1- bob. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari
1 §. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari xususida ilk qarashlar
Uzoq o`tmishda ham odamlar o`z ona tillarida ishlatiladigan so`zlarning
so`zlashuvda farqlanishiga e`tibor berishgan. Bir so`zlar predmetlarni, boshqalari
xususiyatlarni ko`rsatadi, qolganlari kelishiklarda turlanadi, yana birlari shaxs va
zamonlarda o`zgaradi. Qadimgi hind va yunon tilshunoslari tomonidan qilingan
bu kuzatishlar, ularga ikki aniq so`z turkumlarini ajratish uchun asos bo`ladi: Ot va
fe`l. Arastu (mil. avv.384-322- yil ) so`zlarni uchta so`z turkumlariga ajratadi: ot,
fe`l va bog‘lovchilar.
Miloddan avvalgi III-II asrladagi elinizm davrida Aleksandr grammatikasi
maktabi tashkil etiladi va uning namoyondasi Aristarx Samofrakskiy tarixda
birinchi marotaba sakkizta so`z turkumidan iborat klassifikatsiya (tasnif) tuzadi.
Bu so`z turkumlari quyidagilar: ot, fe`l, sifatdosh, artikl, olmosh, predlog, ravish va
bog‘lovchilar. Bu klassifikatsiyada sifat so`z turkumi mavjud emas, bu o`z
navbatida yunon tilining tipologik mohiyatini aks ettiradi. Chunki o`sha paytlarda
sifat so`z turkumi ot so`z turkumi bilan umumiy tarzda turlangan va bir so`z
turkumini tashkil etadi, bu so`z turkumi "ism" deb atalgan. Boshqa tomondan, bu
klassifikatsiyada sifatdosh alohida so`z turkumi sifatida ajratilgan.
Aristarx o`z klassifikatsiyasiga asos qilib ikki tamoyilni oladi: morfologik
tamoyil - "ot turlanadigan so`z turkumi", semantik tamoyil - "jism va narsani
ko`rsatadi", shuningdek, u predmetning umumiy va xususiy qirralarini hisobga
oladi. Ham umumiy, ham xususiy tarzda aytilganda (umumiy ma`no - odam,
xususiy ma`no - Suqrot).
8
Yana bir aleksandriyalik grammatist Dionisiy Frakiyskiy (m.avv.170-90- yil)
yunon tilidagi zamon tizimini quyidagicha tasvirlaydi: "Uch zamon mavjud -
hozirgi, o`tgan, kelasi. Bulardan o`tgan zamon to`rt turga bo`linadi - uzoq
muddatli, oldingi, oldin tugatilgan, cheklanmagan. Ularda uch xil tegishlilik bor -
hozirgining uzoq muddatli bilan, oldingining oldin tugatilganligi bilan,
cheklanmaganning kelasi bilan ".
Aleksandriyalik grammatistlar tuzgan so`z turkumi tizimida ko`pgina
kamchiliklar borligiga qaramasdan, masalan: undagi ot va fe`lning to`qnashadigan
xususiyatlari, bu klassifikatsiya fan va maktab doirasida mustahkam o`rnashdi va
hozir ham ba`zi o`zgarishlar bilan ishlatib kelinmoqda. Umuman ilmning
rivojlanishiga aloqador bo`lgan tilshunoslik fikrining rivojlanishi, shuningdek, har
xildagi tillarning chuqur o`rganilishi so`z turkumlarining avvalgi klassik tizimini
qayta ko`rib chiqishga olib keldi.
F.I.Buslayev (1818-1897) ikki turdagi so`z turkumlarini ajratardi - mustaqil,
bunga u ot, sifat, fe`lni kiritgan, hamda yordamchi so`z turkumlarini - olmosh, son,
predlog, bog‘lovchi va ravish.
A.A.Potebnya (1835 - 1891) so`z turkumining shu bo`linishini saqlab turib
ravishni mustaqil so`z turkumiga, ko`makchi fe`llarni yordamchi so`z turkumlariga
kiritdi; olmosh esa uning tizimida alohida o`ringa ega.
Turlar bo`yicha katta ahamiyatli so`zlar tasnifini akademik F.F.Fortunatov
(1848 - 1914) ishlab chiqdi. O`z klassifikatsiyasida u faqat morfologik kriteriya
(mezon)ni asos qilib oldi, ya`ni grammatik shaklning bor - yo`qligi yoki biz hozir
aytadiganimizdek, so`zning so`z o`zgartiruvchi morfemalarni olish - olmasligi. U
tildagi barcha so`zlarni fikr-mohiyatni belgilaydigan to`liq so`zlar, qisman
yuklamalarga bo`ladi.
So`z turkumlari guruhlardan yoki turlardan tashkil topganligi tufayli, ular
bo‘yicha tildagi so`zlar taqsimlanadi, ularda so`zning ikki tomoni ham aks etilishi
kerak. Bundan so`z tavsifi uchun ikki mezon kelib chiqadi - semantik va shakliy
morfologik.
9
Semantik mezon muayyan so`zni keng ma`nodagi kategoriyaga bog‘laydi.
Bunda predmet ma`nosini bildirgan so`zlar otlarning semantik turini tashkil etadi,
predmet belgisini bildirgan so`zlar sifatlarning semantik turini tashkil etadi. Bu
kriteriy ancha oldin berilgan va tillarda so`z turkumlarini ajratib ko`rsatishning
differensial xususiyatlaridan biridir. Morfologik kriteriy ma`lum so`zni, uning
morfologik xususiyatlariga ko`ra aniq turga ajratish uchun ishlatiladi. Masalan:
turlanish paradigmasining mavjudligi shu paradigmaga ega bo`lgan so`z ot-so`z
turkumiga mansubligini anglatadi. Albatta, agar bu morfologik xususiyat predmet
semantik xususiyati bilan mos kelsa. Agarda turlanish paradigmasining mavjudligi
sifat semantik xususiyati bilan mos kelsa, unda berilgan so`z sifat so`z turkumiga
kiritilishi kerak.
Bu asosiy ma`no va shakl xususiyatlardan tashqari so`zning so`zlashuvda,
gapda vazifa bajarish qobiliyati mavjud. Bundan ko`rinadiki, tildagi barcha so`zlar
ham gapda vazifa bajarmaydi. Xuddi shunday predmet ma`nosini bildirgan so`zlar,
ya`ni otlar, odatda gapda ega vazifasini bajaradilar. Grammatikaning normativ
kursidan ma`lumki, ot-eganing asosiy vazifasi kesim va to`ldiruvchini
boshqarishdir. Fe`lning asosiy vazifasi gapdagi ma`noni reallikka bog‘lash.
Ravishning asosiy vazifasi kesimni yoki aniqlovchini tavsiflash.
Shuning uchun so`z turkumini aniqlashning uchinchi kriteriyasi deb, bir
so`zning gapdagi vazifasi yoki funksional kriteriyni olishni shart deb bilamiz.
So`zning turli guruhlarini tahlil qilayotganda biz shunga amin bo`lishimiz
mumkinki, hamma so`zlar ham grammatik ma`noda bir-biri bilan mos kela
olmaydi. Ravish sifat va fe`l bilan mos kelayotib, na ot na olmosh bilan mos
keladi. Jumladan, ingliz tili ravishi ,,very" xuddi shunday ot bilan moslashmaydi-
very house.
Nihoyat, har bir so`z turkumi uchun faqat ungagina tegishli bo`lgan so`z
yasovchi paradigmani ajratish mumkin. Barcha tilida ma‘lum so`z turkumiga xos
bo`lgan so`z yasovchi affikslarga duch kelamiz. Masalan:
- ship - friendship -do`stlik, kingship - qarindoshlik;
-ment -arrangement -tayyorlov.
10
Shuning uchun ham so`z yasovchi affikslar tizimi so`z turkumini aniqlash
kriteriyalaridan biri deb hisobga olinishi lozim. Yuqoridagilardan so`z turkumlarini
tipologik aniqlashning quyidagi kriteriyalari kelib chiqadi:
1) semantik kriteriy - berilgan so`zni keng ma`noli kategoriyaga belgilash;
2) morfologik kriteriy - moddiy jihatdan ifodalangan morfologik kategoriyalarning
mavjudligi;
3) sintaktik kriteriy -so`zlashuv zanjirida berilgan so`zning vazifasi;
4)moslashuv kriteriysi - bir so`z turkumidagi so`zlarning boshqa so`z
turkumlaridagi so`zlar bilan moslasha olishi;
5 ) so`z yasovchi kriteriy - bir so`z turkumidagi so`zlarning ma`lum tur bo‘yicha
yangi so`z yasay olishi. O`zbek tilidagi so`z turkumlari haqida gapirilganda,
shuni aytib o`tishimiz joizki, morfologik va sintaktik farqlarga qaramasdan, bu
tillardagi so`z turkumlari ma`lum darajada o`xshashliklarga ega va ular
quyidagilar:
1) ot
7) predlog
2) sifat
8) bog‘lovchi
3) son
9) yuklama
4) olmosh 10) artikl
5) fe`l
11) ko`makchi fe`llar
6) ravish
12) chastitsa.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |