Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 409,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/27
Sana10.09.2021
Hajmi409,31 Kb.
#170858
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
tamsil sanatidan foydalanishdagi shoirning badiiy mahorati

qiyos qil".  Shoir ushbu hikoyat tamsil ekanini aytib, istig`no bundan yuz ming 

marotaba ortiq ekani va agar uning (istig`noning) ma'nosi sari yo`lga chiqilsa, 

barcha ishni shunga, ya'ni ushbu tamsil-hikoyatga qiyos qilish lozomligi 

aytilmoqda. Shu o`rinda tamsil-hikoyatlarning yana bir xususiyati oydinlashadi. 

Tamsiliy hikoyatlar qiyos qilish zarurati o`laroq yuzaga chiqadi.Demak, ushbu 

vodiydagi qiyos tariqasida keltirilgan tamsil-hikoyatni ko`rib chiqamiz. 

 

 

 



 

 

 



Ikki ustod shaxmat o`ynashga kirishadilar.O`rtaga 

shaxmat donalari to`kishadi.Har tarafdan bir shoh taxtaga terildi.Rostakam 

shohlardek ularning ham xizmatkorlari, lashkarlari bor edi. Had birining bittadan 

to`g`ri yuruvchi vaziri va bittadan egri yuruvchi farzinlari ham bor edi. U ikki 

shohdan biri Rum ahliga shoh bo`lsa, ikkinchisi esa zang ahliga hukmdor edi. 

 

 



 

 

 



 

 Shundan so`ng raqiblar maydonga ot solib, 

turli o`yinlar ko`rsatishdi. O`rtada ajoyib, qiziq o`yinlar namoyon bo`lmoqda, balki 

behad hiyla va tadbirlar ko`rsatilmoqda edi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Har bir qo`mondonning o`g`li jangning oldingi saflarida 

borar, otasidan oldin urushga kirar edi.Urush maydoni bosib o`tilgach otasining 

o`rnini bosar edi.   

 Shunchalik shiddatli jang, maydon, o`zaro dushmanlik 

qilish va urush olib borishlar -  hamma-hammasi agar o`yinchi donalarni 

yig`ishtirishga ahd qilsa va shaxmat taxtasining bir chetini ko`tarsa, bularning 

barchasi o`rtadan ko`tarilib, yo`qqa chiqadi! Shunda na bu urush va na bu 

dushmanlikdan, na jang olib borish tartib-qoidalaridan asar qoladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



O`ynaguvchi ustod uchun o`yin 

tugagach, ular (donachalar) hech qanday tafovutga ega bo`lmaydilar.Shaxmat 




donalari xalta ichiga solingach "shoh" quyi tushishi, "piyoda" esa yuqori 

ko`tarilishi mumkin. 

 

 

 



 

 

Hikoyatning mazmuni 



barchaga tushunarli, endi uni shoir aytganidek Istig`no vodiysining bayoni bilan 

qiyoslaymiz. Vodiy bayoni quyidagi bayt bilan boshlanadi: 

"Vodiy ondin so`ngra Istig`nodurur, 

Onda teng a'lovu gar adnodurur".  [42, 202-bet]. 

  Ma'nosi: "Undan (Ma'rifat vodiysidan) keyingi vodiy Istig`nodir. U yerda a'lo va 

past tabaqali kishilarning hammasi tengdir". Hikoyat-tamsil bilan qiyoslaganda bu 

holat shaxmat o`ynaguvchi ustodning shaxmat taxtasini ko`targandagi va donalarni 

xaltaga solgandagi holatini yodga soladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 Porso Shamsiyev va Sobir Ibrohimovlar tomonidan tuzilgan " Navoiy 

asarlari lug`ati"da "istig`no" so`zining ham izohi mavjud. "Istig`no" so`zining 

lug`aviy ma'nosi "boshqalarga muhtoj emaslik, muhtoj bo`lmaslik, ehtiyojsizlik": 

        Chu ishq bodiyasi keldi dashti istig`no

        Shah o`ldi zor anga gar gado erur munis. ("Badoye ul-vasat") 

 

Tasavvuf ta'limotida bu so`z bag`ishlovning to`rtinchi vodiysini (tabaqasini) 



ifodalaydi, ya'ni ruhning shunday yo`l tutishidurki, unda Allohning ishqi va 

mushohadasi boshqa hamma sezgilarni o`ziga oladi. Ushbu lug`atda "istig`no"ning 

lug`aviy ma'nosidan so`ng keltirilgan baytdagi mazmun, ya'ni "Ishq badaviysi 

istig`no dashtiga kelganda, agar gado unga hamdam, ulfat bo`lgan bo`lsa, shoh 

unga (istig`noga erishgan ishq badaviysiga) zor bo`ldi"gan holati Istig`no vodiysi 

bayonidagi mazmun bilan bir xil deb atash mumkin. Masalan: 

"...Mo`rlarg`a to`ma onda barcha sher, 

Pashshasi pil ovlamoqqa bas daler. 

Yetti kishvar ichra shohi qahramon, 

Bir gado onda hamon-u ul hamon. 

Tig`i qotil tortibon yuz ming cherik, 

Ko`zga kelmay onda qoqimcha irik. 

Ajdahokim ko`kni chekkay dam bila, 

Onda yakson rishtayi Maryam bila. 

Bo`ldi ming xayli maloyik bartaraf, 



Nogah Odam kiydi bir toji sharaf. 

Bo`ldi yuz ming jismdin begona ruh, 

Toki kishtibonlig` oyin qildi Nuh...".  [42, 202-bet]. 

 

Mazmuni:"...U yerdagi chumolilar sher bilan ovqatlanadi, pashshasi esa filni 



ov qilishga qodir. U yerda yetti iqlimni zabt etgan qahramon shoh ham oddiy bir 

gadoga tengdir. Qotillik tig`i h yerdagi o`zining yuz ming qo`shini bilan saf tortib 

turadi. Qoqum terisidan tikilgan qimmatbaho kiyimlar y yerda nazar-pisand 

qilinmaydi.Ko`kni yutib yuborishga qodir ajdaho u yerda Bibi Maryamning nozik 

ipi bilan bab-baravar turadi.U yerda minglab malayikalar to`dasi e'tibordan qolib 

nogah Odam sharaf tojini kiydi. Yuz ming jism o`z ruhidan begona bo`lganida, 

Nuh kemachilik bilan odamlar hayotini ofatdan saqlab qoldi..."  

 

 



 

 Yuqorida ko`rib turganimiz Istig`no vodiysining bayonidan chiqariladiga 

qisqa va lo`nda xulosa shundan iboratki, istig`noga yetgan inson, ehtiyojsizlikka 

erishgan inson uchun hech bir dunyo matohining ahamiyati yo`q, u insonning 

dunyi ahli uchun qanday maqomda turishining, xoh gado bo`lsin, xoh shoh, qizig`i 

yo`q. Chunki u Allohning muhabbati va mushohadasidan boshqa barcha narsadan 

voz kechgan. Shoir tamsiliy hikoyat orqali aymoqchi bo`lgan fikr esa shundan 

iboratki, bu dunyoda kim bo`lishing ahamiyatsiz, balki oq donasan, balki qora, 

shoh, to`ra yoki piyodadirsan, kim bo`lsang ham bid yerga ketasan. Sening 

taqdiring shaxmat donalarining vaziyati kabidir.Shaxmat donalarini O`yinchi 

istagan ahvolga solgani kabi taqdirlarni bitguvchi Zot ham sening hayotingni 

istagan tomonga bura oladi.Va shuni unutmaslik kerakki, barcha shaxmat donalari 

oqibatda xaltachada bir xil mavqeda turgani yanglig` Odam avlodlari ham u 

dunyoda shoh yoki gado bo`lmaydilar, u dunyoda bularning bari ahamiyatsiz 

bo`ladi. Sahih hadislarda keltirilishicha, Payg`ambarimiz (s.a.v): "O`lmasdan oldin 

o`lingiz",- degan ekanlar. Istig`no aynan shu holat, o`lasdan oldin o`lish holatidir. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Ushbu BMIning 

avvalgi qismlaridan ma'lumki, biz tamsil-hikoyatni tahlil qilishimiz uchun avval 

tamsiliy hikoyatga keltirilishiga sabab bo`lgan bob, ya'ni vodiylar sifat bayoni, 

undan so`ng esa har bir vodiy talqinidan so`ng keltirilgan tamsil-hikoyat zarur. 

Ummuman, tamsil san'ati uchun ikki unsur: dalillanayotgan narsa-hodisa va dallil 

uchun keltirilgan misol muhim.  

 

 



 

"Tavhid vodiysining 

ta'rifi" bobi boshqa vodiylar talqinidan ko`ra kichik hajmlidir, bob to`qqiz baytdan 

iborat, ammo vodiy uchun tamsil qilingan hikoyat hajmi u qadar kichik emas, 

o`ttiz bir bayt.Vodiydan ta'rifidan so`ng Mansur Xalloj haqidagi hikoyat tamsil 

qilingan. Dastlab to`qqiz baytli vodiy ta'rifini ko`rsak: 

"- Vodiyi Tavhid ondin so`ngra bil, 



Fard olub tajrid ondin so`ngra bil. 

Chun bu vodiy sori sayring qo`ydi gom, 

Fard-u yaktolig` sanga bo`ldi maqom. 

Chun bu vodiyg`a nihoyat topdi sayr, 

Munda bir bil yuz tuman ming bo`lsa tayr. 

Borchag`a kom-u havo tajrid o`lur, 

Borchag`a lahn-u navo tafrid o`lur. 

Bu ravishlarg`a chu yetti ul kashish, 

Borcha birlikda gum bo`lmoqdur ish. 

Birda birdin hosil o`ldi bir adad, 

Yo`q xiradqa munda dam urmoqqa had. 

Chun sening olingga tushti bo`yla pech, 

Bilki ermish birdin o`zga barcha hech. 

Bir bo`l-u, bir ko`r-u, bir de, bir tila, 

Mayl qilma munda ikkilik bila. 

Ikkilik bu yo`lda ahvalliqdurur, 

Sirri vahdatdin mo`attalliqdurur".   [42, 207-bet]. 

  Mazmuni:"Istig`nodan keyingi vodiyni Tavhid (Yagonalik) vodiysi deb bilgil. 

Unda fard bo`lib, ortiqcha narsalardan xoli bo`lish lozimligini ham anglagil. 

 

 



Bu vodiyda  sayr qilmoqchi bo`lsang, unda yakka-yu yolg`izlik sen 

uchun asosiy qoida bo`ladi.Bu vodiydagi sayring nihoyasiga yetgach, u paytda yuz 

tuman mingta qushni bitta qush deb bilasan. Bunda ularning barcahsining maqsadi 

yakkalik, barchasining kuy va navosi yolg`izlik bo`ladi. Tarkidunyo qiluvchilar 

shu holatga erishsa, ular uchun birlikda yo`qolish asosiy ish bo`lib qoladi.Chunki 

bir karra bir bir bo`ladi, aqlning bu ishga haddi sig`maydi. 

Bu qiyin ish sening qarshingda ko`ndalang bo`lsa, bilki, birdan o`zga barcha 

narsa hechdir. Bir bo`l-u, bir ko`r-u, bir de, bir tila! Bunda hech qachon ikkilikka 

mayl qilma.Chunki ikkilik bu yo`lda ortiqchalik qiladi va birlik sirlarini bilishdan 

chetga chiqishni anglatadi".Tasavvuf ta'limotida tavhid -  haqiqatga erishish, kishi 




ruhining iloh, ilohiy ruh bilan qo`shilib ketishi, Allohga yetishuvi; so`fiylikning 

beshinchi davri hisoblanadi.Tasavvuf adabiyotida tavhid, vahdat deganda birinchi 

o`rinda xayolimizga Mansur Xalloj keladi.Hazrat Navoiy ham Tavhid vodiysining 

ta'rifidan  so`ng Mansur Xalloj haqidagi tamsil-hikoyatni keltiradilar. Hikoyatda 

tavhidda yuqori darajaga erishgan va doim "anal-haq" deb takrorlaguvchi 

Mansurga din arboblari uning bu ishi yaqinlar ahlining ishi emasligini aytishadi. 

Ko`pgina suluk ahliga ham bu holat kashf bo`lsa-da, ular odob saqlab, 

mo`tadillikni ta'minlaganlar.Shu zaylda Mansurga ko`p bora nasihat 

qiladilar.Ammo Mansur bu nag`malarni takrorlashdan aslo o`zini tiya olmaydi, 

chunki u ichgan qadah nihoyatda mast qiluvchi edi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



Kunlarning birida uning xayoli Rasuli Akramga 

borib yetadi. Uning yodiga Muhammad (s.a.v.)ning Buroq nomli otga minib 

osmonni sayr etgani va unga me'rojga ko`tarilish yuksak baxt nasib etgani keladi. 

Tangri taolo undan:"Ey do`st, istagan maqsading nedur?"- deb so`raganida Nabiy 

(s.a.v) osiy ummatlarining gunohlarini afv etishini so`raydi. Shunda Mansurning 

ko`nglida bir savol paydo bo`ldi: 

"Ne uchun ul ma'dani sidq-u safo, 

Qildi erkin muncha birla iktifo?" 

Me'rojga ko`tarilgan zotdan olamlar Yaratuvchisi tilagi ne ekanini 

so`raganda Muhammad (s.a.v.) ummatlari gunohlarining afvini so`rash bilangina 

kifoyalandi.Nega unga shuning o`zi kifoya qildi ekan, degan savol Mansurni tinch 

qo`ymas edi.Bir kuni uning tushiga Rasulilloh kirdi.Unga "telbalik ayvonida 

o`tiruvchi, vahdat  lofi bilan "anal-haq" deyuvchi", dev murojaat qilib, me'roj 

kechasida o`zlarida hech qanday  "menlik"  xayoli bo`lmaganini aytadilar." Sen bu 

borada o`zingning ko`rliging va nodonligingni oshkor etding. U yerda "menlik" va 

"senlik"ni xayol qilgan kishi ikkilik naqshida aql yurgizgandir. Go`yo 

g`ilaylikdirki, bir narsani ikkita qilib ko`rishdan o`zga narsa emas",-  deydilar. 

Tamsiliy hikoyat shu yerda tugaydi. Hikoyatda tasavvufdagi sakr va sahv 

holatlariga shoirning munosabati yaqqol aks etib turibdi. Mansur Xalloj mastlik va 

oshkoralik holatini shoir yoqlamaydi. Buni biz hikoyatdagi ruhoniylarning nasihati 

va Payg`ambarimiz (s.a.v)ning so`zlaridan anglab olishimiz mumkin. Hikoyatda 

me'roj kechasida Yaratgandan faqatgina bir narsa, ummatlarining qilgan gunohlari 

uchun afv so`ragan Allohning habibi haqida so`z ketar ekan, Mansurni shu holat 

chuqur o`yga toldiradi.Nega endi faqatgina sgu bilan kifoyalandi?Adabiyotdagi, 

ayniqsa, mumtoz adabiyotimizdagi ideal obraz Muhammad 

Payg`ambarimizdir.Alloh bilan vahdatga erishgan zot, shubhasiz, udir. Tavhidga 

yetish uchun , Navoiy ta'biricha, Talab, Ishq, Ma'rifat va Istig`noga erishish lozim. 



Haqiqiy ma'noda bu vodiylarni " bosib o`tgan" shaxs, komillik timsoli - 

Muhammad Mustafo (s.a.v). Ul zot me'roj tunida faqat ummatlar uchun tilak 

bildirdi, o`zlari uchun emas. Chunki u istig`no holatiga yetgan va ayni damda 

vahdatga erishgan. Shunday bo`lsa-da, odob saqlaganlar, mo`tadillikni 

ta'minlaganlar, sakr holatiga yo`l qo`ymaganlar.   

 

 



 

 

 



  Hikoyatda, vodiyning xusisiyati xususiyatini inobatga olish natijasi o`laroq, 

"birlik" va " ikkilik" tushunchalari bir-biriga qarshilantirilganini hisobga olsa, 

Navoiy Mansur Xalloj yo`lini yoqlamaganini tushunish mumkin. Vahdatga 

yetganlar buni oshkor qilmadilar, deb hisoblaydi shoir, chunki ularda bunga ehtiyoj 

bo`lmaydi. Chunonchi, hikoyatda Payg`ambarimiz (s.a.v.) tillaridan aytilgan 

quyidagi baytlarga ahamiyat beraylik: 

"...Onda menlikning xayoli yo`q edi, 

Balki bu lafz ehtimoli yo`q edi. 

Eltgan ul erdi, boshlag`on ham ul, 

Istag`on ham ul, bag`ishlag`on ham ul. 

Sen ajab ko`tahnazarliq aylading, 

Bo`yla yerda bebasarliq aylading. 

Kim oningdek vodiyi Tavhid aro, 

Gulshani tajrid ila tafrid aro, 

Haml qilding menlik-u senlikka yo`l, 

Bu ikkilik vasfidin pok erdi ul...".      [42,208-209-betlar]. 

 

Ya'ni, "O`shanda (me'roj paytida) menda hech qanday “menlik” xayoli yo`q 



edi, balki bu so`zni aytishning hech bie ehtimoli mavjud emas edi. Chunki u 

dargohga eltgan ham, yo`l boshlagan ham, istagan ham, bag`ishlagan ham faqat 

uning o`zi edi. Sen esa ko`rlik va nodonligingni ko`rsatding. Tavhid vodiysi yoki 

yakkalik va yolg`izlik gulshanida "menlik" va "senlik" tomon yo`l ochding, ammo 

u bu xil ikkilik vasfidan pok turardi".  

 

 



 

 

 



 

 

 



Navoiy hazratlari vodiy ta'rifida to`laligicha ochib berlimagan 

fikrlarni, o`zining xulosalarini vodiy tasviridan so`ng keltirilgan tamsil-hikiyatda 

to`liq chiqarib bera olganlar.Bu holatdan alloma shoir hikoyatsiz o`z fikrlarini 

to`laligicha ochib bera olmas ekan degan xulosaga kelib bo`lmaydi. Tamsil-

hikoyatlarni qo`llashdan maqsad o`quvchi hissiyotiga kuchliroq ta'sir qilish va aql 

bovar qilishi mushkulroq bo`lgan tushunchalarni (masalan tasavvufiy istilohlarni) 

hikoyatlar orqali dalillashdir. 



 


Download 409,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish