Buxoro davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiy fakultet



Download 0,65 Mb.
bet12/32
Sana20.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#393710
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
O`yin tuzilmasi, pedagogik o`yinlar klassifikatsiyasi (Рузиева Г.)

O‘yin borishi. Ishbilarmon o‘yini yetti bosqichga ajratiladi:

  1. O‘yinga kirish;

  2. Informatsion faza va o‘qish fazasi;

  3. Fikrlarni shakllantirish va strategiyani rejalashtirish;

  4. Guruhlar orasida hamkorlik;

  5. Taqdimot tayyorlash;

  6. Taqdimot o‘tkazish;

  7. O‘yinni baholash.

O‘yin kirishdan boshlanadi (1), bu erda ishbilarmon o‘yinning o‘zi, materiallar va rollar bilan tanishtiriladi. Tushunish bilan bog‘liq savollar tushuntiriladi va ishchi guruhlar tuziladi. O‘yin rahbari bunda muammo/mojaroni tushuntiradi va materiallarni tarqatadi. Informatsion faza va o‘qish fazasida (2) guruhlar tuziladi, ishchi kartochkalar tarqatiladi (har bir guruh ishtirokchi uchun bir xil) va rolli kartochkalar tarqatiladi. Informatsion material ishlab chiqiladi va tushunish bilan bog‘liq savollarga javob beriladi. So‘ngra, fikrlarni shakllantirish va strategiyalarni rejalashtirish fazasida (3) guruhlar ichida axborot tizimlashtiriladi va boshlang‘ich vaziyat tahlil qilinadi. Bunda imkon boricha ijodiy g‘oyalar va strategiyalar ishlab chiqiladi, bu ishlanmalardan kelib chiqqan harakat va yechimlar tanlovi ko‘rib chiqiladi va muhokama qilinadi. Keyin natijalar hujjatlashtiriladi va ko‘rib chiqiladi. Muhim jihat – yordam faqat «alohida, majbur bo‘lgan vaziyatlarda» ko‘rsatiladi. Guruhlar orasida hamkorlik (4) o‘yinning eng intensiv fazasi hisoblanadi, bunda guruhlar bir-biriga nisbatan harakat qilishadi (xatlar yozishadi, fakslar, elektron xatlar uzatishadi. Suhbat va muzokaralar olib borishadi). Bu erda voqealar kartochkalari yordamida o‘yinga yo‘naltirilgan impulslar va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. O‘yin rahbari pozitsiyasi bunda to‘laligicha passiv bo‘ladi. plenum/konferensiyani tayyorlash fazasida (5) o‘yinning kulminatsion payti boshlanadi. Natijalar jamlanadi, ishlanadi va guruh ichida baholanadi, taqdim etiladigan jarayon muhokama qilinadi. Ehtimolli dalillar, strategiyalar va kirish so‘zlari. SHuningdek guruh ma’ruzachisi aniqlanadi. O‘yin rahbari qarama-qarshi savollar vujudga kelishida guruhga maslahat beradi. Keyin bevosita plenumni o‘tkazish fazasi o‘tkaziladi (6). Bu erda ishbilarmon o‘yinning barcha ishtirokchilari to‘planib va har bir guruh natijalari yig‘iladi va taqdimot etiladi. Agar kelishuvga kelinmasa, yoki ochiq savollar qolsa, talabalar bu savollarga o‘yinni baholashda qaytishadi. Endi o‘qituvchi o‘ziga konferensiya raisi funksiyasini oladi. Yettinchi faza o‘yinni baholashdir (7). Bu erda fanning mohiyati umumlashtiriladi va tahlil qilinadi. Bunda o‘yin natijalari tahlil qilinadi va konstruktiv tanqidlanadi. Ko‘rsatilgan o‘yin borishi tipik ideal hisoblanadi va vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin. YAna bir muhim jihat bo‘lib talabalar tomonidan olingan rollarning jiddiy qabul qilinishi va bajarilishi hisoblanadi.

O‘yin qoidalari turli ishbilarmon o‘yinlarda o‘zgarishi mumkin. Qo‘yidagi vaziyatlar ishbilarmon o‘yin muvaffaqiyatli borishi uchun asosiy hisoblanadi: destruktiv (buzuvchilik) harakatlari, hokimlik tarbiya va ishbilarmon o‘yinni avvalroq tugatishi mumkin bo‘lgan «noto‘g‘ri tushunilgan» harakatlarni cheklash kerak. Umuman, o‘yin qoidalariga informatsion va kommunikatsion shakllar, guruhlar va o‘yinni boshqarish kompetensiyasi, shuningdek o‘yinning texnik jihatdan borishi hisoblanadi.

Misol tariqasida «........... shahrida atrof-muhit ifloslanishi» loyihasi tanlandi.

Mavzu: loyiha markazida shahar qog‘oz fabrikasi va charm mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasidan chiquvchi zarrali moddalar miqdorini atrof-muhitga chiqishini kamaytirish savoli turadi. Ular aholiga zarar keltiradi va shaharning iqlimiga, xorijiy turizmga ziyon keltirmoqda. Ikkala korxona shaharda asosiy ish beruvchilar hisoblanishi tufayli, ishchi o‘rinlarni ham hisobga olish kerak.

Guruhlar: Bu o‘yin uchun oltita guruh mo‘ljallangan: qog‘oz fabrikasi rahbariyati, charm ishlab chiqarish fabrikasi rahbariyati, ....... shahar mahalliy kengashi, horijiy turizmning mahalliy uyushmasi, havaskor baliqchilik klubi va atrof-muhitni asrash boshqarmasi. Bunga yana odatda o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan o‘yinni boshqarishni kiritish kerak.

Vaqt hajmi: muallif butun o‘yinga 6 akademik soatni rejalashtiradi. Tayyorgarlik fazasi va muzokaralar fazasiga mos ravishda ikki soatdan vaqt rejalashtiriladi. Qolgan ikki soat konferensiya fazasiga ajratilgan. Bu vaqt chegaralariga natijalarni baholash/tahlil qiritilmagan.


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish