Iogan Kepler (1571-1630)
Yer va boshqa sayyoralarning Quyosh atrofida qanday aylanishini 1609- yilda nemis olimi I. Kepler uchta qonun sifatida ifodalab berdi. Keplerning birinchi qonuni quyidagicha ifodalanadi: Har bir sayyora aylanaga yaqin bo‘lgan ellips bo‘ylab aylanadi va ellipsning fokuslaridan birida Quyosh turadi. Sayyoraning Quyosh atrofida Kepler qonuni bo‘yicha aylanish sxemasi 1.3.2-rasmda ko‘rsatilgan. Sayyora orbitasining Quyoshga eng yaqin A nuqtasi perigeliy, eng uzoq B nuqtasi esa afeliy deyiladi. Bunda AB - ellipsning katta o‘qi, CD - kichik o‘qi. Sayyoraning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi R = AB/2 ifoda orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |