Zi xoki faqr dar ko`i irodat soxtam koxe,
Ki kamxorivu kamxobivu kamgo`ist arkonash.[26,261].
68
(Ibodat ko`chasida faqr tuprog`idan shunday qasr bino qildimki,
uning ustunlari kam yeyish, kam uxlash va kam gapirishdir.)
Shundan so`ng ushbu ―qasr‖ning fazilatlari, u orqali vahdat
osmoniga yetishish, irfon bulog`idan bahramand bo`lish mumkinligi
bayon etiladi, ya`ni darveshlikning bosh me`zoni—faqr maqomini
kashf etish. Faqr insonni komillik ko`zgusiga aylantiradi, qalb ko`zi
ochiladi, olam, odam asrori kashf bo`ladi, deydi Jomiy.
Jomiyda ana shu fikr cho`qqisidan odamlardagi axloqiy
nuqsonlar tanqid qilinadi, nafsni yengish xislati ulug`lanadi. ―Behisht
kerak bo`lsa, dil olamiga yuz o`gir, chunki do`zax—sening nafsing,
yomon fe`llaring uning belgisidir.‖Jomiyda ham shoh-u darvesh
qiyosi bor. Ammo bunda u Xusrav Dehlaviy kabi keskin, nafratli
munosabat bildirmaydi. Shunga qaramay, Jomiy uchun ham shoh va
darvesh—ikki kelishmas qarama-qarshi qutb: darvesh—nafsdan ozod,
shoh—nafs bandasi; darvesh—hech kimga zulm qilmaydi, shoh—
zulm qilishga majbur; darvesh—abadiy hayot oshig`i, shoh—shu
dunyo oshig`i va h. k.
Shah otashdonu otashgira in mushti avoni xas,
Ki bahri xonumonho so`xtan bashand a`vonash[26,259].
(Shoh—o`choq, posbonlari esa—o`tin yoquvchi, a`yonlari esa
o`choqdan cho`g` olib, xonumonlarni yondirishga ko`maklashadilar).
Jomiy dunyoning riyokorliklari, falak zulmi, sitamkor odamlar haqida
fikr yuritar ekan, zulm ahliga taslim bo`lishni rad etadi va yomon
axloqli, zulmpesha kishilarga shafqat qilmaslikka chaqiradi.
Hanuz ozori mardum xo`i tu nogashta, z-on bigsil,
Chu bexi xor maxkam gasht, natvon kandan osonash[26,260].
(Odamlarga ozor berish fe`ling xislatiga aylanmasdan undan voz
kech, chunki tikanning ildizi mahkam bo`lgach, uni yulib tashlash
qiyindir.) Jomiy ham falsafa bilan diniy-tasavvufiy ilmlarni
solishtirib, falsafani rad etadi. ―Hikmat istasang, Makkaga bor‖ ya`ni
69
Muhammad(SAV) ilmini eshit, deb uqtiradi. Oxirida Xoqoniy
qasidasining tili murakkabligini qayd etib, she`riyatda o`ta
san`atbozlik xunuklikka olib keladi, deydi.
Haqiqatan ham Xoqoniyga nisbatan Amir Xusrav, Jomiy va
Navoiy uslublari ancha sodda va ravondir. Alisher Navoiy qasidasi
shaklan Xoqoniy va Amir Xusrav qasidalarini eslatib tursa ham,
ammo mazmun-ma`no, talqin va tasvir nuqtai nazaridan jiddiy farq
qiladi. Bu farq eng avvalo, quyidagi nuqtalarda ko`zga tashlanadi:
1. Navoiy:a) shoh-u gadoni qiyoslash va shohni nafy etish(tanqid
qilish), shohlikni nafrat bilan tilga olishdan; b) tabiatni, yer-u
ko`kni insonning dushmani deb hisoblashdan; d) surat va ma`noni
chog`ishtirish kabi falsafiy mushohadakorlikdan; e) Aflotun,
Suqrot, Ibn Sino nomi bilan bog`liq falsafa ilmini badnom
qilishdan; f) dunyoning o`tkinchiligi, falak zulmini izohlashdan; g)
jabr-zulm ahliga munosabat bildirishdan; h) darvesh axloqiga
to`g`ri kelmaydigan nuqsonlarni tanqid qilishdan(bu ma`no
―Minhojun najot‖ qasidasidan keng o`rin olgan) voz kechgan.
2. Buning o`rniga asosiy e`tiborni Faqr martabasiga, komillikka
erishish bosqichlarini bayon etishga, solik tarbiyasi usullari,
naqshbandiya tariqati talablarini izchil ta`rif-tavsif qilishga
e` abor qilgan. Natijada, uning qasidasi mazmunan bir
yo`nalishdagi asar bo`lib chiqqan, tariqat odobi chuqurroq talqin
etilgan.
3. ―Nasimul xuld‖da Xoqoniy, Xusrav, Jomiy asarlaridagi ifoda-
iboralar ham deyarli uchramaydi. Xizr, Iso, Muso, Fir`avn, Nuh
nomlari bilan bog`liq tasvirlar bor, ammo o`ziga xos toza tasvir
bilan namoyon bo`lgan. Masalan, Xoqoniyda:
Xud on kasro, ki ro`zi shud dabiston az sari zonu,
Na to Ka`bash buvad judiyu, ne to soq to`fonash[26,261].
70
(Tizza usti maktabi tizza usti maktabi nasibasi bo`lgan kishiga
Ka`ba ham kerak emas, Nuh to`foni ham to`pig`iga kelmaydi.)
Navoiyda:
Na bokash z-on, ki g`arqobi havodis sar koshat bacharx,
Chi g`am sukkoni girdi Arshro az Nuhu to`fonash[26,261].
(Darvesh maqomiga erishgan odam hodisalar seli osmonga
ko`tarilsa ham qo`rqmaydi; Arsh atrofidagilarga Nuh va uning
to`fonidan nima tashvish.) Navoiy qasidasida oldingi qasidalarning
biror misra yoki birikmasi aynan tazmin qilinmagan. Holbuki,
tatabbu` qoidasiga bu zid emas. ―Tuhfatul afkor‖da Xusrav va
Jomiyning bir necha misrasi tatabbu` qilib olimgan (iqtibos san`ati).
4. Navoiy qasidasining tili sodda va ravon. Bu jihatdan bu Jomiy
asariga yaqin.
5. Navoiy qasidasi Husayn Boyqaroga bag`ishlangan, oldingi
qasidalar hech kimga bag`ishlanmagan.
Shunday qilib, bu qiyosiy tahlilimiz shuni ko`rsatadiki, Sharq
adabiyoti, jumladan, qasidachilikda ham so`fiyona g`oyalarni
tasvirlash rasm bo`lgan va bu g`oyalar asrdan asrga rivojlanib brogan,
har bir davr va muhitning tasavvufga bo`lgan qarashlari, qolaversa,
har bir mutafakkir shoirning o`z fikr-mulohazalari bilan to`ldirilgan
va shuni aks ettirgan. Xoqoniy Shervoniyning xiyla murakkab tasvirli
mulohazalari, keskin fikrlari Navoiyga kelib bir oz didaktik ohangga
ega bo`lgan, komil inson axloqini sharaflovchi tusini olgan. Alisher
Navoiy ―Sittai zaruriya‖qasidalar turkumi bilan fors-tojik tilida ulug`
asar yaratishga qodir. Benazir mahoratini namoyish etib, qasidachilik
janri, so`fiyona badiiy so`z xazinasini boyitdi. Ushbu qasidalar ayni
vaqtda, o`zbek adabiyotining ham bebaho mulkidir. Ularni o`rganish
va tarjima qilish shu jihatdan ham ahamiyatlidir.
71
Do'stlaringiz bilan baham: |