Buxoro davlat universiteti b. Ibragimov, M. Ibragimov sport turlari bo


Musobaqani ochilish va yopilish marosimlari



Download 7,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/324
Sana13.01.2022
Hajmi7,06 Mb.
#357211
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   324
Bog'liq
joxa 1

6.8. Musobaqani ochilish va yopilish marosimlari 
Musobaqalarning  turi  (birinchiliklar,  saralash  musobaqalari,  chempionatlar, 
Kubok musobaqalari, xotira musobaqalari, Osiyo yoki Olimpiya o‘yinlari va h.k.) 
va miqyosidan (tuman, viloyat, shahar, Respublika, Osiyo, Yevropa, Jahon)  qat’i 
nazar,  har  bir  musobaqa  o‘ziga  xos  ssenariy  va  dastur  asosida  o‘tkaziladigan 
ochilish  hamda  yopilish  marosimlari  bilan  farqlanadi.  Musobaqaning  ochilishi  va 
yopilishiga  doir  senariyda  rasmiy  dasturlardan  tashqari  mahalliy,  milliy  va 
umumbashariy  an’analar,  rasm-rusumlar,  urf-odatlar  hamda  udumlarga  xos  turli 
ko‘ngilochar  tadbirlar  (san’atkorlar,  yozuvchi  va  shoirlar,  davlat  va  jamoat 
arboblarining chiqishlari va h.k.) joy olishi mumkin.  


249 
 
Musobaqaning  ochilish  va  yopilish  ssenariysida  belgilangan  dastur  avvaldan 
puxta  ishlab  chiqiladi,  muhokama  etiladi  va  tashkiliy  qo‘mita  tomonidan 
tasdiqlanganidan so‘ng tayyorgarlik jarayoni tashkil etiladi.  
Quyida  namuna  sifatida  musobaqaning  ochilish  va  yopilish  marosimiga  doir 
senariysi keltirilgan: 
- musobaqaning ochilishi: musobaqaning bosh hakami musiqa sadolari ostida 
ishtirokchi jamoalarni maydonga olib chiqadi va ularni saflantirib joylashtiradi; 
-  bosh  hakam  jamoalar  e’tiborini  ko‘rsatma  (jamoa)  bilan  tashkiliy  qo‘mita 
«markazi»ga  qaratadi  va  tantanavor  ravishda  kelib  tashkiliy  qo‘mita  raisiga 
ishtirokchi jamoalarning musobaqaning ochilishiga saf tortganlari haqida ma’lumot 
beradi; 
-  tashkiliy  qo‘mita  raisi  qisqacha  musobaqaning  maqsadi  va  ijtimoiy-siyosiy 
ahamiyati  haqida  gap  yuritib,  tabrik  so‘zini  faxriy  shaxs  (rahbar  yoki  rahbar 
nomidan tabriklaydigan shaxs)ga beradi; 
-  tabrik  so‘zi  yakunlanganidan  so‘ng,  bosh  hakam  ishtirokchi  jamoalar 
nigohini davlat bayrog‘i joylashtirilgan tomonga qaratadi
- davlat madhiyasi yangraydi, davlat bayrog‘i ko‘tariladi; 
-  davlat  madhiyasi  tugab,  davlat  bayrog‘i  ko‘tarilganidan  so‘ng  bosh  hakam 
musobaqa  ishtirokchilariga  murojaat  qilib,  ularga  sihat-salomatlik,  musobaqa 
o‘yinlarida mahorat va yuksak natijalar tilaydi
-  bosh  hakam  ishtirokchi  jamoalarni  musiqa  sadosi  ostida  maydondan  olib 
chiqadi;  
-  musobaqaning  ochilishi  marosimidan  so‘ng  musobaqa  jadvali  bo‘yicha 
birinchi  o‘yinda  ishtirok  etadigan  jamoalar  maydonga  tashrif  buyurishadi  va 
musobaqa o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishadi. 

Download 7,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish