Buxoro davlat universiteti ijtimoiy- iqtisodiy fakulteti psixologiya ta



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/73
Sana01.01.2022
Hajmi1,46 Mb.
#301626
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73
Bog'liq
eshitishda nuqsoni bor bolalarni psixologiyada organilishi

1.2.
 
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan maktab yoshdagi bolalarning ruhiy, 
jismoniy va harakat ko’nikmalarining rivojlanish xususiyatlari 
Kar  bolalarning  ruhiy  rivojlanishi  tashqi  olam  bilan  aloqa  sharoitida  amalga 
oshuvchi  rivojlanishning  o'ziga  xos  yo'lidir.  Ko'pda  eshituv  analizatorining 
funksiyasi  buzulganligi  eshituv  bilan  bog'liq  bir  qator  funksiyalarni  to'liq 
rivojlanmasligiga olib keladi. 
Xususiy  ruhiy  rivojlanishini  buzulishi  ko'r  va  zaif  eshituvchi  bolaning  ruhiy 
rivojlanishini  tormozlaydi.  Defisator  tipda  larxik  koordinatsiya  va  funksional 
aloqalarning buzulishi kuzatiladi. Bu qisqa saqlanilgan tizimda perseptivtizimlarni 
rivojlanmaganligida namoyon bo'ladi.  
Eshitishda  nuqsoni  mavjud  bolalarning  ruhiy  rivojlanishi  eshituvchi 
bolalarning  ruhiy  rivojlanishi  qonun-qoidalariga  bo'ysunadi.  Bu  umumiy  qonun-
qoidalar quyidagi qoidalar bilan xarakterlanadi: 
Surdopsixalogiyada  bolaning  ruhiy  rivojlanishida  biologik  va  ijtimoiy 
omillarning  o'zaro  aloqadorligi  ta'limoti  muhim  o'ringa  ega.  Biologik  fanlarga  
nerv  tizimining  xususiyati  temperament  tiplari,  qobiliyat  kiradi.  Bolaning 
tug'ulishgacha hayotida - homila davridagi bosqichni davom etishi- ona kasalligi, u 
qabul  qilgan  dorilar,  tug'ish  travmalari  ham  biologik  omil  turkumiga  kiradi. 
Ijtimoiy  omillar  bola  yashab,  rivojlanayotgan  jamiyat-siyosat,  idealogiya  tipi, 
madaniyat,  fan  va  san'at  rivojlanish  darajasidir.  Ijtimoiy  muhit  shu  jamiyatdan 
qabul  qilingan  ta'lim-tarbiya  tizimini  belgilari,  inson  rivojlanishining  manbai 
sanaladi.  Ijtimoiy  tajribani  egallash  passiv  idrok  etish  bilan  emas,  balki  faol 
formada  faoliyatning  turli  ko'rinishlari-o'yin,  muloqot,  mehnat,  bilim  olishda 
namoyon bo'ladi. Bolalar bu tajribani kattalar yordamida egallaydilar. 
Eshitishning  buzulishi  biologik  omillar  asosida  namoyonlik,  tug'ruqlar 
patalogiyasi, ximik zararlanish asosida amalga  oshishi mumkin. Bolalik davrining 
xususiyatlari  kattalarga  nisbatan  bir  tomondan  miya  strukturasining  to'liqsizligi, 
ruhiyat  komponentlarini  shakllanmaganligi,  nerv  tizimining  plastikligi  va 
kompensatsiyaga moyilligi bilan asoslanadi.  


17
 
 
Eshitishni buzulishida kompensatsiya rolini ijtimoiy omillar - oilaviy tarbiya, 
emotsional  tarbiya,  ota-onaning  ta'limi  darajasi,  ularni  mutaxassislar  bilan 
munosabati, korreksion ishdagi ishtiroki darajali o'ynaydi. 
Barcha  bolalarni  ruhiy  rivojlanishidagi  umumiy  qonuniyat  uni  vaqt  bo'yicha 
tashkillashtirish  hisoblanadi:  bola  hayotining  turli  bosqichlarida  o'zgaruvchi  ritmi  
shakllanish  xususiyatlari  bilan  belgilanuvchi  mazmun  bolaning  ta'lim  tarbiyasi 
jarayoni  hisoblanadi.  Ruhiy  rivojlanishni  bir  stadiyasidan  ikkinchisiga  o'tishi 
psixika  komponentlari  chuqur  shakllanishi,  ya'ni  psixologik  davr-ontogenezning 
o'ziga xosligi o'zida namoyon qiladi. 
Bolalar  ruhiy  rivojlanishini  to'g'ri  kelmasligi  hayot  bosqichida  miyaning  faol 
shakllanishi  bilan  asoslanadi.  Bir  yoshdan  ikkinchisiga  o'tishda  funksional 
aloqalarning  murakkabligi  tuzatiladi.  Shuning  uchun  yosh  davri  turli  pedagogik 
ta’sirlarga  yuqori  ta'sirchanligi  bilan  xarakterlanadi.  Bu  bosqichlar  senzetiv  deb 
nomlanadi.  Har  bir  yosh  davrida  aloqa  va  munosabatlar,  psixik  funksiyalar  qayta 
qurulishi amalga oshiriladi. 
Senzitiv  bosqichlar  mavjudligi,  endi  shakllanayotgan  ruhiy  funksiyalarga 
ta'lim  ta'siri  kuchli  bo'lishi  bilan  xarakterlanadi.  Nutqni  rivojlanishidagi  senzitiv 
bosqichning  senzitiv  bosqichi  (yoshdan  3  yoshgacha)  eshitishda  nuqsoni  mavjud 
bolalarni ruhiy korreksiyasida muhim o'rin tutadi. 
  Qonuniyat-  L.S.Vigotskiyni  bolalar  rivojlanishidagi  metomerafaza  haqida 
ta'limotidir.  Bola  psixikasi  har  bir  yosh  bosqichida  o'ziga  xosdir,  bu  bola 
rivojlanishdagi  integratsion  jarayonlar  funksional  munosabatlar  natijasi  o'laroq 
maydonga  chiqadi.  Evolyutsiya  va  invalyutsiya  jarayonini  birlashishi  yangi 
bosqichda oldingi bosqichdagilarni yangilanishi yoki yo'q bo'lishini asoslaydi. 
  Qonuniyat-  yuqori  ruhiy  funksiyalarni  rivojlantirish  sanaladi.  Bu  boshqa 
odamlar,  kattalar  bilan  hamkorlik  shakli  sifatida  namoyon  bo'lib,  asta  -  sekin 
bolaning  ichki  funksiyasiga  aylanib  boradi.  Yuqori  ruhiy  funksiyalar-murakkab 
tuzilmalar  bo'lib,  kelib  chiqishiga  ko'ra  ijtimoiy  hodisadir.  Ular  maxsus  tashkil 
etilgan vositalar bilan jamiyatni tarixiy rivojlanishi bosqichida shakllanib boradi.  


18
 
 
“Natural”  psixik  funksiyalarning  oldingi  strukturasi  o'zgaradi,  ular 
madaniylashib, ongliylik, ixtiyoriylik, asoslanganlik sifatlariga ega bo'la boshlandi. 
Eshitishda  nuqsoni  mavjud  bolalarning  ruhiy  rivojlanishi    qonuniyatlari  ruhiy 
rivojlanishdan  orqada  qolgan  bolalar  psixik    rivojlanishi  qonuniyatlariga  xos 
bo'ladi.  Rivojlanishida  nuqsoni  mavjud    bolalar  atrof  muhit  bilan  muloqotda 
qiyinchiliklarga  duch  keladilar,  ularda    shaxs  va  o'z  -o'zini  anglashni  rivojlanishi 
xususiyatlari namoyon bo'la boshlaydi. Turli buzulish, nuqsonlarga ega bolalarning 
ruhiy rivojlanishi tahlili, L.V.Vigotskiy ta'rifi bilan aytganda nuqson strukturasidan 
tuzilgan  tahlildan  kelib  chiqadi.  Birlamchi  nuqson  bu  o'rinda  eshitishni    buzulishi 
ikkilamchi,  uchlamchi  nuqsonlarga  olib  keladi.  Ikkilamchi  buzulishlar  turli 
sabablarga  ko'ra  chaqaloqlik,  maktabgacha  bo'lgan  davrda  o'xshash  holatda 
namoyon  bo'ladi.  Ikkilamchi  nuqsonlar  tizimli  xarakterga  ega  bo'ladi,  funksional 
o'zaro  munosabatlar  strukturasi  o'zgartiradi.  Ikkilamchi  nuqson  qanchalik 
birinchisiga yaqin bo'lsa, uni korreksiyalash shunchalik murakkabdir. Masalan, kar 
bolalar  talaffuz  nuqsoni  eshitish  buzulishi  bilan  bog'liq  bo'lib,  uni  korreksiyalash 
mushkul vazifadir, nutqning boshqa jihatlarini rivojlantirish hali eshitish buzulishi 
bilan  u  qadar  yaqin    aloqada  emas,  shu  sababli  ularni  korreksiyalash  bir  muncha 
yengil kechadi. 
Ikkilamchi  nuqsonlar  eshitishdagi  buzulishidagi  psixo  -  logo  -  pedagogik 
korreksiyaning  asosiy  obyekti  hisoblanadi.  Bola  ruhiy  rivojlanishi  o'ziga  xosligi 
ikkilamchi nuqsonlarni erta korreksiyalash lozimligi dalillandi.  Eshitishda nuqsoni 
mavjud  bolalar  ta'lim  -tarbiyasida    tushurib    qoldirilgan  yillar,  ularning  yuqori 
sinflarida  kompensatsiya  qilina  olmaydi,  buzulishlarni  bartaraf  qilinishi  uchun 
uzoq  muddat,  kuch  talab  etadi.  Ruhiy  rivojlanish  jarayonida  birlamchi  va 
ikkilamchi buzulishlar o'rtasida larxik munosabatlar buzuladi. 
Ta'lim  jarayonidagi  dastlabki  to'siq  -  bu  birlamchi  nuqson  sanaladi.  Keyingi 
bosqichlarda  psixik  rivojlanishi  buzulishdagi  ikkilamchi  nuqsonlar  bolaning 
ijtimoiy  adaptatsiyasiga  to'sqinlik  qila  boshlaydi.  Buzilishlarning  barcha  tiplarida 
bolaning  ruhiy  rivojlanishida  o'ziga  xos  qonun  -  qoidalarni  tasniflash  mumkin 


19
 
 
(B.I.Lubovskiy).  Buzulishning  barcha  tiplarida  ma'lumotni  qabul  qilish,  qayta 
ishlash, saqlash va qo'llash qobiliyatini pastligi kuzatiladi.  
Tafakkur  -  haqiqatni  bevosita  va  umumlashgan  aks  ettiruvchi  bilish 
jarayonidir.  Hozirgi  kunda  bolalar  tafakkurining  rivojlanishini  uch  bosqichi  - 
ko'rgazmali  -  harakat,  ko'rgazmali  -  obrazli,  so'zli  -  mantiq  tavsiflanadi.  So'nggi 
bosqichda  umumlashish,  tushunchaning  shakllanganligi  darajasi,  ishlatiladigan 
material  xarakteriga  ko'ra  konkret  -  tushunchali  va  abstrakt  tushunchali  tafakkur 
o'zaro tasniflanadi. 
So'zlashuv eshitishni sog'lom bolalarga nisbatan kech egallovchi kar bolalarda 
tafakkurning  o'ziga  xos  xususiyatlari  kuzatiladi.  Eshitishda  nuqsoni  mavjud 
bolalarning  tafakkurini  rivojlantirish,  uning  o'ziga  xos  xususiyatlari  bir  qator 
faylasuf  va  psixologlar  e'tiborini  jalb  etib  kelgan,  chunonchi  kar  bola  ruhiy 
jarayonlarini  o'ziga  xosligi  nutqni  tafakkur  shakllanishi  va  rivojlanishidagi  rolini 
bilish uchun keng imkon yaratadi. 
Ko'rgazmali  -  harakat  tafakkuri  predmet  bilan  tashqi  harakatni  o'zida 
jamlaydi,  bunda  bola  maqsadga  erishish  vositasi  sifatida  turli  predmetlardan 
foydalanadi. 
Amaliy  vazifalarni  amlga  oshirishda  muammoni  hal  etishni  bir  sharoitdan 
ikkinchisiga  o'tkazish  zaruriyati  yuzaga  keladi.  Bu  ko'rgazmali  -  harakat 
umumlashmalarini shakllanishga olib keladi. 
A.V.Zaporojes  umuman  eshitish  mavjud  bo'lmagan  kar  bolalarning 
ko'rgazmali  harakat  tafakkurining  xususiyatlarini  tadqiq  etgan.  U  bolalarga 
uzoqlashtirilgan predmetni olish uchun lineykadan, tayoqdan foydalanishni ko'zda 
tutuvchi  topshiriq  beradi.  Harakatni  bir  sharoitdan  ikkinchisiga  o'tkazish 
vositalarni  umumlashtirish  yo'nalishi  bo'yicha  amalga  oshadi.  Bu  umumlashtirish 
uchun  sensor  va  mator  komponentlarni  yaxlitligi  xosdir,  chunki  ularda  funksional 
mohiyat,  predmetlarning  tashqi  ko'rinishi  o'xshashligi  aks  etadi.  Bu  bog'liqlik  kar 
bolalarda  tashqi  belgilarga  emas,  balki  ichki  belgilarga  ko'ra  predmetlarni  bir 
sharoitdan  boshqasiga  olishdagi  qiyinchilikni  yuzaga  kelishini  asoslaydi.  Aynan 


20
 
 
bir predmetni boshqa materiyadan yasash,yoki uni boshqa rangga bo'yashni bolalar 
yangi vazifa sifatida qabul qiladilar.  
Ko'rgazmali  -  harakat  tafakkurining  o'ziga  xosligi,  bir  sharoitdan  boshqasiga 
o'tishda  bola  harakati  va  predmet  aloqasi,  munosabati  tamoyili  to'liq  namoyon 
bo'lmasligi bilan belgilanadi. Shunday qilib, eshitish rivojlanishgacha tafakkurning 
inert,  harakatchan  emasligi  kuzatiladi.  Ma'lum  nuqtai  nazardan  bola  narsani 
anglab,  undan  qiyinchilik  bilan  ajraladi.  Noeshitish  muloqot  imo  -  ishora  yoki 
so'zlashuv  eshitishni  shakllantirish  uchun  asosiy  omil  sanaladi.  Kar  bolani 
eshitishni rivojlantirish uning tafakkurini rivojlantirishda muhim o'ringa ega.  
A.V.Zaporojes  fikrcha  bolani  amaliy  tajribaga,  va  sensor  tarbiyaga  ega 
bo'lishi asosidagina bu jarayon amalga oshishi mumkinligini e'tirof etadi. Bolaning 
amaliy  tajribasi  inson  qo'li  bilan  yaratilgan  predmetlar  bilan  topishi,  harakatlarni 
natijalar  bilan  qiyoslash,  sabab  -  oqibat  aloqalarini  belgilashdir.  Shuningdek 
bolalar  predmetlararo  munosabatlar  ham  anglaydilar.  Ko'rgazmali  -  harakat 
tafakkurini  rivojlanishidan  orqada qolish  eshitish  mavjud  bo'lmagan  kar  bolalarda 
ham uchraydi. N.V.Yashkova tadqiqotlarida kar bolalar sog'lom bolalarga nisbatan 
katta  yoshlarda  ko'rgazmali  -  harakat  vazifalarini  hal  eta  olishi  aniqlangan.  9  -  10 
yoshlardagi  kar  bolalar  uchun  kattalar  harakatiga  taqlid  qilish  xosdir.  Kar  bolalar 
harakatni  umumlashtirish  usuliga  ega  bo'lmaydilar,  shu  sababli  bu  vazifani 
o'rgatish  uchun  to'rt  marotaba  ko'p  vaqt  va  uch  marotaba  ko'p  ko'rgazma  kerak 
bo'ladi. 
Ikkinchi  bosqich  -  ko'rgazmali  obrazli  tafakkurga  o'tishda  ikki  o'zaro  sharoit 
muhim  ahamiyatga  egadir.  1  sharoit  -  bolalarda  aynan  predmetlarni  ifodalovchi 
obroz,  model,  obyektlarni  farqlash  malakasini  shakllantirishdir.  Bunda  predmet 
haqidagi  tasavvurlar  tizimi  shakllanadi,  obrazlar  strukturasi  takomillashadi, 
murakkablashadi, predmetlar obrazini tavsiflash malakasi shakllanadi. 
A.R.Luriya  va  F.L.Yudovich  eshitish  rivojlanishi  orqada  qolgan  sog'lom 
egizak  bolalarni  tafakkurining  o'ziga  xos  xususiyatlarini  tadqiq  etgan.  Bolalar 
harakatni  so'zdan  ajratish,  rejalashtirish,  elementar  tasniflash  malakasiga  ega 


21
 
 
bo'lmaganlar.  Predmet  ifodasi,  belgi,  munosabatlarini  anglab  bola  predmet 
obrazlari bilan tafakkur harakatlarini amalga oshiradilar.  
Kar bolalar uzoq muddat davomida ko'rgazmali - obrazli tafakkur bosqichida 
qoladilar. 
 Xususan,  T.V.Rozopova  tadqiqotlarida  kar  bolalarning  ko'rgazmali  -  obrazli 
tafakkurining rivojlanishidagi farq maktab ta'limiing boshida 1 - sinfda kuzatiladi. 
7  va  10  yoshlarda  kar  bolalarda  eshituvchilarga  nisbatan  rivojlanish  tempi  ortadi. 
Yuqori  sinfdagi  bolalarda  ko'rgazmali    obrazli  tafakkur  rivojlanishidagi  o'ziga 
xoslik  murakkab  masalalarni  yechishda  ko'rinadi.  Bu  kar  va  eshituvchi  bolalarda 
masala  yechish  tamoyili  mazmuniga  ko'ra  farqlanish  bilan  asoslanadi.  (Matrisani 
tuzish asosida yotuvchi munosabat, belgilarni aks ettirishi aniqligi, to'laligiga ko'ra 
farqlanadi).  Tamoyilni  to'liq  anglolmaslik  karlarda  kuzatilgan,  shu  sababli  bir 
vazifadan  ikkinchisiga  o'tishda  qiyinchiliklarga  uchraydi.  Vazifalarni  amalga 
oshirishni  nutqqa  bog'liqligi  kuzatilgan.  Kar  bolalar  imo  -  ishora  eshitish  va 
so'zlardan vazifa tahlili qanchalik foydalansa, uni shunchali muvaffaqiyatli hal eta 
olingan. 
To'liq ko'rgazmali - obrazli tafakkur so'zli - mantiq tafakkurining shakllanishi 
uchun  asos  bo'lib  xizmat  qiladi.  Ko'rgazmali  -  obrazli  tafakkurni  rivojlantirish 
model  tasavvurlarni  umumlashtirish  imkonini  yuzaga  keltiradi.  Ko'rgazmali  - 
obrazli  tafakkurni  shakllantirish  so'zlash  eshitishning  shakllanishi  bilan  bog'liq 
bo'lib,  ko'rgazmali  -  obrazli  tafakkurni  so'zlash  -  mantiq  tafakkuri  bosqichiga 
o'tishi  sog'lom  bolalarga  nisbatan  kar  bolalarda  uzoq  muddat  davomida  amalga 
oshadi.  Bu  fikrlash  operatsiyalarini  rivojlanishida  namoyon  bo'ladi.  Fikrlash 
operatsiyalari  -  tizimga  tashkillashtirilgan  umumiy  harakatlardir.  Bu  fikrlash 
operatsiyalari  asta  -  sekinlik  bilan  amalga  oshadi.  Kar  bolalarda  fikrlash 
operatsiyalari eshituvchi bolalarga nisbatan kech shakllanadi. 
J.I.Shif 
tadqiqotlarida, 
kar, 
eshituvchi 
bolalarda 
ko'rgazmali 
umumlashtirishda    o'xshashliklar  kuzatiladi.  Masalan,  bolalar  qalamlarni 
tasniflashda  dastlab  ikki  tomonga  spentrning  sovuq  va  issiq  tomonlariga  ko'ra 
ajratadilar, so'ng qalam ranglariga ko'ra 5 - 6 stakanlarga soladilar.  


22
 
 
Karlar  bu  bosqichda  eshituvchi  bolalarga  nisbatan  orqada  qoladi.  Keyingi 
bosqichda eshituvchi bolalarda umumlashtirish shakllantirish amalga oshadi, lekin 
kar  bolalarda  bu  jarayon  shakllanishida  orqada  qoladi.  Ular  uchun  harakatlarni 
umumlashtirish  qiyin  kechadi.  Kar  bolalar  harakatlar  nomini  qiyinchilik  bilan 
egallaydilar,  masalan  fe'llarni  aralashtirib  yuboradilar,  harakatlarga  to'liq  tavsif 
berolmaydilar ba'zan faqat harakatni amalga  oshiruvchi predmetni tavsiflash bilan 
cheklanadi.  
Analiz  va  sintez  jarayonini  rivojlanishida  ham  orqada  qolish  kuzatiladi.  Bu 
jarayonlar  yanada  uzoq  muddatli  va  sistematik  tarzda  amalga  oshadi.  Taqqoslash 
jarayonida farqlarni topish va o'xshatish munosabatlari amalga oadi. I.M.Salovnov 
ta'kidlashicha,  kar  bolalarda  taqqoslashning  quyidagi  jihatlari  namoyon  bo'ladi: 
ikki  predmetni  taqqoslashdan  birining  analiziga  o'tib  ketish,  vazifani 
soddalashtirish,  predmetlarni  taqqoslashdagi  qiyinchiliklar  kuzatiladi.  Kar 
bolalarning  o'smirlik  chog'ida  taqqoslash  texnikasini  egallashda  yutuqlar 
kuzatiladi, taqqoslash sifati oladi. 
Abstraksiyalash  jarayoni  syujetli  -  rasm  o'yin  va  o'quv  faoliyati  jarayonida 
amalga  oshadi.  Syujetli  -  rasm  o'tishning  xarakterli  xususiyati  o'rindosh 
predmetlarni  qo'llash  hisoblanadi.  Almashtiriluvchi  predmetlar  xususiyatini 
ajratish,  va  taqqoslash  abstraksiyaga  asoslanadi.  Kar  bolalar  almashtirilgan 
predmetlarn  qo'llashda  qiyinchiliklarga  uchraydilar.  Hatto  almashtirish  uchun 
funksional  mumkin  bo'lgan  predmetlar  ular  tomonidan  har  doim  qo'llanilmaydi, 
ularni real funksional ahamiyatida  ajratish kar bolalar uchun qiyin tarzda kechadi. 
N.I.Shif  ma'lumotlariga  ko'ra,  maktabgacha  yoshdagi,  maktab  yoshidagi  kar 
bolalar  uchun  almashtiruvchi  vosita  sifatida  tanishga  nisbatan,  notanish 
predmetlarni qo'llash qulaylik tug'diradi.  
Abstraksiya jarayonida orqada qolish kar bolalar o'quv faoliyatida ham orqada 
qolishiga  sabab  bo'ladi.  7-8  yoshlarda  bola  idroki  ta'sirini  anglash,  asta  -  sekin 
murakkablashuvchi sharoitda operatsiyalarni hal etish imkonini beradi.  
Fikrlash  operatsiyalarini  amalga  oshirish  kar  bolalarda  nisbatan  kechroq 
amalga  oshadi.  T.V.Rozovnova  ma'lumotlariga  ko'ra  2  sinf  sog'lom  o'quvchilar 


23
 
 
maydon saqlanishiga ko'ra masalalarni muvaffaqiyatli yechadilar, kar bolalar 4 sinf 
o'quvchilari  maydonni  baholash  bo'yicha  fikrlash  operatsiyalari  yenga  olmaydilar. 
Faqat  10  sinfdagina  yangi  masala  yechimi  usuli  sifatida  ikki  kattalik  munosabati, 
o'zaro qaytarish munosabatini bilimlarini qo'llay oladilar. 
So'zli - mantiq yoki tushunchali tafakkur rivojlanishida kar bolalarda sog'lom 
bolalarga  nisbatan  o'ziga  xoslik  kuzatiladi.  So'zli  -  mantiq  tafakkur  eshitish 
vositalar  asosida  shakllanuvchi  mantiqiy  konstruksiyalar,  tushunchalarni  qo'llash 
bilan shakllanadi. Tafakkur va nutqni rivojlantirish o'zaro bir - biriga bog'liq holda 
turli  yo'nalishda  rivojlanadi.  2  yosh  atrofida  eshituvchi  bola  o'z  hayotida  katta 
yangilik  yaratadi:  har  qaysi  predmet  o'z  nomiga  ega  bo'ladi,  ya'ni  nutqning 
simvolik  funksiyasini  oladi.  Shu  paytdan  boshlab,  nutq  va  tafakkur  rivojlanishi 
o'zaro beriladi, tafakkur eshitish, nutq intellektual bo'ladi, 
Eshitishda nuqsoni mavjud bolalarda tafakkur va nutqni rivojlanish yo'nalishi, 
eshituvchilarga nisbatan kech amalga oshadi. Kunda qiyinchiliklarni bartaraf etish 
uchun,  intensifikatsiya  qilish  yetarli  emas,  chunki  har  qanday  so'z  yoki  fraza 
tafakkur rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi. 
P.Omrok  fikricha,  so'z  ma’nosini  tushunish  imkonini  amalga  oshiruvchi 
eshitish  vositalarni  ta'limda  qo'llash  samarali  natija  beradi.  Eshitish  vositalar 
bolalarning real bilish faoliyatida qo'llanilishi lozim. 
Kar  bolalar  kattaliklarni  taqqoslash,    o'zaro  munosabatini  tushunish,  masala 
mazmunidan  uni  ko'rgazmali  ifodalash,  berilgan  munosabatlarda  ko'rgazmali 
sharoitli  ajratishni  ifodalovchi  bir  qator  masalalarni  hal  etishda  qiyinchiliklarga 
uchraydi.  Asosiy  qiyinchiliklar  matn  mazmuni  bo'yicha  xulosa  chiqarish, 
ma'lumotlarni  analiz  va  sintez  qilishda  yuzaga  keladi.  Bunda  kar  bolalar 
mazmunan  to'liq  bo'lmagan,  lekin  eshitish  vositalar  bilan  ifodalangan  javoblarni 
bayon etadi. 
Eshitishda  nuqsoni  mavjud  bolalar  ta'lim  jarayonida  ularning  tafakkur 
xususiyatlarini  hisobga  olish  darkor.  T.V.Rozonova  o'zgacha  yondoshuvni  talab 
etuvchi bolalarning 3 guruhini tasniflaydi: 


24
 
 
1.
 
Guruhga  ko'rgazmali  va  tushunchali  tafakkur  rivojlanishi  yuqori  darajada 
bo'lgan  bolalar  kiradi.  Ular  eshituvchi  bolalarga  ko'rgazmali  -  obrazli  tafakkur 
darajasiga ko'ra bir xil bo'ladi, lekin tushunchali tafakkurli rivojlanishi 3 yil orqada 
qoladi.  Bu  bolalar  yuqori  o'zlashtirishga  ega  bo'ladi,  maktab  dasturini  ijobiy 
egallaydi, masalalarni mustaqil yozadilar. 
2.
 
Guruhga  eshituvchi  bolalardan  ko'rgazmali  tafakkur,  tushunchali  tafakkuri 
darajasiga  ko'ra  orqa  qoluvchi,  bu  tafakkur  turlarini  o'rta  darajsini  namoyon 
qiluvchi  kar  bolalar  tasvirlanadi.  Ta'lim  jarayonida  ular  surdopedagogning 
yordamiga muhtoj bo'ladilar. 
3.
 
Guruh  ko'rgazmali  tafakkurning  yuqori  darajasi,  tushunchali  tafakkurning 
past  darajasi  namoyon  bo'lgan  kar  bolalarni  jamlaydi.  Ko'rgazmali  -  obrazli 
tafakkur  darajasiga  ko'ra  bu  bolalar  eshituvchi  bolalar  bilan  bir  xil  bo'ladi,  lekin 
so'zlashuv  eshitishni  egallashda  ular  qiyinchilikka  uchraydilar.  Shu  sababli  ular 
maktab dasturini egallashda qiyinchilikka uchraydilar, fikrlash operatsiyalari to'liq 
bo'lmaydi, yetarli darajada umumlashmagan bo'ladi. 
4.
 
Guruh  tushunchali  tafakkur  darajasini  yuqori  ko'rsatkichi,  ko'rgazmali 
obrazli  tafakkurning  past  darajadaligi  kuzatilgan  bolalar  jamlanadi.  Bunday 
disroparsiya  eshitish  vositalarni  yetarli  tabaqalamay  o'qitish,  syujetli  -  rolli  o'yin, 
tasviriy  faoliyat  faoliyatni  ommaviy  turlariga  ahamiyat  bermaslik  asosida  kelib 
chiqadi.  Disproparsiya  oqibatida  bu  bolalarda  matematika  fanidan  orqada  qolish, 
maktab  dasturini  egallashda  qiynalish  yuzaga  keladi.  G.  V.  Rozonova  tomonidan 
eshitishda  nuqsoni  mavjud  bolalar  tafakkuri  rivojlanishidagi  munosabatlar  tipini 
tasniflashni  amalga  oshirilishi  o'z  vaqtida  tashxis  qo'yish,  disproparsiyaning 
sababini aniqlash, ularga nisbatan korreksion dastur tuzulishi lozimligini ko'rsatdi. 
5.
 
T.V.Rozonova  tafakkur  turlarini  biridan  boshqasiga  o'tish  xususiyatlarini 
tahlil etib, kar o'quvchilarda so'zli - mantiq sharoitlarini ko'rsatib beradi. 
I.  Nutqni  fikrlash  faoliyati  sifatida  shakllantirish.  Bu  jarayonni  ko'rgazmali  - 
amaliy maqsad materiali asosida boshlash maqsadga muvofiqdir. Kar bola vazifani 
hal etish tajribasiga, ko'rgazmali vositalar ifodalangan shart - sharoitga ega bo'lishi 
kerak. Bunda nutq obrazlari ixtiyoriy boshqarish vositasi sifatida namoyon bo'ladi. 


25
 
 
Masalani  hal  etish  jarayoniga  nutqni  kiritish  uchun  kar  bolalarni  predmetlarni 
nomlash,  ular  o'rtasidagi  fazoviy  munosabatlarni  qo'llash,  vaqtli  ketma  -  ketlikni 
tavsiflash,  o'z  xatolarini  topish  va  belgilashga  undash  lozim.  Aniq  bir  predmetli 
sharoitda  so'zli  aniqlashning  turli  usullari  qo'llash  uni  chuqur  anglash,  tafakkur 
egiluvchanligi shakllantirishga asos bo'ladi. 
II. Shart ma'lum hodisalar turkumini tushunish, fikrlashga o'rgatishdir. Buning 
uchun  bolalar  eshitish  vositalarni  egallashlari  so'zni,  so'zli  iboralar  predmet 
mazmuniga  o'tish  va  aks  qaytarishni  predmet,  harakat  xususiyatlaridan  so'zli 
ifodalarga  munosabatini  aniqlash  malakasiga  ega  bo'lishlari  kerak.  Ularni  fazo  va 
vaqt  munosabatlari  ifodalash  uchun  eshitish  vositalarni  qo'llashiga  o'rgatish 
maqsadga  muvofiq.  Bunda  predmetlar  o'rtasidagi  fazoviy  munosabatlar  sharoit 
ichidagi predmet nuqtai nazardan tahlil etish ko'zda tutiladi.  
III.Shart barcha fikrlash operatsiyalari (analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiya, 
umumiylashtirish)  rivojlantirishdir.  ENB  bolalar  bu  operatsiyalarni  eshituvchi 
bolalarga  nisbatan  kech  egallaydilar.  Hodisa,  tushunchalarga  nisbatan  fikrlash 
operatsiyalarida  qiyinchilikka  duch  keladilar.  Shuning  uchun  kar  bolalarni 
predmetni  tashqi  belgilarini  tasniflash,  so'ng  ichki  funksional  tavsifi  turkumga 
xosligini  ajratishga  o'rgatish  lozim.  Buning  uchun  bolalar  dastlab  predmetlarni, 
so'ng  tasviri,  keyin  so'zli  ifodani  tasniflashlari  ko'zda  tutiladi.  Ularni  aynan  bir 
predmetni  turli  ko'rsatkichlar  bo'yicha  tasniflashga  o'rgatish  kerak.  Tadqiqotlar 
ko'rsatishicha,  ENB  bolalar  obyektning  bosh  xususiyatini  ajratish,  xususiyatlari 
aniqlash  bo'yicha  operatsiyalarda  yuzaga  keladi.  Ular  uchun  xususiyat  va  o'zaro 
munosabatlarini hisobga olish, shu sababli bu jarayon bo'limlarni to'liq egallashga 
to'siqlik qiladi. 
IV.Sharoit mantiqiy tushunchalarni tasniflash, deduktiv va induktiv xulosalar 
mantiqiy aloqalarni o'rgatishni ko'zda tutuvchi mantiqiy savodxonlikni egallashdir. 
Kar  bolalarni  til  darajadagi  umumlashtirishni  amalga  oshirishga  o'rgatish  lozim. 
Tushunchalarni  qo'llash,  ularni  bir-biri  bilan  bog’lash  darajasiga  ko'ra  asosiy 
tasnifning  tuzilishini  egallash,  hodisalar  o'rtasidagi  aloqa  o'rnatish  malakasi 
shakllanadi.  


26
 
 
V.T.A.Grigoreva  tadqiqotlari  ko'rsatishicha  maxsus  tashkil  etilgan  ishda 
sinfda kar o'quvchilarni hodisalar o'rtasidagi sabab oqibat munosabatlarini o'rgatish 
malakasini  shakllantirish  mumkin.  Bunday  maqsadga  qaratilgan  ish  o'quv  fanlari 
ma'nosini  tushunish,  matematik  masalalarni  aniqlash,  uni  muvoffaqiyatli  hal  etish 
imkonini  beradi.  Konkret  tushunchalar,  mantiqiy  terminlar  mazmunini  egallash 
davomida  konkret  tushunchali  tafakkurdan  abstrakt  tushuncha  tafakkurga  o'tish 
amalga  oshadi.  Kar  bolalar  ichida  tafakkurining  rivojlanishiga  ko'ra  eshituvchi 
bolalardan  farq  qilmaydiganlari  ham  bo'ladi.  Bu  adekvat  ta'lim  va  tarbiya 
sharoitida  ENB  bolalarni  intelektual  rivojlanishini  kompensatsiyalashning  katta 
imkoniyatlari yuzaga kelishidan dalolat beradi.       


27
 
 

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish