SH.M. Mirziyoyev
KIRISH
Ushbu malakaviy ishda Prezidentimizning 2019 yil 6 sentyabrda “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimida tegishli ta’lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etilishi, uning afzalliklari haqida so‘z boradi.
Shuningdek O’zbekiston Resbublikasi Prezdenti Sh . M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasining 4-yo`nalishida ta`lim va fan soxasini rivojlantirishda usliksiz ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli talim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlarga mos yuqori Malakai kadrlar tayyorlash siyosatini davom etirish lozimligi belgilangan
Prezidentimizning “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovastion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida “Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon stivilizastiyasi etakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovastion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi” deb alohida ta’kidlangan. Bunda uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.
Mustaqil Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar,siyosiy,iqtisodiy,ilmiy-texnakaviy va madaniy sohadagi o’zgarishlar kasb ta’limi tizimida ham o’z aksini topmoqda. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini yaratish shu asosida ta’lim sifatini jaxon andozalari darajasiga yetkazish ta’lim sistemasining eng dolzarb vazifasiga aylandi. Bu esa barcha mutaxassisliklar qatori Informatika bo’yicha kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni ham taqozo etadi.Ushbu dolzarb masalalar “Informatikani fanini o’qitishda” fan dasturi mazmunini ham o’zgartirishga ta’sir etadi. Professional ta’lim tizimida “Informatika o’qitish metodikasi”fanining o’qitilishi pedagog kadrlarni intellektual salohiyatga ega,mustaqil fikrlovchi, zamonaviy ta,lim texnalogiyalarining tashkiliy, texnik va didaktik imkoniyatlaridan xabardor bo’lishlari uchun sharoit yaratibgina qolmay,kasbiy faoliyatlarida ta’lim jarayonin rejalashtirish va tashkil etishda ulardan samarali foydalana olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |