Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/37
Sana10.07.2021
Hajmi0,85 Mb.
#114963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti filologiya fakultet2i

       Ish  mundarijasi  kirish,  ikki  asosiy  bob,  xulosa  va  foydalanilgan  adabiyotlar 

ro`yxatidan iborat. 



 

 

 

 

 


 



 



 

 

 

Kirish 

 

Til–  kishilik  jamiyatida  eng  asosiy  kommunikativ  vosita.  Insoniyat  paydo 



bo`libdiki,  kishilik  jamiyati  uchun  umumiy  va  jamiyat  a‘zolarining  har  birida 

individual  holda  aloqa-aralashuv  vositasi  sifatida  til  ham  vujudga  kelgan.  Zeroki, 

inson  yaralishi  bilanoq  muomala  uchun  til  va  undan  foydalanish  ehtiyoji  paydo 

bo`lgan.  Shu  bois  til  ijtimoiy  ong  kabi  qadimiydir.  Insonlar  til  vositasida  fikr 

almashadilar,  bir-biri  haqidagi  harakat-holatlar,  voqea-hodisalardan  voqif 

bo`ladilar. Bu tilning aloqa-munosabat xususiyatidir 

[4.–Б.71-74.]. 

Tilni  faqat  kishilar  o`rtasidagi  aloqa  vositasi  sifatidagina  talqin  etish 

insonning  tabiiy  tilini,  bu  benihoya  murakkab  va  muhtasham  hodisani,  eng  kami, 

jo`nlashtirishdan,  aniq  bir  milliy  qiyofa  yoki  milliy-ruhiy  zamindan  mutlaqo 

mosuvo  bo`lgan  sun‘iy  tilga  (masalan,  esperanto  kabi)  tenglashtirishdan,  yo`l 

harakatini tartibga solish maqsadida yaratilgan shartli ―til‖ga baravarlashtirishdan 

boshqa  narsa  emas 

[11


  ].  Chindan  ham,  til  faqat  aloqa  vositasi  bo`lganda  edi,  u 

juda  oddiy,  sodda  va  qashshoq  bir  narsaga  aylangan  bo`lardi.  Holbuki,  til  bemisl 

boy, sehru sinoatga, ruhu ruhoniyatga, ko`rku komillikka limmo-lim bir xilqatdir.  

Shu bilan birga, har bir tilni boshqasidan farqlaydigan milliy xususiyati bor. 

Taniqli  tilshunos  olim  N.Mahmudov  bu  masalada:  ―Bu  ko`hna  zaminda,  necha 

ming yillarkim, turfa qavmlar, elatu millatlar yashab keladi. Til ilmidagi taxminiy 

hisob-kitoblarga  ko`ra,  butun  yer  yuzida  uch  mingdan  ortiq  (ba‘zi  ma‘lumotlar 

bo`yicha  besh  mingga  yaqin)  til  mavjud‖,-deb  ma‘lumot  beradi.  Olimning 

―Tabiiyki, bu tillarning har biri muayyan bir qavmning dunyolarga alishmaydigan 

bebaho boyligi – ardoqli ona tilidir. Demak, kattadir, kichikdir, har qanday tilning 

o`z egasi bor‖ degan mulohazalari ham ayni haqiqatdir 

[12.–Б.3-9. ].

 Yurtboshimiz 



 

I.A.Karimov  ta‘kidlaganlaridek,  ―O`zlikni  anglash,  milliy  ong  va  mafkuraning 



ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy-ma‘naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo`ladi‖. 

Milliy  hamiyat  va  umuminsoniy  qadriyat,  milliy  o`zlik  idrokining 

ustuvorligi, milliy g`urur va iftixor, Vatanga muhabbat va Mustaqillik mafkurasiga 

sadoqat  kabi  ma‘naviy  kamolotning  o`zagini  tashkil  etuvchi  tushunchalarni  ona 

tilidan ayro holda tasavvur etib bo`lmaydi. Shuning uchun alloma ajdodlarimiz ona 

tilini  ana  shu  mo`tabar  tushunchalarni  inson  shuuriga  muhrlamoqning  eng 

ta‘sirchan vositasi deb bilganlar 

[11, 44].  

Har  qanday  shaxsning  milliy-ruhiy  mag`zini,  irq-u  e‘tiqodidan,  zamin-u 

zamonidan  qat‘iy  nazar,  ona  tili  tayin  va  ta‘min  etadi.  Xuddi  shu  milliy-ruhiy 

mag`z mutlaqo o`ziga xos, betakror bir mohiyat bo`lib, millatning tafakkur tarzini, 

―idrok ko`zi‖ni qat‘iy belgilab beradi. Nemis allomasi Vilgelm fon Gumboldtning 

―Yer  yuzidagi  tillarning  xilma-xilligi  faqat  tovushlarning  turlichaligi  emas,  balki 

xalqlardagi dunyoni ko`rishning xilma-xilligidir‖ degan gapi ham bejiz aytilmagan 

[12, 4].

 Shunday ekan, muayyan tilda fikr yuritish shaxsning o`sha xalq va millat 

vakili  hisoblanishidan  dalolat  beradi.  O`zbek  tilida  fikr  yuritgan  kishi,  tabiiyki, 

ozbek millatiga tegishliligini va o`zbek tili – ona tili ekanligini isbotlashga ortiqcha 

zarurat  yo`q.  O`zbek  tilining  milliy  qadr-qimmati,  ijtimoiy  nufuzi  hamda  ilmiy-

amaliy  ravnaqi  uchun  xizmat  qilayotgan  davlatimiz  rahnamosi,  davlat  arboblari, 

millat  ziyolilari,  fidoyi  tilshunoslar,  til  ilmining  toliblari  –  barcha  taraqqiyparvar 

insonlar maqsadi zukko tilshunos N.Mahmudovning ―Ona tiliga cho`ng e‘tibor va 

ehtirom bilan qaramoq, uning har bir so`zi qatlariga yashiringan ma‘no injaliklari-

yu  mazmun  teranliklarini  idrok  etmoq,  ulardan  huzurlanmoq,  bu  muqaddas 

xilqatda  tin  olgan  ajdodlar  ruhini  his  qilmoq  va  bu  xilqatni  fidoyilik  bilan 

qo`rimoqqa  hamisha  hozir  bo`lmoq  Vatan  farzandining  bikir  burchidir‖  degan 

jumlasida mujassamdir. Binobarin, ona tili  milliy o`zligimiz ko`zgusi ekan, uning 

hamisha  beg`ubor  va  ravshan  bo`lishi,  kelgusi  avlodlarga  bebaho  meros  sifatida 

yetishi uchun har birimiz mas‘ulmiz. Ayni mas‘uliyat hissi bizni ona tilimizda so‘z 

turkumlarining  milliy xususiyatlarini aniqlashga undadi. 

 



 

 



 

 

 



 


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish