Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti filologiya va tillarni o



Download 148,11 Kb.
bet11/29
Sana13.08.2022
Hajmi148,11 Kb.
#847015
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
“mustaqim rofiy lirikasida falsafiy-ilmiy muammolar tahlili (1)

Inson bir ish qilib yoki birov haqida gumon qilib hech kim bilmadi, deb o'ylashi mumkin. Ammo Olloh bilguvchi va so'rguvchidir. Bizning nigohimizdan yashirin sirlar Haq taollo uchun ayondir. Shuning uchun ham niyat qilganda, faqat yaxshi narsalar so'raladiki, so'z ushalish qudratiga ega. Xoh yaxshilik bo'lsin, xoh yomonlik, u allbatta ushaladi. Shoir o'z holingni bayon qilma, chunki sening holing o'ziga ayondir . U seni chorasiz yoki muhtoj qoldirmaydi, demoqchi bo'ladi. "Agar bo'lsa sening har niyating sof"deb boshanuvchi
ruboiy-to'rtligi ham yuqoridagi so'zlarning mantig'iy davomi yanlig' ta'savvur uyg'otadi kishida. Har qadamda niyatni sof qilib, qilayotgan ishimizda insof bo'lsa, Ollohning marhamatiga erishamiz, deyilgan bu she`rda.
Shoir o'zining ichki holatini ochiq ro'y-rost bayon qilishdan qo'rqmadi. U o'ziga xos yo'ldan borib, badiy ifodada obrazlar xarakterini ochishda yangiliklar axtaradi.
Shoir ruboiy-to'tlik janrida ijtimoiy-siyosiy masalalarni ham yoritgan.O`z ijod namunalarida kundalik hayotdagi illatlarni keskin qoralaydi. Davrning ijtimoiy hodisalariga o'zining munosabatini bildiradi. M. Rofiy shoirlik qalbi bilan zamon fojealarini chuqur his etar va og'ir qayg'uli ohanglarda ularni mo`jaz she`r shakliga soladi. Odamlar o'rtasidagi turli g'iybat , tuhmatlar shoir qalbini larzaga soladi. Tong nuri qanchalik inson ruhiyatiga iliqlik, mayinlik olib kirmasin, shoir ko'ngli tun qorong'usini istaydi. Bu shoir ijodiningning o'ziga xos tomonlaridan birini ochib beradi.
Ko'pgina shoirlar ijodida tong yetakchi mavzular sirasiga kiradi. Shoir M.Rofiy lirik she`rlariga esa tong o'zning rango-rangligi va g'ala-g'ovurlari bilan kirib keladi. Lirik qahramon sokin tun qo'ynidan o'zi xohlamagan
fisq-fasodlar, talo-to'plar olamiga kirib borishni istamaydi. Zarrin quyosh o'rnini oy nuri egallamaguncha, lirik qahramon kech bo'lishini kutadi. Qorong'u tushgach, uning qalbi taskin topadi, endi u Haq taolloni yod etadi, bergan ne'matlari uchun shukrona keltiradi, o'tayotgan umrini, qilayotgan ishlarini sarhisob qiladi va ko'ngil xotirjamlikda ko'zlarini uyqu eltadi.
Oh, tong tun oromin qiladi kasod,
Boshlanadi shovqin, g'iybat, fisq-fasod.
Yana sokin kechni kutar yuraging,
To subhi dam Haqni qilmoq uchun yod...
Shoirning ba'zi ruboiy-to'tliklari inson ruhiyatining kamolotiga shikast beradigan ma'naviy - axloqiy mahdudlikka qarshi qaratilgan isyondir.
Ruboiy-to'rtliklar zamirida insonning o'zligini anglash kabi juda buyuk va oliy maqsad yotadi. Shuning uchun shoir nafs bandalariga, kibr-u riyoni kasb qilib olgan insonlarning tutgan yo'liga qarshi isyon ko'tarib, jamiyatni, odamni xor etadigan illatlarni qoralaydi. Shoir ruboiy-to'tliklarida o'ychan psixologik kechinmalar balqib turadi. Bu esa o'z navbatida M.Rofiy lirikasining janr tarmoqlarini boyitadi.
Odamzodga najot ma'rifatdadir,
Uning tanazzuli jaholatdadir.
Bu olam yashirin harakatdadir,
Kimki g'ofil bo'lsa, arosatdadir.
Ma'naviy-intelektual yetuk shaxsni tarbiyalash hozirgi kunda davlat siyosatida ustuvor yo'nalish qilib belgilangan. Uni amalga oshirish esa, eng avvalo, yoshlarning ruhiy ma'naviyatini boyitish va mustaqil dunyoqarashini shakllantirishni taqazo qiladi. Ma'naviyat ko'proq inson qalbiga, botiniy olamga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti mustaqillikning ilk kunlaridayoq: "Ma'naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning, kuch-qudratidir. U yo'q joyda hech qachon baxt-saodat bo'lmaydi",- deb yozgan edi.4 Biz yashab turgan cheksiz olam murakkab bir tizimda ushlab turgan ichki uyg'unlik ,inson ongi to'liq anglab yetolmagan yaxlit mohiyatdir. Shaxs ma'naviyati ayni shu behudud manbadan quvvat oladi. Hazrat Mir Alisher Navoiy "Har ne istasang, o'zingdan istagil"- degan edi. Odamda ham hayvonda ham biologik nafs mavjud, lekin ular o'rtasida chegara bor. Bu chegaranni anglash inson uchun o'zlikni anglashdir. O'zlikni anglash muammosi bugun yoki kecha paydo bo'lgan emas, bu qadimiy mavzu ta'bir joiz bo'lsa qadimiy muammo. Insoniyat paydo bolibdiki, hayoti davomida o'zlikni anglashga intiladi. Delfa shahri ibodatxonalarining birida yozilgan: "O'z-o'zingni angla va bilgin " so'zlari bugungi kun uchun ham da'vatdir. M.Rofiy mana shu da'vatga "labbay"- deb javob bergan katta qalb sohibidir.
Asli bu kuy ohang emas, xasta ko'ngil ohlari,
Bu ash'or hikmat emas, mavjud hayot guvohlari.
Ne ko'rsang va ne bilsang, uni hissiz qabul etma,
Yurar yo'ling ming asrlik ko'hna dunyo rohlari.
Darhaqiqat, shoir xasta ko`nglidan sizib chiqayotgan bu go'zal
ruboiy-to'tliklar inson dilida allaqanday ohang paydo qilmasdan qo'ymaydi. Ko'nglida iymon nuri bor odam borki, uni mushohada qilmasdan o'tolmaydi.
Tomirimda, bilmam, oqar qanday qon?
Menga qavm, ehtimol,millati jahon .
Hamma uchun bitta yaralgan kayhon,
Birdir-shajaramiz, biz ahli inson.
Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyat va davlatning kuch-quvvati ekan, binobarin, jamiyatning , insonlarning ma'naviy madaniyati qancha yuksak bo'lsa, mamlakat shuncha tez ravnaq topadi, boshqa ijtimoiy muammolarni hal qilish osonlashadi. Bizning tomirimiz bir , shajaramiz, tariximiz, zaminimiz bir. Biz bir millat egalari yakdil bo'lmog'imiz lozim, deydi ash`ornavis. Dunyoda adolatni qaror topmog'i uchun inson g'iybat, tuhmatdan yiroq bo'lmog'i kerakligini bir ruboiy-to'tligida quyidagicha ifodalaydi:
Davom etar ekan tokim g'iybat, kasofat,
Mavjud bo'lar doim tuhmat, zalolat,
Dunyoda adolat qaror topmagay,
To yo'q bo'lmas ekan hasad, adovat.
Shoir hasad ahlini qattiq tanqid ostiga oladi, hasad qilish mard kishining ishi emasligi xalq ham bunday kishilarni qoralashini, ularni inson qatorida ko'rmasligini ko'rsatib beradi:
Hasad ahlin derlar odammas, nokas,
Bir fisq-u fasoddan bir pas tin olmas .
Kimga nima berar, Haq o'zi bilar,
Buni hosid bilan maslahat qilmas.
M.Rofiy hayotning bir lahzasi ham xotirjam emasligini biladi, ammo inson xarakteridagi betoqatlik uni taajjubga soladi. Insonni shukr qilishga undar ekan, shoir Olloh barchamizning pushtipanohimiz, seni hech qachon tashlab qo'ymaydi, degan fikrni ilgari suradi:
Yemoq uchun bo'lsa bir burda noning,
Butun bo'lsa gar to'rt ganji ravoning.
Shukr qil, hech kimga emassan muhtoj,
Bosh ustingda bordir Haq mehriboning.
Shoir umuminsoniy xarakter va xalqchil g'oyalarni tanlaydi va ularni sodda tilda bayon etadi. Ruboiy-to'tliklarining birida noshukr insonlarni qoralasa, ularni haq yo'lga boshlasa, boshqasida soxta fan kishilarni tanqid ostiga oladi.
Shoir global muammolarga ham e'tiborini qaratgan, ommaviy axborot vositalari kishi ma'naviyatiga kuchli ta'sir etuvchi vositalar sirasiga kiradi. Ammo ba'zi bir o'zini " ma'naviyat"li sanaydigan shaxslar ham borki, ular o'zlarini ma'naviyat targ'ibotchilari sanaydilar va yosh avlodning ongiga shu yo'l bilan chang solmoqchi bo'ladilar. Internet tarmog'idagi ba'zi bir "korchalonlar" tomonidan kiritilayotgan ma'lumotlar, buzuq aqidalar borki, qalbida vataniga sadoqat, oilasiga hurmat ruhida tarbiyalanayotgan, qalb ko'zi ochiq, tafakkur qila oladigan kishini befarq qoldirmaydi, shu jumladan, Mustaqim Rofiy ham mana shu jamiyatning bir ongli a'zosi sifatida bunga ko'z yumib ketolmaydi.
Internetga kirib uyalar odam,
Unda ko'rib fosiq shahvoniy olam.
Nojoizdir tashviq qilmoq har neni,
Xaloyiq ichra bor dono, g'o'r befahm.
Turli tarmoqlar orqali kirib kelayotgan, milliy ma`naviyatimizga ziyon yetkazadigan axloqiy buzuq ma'lumotlarning kirib kelishi jamiyat a'zolari kelajagini tanazzul yoqasiga keltirib qo'yishi tabiiydir. Internet so'zining lug'viy ma'nosiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, u "o'rgimchak to'ri" degan ma'noni bildiradi. Bu to'rga asir bo'lgan shaxs bugun o'tayotgan vaqtini, ertaga ota- onasini, keyin esa millatini va qarabsizki o'zligini ham unutadi. Bunday kishi qalbida na rahm-shafqat, na vijdon va na hayo qoladi.
Bunday shaxsni inson deb atash ham noo'rin . Bunday shaxslarga nisbatan "manqurt" atamasini qo'llash to'g'ri bo'ladi. To'g'ri-da, o'zligini, millatini unutgan kishini yana qanday atash mumkin? Mustaqim Rofiy ham, biz ham internet tarmoqlariga qarshi emasmiz. Biz bugun jahon minbarlaridan turib millatimiz, yurtimizning jahonga yuz tutayotganligini g'urur va iftixor bilan aytayotgan, jahon olimpiadalarida bayrog'imizni bosh uzra baland ko'tarayotgan mustaqil yurt farzandlarmiz. Biz jahonga intilar ekanmiz, xohlaymizmi, yo'qmi, zamonaviy texnikalardan voz kecholmaymiz. M.Gandi ommaviy axborot vositalari haqida fikr yuritar ekan, jumladan, shunday degan edi: " Men uyimga chang-to'zon kirishini istamayman, ammo derazalarimni ochmasam, uyimdagi issiq havodan qiynalishni ham xohlamayman".5
Biz ham internet tarmoqlarini butunlay cheklashdan yiroqmiz, faqat berilayotgan axborot kim uchun , qay maqsadda, qay tartibda ishlab chiqarish kerak degan savollarga o'z vijdonlari oldida javob bersalar, bizningcha, yaxshiroq bo'lar edi. Chunki besh qo'l barobar bo'lmaganigek, hamma ham yuksak tafakkur egasi emas. Shoir so'zlari bila aytganda, "bunda bor dono, g'o'r, befahm", hamma ham berilayotgan ma'lumotni to'g'ri qabul qilolmaydi. Kimnidir aql kuchi yetadi bu behayo ma'lumotlar orqasida jamiyatning tinchligini ko'rolmayotgan badkirdor insonlarning qora niyatlari yashiringanligini, ongida ma'naviy bo'shliq bor odamlarning aksariyati, ming afsuski, o'rgimchak to'rining qurboniga aylanganlarini ko'rib turibmiz.Ularning o'zlari ham umr atalmish ne'matni o'tkinchi hoy-havaslarga sarf etib ming afsus-nadomat chekadilar, ammo o'tgan vaqtni ortga qaytarib bo'lmaydi. So'nggi pushymon esa hali hech kimga do'st bo'lgan emas. Internet tarmoqlarga ko'p ham ishonish yaramasligini uning keyengi ruboiy- to'rtligi mazmunidan bilish mumkin:
Internetda to'la turfa ma'lumot,
Ular qilmasinlar seni lol-u mot.
Angla udir - jahon axlatxonasi,
Najas ichra bo'lmas ilmi kulliyot.
Hozirgi davr ilgarigi davrlardan yangi aloqa vositalari, texnika va taxnologiyalar paydo bo'lganligi va kengayganligi hisobiga axborot hajmi keskin oshib ketganligi bilan farq qiladi. Axborot asrida turli ma'lumotlar qatorida kirib kelayotgan ijtimoiy, siyosiy ,axloqiy ,diniy ekstrmistik qarashlar bugungi kun hayoti uchun chinakam tahdid vazifasini o'tamoqda.6 Bu kabi yot g'oyalar oqimiga kirib qolgan shaxslarning so'nggi taqdiri o'zingizga ma'lum. Inson har bir narsadan to'g'ri foydalanishni bilishi kerak. Bu borada hushyorlikni yana ham oshirish lozim.
Ba'zan yaqin insonimizning hayoti izdan chiqib ketishiga o'zimiz ham sababchi bo'lib qolamiz. Biz do'stimiz, akamiz, ukamiz, opamiz yoki bo'lmasa yaqin qarindoshimizning yot g'oyalar ta'siriga tushib qolayotganini ko'rib, anglab tursak ham, "andisha" qilib yaqinimizning jar yoqasiga kelib qolganini sezmay qolamiz. Bizning andishamiz bir oilani otasidan, boshqasini onasidan, yana birini aka yo ukasidan, boshqa birini esa o'g'il yo qizidan judo qilib yuborishi mumkinligini o'ylab ham o'tirmaymiz. O'zimizni bilmaganga olamiz, go'yo hech narsani sezmagan, bilmagan kishi bo'lib yoqamizni ushlaymiz. Aslida oldinroq harakat qilganimizda, internet ma'lumotlarining barchasiga ham ishonib bo'lmasligini, hayot mohiyatini u yerdan qidirish noo'rin ekanligini tushuntirib berganimizda, yetim qolgan go'dak otam deb, ota-ona esa farzand ko'yida bo'zlamagan bo'lar edi . M.Rofiy mana shu holatni oldindan ko'rib, his etib hayot mohiyatini "jahon axlatxonasi" bo'lmish yot saytlardan emas, buyuk mutafakkirlarimiz, donolarimiz yozib qoldirgan kitoblardan qidir. Haqiqiy mohiyatni kitoblar ochib beradi senga , degan badiiy g`oyani ilgari surgan. Shoir fan va texnikani bir-biri bilan qiyoslab go'zal tasviriy ifodalar bilan inson tafakkuri har nedan ustunligini isbotlab beradi:
Kompyuter zo'rmi yoki odamzod,
Olimlar bahslashar bu haqda bot-bot.
Har qancha qilsa ham fan, taraqqiyot,
Insondan aqlli bo'lmas uskunot.
Texnika asrining buyuk kashfiyoti bo'lmish kopyuter odam tafakkuri bilan bellasholmaydi. Siz bilan bir tajriba o'tkazib ko'rsak, ayni bir xil kitobni, masalan, "O'tgan kunlar" kitobini deylik, elektron va kitobning asl variantidan o'qing. Elektron variantda berilgan kitobni hissiz, mushohadasiz , ruhsiz o'qiysiz . Asarni kitobdan o'qisangiz, undagi qahramonlar bilan birga o'sha muhitda yashaysiz, Zaynab ahvoliga achinasiz , achchiqlanasiz va hatto nafratlanasiz. Asarda Kumush bo'lib Otabegingizni kutasiz ,xullas, Abdulla Qodiriy tasvirlagan qora kunlarning bir fuqarosiga aylanasiz . Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?
Bizningcha, sabab bitta: kittobda Abdulla Qodiriyning o'chmas ruhi aks etadi, kitobxon esa mana shu ruh bilan birga yashaydi ,asarni o'qish jarayonida yig'lasa yig'laydi, kulsa kuladi, iztirob cheksa, u ham qo'shilib iztirob chekadi. Mana sizga oddiy uskunotning odam tafakkuri bilan tenglasholmasligining yaqqol namunasi. Sizga kapyuter texnalogiyalardan uzoqroq yuring degan g'oyani singdirishdan yiroqmiz, chunki kopyuter tarmoqlari orqali dunyo mo'jizalaridan xabardor bo'lish, minglab ma'lumotlarning bir sahifada joy olishi bizni ham quvontiradi , albatta, faqat me'yorni unutmang, har bir narsadan o'z o'rnida, oqilona foydalanish kerakligini unutmang demoqchi bo'lamiz, xolos. Demak , shoir umuminsoniy g'oya va xalqchil muammolarni sodda tilda asosli mushohadalar asosida tasvirlab berganining guvohi bo'ldik. Shoir insonning hissiy tuyg'ularini jumbushga keltiradigan , baxt va shodlik to'grisida o'ylashga majbur etadigan ruboiy-to'rtlilar yozganki, unda ham ijtimoiylikdan uzoqlashmay falsafiy qarashlarini bayon etadi.
Baxt inson hayoti , uning ma'nosi va maqsadi. Bu narsalar ming yillardan buyon ne-ne donolarning miyasini band qilib kelgan. Lekin har qaysi davr bu masalani yangiladi, aniqrog'i, davrgagina emas, har bir fikrlayotgan odam shu masalaga duch keladi . Baxt nima? Hayotning ma'nosi nima? Bu savollar har bir odamdan halol va batafsil javobni talab qiladi. Baxt juda murakkab tushuncha, unda ham davr, hamma sharoitlar, hamma odamlar uchun yaraydigan bitta yaxlit javobni topish qiyin. M.Rofiy mana shu savollarga javob beganday bo'ladi. Shoir hayotini xazon qilmagan insonni baxtli hisoblaydi:
Baxtlidir kim umrini xazon etmadi,
Bor-u yo'q o'zin sarson etmadi.
Shukr-u qanoat-la yashadi hushhol,
Hech kimdan iltifot, ehson kutmadi.
Kim baxtli, dunyoda umrini xazon qilmagan baxtli, dunyo moli deb sarson bo'lmagan, shukr va qanoatni unutmagan, hech kimga mute bo'lmagan, hech kimdan iltifot kumagan kishi shoir nazdida eng baxtli insondir. Darhaqiqat, inson huda-behuda narsalarni dep ko'p baxtli soniyalarini boy berib qo'yganini sezmay qoladi. Farzandining birinchi aytgan so'zini, ilk qadamlarini, ko'z oldida yangi bir jonning o'sib borayotganligini bilmay qoladi. Shu tarzda yashab umri ortiqcha mol-dunyo yo'lida xazon bo'lganini anglab yetadi.
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o'tgan umrimga achinmay qo'ydim.
-deb yozgan edi Zulfiya Isroilova "Men o'tgan umrimga" deb nomlangan bir she'rida , demak, bir kun kelib o'tgan umrga achinmay shurk qilsang, mana shu baxdir . M. Rofiy insonlarga umr atalmish bog'ni xazon qilish emas, balki bu bog'ni jannatmakon bir go'shaga aylantirish lozimki, toki bu yo'ldan o'tgan yo'lovchilar bog'bon shaniga duolar qilsin degan fikrni uqtirgan. Bu bog'ni ezgu ishlar bilan bezagandagina qalbi taskin topib, bu dunyo va u dunyosi obod bo'ladi. Uzoqlardan baxt qidiraman deb, baxt formulasini izlash ham noo'rindir, chunki uni hech kim topa olmasligini quyidagi misrada mahorat bilan tasvirlaydi:
Baxt formulasin izlamang bekor,
Uni topa olmas hech bir iqtidor.
Baxt degan so'z mavhum bo'lgani bois,
Yo'qdir baxt miqyosin o'lchovchi me'yor.
Demak, baxt insonning o'z qo'lida. Shoirlarimizdan biri aytganidek:
Taqdirni qo'l bilan yaratur odam,
G'oyibdan kelgan baxt bu afsona.
Inson baxtni uzoqlardan qidiradi, unga tashbeh, sifatlar axtaradi, uning formulasini tuzadi, aslida esa baxt yaqinimizda, yonginamizda, biz bilan doimo birga hamohanglikda yashaydi. Avji bahor faslida yam - yashil ko'katlar ustida yastanib yotib, lojuvard osmondagi pag'a- pag'a bulutlarni tomosha etish baxt. Hamisha pokiza vijdon bilan odamlarning yuziga qaray olish ham baxt. Hasad ig'volardan xoli , xotirjam sevgan ishing bilan shug'ullanib hayot kechirish ham baxt. Agar butun umr sof vijdon bilan yashagan bo'lsang ,agar mehnating bilan biror odamga imkon boricha foyda keltirgan bo'lsang, buning natijasida odamlar senga muhtoj bo'lib qolsa, o'zingni kerakligingni, bu dunyoda shunchaki, qumursqaday kelib benom-u nishon ketmasligingni his qilsang, eng buyuk baxt shu. Bunday baxt esa osonlikcha qo'lga kiritilmaydi. Shuning uchun doimo kurashmoq kerak . Shoir baxtni shunday ta'savvur qiladi va o'quvchisiga shu g'oyalarni ruboiy-to'rtliklari orqali singdiradi.
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent D.Z.Rajabov shoir ruboiy-to'rtliklarini tahlil etar ekan, uning " O'yingoh dunyo " to'plamidan o'rin olgan so'z boshi sifatida berilgan "Dil va el tarjimoni" deb nomlangan maqolasida Rofiy ijodidagi ruboiy-to'rtliklarning ma'no-mazmuniga alohida e'tibor qaratadi va shoirning o'jar tabiati, nozik ta`b, puxta ilmi , kuchli shavqi tabiiysi kamtar- kamsuqum fe'li bilan birga, noyob is'tedod egasi ekanligini ta'kidlaydi va shoir ruboiy-to'rtliklarining ayrimlarini tahlilga tortadi.
Bir zot dedi: doim o'qiyman kitob,
Qo'limga ne tushsa hech bir erinmay.
Dedim: uqishga ham vaqt topgin zero,
Hech narsa bilinmas fikr qilinmay.
O'qish va uqish orasida mutanosiblik paydo bo'lgandagina, fikr uzviyligi mushohada kengligi ,tafakkur oydinligi bo'y ko'rsatadi. Mobodo qo'lga tushgan yoki ko'z ko'rgan barcha yozuvlarni o'qib tashlab ko'z nurini, vaqtni sarflab biror ma'no chiqarib hazm eta olmasangiz , ikki narsa sizda yo'q .Birinchisi ,siz shunchaki ,ya'ni vaqtni ,umrni behuda sarflayotgan nodonsiz. Ikkinchisi, sizda qalb yo'q, his-tuyg'u yo'q . Demak, fojeaga yuz tutibsiz . Shoir esa fikr va tuyg'u olamida kezib, evolyutsiyaga erishishni xohlaydi.7 Demak , shoir qalbidan sizib chiqayotgan ruboiy-to'rtliklarda inson ongini qitiqlaydi uni uyg'onishga, tafakkur qilishga undaydi. Olam va odam sir-asrorlarini tushuntirish borasida fikr yuritadi. Insonning fe'l-atvoridagi qusurlar uni qiynaydi , bu o'tkinchi dunyoni tili va dili boshqalar borligini e'tirof etadi. Dunyo sinoatlarga to'la ekanligidan hayratga tushadi, yaxshilikning yashovchanligiga imon keltiradi. U dunyoga mehr qo'ymaydi,oriyatni har narsadan ustun qo'yadi, halol yashamoqni shiori deb biladi:
Xudoga ayondir,bil, har bir qilmish ,
Bir kuni fosh bo'lar barcha qing'ir ish.
Rofiy, qayda bo'lma,doim bo'l halol,
Haq pinhon har ish-u niyatni bilmish.
Shoir ruboiy-to'rtliklari orasida majoziy xarakterdagi ruboiylar ham uchdaydi. Bunda shoir insonlar o'rtasidagi ayrim kamchilik va nuqsonlarni hayvonlar vositasida yanada ochiq tasvirlab beradi. O'z fikrini hayvonlar vositasida bayon qilish bugun paydo bo'lgan emas. Shoir, yozuvchilarimiz orasida bunday asarlar ko'plab uchraydi. Bunday she'rlar ta'limiy-tarbiyaviy mazmunga egaligi va ijtimoiy-siyosiy, maishiy-axloqiy mavzularda, majoziy obazlar vositasida voqelikni aks ettirishi bilan ajralib turadi.
Shoir ham shu a'nanalarni davom ettirgan holda ruboiy-to'rtlilarida turli shaxslar xarakter -xususiyatlarini, jamiyat hayotidagi turli illatlarni hayvonlar vositasida ko'rsatib beradi:
Zog' tovusga qilib hasad, adovat,
Qilmoq bo'ldi patin rangin-u qat-qat.
Bu xohishni inkor qildi tabiat,
Chunki o'zgartirib bo'lmas asliyat.
Mazkur parchada insonlarga xos bo'lgan hasadgo'ylik , bir-birlariga bo'lgan adovat va shunga o'xshagan illatlar tanqid qilingan. Ya'ni husnda yagona, qushlar orasida tengsiz bo'lgan tovusga zog'ning hasad qilishi va unga intilishi tasvirlangan bo'lib, oxir-oqibat tabiat qonunini o'zgarmasligi, bor bergan ne'matga qanoat qilib yashash lozimligi ko'rsatiladi.
Arslon o'rmonga shoh bo'lgan zamon,
Tulki vazir edi, qushbegi - quyon.
Ular neki qilsa jim edi o'rmon,
Zero,har mahluqqa shirin edi jon.
Ko'rib turubmizki , o'rmondagi hayvonlar turli xarakter-xususiyatga ega. Ulardan biri ayyor bo'lsa, boshqasi qo'rqoq. Ularni bir yerga to'plab sarbonlik qilayotgan arslon o'ta kuchlidir . Davlatda tartib bo'lishi uchun boshqaruvda intizom, qatiyat bo'lmog'i lozimligini IX asrda yashab ijod etgan Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig" asarida quyidagicha bayon qiladi:"Agar asrlon itlarga bosh bo'lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin itlar arslonga yetakchilik qilsa, arslonlar itlar kabi bo'lib qolishi mumkin." Biz yashayotgan jamiyat o'rmon bo'lsa ,unda turli xarakterdagi insonlar bor.Ularni bir joyga yig'ish faqat arslonning (davlat boshlig'i)ning qo'lidan keladi. Davlat boshqaruvida kuch-qudrat bilan birga qat`iyat, jasurlik alohida o'rin egallashini shoir ruboiy- to'rtligi orqali ko'rsatib bergan. "Tulki va sher birga qilishardi ov" deb boshlanuvchi ruboiy-to'rtlikda hamma gapga ham ishonib ketmaslik lozimligi ko'rsatiladi:
Tulki va sher birga qilishardi ov,
"Sher ko'p notanti ",deb shipshidi birov.
Shersiz ov qilgum deb ,tulki bo'ldi yov,
Ha, boshga balodur kaltabin o'ylov.
Hamma ham senga chin do'st bo'lmaydi. Hamma ham senga to'g'ri so'zni aytmadi. Shuning uchun ham insonning barcha gapga ishonib ketishi yaxshi oqibatga olib kelmaydi. Kimdir senga joni "achishib, kuyunganidan" bir narsa dedimi, darrov uning "shirin " yolg'oniga ishonma. Sening ishonchingdan foydalanuvchi nokaslar shu yo'l bilan senga ziyon berish payida bo'lishadi, xuddi tulki birovning gapiga ishonib hayoti barbod bo'lgani kabi. Savol tug'uladi: aslida tulki-ayyor insonlar obrazi hisoblanadi. Shoir sher bilan tulkini ittifoqdosh qilib nima demoqchi? Hushyor bo'l, sen o'zingni ayyor sanasang ham, sendan-da ayyorlar, mug'ombirlar bor, sen ularning o'ljasiga aylaninib qolma. Har bir aytilayotgan fikrni mushohada qil, yetti o'lchab bir kes, tulki kabi shoshqaloqlik qilib aldanib qolma, deyilgan bu she`rda. Ruboiy-to'rtliklarda turli xarakter-xususiyatdagi hayvonlar obrazi orqali insoniyat, jamiyat hayotdagi kamchiliklar, nuqsonlarni ochiq ifodalab berilgan. Insoniyat ahlini hushyorlikka, mehnatsevarlikka ,ahilikka, vatanparvarlikka undar ekan, ijodkor umrning yeldek o'tishini , bu dunyo inson aqlini shoshiradigan "ajib bir karvonsaroy", o'lim esa har bir tirik jon totadigan "achchiq sharbat " ekanligini yaxshi biladi. Ota-onani ranjitmaslik,tilni g'iybatdan tiyish, kibr-havodan tiyilish va mardlikka chaqiradi. Nafsni kishanga, amalsiz kishilarni "hangi"ga, tanadagi jonni mehmonga o'xshatadi. Mol-dunyoga hirs qo'ymaslik, johil kishilardan uzoqda bo'lishni maslahat beradi. Xullas,shoir ezgulikka chorlaydi. M.Rofiy ruboiy-to'rtligida xalqqa yaqinlik sezilib turadi. U xalq ichiga yuradi, millatga xavf solayotgan kulfatlarni ko'radi va shoir qalbi bundan iztirobga tushib, xalqni bu yo'ldan qaytarish chorasini ko'radi .
Shoir oxirat kunini, qiyomat kunini qayta-qayta eslaydi,din-u iymondan kechgan kishilardan nafratlanadi, o'zi haqni yod etib uning farmoniga bo'yin egadi.
Dilimga g'ulg'ula solar har tashvish,
G'am yema, vazmin bo'l misoli darvesh.
Rofiy, qalbing majruh qilmasin har ish,
Yolg'iz xudo bilar nedir oxir ish.
Olloh bergan har ne'matki bor, bariga shukrona keltirib, musibatiga sabr, cheksiz qudratiga fikr qilib ilm-ma'rifat, ilmning mohiyati,uning ijtimoiy hayotdagi mavqeyi, odam hayoti uchun ahamiyati xususida asosli mushohadalar yuritib kishini ilm olishga, ilmni e'zozlashga va shu bilan kamolotli bo'lishga chaqiradi.
Insonlarda bo'lmasa ilm-u e'tiqod,
Mushkuldir niyati topmoqlik kushod.
Chin ilmdan panoh izla, odamzod,
Shunda bo'lar ikki dunyoying obod.
Shoir fikricha, ilm kishini gumrohlikdan, nodonlikdan xalos etibgina qolmasdan olamdagi nobakorliklarni fahm etib,o'zini turli-tuman yomon hislardan forig' tutishga ham o'rgatadi. Shoir odob-axloq masalasiga bag'ishlangan ruboiy -to'rtliklarida do'stlik, vafo, sadoqat, oqibat, sabr va qanoat, rostgo'ylik, halollik, ruhiy poklik, mehnatsevarlilik, shirinsuxanlilik, kamtarlik haqida fikr yuritib, didaktik mulohazalarini ixcham poetik shaklda talqin etib boradi. M.Rofiy ruboiy-to'rtliklarida go'yo yirik epik asarlardagi odob-axloq muammolari haqidagi fikrlarning she'riy ifodasini,boshqacha qilib aytganda, javohirini ochib beradi.
Sirtdan nazar solsang, inson - muhtaram,
Odob-u komillik unda mujassam.
Ular nuktadonmas, oqil, xotirjam,
Dunyoda eng mubham insondir odam.
Har qanday adabiy janrning g'oyaviy-estetik qimmatini belgilovchi asosiy mezon -bu ma'no . Ma'no butligi va chuqurligi uchun xizmat ettirilmagan janr, san'atkor mahoratidan qat'iy nazar, shaklbozlilik namunasi bo'lib
qolaveradi .Shuning uchun ham shoir ijodidagi qaysi bir ijod na'munasini o'qib tahlil qilsak, unda fikr birinchi o'rinda turadi. Shoir
ruboiy-to'rtliklari asl mazmuni jihatidan insoniyat badiiy tafakkuri erishgan eng nodir she'riy durdonalar qatorida turadi. Shoir to'rt satrli ixcham shaklda shunchalar ko'p, shunchalar hayotiy mazmunlarni ifodalab bera olganki, ular o'qigan kishini fikrlashga undaydi. Butun bir hayotiy lavhani jonlantiradi. Bu lavhada ham muxtasar mazmun, hamchiroyli manzara berilgan
ruboiy-to`rtliklarning har birida hayot aksi ifodalangani bilan ajralib turadi.



Download 148,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish