16-Mashg'ulot (dekabrning 4-haftasi)
Mashg'ulot maqsadi : bolalarda harakatni bajarishga o'rgatish, bolalarda
harakat ko'nikmalarini shakllantirish, bolalarda lug'at boyligini kengaytirish.
Jihozlar : to'rtta o'rtacha koptok, arqon, ikkita gimnastika skameykasi, ikkita
bayroq.
Lug'at :yoting, dumalating, oting, iling, bayroq.
Mashg'ulot mazmuni: 1. To'xtashlar bilan ketma-ket yurish
2. Oyoq uchida yurish
3. Qorinda yotib, koptokni tarbiyachiga dumalatish (10 marta)
4. Polga qo'yilgan arqon ustidan sakrash (4 marta)
5. Bayroqchalar bilan yugurib skameykalar ustidan hatlash (2 marta)
6. Tarbiyachiga koptok otish va ilish (6-8 marta)
7. Zalning qarama-qarshi devori tomonga guruh bilan yurish