devoriga yopishgan bo‗ladi va uni bellik (poyaskovaya) yo‗ldosh deyiladi.
Vazoxorial yuldosh yirtqich hayvonlarga xosdir.
Gemoxorial yo‗ldoshda bachadon devorining to‗qimalari buzila boshlaydi.
Ular bilan birga biriktiruvchi to‗qima va bachadon qon tomirlari ham buziladi.
SHu yo‗l bilan vorsinkalar qon bilan yuvilib, ona qornida tarmoqlangan holda
botib turadi. SHuningdek vorsinkalarning hujayralarga (desidual hujayralarga)
aylanadi.
Ichki hujayralar esa ichki epiteley (sitotrofoblast) xususiyatini saqlabqoladi.
Embrionning rivojlanishi bilan u bachadon devoridan bo‗shliqqa chiqadi, ammo
treger ―murtak oyoqchasi‖ joylashgan devor bilan bog‗lanib qolaveradi. Tug‗ilish
davrida bachadon bilan yo‗ldosh orasidagi bog‗ uzilib bachadon devorining bir
qismini olib tushadi, lekin bachadon to‗qimasi tez tiklanadi.
YUqorida ko‗rib chiqilgan barcha yo‗ldosh turlarida ona bilan embrionning
qoni qo‗shilmaydi. Ona qoni bilan embrion qonining qo‗shilishi ikkala organizm
uchun zararli. SHuning uchun ular qo‗shilmaydi.
Embrion epitioxorial va desmoxorial yo‗ldosh orqali gistotrof yo‗l bilan
oziqlanadi. Bunday vorsinkalar bachadon bezining sekretini va endometriyaning
biriktiruvchi to‗qimasini elementlarini hazm qilish holatiga keltiradi. Odam
va
hayvonlar embrionida yo‗ldoshning boshlang‗ich bosqichlarida gistotrof
oziqlanish
bo‗lib, embrion keyinchalik gemototrof oziqlanish usuliga o‗tadi. Past molekulyar
oziq moddalar xorial o‗simta devorida embrion qoniga bemalol o‗tishi mumkin.
Ona qonidagi moddalar fermentlarning ma‘lum darajadagi ta‘siri natijasida
parchalanadi va embrionning ehtiyojlari uchun qayta ishlanadi. Ona qonidagi oqsil
moddalar vorsinkalarning to‗sig‗i orqali o‗ta olmaydi. Ba‘zan homiladorlikning
oxirgi bosqichlarida juda kam miqdorida o‗ta olishi mumkin. Bu oqsil moddalar
embrion qoniga erkin aminokislotalar shaklida o‗tadi. Yo‗ldoshning navbatdagi
funksiyalaridan biri ona va embrion qonidagi gaz almashinishi va nafas olish
jarayoni hisoblanadi. Ona qonidagi kislorod vorsinkalar atrofida to‗planib,
diffuziya yo‗li bilan xorion qon tomirlariga o‗tib embrionga o‗tkaziladi. Bu erda u
oksidlanib, karbonat angidrid gazini hosil qiladi va ona qoniga qaytadan o‗tadi.
Yo‗ldosh oldi moddalar chiqarish vazifasini ham bajaradi. Metobolizm natijasida
embrionda hosil bo‗lgan moddalarni ona qoniga o‗tkazib yuboradi. Ba‘zan
homiladorlik ona organizmida katta o‗zgarishlar bo‗lishiga olib keladi.
Yo‗ldosh ona organizmi va embrion orasidagi himoya vazifasini ham
bajaradi. Bunda ona qonidagi zararli moddalar, toksinlar, bakteriyalarning
embrionga o‗tishini taqiqlabqo‗yadi. Ba‘zi patogen virus (sifilis, qizilcha) bu
to‗siqdan o‗ta oladi, hosil bo‗lgan bachadondagi embrionni halok qiladi. Yo‗ldosh
ichki sekretsiya bezlarining vazifasini ham bajarishi mumkin. Ular gonadotrop va
jinsiy gormon estrogen va progesteronlarni hosil qiladi. Bu gormonlar jinsiy
bezlarga, sut bezlariga va har xil o‗sish faktorlariga ta‘sir qiladi hamda yo‗ldosh
qonining ivimasligi uchun modda ajratib chiqadi. Demak, sut emizuvchilarda
embrionning nafas olish va oziqlanishi uchun bir necha moslanishlar mavjud. Ular
tuxumdagi sariq moddalar xaltasidan turlicha foydalanishlari mumkin. Rivojlanish
boshida sariq xalta ustida qon tomirlari paydo bo‗lib, ular orqali embrion nafas
oladi. Sariq xaltaning ikkinchi vazifasi oziq modda etkazishdir. Keyinchalik bu
vazifalarni allantois bajaradi. Qoramollarning tuxumi aletsital, ya‘ni sariqlik
moddasiz bo‗lsa ham ularda sariq xaltasi yaxshi rivojlangan va bachadonning
shilimshiq qavatidan oziq moddani embrionga o‗tkazadi. Allantois esa keng xalta
shaklida bo‗lib, modda almashinish jarayonida hosil bo‗lgan suyuq qoldiqlarni
yig‗ishi mumkin. Yo‗ldoshlilar turkumida allantois vazifasiga embrionga kislorod
va oziq modda etkazishdan tashqari chiqindilarni ona qoniga o‗tkazish ham kiradi.
SHuning uchun homiladorlik davrida ayollarda ba‘zan toksikoz, ya‘ni ko‗ngil
aynish kuzatiladi.
Ushbu mikropreparat odam murtagi amnion pardasidan tayyorlangan.
Preparatda amnion pardasi qismlari aks ettirilgan. Amnion pardasining tuzilishini
daftaringizga chizib oling.
Do'stlaringiz bilan baham: