O‘yinning maqsadi: Bir amalli masalalarni og‘zaki yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish. O‘yin jihozi: “-”,”+” belgilari.
O‘yinning borishi: O‘qituvchi masalalarni o‘qiydi, o‘quvchilar esa masalani qaysi amal bilan yechish kerak bo‘lsa, o‘sha “ishorani” ko‘rsatadilar. Masala. Alisherning ikkita qizil va uchta oq qalami bor , jami nechta qalami borligini qaysi amaladn foydalanib topamiz? O‘quvchilar “+” ko‘rsatadilar. Masala og‘zaki echiladi.
Masala. Zeboda 7 ta daftar bor edi jami. 4 tasini singlisiga berdi. Zeboda nechta daftar qoldi.
Mustahkakmlash: O‘quvchilar “+”, “-”, qo‘shish va ayirish belgilari qachon qo‘yilishini so‘rab, ularning bilimlari mustahkamlanadi.
“JIM O‘YINI”.
Do'stlaringiz bilan baham: |