I bob. Mehmonxona zanjirlari.
1.1. Mexmonxona zanjirlarining tuzilishi.
Rivojlangan davlatlarning turli sohalardagi rivojlanishi va yashash sharoitining yaxshilanishi natijasida ishbilarmon insonlarning va turistlarning duyoning turli joylariga siljishiga olib keldi.
Mehmonxona indutriyasini rivojlantirish uchun quyidagi ishlar qilingan: Mehmonxonalarni yangilash uchun juda katta investitsiyalar yo’naltirilgan, yangi qurilishlar qurilgan, so’nggi zamonaviy texnologiyalar kiritilgan, yangi xizmatlar ishlab chiqilgan.
Mexmonnavozlik industriyasining rivojlanishiga mehmonxona zanjirlari katta ta’sir ko’rsatadi. Ular dunyo turizm bozoriga yuqori standartli xizmatlarini olib kirishadi, shu bilan birga turistlarga xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi.
Mehmonxona zanjirlari ishlab chiqarish darajasining ko’tarilishiga va turistlarga xizmatning yaxshilanishiga olib keladi. Mehmonxona zanjirlarida yaratilgan dizayn, xizmat va boshqalar bo’yicha aniq ko’rinishni boshqa davlatlarda uchratgan turistlar, shu zanjirning boshqa davlatdagi mehmonxonalarida uchratib, shu o’xshash qulayliklarda o’zlarini uydagidek his etadilar.
1950 - yillardan boshlab dunyo mehmonxona industriyasida mehmonxonalar ishini tashkil etishning xilma – xil modellari o’rnatildi.
Birinchi model – Rits modeli bo’lib, Shveysariyalik Sezar Ritz nomi bilan bog’liq. Ko’pgina obro’li mehmonxonalar “Ritz” nomi bilan mashhur. Misol, Parijda joylashgan “Ritz” mehmonxonasi.Bunday nomlashning asosiy sabablari nufuz va aristrokratizmdir. Hozirgi vaqtda bunday nomlash tanazzulga uchragan.
Ikkinchi model amerikalik tadbirkor Kemansi Uilson (“Holiday Inn”) nomi bilan bog’liq. Bu model o’zining yetarlicha yuqori standartli xizmatlari va mijozlarning takliflarini qondirishlarining katta egiluvchanligi bilan ajralib turadi.
Bu model bilan tashkil etilgan mehmonxona zanjirlariga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:
Bir xil stil (arxitektura, interyer);
Belgilarning va tashqi axborotning bir xilligi;
Mehmonlarni kutish xonasining kengligi va funksionalligi;
Mijozlarni registratsiyalashning tezligi;
Doimgi mijozlar uchun mo’ljallangan xonalar;
Ertalabki nonushta “shved stoli” asosida;
Konferensiya xonasining mavjudligi;
Egiluvchan tariflar sistemasi;
Boshqaruv, marketing va kommunikatsiya xizmatining birligi.
Dunyodagi mehmonxona zanjirlarining boshqaruvi ostidagi mehmoxona xonalarining 50% ikkinchi model asosida yuritiladi.
Uchinchi model –“mustaqil” mehmonxona zanjirlari (Misol, “Best Western”). Bu modelga asosan mehmoxonalarning dizayni, xizmatlari, joylashgan joyi, katta kichikligining turlichaligidan qat’iy nazar bir xil brend ostida birlashadilar. Zanjirning a’zolari – mehmoxonalar yagona fondga vznos to’laydilar. Shu mehmonxona zanjirlarining barcha xarajatlari ya’ni qo’shma reklamalar va marketing tadqiqotlariga ketadigan xarajatlar shu yagona fonddan foydalaniladi. Shu bilan birga mehmonxonalar o’zlarining moliyaviy-iqtisodiy va boshqaruv tizimining mustaqilligi saqlanadi. Shuningdek ikkinchi modelning uchinchi model bilan birligiga misol keltirish mumkin: “Akkor” mehmonxona zanjiri. Yevropadagi eng katta mehmonxona zanjiri. Bu mehmonxona zanjiri turli darajadagi mehmonxonalarni taklif etadi. Bozorda esa nufuzli nomlar bilan chiqadi. “Pulman”, ”Sofitel”, ”Novhotel” – bu yuqori darajadagi mehmonxona brendlari hisoblanadi. “Altea-Merkur” – bu esa o’rta darajadagi mehmonxona brendi hisoblanadi.
Mehmonxona – mehmonxona zanjiriga kirgandan so’ng uning shaxsiy mulkiga aylanishi shart emas. Bu holda franshiza yaratuvchilari va mehmonxona zanjiriga kiruvchi orasida shartnoma tuziladi. Shartnomaga asosan mehmonxona – mehmonxona zanjirining filiali hisoblanadi. Mehmonxona – o’z faoliyatini yuritishi uchun mehmonxona zanjirining belgilaridan, texnik va savdo sotiq axborotlaridan, band qilish sistemasi axborotlaridan, texnik yordamidan, xodimlarini o’qitish huquqidan foydalanadi. Franshiza korxonasi shartnomada shu ma’lumotlarni kiritadi.
Quyidagijadvalda bir necha mehmonxona zanjirlarining Rossiyadagi mehmonxonalari keltirilgan:
– Jadval
Mehmonxona zanjirlarining Rossiyadagi mehmonxonalari
Do'stlaringiz bilan baham: |