BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
HARBIY TA’LIM FAKULTETI 1-BOSQICH
13-GURUH TALABALARI ISHTIROKIDA
O’TKAZILGAN YIG’ILISH
BAYONNOMASI
09.04.2019 Buxoro shahri
Qatnashdilar:
Raislik qiluvchi: leytenant A.Samadov
Rais kotibi:talaba A.Vohidov
1-bosqich 13-guruh talabalari 24 nafar.
Kun tartibi:
Harbiy ta’lim fakulteti 1-bosqich 13-guruh talabalari ishtirokida “Amir Temur buyuk sarkarda” mavzusiga atab davra suhbati o’tqazish to’g’risida.
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan 13-guruh murabbiysi leytenant A.Samadov kirish so’zi bilan tadbirni ochib Mashhur davlat arbobi, O‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm-fan va madaniyat rahnamosi Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta’lim mislsiz darajada yuksaldi.
Siyosiy maydonga qadam qo‘yganida Amir Temur endigina 24 yoshga kirgandi. Mamlakat parokanda, mahalliy siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshiliklar avj olgandi. Ustiga ustak, Chingizxon avlodlari Movarounnahrga tez- tez bosqin uyushtirib turardi.
Taxminan bir asr davom etgan bu davrda Movarounnahrning istibdod alamini tortgan oddiy fuqarolaridan to yirik siyosiy arboblariyu din peshvolarigacha juda ham og‘ir kun kechirdilar. Jamiyatga ozodlikka va taraqqiyotga bo‘lgan intilishlarni o‘zida mujassam etgan xaloskor, dohiy zarur edi. Taqdir taqozosi bilan Amir Temur ana shunday xaloskor va yo‘lboshchi sifatida tarix sahnasida paydo bo‘ldi.
1370 yilda Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Movarounnahrning ulug‘ amiri deb e’lon qilindi. Tarqoqlikni bartaraf etib, ayrim o‘lkalarni yagona davlatga birlashtirish Amir Temurning asosiy maqsadi edi. U davlatning poytaxti qilib So‘g‘diyonaning qadimiy poytaxti bo‘lgan Afrosiyob xarobalari yonidagi Samarqandni belgiladi va yangi shaharga asos soldi.
Uning nomini abadiylashtirish maqsadida,mustaqillik yillarida Toshkentda, Samarqandda, Qashqadaryoda haykallari o’rnatildi .Ko’chalarga uning nomalari berildi, 1996-yilda Amir Temur ordeni tasis etildi. Temuriylar maktablari ochildi, Toshkentda “Temuriylar” muzeyi ochildi.
Shulardan kelib chiqib:
Qaror qilindi:
1.Guruh murabbiysi leytenant A.Samadov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Gurux shaxsiy tarkibiga“Amir Temur buyuk sarkarda”mavzusiga atab ko’plab tadbirlar tashkillashtirilsin.
3.13-guruh shaxsiy tarkibi bilan“Amir Temur buyuk sarkarda”mavzusi chuqur o‘rgatilsin.
Yigilish rasi:leytenant A.Samadov
Yig’ilish kotibi:talaba A.Vohidov
Do'stlaringiz bilan baham: |