Konservlovchi murakkab suyuqliklar. Bunday suyuqliklar bir necha xil
kimyoviy moddalardan tayyorlanadi.
Myuller suyuqlig'i. Bu 2,5 g kaliy bixromat, 1 g natriy sul fat, 100 ml distil -
langan suvdan iborat. Kaliy bixromat - qizg'ish kristalldan iborat bo'lib, u sovuq
suvda uzoq vaqt eriydi. Shuning uchun Myuller suyuqlig'ini tayyorlashda uning
to'la erishi uchun suvni qaynatish kerak. So'nggi vaqtlarda Myuller suyuqlig'i
ko'pincha mielin nerv tolalarini Veygert, Pol va Shpilmeer usulida bo'yashda
ishlatiladi. Myuller suyuqlig'ida ob‘ektlar 1-2 oy davomida konservlanadi.
Shunday bo'lsa ham uning konservlash xususiyati yaxshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |