Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Tasnif a‟zolari (guruhlari) bir-birini inkor etishi lozim



Download 0,64 Mb.
bet8/30
Sana29.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#74207
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
ozbek tilida soz turkumlari tasnifi masalalari

Tasnif a‟zolari (guruhlari) bir-birini inkor etishi lozim. Masalan, undoshlar til oldi, til o‗rta, til orqa, bo‗g‗iz, jarangli, jarangsiz turlardan iborat deyilgan tasnifda a‘zolarning ayrimlari boshqalarini inkor eta olmaydi. Ya‘ni jarangli undosh til oldi undoshi bilan zidlana olmaydi, til oldi va til o‗rta undoshlari bir-birini inkor etish xossasiga ega.

  • Tasnifda sakrash bo„lmasligi lozim. Agar «kesim sodda kesim, murakkab fe‘l kesim, murakkab ot kesimga bo‗linadi» tasnifini amalga oshirsak, xatoga yo‗l qo‗ygan bo‗lamiz. Chunki dastlab kesimni sodda va murakkabga, so‗ngra fe‘l va ot kesimga bo‗lish to‗g‗ri va izchil tasnifni beradi.

    Tasnifning bo‗lishdan farqi shundaki, bo‗lishda a‘zolar guruhlanishi shart emas. Masalan, «lablanmagan unlilar [i], [e], [a] dir» deyish tasnif emas, balki bo‗lishdir. Tasnif xarakteriga ega bo‗lish uchun i yoki a guruh (sinf) bo‗lib, o‗z navbatida, yana bo‗linib ketishi lozim edi. Unlilarni lablangan va lablanmagan unliga bo‗lish tasnif bo‗lib, lablanmagan yoki lablangan unlini bo‗lish oddiy bo‗lish bo‗lsa-da, tasnif maqomida emas.

    Tasnif dixotomik, politomik yoki dixopolitomik bo‗lishi mumkin.

    Dixotomik tasnifda birliklar ikki guruhga ajratiladi: «fonemalar unli va undoshga ajraladi» kabi. Politomik tasnifda guruh soni ikkidan ortiq bo‗ladi:

    «Grammatik qo‗shimcha lug‗aviy shakl hosil qiluvchi, sintaktik shakl hosil qiluvchi va lug‗aviy sintaktik shakl hosil qiluvchiga bo‗linadi» yoki «fe‘llar nutq fe‘llari, ruhiy-holat fe‘llari va h.k.» kabi.

    Dixopolitomik tasnifda tasniflanuvchi butunlik dastlabki bosqichda ikkiga, keyingi bosqichda ikkidan ortiq sinfga ajraladi. Masalan (14-jadval):
    2-jadval

    Fonema

    Unli

    Undosh

    Yuqori tor

    O‗rta keng

    Quyi keng

    Lab

    Til

    Bo‗g‗iz

    kabi.

    Tasnif asosini tanlash muhim. Chunki biror tizimni turli asosda tasnif qilish har xil natija beradi. Masalan, undosh fonemani ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‗ra jarangli va jarangsizga, hosil bo‗lish o‗rniga ko‗ra lab, til, bo‗g‗iz undoshiga ajratish mumkin.

    Lisoniy tasnif tasniflanayotgan birliklarning ichki, substansial belgilariga ko‗ra yoki muhim bo‗lmagan zohiriy xossasiga asoslangan bo‗lishi mumkin. Shu boisdan tabiiy yoki yordamchi tasnif farqlanadi. Tabiiy tasnifda lisoniy birlikning ichki, barqaror belgilariga asoslaniladi. Yuqorida tabiiy tasnifga misollar keltirildi.

    Yordamchi tasnifda birlikning ontologik bo‗lmagan xossasini bildiruvchi belgilariga tayaniladi. Masalan, «so‗zlarning bo‗g‗in sonlariga ko‗ra tasnifi (bir bo‗g‗inli, ikki bo‗g‗inli va ko‗p bo‗g‗inli so‗zlar)», «unlilarning tilning gorizontal holatiga ko‗ra tasnifi» va h.

    Tasnif izchilligi – substansial yondashuvning asosiy talablaridan biridir.

    So'zlarning tasnifini berishda leksemaning serqirraligi mohiyati hamma vaqt diqqat markazida bo'lishi kerak. Leksemaning har bir qirrasi bir tasnifni yuzaga keltiradi. Chunonchi:



      1. Bo'g'in soniga ko'ra: bir bo'g'inli, ko'p bo'g'inli.

      2. Fonemalar miqdoriga ko'ra: bir fonemali, ikki fonemali, uch fonemali...

      3. Fonemalarni ifodalovchi harflarning tartibiga ko'ra. 4.Tub-yasamaligiga ko'ra:tub va yasama.

    5.Yasalish tipiga ko'ra: diaxronik va sinxronik. 6.Tuzilishiga ko'ra: sodda, qo'shma, juft, takroriy.

    1. Shakl va ma'no munosabatiga ko'ra: ma'nodosh, shakldosh, qarama- qarshi ma'noli so'zlar va paronimlar.

    2. Qo'llanishiga ko'ra: aktiv va passiv.

    3. Onomasiologik - nominatsion xususiyatlariga ko'ra; antroponim, toponim, zoonim...

    4. Vazifaviy - uslubiy xususiyatlariga ko'ra: kitobiy, rasmiy, so'zlashuv.

    5. Lug'at tarkibidagi qatlamiga ko'ra: o‘z va o'zlashgan qatlam, chegaralangan va chegaralanmagan qatlam.

    6. Emotsional - ekspressiv jihatiga ko'ra: emotsional - ekspressiv bo'yoqdor va bo'yoqsiz so'zlar.

    7. So'zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma'nosiga ko'ra: narsa, buyum, shaxs, mavjudotlarni atovchi so'zlar; belgi, xususiyat, munosabat ifodalovchi so'zlar; harakat-holat ma'nosini bildiruvchi so'zlar; o'rin-payt, tarz-tus ma'nosini ifodalovchi so'zlar va h.k.

    Demak, so'zlarga berilgan xilma-xil tasnifning mavjudligi ularning serqirraligidan dalolat beradi. Har xil tasnifning har biri o'z o'rnida ahamiyatlidir. So'z va uni tasniflash asoslari tilshunos I.Madrahimov tomonidan o'rganilib, uning ma'noviy, sintaktik, morfologik guruhlanishi asoslab berilgan[ 10 ].



    Download 0,64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish