2. Tabiat tarixini o‟rganish turlari. Bu atrof muhitni va mahalliy madaniyatni o‟rganish uchun qilingan sayyohatdir. Ular ko‟pincha qo‟riqxonalar va milliy bog‟larda takshil etilishi mumkin. Bu turlar tabiat fenamentlari bor joylarda ham tashkil qilinishi mumkin. Bunga maktab o‟quvchilarining poxodlari ham kirib, unda o‟qituvchi o‟quvchilarga o‟tilgan joylarning tabiati tarixi to‟g‟risida hikoya qilib beradi.
Sarguzasht turizmi. Bu tur turizm barcha aktiv harakatli turlarini o‟zida jamlangan sayohatlarni o‟z ichiga oladi, hamda tabiatda dam olish turlari ham
bunga kirib ulardan maqsad yangi xissiyotlarni sezish, taassurotlarni boshdan kechirish, turistlarni jismoniy formasini yaxshilash va yangi sport muvoffaqitlarga erishishidir. Bu tur turizmga alpinizm, qoyalarda yurish, tog‟ va piyoda yurish turizmi, suv, chang‟i va tog‟- chang‟i turizmi, otda yurish turizmi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |