Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul


Kolumbning  Amerikani  kashf  qilishi



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/108
Sana28.05.2020
Hajmi0,87 Mb.
#57325
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108
Bog'liq
xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi fanindan maruza matnlari (1)

 
Kolumbning  Amerikani  kashf  qilishi.  Portugaliyaliklar  Hindistonga 
Afrikaning  g`arbiy  qirg`oqlari  bo’ylab  siljib  borayotgan  bir  paytda,  qo’shni 
Ispaniyada  xuddi  o’sha  Hindistonga  borish  yo’lining  boshqa  bir  varianti  chiqib 
qoldi.  Genuyalik  Xristofor  Kolumb  (1451—1506)  1492  yilda  Ispaniyaning 
Ferdinand  va  Izabella  hukumatiga  Hindistonga  g`arb  tomondan  boradigan  sayohat 
loyihasini  taklif  qildi.  Kolumb  Yerning  sharsimonligi  haqidagi  ta’limotga 
asoslanib  ish  ko’rdi.  XV  asr  oxirlarida  Yevropa  fan  ahllari  bu  ta’limotning 
to’g`riligiga  yana  bir  iqror  bo’ldilar.  Kolumb  bundan  ilgari  ham  o’zining  shunday 
loyihasi  bilan  Portugaliya  hukumatiga  murojaat  qilgan  edi,  ammo  rad  javobi  olgan 
edi.  Portugaliyaliklarnnng  dengizdan  Afrika  bo’ylab  Hiidistonga  boradigan  o’z 
rejalari  bor  edi;  Diasning  kashfiyotidan  keyin  bu  rejaning  uzil  kesil  amalga 
oshirilishi  yaqinlashib  qolgan  edi.  Xuddi  shu  vaqtga  kelib,  Granada  qirolligini 
istilo  qilish  ishini  tamomlagan  ispan  hukumati  Kolumb  loyihasiga,  aksincha, 
xayrixohlik  bilan  qaraydi.  Sayohatni  uyushtirish  uchun  zarur  bo’lgan  mablag`ning 
bir  qismini  Kolumbning  o’zi,  ko’p  qismini  hukumat  berdi.  Kolumb  yangi  ochilgan 
mamlakatlarda  o’ziga  va  vorislariga  qirol  noibi  va  admiral  lavozimlarini  egallash 
huquqi  berilishini  shart  qilib  qo’ydi.  Uch  kemadan  iborat  kichkina  bir  eskadra 
1492 yilning  3 avgustida Palos gavanidan Atlantika  okeaniga  jo’nab ketadi. 
 
1492  yil  12  oktabrda  Kolumb  Karib  dengizida  Markaziy  Amerikaga  yaqin 
joydagi  Bagama  orollaridan  birini  topdi.  Tezda  u  katta  qo’shni  orollar-Gaiti  va 
Kuba  orollarini  kashf  etdi.  SHundan  keyingi  sayohatlaridan  birida  Kolumb Janubiy 


Amerika  (Orinoko  daryosining  quyar  joyi  yaqinidagi)  qirg`oqlarini  topdi.  Kolumb 
hayot  ekanligidayoq  ispanlar  Ame-rikani  kolonizatsiya  qila  boshlaydilar.  Espanola 
deb  boshqacha  nom  berilgan  Gaiti  orolida  birinchi  koloniya  tuziladi.  YAngi 
dunyoni  Kolumb  kashf  etgan  bo’lsa-da,  bu  dunyoga  uning  nomi  be-rilmaydi. 
Kolumb  Hindiston,  Xitoy  va  YAponiyani  kashf  qildim  deb  qattiq  turib  oladi. 
Amerikadagi  Kolumb  kashf  qilgan  yerlar  ko’p  o’tmay  Ispaniyaning  hafsalasini  pir 
qiladi.  CHunki  Kolumbning  yangi  «G`arbiy  Hindistoni»  haqiqiy  «SHarqiy  Hin-
diston»dan  ko’ra  kambag`alroq  bo’lib  chiqadi,  shaharlari  va  tsi-vilizatsiyasi 
bo’lmaydi.  Mahalliy  xalqda  oltin  va  kumush  uchrasa-da,  lekin  kutilgan 
darajadagidan  ancha kam bo’ladi. Tez orada Kolumb saroyning g`azabiga yo’liqdi. 
U  1506  yilda  Kolumb  qashshoqlikda  va  hammaning  nazaridan  qolib  chetda  o’lib 
ketdi.  Viloyat  shaharlaridan  biri  Validolidda  vafot  etgan  Kolumb-ning  o’limidan 
zamondoshlari  mutlaqo bexabar qoldilar. 
 
Kolumb  ochgan  qitaga  Amerika  degan  nom  boshqa  bir  ital-yan, 
florentsiyalik  Amerigo  Vespuchchi  (1452—1512)  nomidan  olib  berildi.  Amerigo 
«YAngi  yerga»  bir  necha  marta  sayohat  qilib,  Janubiy  Amerikaning  shimoli-
sharqiy  qirg`oqlarini  batafsil  tekshirib  chiqdi.  Amerigoning  dengiz  sayohatlari 
to’g’risidagi  1507  yilda  nashr  etilgan  hikoyalar  to’plami juda mashhur bo’lib ketdi. 
Kartograflar  Kolumb  kashf  qilgan  yerlarni  1507  yildayoq  o’z  kartalarida «Amerigo 
yerlari»  degan  umumiy  nom  bilan  ko’rsata  boshladilar.  Keyinchalik  «Amerigo» 
degan  nomni  eski  qit’alar-Osiyo,  Yevropa,  Afrika  nomlariga  monandlashtirib 
«Amerika»  deb o’zgartirdilar. 
 
Kolumb  kashfiyoti  Portugaliya  bilan  Ispaniya  o’rtasida  yangi  yerlar  uchun 
raqobat  chiqishiga  sabab  bo’ldi.  Nizoning  oldini  olish  uchun  har  ikki  davlat  1494 
yilda  Tordessilyas  shahrida  o’zaro  shartnoma  tuzdi.  Bu  shartnomaga  muvofiq 
YAshil  Burun  orollaridan  g`arbga  tomon  2053  kilometr  narida  Qutbdan-Qutbga 
qarab  chegara  chizig`i  tortildi.  Bu  chiziqning  g`arb  tomonida  yangi  ochilgan 
hamma  yerlar  ispanlarga,  sharq  tomonidagi  yerlar  portugaliyaliklarga  qaraydigan 
bo’ldi,  ammo  bu  chegara  chizig`i  butun  yer  sharini  kesib  o’tmaganligi,  balki  faqat 
G`arbiy  yarim-shardangina  o’tganligi  tufayli  ispanlar  .bilan  portugaliyalik-lar 
Molukka  orollarida  duch  kelib  qoldilar  va  o’rtada  nizo  chiqdi.  SHundan  keyin 
1529  yilda  Saragosda  yangi  shartnoma  tu-zilib,  bu  shartnomaga  muvofiq  SHarqiy 
yarim  sharda  Molukka  orollaridan  sharq  tomonda  17°  da  yangi  chegara  chizig`i 
tortildi.  Mustamlaka  duiyosini  birinchi marta taqsimlash ana shu tarzda ro’y bergan 
edi. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish