bu
maqsadlar bir - biri bilan uzviy bog'liq bo'lib, bir-birini to'ldiradi. Ta'lim maqsadi
o'qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:
a)
O'kuvchilarga bilim, malaka, ko'nikma berish;
b)
Haqiqiy olamni tasavvur va tushunish metodlari bilan o' rgatish;
8
Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. T., O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi
Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006
28
c)
O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini ma'naviy madaniyatini
o'stirishni, uning sifatli bo'lishini ta'minlash;
d)
O'kuvchi-talabalarning bilimga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirish.
Ma'naviyatni o'qitish metodikasida aqliy tarbiya shaxsni hayotga va mehnatga
tayyorlashning muhim jihati sifatida belgilanadi. Uning mohiyati shundaki,
intellektual faoliyatga qiziqish uyg'otish, bilimlar bilan qurollantirish , ularni qo'lga
kiritish va amaliyotda qo'llash metodlari, aqliy mehnat madaniyatini joriy qilish
orqali aql va bilish qobiliyatlariga rahbarlik qilishdir.
Aqliy rivojlanish bilimlarni faol o'zlashtirish va ijodiy qo'llash jarayonida juda
intensiv yuzberadi:
a)
Atrof - muhitga faol munosabatda bo'lish;
b)
O'ziga ma'lum bo'lganlar chegarasidan chiqishga intilish;
c)
Nazariy va amaliy bilimlarini oshirish va ularni ijodiy qo'llashning
doimiy zaruriyati;
d)
Kuzatuvchanlik, hodisalar va faktlarning eng mohiyatli jihatlarini va
aloqalarini ajrata olish qobiliyati;
e)
Real voqelik jarayonlarini to'xtovsiz aks ettiruchi tushunchalarni
o'zlashtirish va foydalanishga moyillik;
Chunki bilishga bo'lgan qiziqish saralab olishga yo'naltirilgan va u shaxsning
ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bilishga bo'lgan qiziqish bilish faoliyati mohiyati,
fikrlarning ob'ektga bo'lgan bitimning yaqinligi bilan bog'langan. Bilimga bo'lgan
qiziqishning belgilari quyidagilardir: intellektual xarakterga ega bo'lishi; ijodiy
xarakterda bo'lishi; bilimga bo'lgan qiziqishning rivojlanish bosqichlari;
qiziqishning
- Mo'ljalning elementar darajasi mo'ljallangan qiziqish; qiziquvchanlik -
bilishga bo'lgan ehtiros, quvonch ob'ekt chegarasiga kirib borish; bilishga bo'lgan
qiziqish xodisalarning mohiyatiga kirib borishga intilish, haqiqatni qidirish;
nazariy - qiziqish - voqelikka faol ta'sir etish, qonuniyatlarini bilishga intilish;
qiziqishning paydo bo'lishi va rivojlanishi shartli ravishda quyidagicha darajaga
ajratish mumkin; yangi faktlarga, mashg'ulotlarga, olinadigan axborotlarga
29
tayanadigan faktlarga bevosita qiziqish har xil sharoitlarda harakat qiluvchi narsa
va hodisalarning muhim xususiyatlarini bilishga qiziqish. O'rganishga bo'lgan
barqaror qiziqish. U talabalarga ta'lim berishda muhim xarakterga va unda bilishga
bo'lgan qiziqish tashqi omillarga muhtoj hamda u real o'quv jarayoni shart -
sharoiti va usullari bilan bog'liq bo'ladi.
9
O'quvchilarga Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fani shunday
bilimlar berishni ta'minlashi kerakki, bu bilimlar orqali, faol bilish faoliyati orqali,
bilim, malaka, ko'nikmalari ortib borishi ta'minlanishi lozim.
Tarbiyaviy maqsad.Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanini
o'qitish talaba-o'kuvchilarni savodlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, o'z fikri va
xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa, kuzatish asosida aytiladigan fikrlarning
ravon bo'lishiga erishish kerak. Bilishga intilish, mustaqil ishdan qanoat hosil
kilish tuyg'ularini tarbiyalashi kerak.Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
fanini o'qitishning o'zi o'quvchilarda diqqat va fikrni to'play bilishni tarbiyalaydi.
O'qituvchi quyidagilarni ta'minlashi kerak:
a) O’quvchi moddiy olamdagi bog'lanishlarni, miqdorlarning o'zgarishini,
bir-biri bilan aloqasini anglay olishi;
b)
O'quvchilarning urf-odatimiz, qadriyatlarimizni o'rganishga astoydil
qiziqishini ta'minlashi;
V) mehnatga, vatanga insonlarga bo' lgan munosabatini tarbiyalash, estetik
did hosil qilish;
G) o'zbek millatining tarixi, jumladan, Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat
asoslarini o'qitilish tarixiga bo'lgan dunyokarashni tarbiyalash;
d)
O' quvchilarning fikrlash qobiliyatini va madaniyatini tarbiyalash;
Amaliy maqsad.Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanini
o'qitishdan kuzatiladigan amaliy maqsad o'kuvchilar olgan bilimlarni amalda
qo'llay olishga o'rgatishdan iborat.Buning uchun talabalarning bilimga barqaror
qiziqishini ta'minlash zarur. Bilishga bo'lgan barqaror qiziqishga quyidagilar
9
R.J. Ishmuhammedov. «Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari».T., 2004
yil.
30
kiradi:
Intellektual faollik ko'rsatkichlari - savol va javob mustaqilligi, jonli
faoliyatga o'z tashabbusi bilan kirishishga intilish;
Malaka va ko'nikmalardan faol foydalanish, ularning faol aks ta'siri
(bilimlar yangi bilimlarni egallash metodlariga aylanadi, bilishga bo'lgan qiziqish
o'zining eng yuqori rivojlanish darajasiga ko'tariladi);
Hissiyotni namoyish qilish (nafrat, kuvonch, bezovta bo'lish, intellektual
holatdagi hissiyot);
Irodani namoyish qilish, jiddiy diqqat qilish, kuchsiz chalg'ish, o'kuv
ishlarini tugallashga intilish, o'z hatti-harakatlarini erkin tanlash - o'quv
mashg'ulotlaridan boshqa vaqtlarda u yoki bu mashg'ulotlarni erkin tanlay olish.
Talabalarni bilish faoliyati tuzilmasiga faollik kiradi, ya'ni bu shunday ish
faoliyatiki, unda bilish faoliyatini j onlashtiradigan intellektul, irodaviy, hissiy j
arayonlar birgalikda namoyon bo' ladi.
Jonli bilish faoliyati uchun bilimga bo'lgan har tomonlama, chuqur qiziqish,
muayyan kuch sarf qilinishi, diqqat-e'tiborga qaratilgan bo'lishi lozim.Bilish
faolligi individual bo'ladi, u shaxsning tug'ma qobiliyati emas, balki uning hatti-
harakatlari jarayonida shakllanadi.
Olingan bilimlarni amalda foydalana bilishga o'rgatish.Bu bilimlarni kundalik
hayotda uchraydigan masalalarni hal qilishga qo' llay bilishga o' rgatishdir.
O’qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy
tushunchalaridan biri.
Shunday qilib, o'qitish metodlari o'zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi
uchta asosiy vazifani bajaradi.
O’qitish metodlaridan, ta'limning yangi mazmuniga, yangi vazifalariga mos
keladiganlariga ongli tanlab olish uchun, oldin hamma o' qitish metodlarini
tasniflashni o' rganib chiqish zarur.
Ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma'lumot. Ta'lim va tarbiyaga oid ish
tajribalarni o'rganmay va umumlashtirmay, ma'naviy jarayonni chuqur tadqiq
qilmay turib ma'naviyatni rivojlantirib bo'lmaydi. Hozirgi ta'lim-tarbiya
31
ma'naviyatni ilmiy bilishning umumiy metodi bilan qurollantiradi, ammo boshka
har qanday fan kabi Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanining ham
xususiy tadqiqot metodlari mavjud.
Ilmiy tadqiqot metodlari - bu konuniy bog'lanishlarni, munosabatlarni,
aloqalarni o'rganish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni
olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o'rganish,
suhbat va so'rovnomalar o'tkazish, ilmiy tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.
Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari o'qitish metodikasi butun
tadqiqotlarda qo'llaniladigan metodlarning o'zidan foydalaniladi.
Kuzatish metodi.
Kuzatish metodi - odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd
qilish bilan amaliy jarayonni bevosita maqsadga yo'naltirilgan holda idrok
qilishdan iborat.
Kuzatish metodidan o'quv-tarbiya ishining u yoki bu sohasidagi ishning
qanday borayotganini o'rganish uchun foydalaniladi. Bu metod o'qituvchi va
o'quvchilarning faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik
material to'plash imkonini beradi.
Kuzatish vaqtida tadqiqotchi o'quv jarayonining odatdagi borishiga
aralashmaydi.Kuzatish aniq maqsadni ko'zlangan reja asosida uzoq yoki yaqin vaqt
oralig'ida davom etadi.Kuzatishning borishi, faktlar, sodir bo'layotgan voqealar,
jihozlar kuzatish kundaligiga qayd qilinib boriladi.
Ammo kuzatishlarni kayd kilishning eng ishonchli metodi texnik vositalar,
video, foto va kinosyomkadan, teleekrandan foydalanishdir.
Foydalaniladigan kuzatish metodlaridan biri ilg'or tajribani o'rganish va
umumlashtirishdan iborat. Bu metoddan muvaffaqiyatli foydalanishning majburiy
asosiy sharti shundan iboratki, o'qituvchilar tajribasining tavsifi qo'yilgan tadqiqot
vazifasiga javob beradigan bo'lishi kerak.
10
Tajriba.
Tajriba - bu ham kuzatish bo'lib, maxsus tashkil kilingan, tadqiqotchi
10
M.Imomnazarov, M.Eshmu^ammedov.Milliy ma'naviyatimiz asoslari. T., 2001
32
tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o'zgartirib turiladigan
sharoitda o'tkaziladi. Tajriba o'qitishning va tarbiyalashning u yoki bu usulning
ko'rsatma - qo'llanmalarining samaradorligini tadqiq qilishda qo'llaniladi.
Tadqiqotda ilmiy farazni o'rni katta ahamiyatga ega.Butun tajribani tashkil
qilish ilmiy farazni tekshiriga yo'naltiriladi.U material to'plash yo'llarini belgilash
imkonini beradi, tadqiqotchining faktik materialda chalkashib ketishiga yo'l
qo'ymaydi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish, taqqoslash metodi bilan o'tkaziladi. Buning
uchun ikki yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o'kuvchilar tarkibi
bo'yicha tayyorgarlik darajalari va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha imkoni boricha
bir xilda bo'lishi kerak. Bir xil sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus ishlab
chiqilgan tajriba materiali bo'yicha ish bajariladi. Taqqoslash uchun nazorat
sinflari tanlanadi, bu sinflar o'quvchilar tarkibi, ularning bilim darajalari bo'yicha
taxminan tajriba sinflarga teng kuchli bo'lishi kerak, bu sinflarda Milliy istiqlol
g`oyasi va ma`naviyat asoslarini tajriba sinflarda qo'llaniladigan metodlar,
vositalar va boshqalar qo'llanilmaydi.
Tajriba natijalari haqida obektiv ma'lumotlar olishning boshqa usullaridan
ham foydalaniladi:
a)
Tajriba - sinov o'tkaziladigan sinflarda boshlang'ich shartlar nazorat
sinfidagiga qaraganda bir muncha eng qulayroqdir; agar tajriba sinflarda bunday
sharoitlarda yaxshi natijalar olingan bo'lsa, masalani tajriba hal qilishi o'zini
oqlagan hisoblanadi;
b) O'quvchilarning tarkibi taxminan bir xil bo'lgan ikkita sinf olinadi; tadqiq
qilinayotgan muammoning yangi echimi shu sinflarning bittasida qo'llaniladi,
so'ngra boshqa mavzu materiallarida ikkinchi bir sinfda qo'llaniladi; agar bunday
qo'llanishdagi yangi metod, usul yaxshi natija bersa, bu usul metod o'zini oqlagan
bo'ladi.
Tajribani bilishdan oldin, uning oraliq bosqichlarida va oxirida hamma sinf
o'quvchilarining bilimlari tekshiriladi. Olingan ma'lumotlarni tahlil qilish asosida
tadqiq qilinayotgan metodning, usulning va x.k. Samaradorligi haqida xulosalar
33
chiqariladi. Tajriba-sinov o'tkaziladigan sinflardan olingan sifat va miqdoriy
natijalarni tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi.
Hujjatlarni o'rganish.
Ta'lim va tarbiya berishning keng tarqalgan metodlaridan biri o'quvchilar
ishlari va hujjatlarini o'rganishdan iborat. O'quvchilarning ishlari ularning
dasturning ayrim bo'limlari bo'yicha tayyorgarlik darajasini aniqlash, o'qitishning
malum davri davomida o'sishi va rivojlanishlarini kuzatish imkonini beradi.
11
Bunday tahlil butun sinf o'quvchilarining duch keladigan murakkab
qiyinchiliklarini, shuningdek, o'quvchilarning o'zlashtirishlaridagi individual
xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
O'quv xujjatlari (o'quv rejasi, dasturi, metodik ishlar xujjatlari, hisobotlar va
h.k.) O'quv tarbiyaviy ishlarni rivojlanish jarayoni va holatini aks ettiradi.
Suhbat metodi.
Ta'lim berishda suhbat metodidan ham foydalaniladi. Bu metoddan
foydalanish kuzatishdan olingan ma'lumotlarni to'ldiruvchi va aniqlovchi
materiallar
olish,
topshiriqlar
bajarilishi
imkonini
beradi.
Bu
metod
muvaffaqiyatining asosi bolalar bilan aloqa o'rnatilishi, ular bilan bemalol erkin
muloqotda bo' lish imkoniyatidan iborat.
Suhbat uchun uning maqsadini belgilash, dastur ishlanmasi, yo'nalishi va
metodikani asoslash juda muhimdir. Suhbat metodi bevosita berilgan savollarga
javoblarning ishonchliligini tekshirish imkonini beruvchi bevosita va bilvosita
savollarni kiritishni nazarda tutadi.
Suhbat metodi o’qituvchilarga, ota-onalarga qaratilgan bo'lishi ham mumkin,
bu holda aytib o'tilgan ehtiyotkorlikning hojati yo'k, shu sababli, bunda
tadqiqotchining suhbatdoshiga nisbatan munosabati ochiq - oydin bo'lishi mumkin.
6)
Anketalashtirish so'rovnoma o'tkazish metodi.
Biror muammoga nisbatan fikrlarni aniqlash, ba'zi faktlarni to'plash talab
qilingan hollarda anketalashtirish metodidan foydalaniladi.Agar javoblar og'zaki
olinadigan bo'lsa, u holda bu javoblar qarorga tola yoziladi. Ko'pchilik bir
11
S.Nosirxijaev, M.Lafasov, M.Zaripov.«Ma'naviyat asoslari».
34
savolning o'ziga javob berganda, buning ustiga har kim mustaqil javob bersa,
yozma anketalash qimmatli bo'ladi.
Anketadan foydalanilganda quyidagi ikki talabga amal qilish zarur:
1.Anketada savollar kam bo' lishi kerak;
2.Savollar shunday tuzilishi kerakki, ularni hamma bir xil tushunsin, ular aniq
(mujmal bo'lmagan) javoblarni talab qilsin.
Ta'lim va tarbiya berishda nazariy metodlar etakchi o'rin tutadi. Har bir
tadqiqotdan oldin o'rganish ob'ektini tanlash, nazariy tahlil asosida ob'ekt qaysi
faktlarda bog'langanligini aniqlash va tekshirish uchun ulardan etakchilarini
tanlash kerak. Tadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash gipotezasini
tuzish shunga mos ravishda tadqiqot o'tkazish metodikasini ishlab chiqish,
tadqiqotning borishida olingan faktlarni tushuntirish va tahlil qilish usullarini
tanlash va xulosalarni ifodalash lozim. Bu ishlarning hammasini bajarish uchun
tadqiq qilinayotgan muammoning ilgari va hozirgi vaqtdagi nazariya va
amaliyotini yorituvchi adabiy manbalarni o' rganish va tahlil qilish kerak. Nazariy
metodlar boshqa metodlar bilan bir qatorda Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat
asoslarini metodikasiga oid har bir tadqiqotga qo'llaniladi. Har kanday ilmiy
muammolarni hal qilishda eng oldin qilinayotgan masalasiga oid hamma
adabiyotni o'rganish va nazariy tadqiqot o'tkazish kerak.
«Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanini o’qitish metodikasi»ga
doir tadqiqotlarda boshqa metodlardan ham foydalaniladi.Odatda bu metodlarning
hammasidan birgalikda foydalanish, bir xil natijalarning ishonchli bo'lishini
ta'minlaydi.
12
Hozirgi zamon didaktikasida o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga har xil
yondashish mavjud. Yuqorida keltirilgan ta'rifdan o’qitish metodlari o'qituvchi va
o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatidan iborat ekani ko'rinadi. Binobarin, bunday
faoliyat tashkil qilish rag'batlantirish va nazorat qilishni nazarda tutadi, shunga
kora o’qitish metodlari ham uchta katta guruhga bo'linadi: o'quv faoliyatini tashkil
qilish metodlari; o'quv faoliyatini rag'batlantirish metodlari; o'quv faoliyatini
12
R.Mavlonova «Pedagogika». T., O'qituvchi, T., 2001
35
samaradorligini nazorat qilish metodlari.
Og'zaki, ko' rsatmali va amaliy metodlar:
1. Og'zaki metodlar - qisqa muddat ichida hajmi bo'yicha eng ko'p
ma'lumotlarni berish, o'quvchilar oldiga muammolar qo'yish, ularni hal qilish
yo'llarini ko'rsatish imkonini beradi.
Bu metodlar o'kuvchilarning abstrakt tafakkurlarining rivojlanishiga sharoit
yaratadi.
a) Tushuntirish. Bilimlarni tushuntirish metodining mohiyati shundan
iboratki, bunda o'qituvchi materialni bayon qiladi, o'quvchilar esa uni, ya'ni
bilimlarni tayyor holda qabul qilib olishadi. Materialning bayoni aniq, tushunarli,
qisqa bo'lishi kerak. Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari kursining bir
qator masalalarini qarashda bilimlarning izchil bayoni zarur.
O'qituvchining bilimlarni tushuntirish metodidan ma'lumotlar to'g'risidagi
nazariy materiallar ishlatish bo'yicha yo'l-yo'riq berishda foydalaniladi.
b) Suhbat bu eng ko'p tarqalgan va etakchi o'qitish metodlaridan biri bo'lib,
darsning har xil boskichlarida, har xil o'quv maksadlarida qo'llanishi mumkin,
ya'ni uyga berilgan topshiriqlarni va mustaqil ishlarni tekshirishda, yangi
materialni tushuntirishda, mustahkamlash va takrorlashda qo'llanilishi mumkin.
Suhbat - o’qitishning savol-javob metodidir, bunda o'qituvchi o'kuvchilarning
bilimlarini qay darajada o'zlashtirilganligi va amaliy tajribalariga tayangan holda,
maxsus tanlangan savollar va ularga beriladigan javoblar yo'li bilan o'quvchilarni
qo'yilgan ta'limiy va tarbiyaviy masalalarini hal qilishga olib keladi.
Metodik adabiyotda suhbat metodidan ko'pincha tushunchalar bilan
tanishtirishda foydalanish tavsiya etiladi.
2. Ko'rsatmali metodlar.
O'qitishning ko'rsatmali metodlari - o'quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar
olish imkonini beradi.Kuzatish hissiy tafakkurning faol shaklidir, bundan
o'qitishda, ayniqsa, Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanini o'qitishda
keng foydalaniladi. Tevarak - atrofdagi predmet va xodisalar va ularning turli -
tuman modellari (har xil tipdagi ko'rsatma-qo'llanmalar) kuzatish ob'ektlari
36
hisoblanadi. O'qitishning ko'rsatmali metodlarini o'qitishning og'zaki metodlaridan
ajratib qo'yib bo'lmaydi. Ko'rsatma - qo'llanmalarni namoyish qilishni har doim
o'qituvchining va o'quvchilarning tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi.
O'qituvchining so'zi bilan ko'rsatma vositalaridan birgalikda foydalanishning 4 ta
asosiy shakli aniqlangan:
1.
O'qituvchi so'zlar yordamida o'quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi;
2.
Og'zaki tushuntirishlar ob'ektning bevosita ko'rinmaydigan tomonlari
hakida ma'lumotlar beradi;
3.
Ko'rsatma-qo'llanmalari
o'qituvchining
og'zaki
tushuntirishlarini
tasdiqlovchi yoki konkretlashtiruvchi illyustratsiya bo'lib xizmat qiladi.
4.
O'qituvchi o'quvchilar kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa
chiqaradi.
3.
Amaliy metodlar. Malaka va konikmalarni shakllantirish va
mustahkamlashtirish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan metodlar o'qitishning amaliy
metodlari hisoblanadi. Xususan, bunday metodlar jumlasiga yozma va og'zaki
mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba'zi turlari kiradi.
Mashqlar asosan mustahkamlash va bilimlarni tadbiq qilish, malaka va ko
nikmalarni shakllantirish metodi sifatida qo'llaniladi. Milliy istiqlol g`oyasi va
ma`naviyat asoslarini yangi tushunchalarni, qonunlarni tarkib toptirishda bolalar
umumlashtirishga duch keladilar. Umumlashtirish - bu o'rganilayotgan
ob'ektlardan umumiy muhim tomonlarini ajratish va ularni muhim emaslaridan
ajratishdan iborat.
«Usul» o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish, ma'lum ob'ektni
o'zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlarini anglatadi. O'qitish usuli
deganda, ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning kutilgan maqsadga
erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushiniladi.
Uslub - asosiy o'qitish usuli, o'qitish usulining ayrim elementlaridan
foydalanib ish ko'rishdir.
Vosita yordamichi o'quv materiallari asbob, qurol apparatlardan foydalanish.
37
O'qitish usullarini quyidagi turlarga bo'lamiz: o’qitishning og'zaki usuli,
ko'rgazmalilik, amaliy usullari, muammoli izlanish, induktik-deduktiv, mustakil
ish usullari, rag'batlantirish, nazariy, o'z-o'zini nazorat qilish, kitob bilan ishlash.
Ta'lim jarayonida salmoqli o'rin egallagan muammoli aqliy, hujum, dars,
munozarali (ilmiy, erkin fikrlash) darslari muammoli ta'lim texnologiyasiga
asoslanadi.Muammoli darslarning o'ziga xosligi dars davomida vujudga keltirilgan
muammoli vaziyatlarga asoslanishida.
13
Muammoli ta' lim deb, o' qituvchi tomonidan ta' sir ko' rsatishning eng
muqobil varianti yordamida fikr yuritish qonuniyatlariga tayangan holda
o'quvchilarni bilimlarini o'zlashtirish jarayonida fikrlash qobiliyatini rivojlanishi,
shaxsning umumiy va maxsus rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga
aytiladi.
Muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog'liq:
Muayyan mavzuga oid o' quv materialini muammolashtirish;
Muammoli variantlarni vujudga keltirish orqali o'quvchilarning bilish
faoliyatini faollashtirish;
Ta'lim jarayonini o'yin mehnat faoliyati bilan uyg'unlashtirish;
O'z o'rnida va samarali foydalanishi ko'nikmasiga ega bo'lish;
Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli, savollar zanjirini
tuzish va mantiqiy ketma- ketlikda o'quvchilarga bayon qilish.
Muammoli ta' limning zamonaviy nazariyasida muammoli vaziyatlarning
ikkitasi ajratiladi.
1 Psixologik muammoli vaziyatlar
2 Pedagogik muammoli vaziyatlar o'qituvchining faoliyati:
-
O' quv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlar tizimini yaratish;
- O'quvchilar oldiga o'quv muammolarini yuqori ilmiy va metodik saviyada
qo'yish;
- Samarali foydalanishga (faolligini) erishish;
- O'quvchilar faoliyatini muammolarni hal etishga yo'nalishlardan iborat
13
S.Otamurodov va boshqalar. Ma'naviyat asoslari. T., 2002
38
bo'ladi.
O'quvchining faoliyati esa: muammoli vaziyatlarni idrok etish; hal qilish
usullarini izlash; tahlil kilish; tahlillarni ilgari surish ilmiy, mantiqiy nazardan
asoslash, isbotlash, tekshirish, xulosa chiqarishdan iborat;
O'qitishning og'zaki usullari 3 turga: ma'ruza, hikoya,suhbatga ajratiladi.
Ma'ruza - u yoki bu ilmiy masalani to'g'ri, mantiqiy izchillikda va aniq
izohlab berish.
S.I. Arxangelskiyning ta'kidlashicha, ma'ruza o'qituvchi shaxsining barcha
boyligi: ongi, hissiyoti, tuyg'usi, e'tiqodi orqali talabalar ichki dunyosi bilan
muloqatda bo'lishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda uning yo'naltiruv,
axborot berish, metodologik va tarbiyalov funktsiyalarini ro'yobga chiqarishga
yordam beradi.
Ma'ruzaning
yo'naltiruv
funktsiyasida
talabalarning
diqqati
o'quv
materialining asosiy qoidalari, uni o'rganishdagi hamda bo'lg'usi kasbiy
faoliyatidagi roli, ahamiyati va uni o'zlashtirish metodlariga jalb qilinadi.
Ma'ruzaning axborot berish funktsiyasi o'qituvchi tomonidan asosiy ilmiy faktlar,
qoidalar,xulosalarning mohiyatini ochish chog'ida amalga oshiriladi.o'qitishning
metodologik funktsiyasini qo'llash tadqiqot metodlarini qiyoslash hamda ilmiy
izlanishning tamoyillari va yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi.
O'qitishning tarbiyaviy funktsiyasi lektsiya jarayonida o'quv materialiga hissiy
baho berish munosabatlarini uyg'otish, qiziqishlarini o'stirish, mantiqiy fikrlash va
isbotlashni oydinlashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, ma'ruzada hal qilinadigan asosiy vazifalar
quyidagilardan iborat:
-ilmiy bilimlarning muayyan miqdori bayon qilinadi;
-talabalarga fan va tadqiqotlarning metodologiyasi tanishtiriladi.
-o'quv faoliyati va o'quv mashg'ulotlarining barcha turlari orasidagi metodik
aloqalar ko'rsatiladi.
O'quv materiallarini, og'zaki bayon qilish usuli, uning hikoya tushuntirish
vama'ruzasi kabi turlari qo'llaniladi:
39
- Bayon kilinayotgan materiallar g'oyaviy jihatdan mazmunli, ilmiy hamda
nazariya va amaliyotlar bilan bog' lashga qaratilgan bo' lishi kerak.
-tarbiyaviy ahamiyatini to'g'ri belgilash orqali tarbiviy ta'sir ko'rsatish
vositalarini aniqlash va amalga oshirish lozim.
- Nutq ravon, tushunarli, materialni his-tuyg'uli ifodalay olish kerak.
-ta'rif, qoida, konunlar kitob matnidan farq qilgan hollarda o'qituvchi
tomonidan ta'riflar yozib olinishi kerak.
Shuningdek o'qituvchi: muamoli vaziyatlarni ko ra bilishi, o'quv
topshiriqlarining maqsadini aniqlashi, mustaqil izlanish orqali savollarga javoblar
topishi, nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalar asosida javoblarning to'g'riligini
tekshirib ko'rishi, bilim ko'nikma va malakalarni yangi vaziyatlarda qo'llashi
lozim.
«Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari» fani dasturi va unga qo'yilgan
talablar haqida yuqorida batafsil ma'lumotlar ko'rsatilgan edi.
O'quvchilar bilish faoliyatini kuchaytirish darsliklar, qo'llanmalar bilan
ishlash malakasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Buning uchun
o'quvchilar o'qituvchining tavsiyasi va ko'rsatmasiga binoan, tavsiya etilgan
adabiyotlarni topishi, qo'shimcha o'quv adabiyotlari bilan tanishishi, o'rganilgan
axborotlarni tahlil qilish va baholashi, adabiyot mualliflarining jamiyatning
ma'naviy - ma'rifiy sohasida yoki fan rivojiga qo'shgan hissasini aniqlashi va baho
berishi lozim.
14
Xulosa
Ma'naviyat masalasi mamlakatimiz mustaqilligidan keyin yangi bosqichga
ko'tarildi.
Shu
sababli
Prezidentimiz
asarlarida
fuqarolarni
ma'naviy
tarbiyalashning zarurligi, uning davlatimiz hayot mamotiga, taraqqiyotiga ta'siri va
bu xaqdagi vazifalar aniq - ravshan ko'rsatib berilgan. Shuningdek Prezidentimiz
14
E.Yusupov. Jamiyat ma'naviy taraqqiyoti. T. 2001
40
―Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori‖ nomli nutqida o’qitish
texnologiyasiga xam aloxida to'xtalib ―maktablardagi jarayonda o’qituvchi
xukumron. U boladan faqat o'zi tushuntirayotgan narsani tushinib olishni talab
qiladi.Printsip xam tayyor: Mening aytganim -aytgan, deganim- degan‖ deya
an'anaviy dars berish usullarini tanqid kilgan edi.
«Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanini o’qitish metodikasi»
fanining maqsadi shaxs ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish o'sib kelayotgan
yosh avlodni, iymon-e'tiqodli, sharm-hayoli, or-nomusli, o'z Vatani, xalqi uning
boy tarixiy va madaniy qadriyatlari merosi urf-odatlariga sodiqlik ularga bo'lgan
muxabbatni shakllantirishga qaratilgandir.
O'zbekiston mustaqilligini his eta bilish, o'zligini anglash, milliy ong, milliy
g'urur, milliy g'oya va milliy mafkura tamoyillarini tushuna bilish, ma'naviy pok
jismonan baquvvat, vatan tuyg'usi bilan yashaydigan fidoiy izlanuvchan,
tashabbuskor, mustaqillikni mustahkamlashda ishtirok etadigan uning mas'uliyatini
anglaydigan yoshlarni voyaga etkazishdek buyuk ishga munosib hissa qo' shishdan
iborat.
41
Do'stlaringiz bilan baham: |