Buxoro davlat universiteti b. Ibragimov, M. Ibragimov sport turlari bo



Download 7,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/324
Sana13.01.2022
Hajmi7,06 Mb.
#357211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   324
Bog'liq
joxa 1

 
Mualliflar: 
 
B.B.Ibragimov
 – O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi bosh mutaxassisi 
 
M.B.Ibragimov
 – BuxDU, “Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi    
                              tayanch doktoranti 
 
Taqrizchilar: 
H.A.Botirov
  
     BuxDU “Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti”   
                                    kafedrasi  professori, p.f.n 
 
F.Xo`jayev                 
Pedagogika fanlari nomzodi, professor 
 
A.K.Ibragimov     
BuxDU  “Fakultetlararo  jismoniy  madaniyat  va  sport”            
kafedrasi mudiri, dotsent 



 
 
 
KIRISH 
 
Respublikamiz  ijtimoiy  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichida  jismonan 
sog`lom,  ma`nan,  teran,  axloq-odob  va  umumbashariy  g`oyalar  ruhida  kamol 
topgan,  bilimli,  dono  avlodni  tarbiyalash,  milliy  genofondni  sog`lomlashtirish 
masalasi  davlat  siyosati  darajasiga  ko`tarildi.  Yoshlar  o`rtasida  sportga  bo`lgan 
qiziqishni  orttirish,  sportni  ommaviylashtirish  davlatimiz  rahbariyati  oldidagi 
birinchi navbatda bajariladigan ishlar darajasiga ko`tarildi.  
Bugungi  kunda  mamlakatimizda  sog`lom  va  barkamol  avlodni  tarbiyalash, 
yoshlarning  ijodiy  va  intellektual  salohiyatini  ro`yobga  chiqarish,  mamlakatimiz 
yigit-qizlarini  XXI  asr  talablariga  to`liq  javob  beradigan,  har  tomonlama 
rivojlangan  shaxslar  etib  voyaga  yetkazish  uchun  zarur  shart-sharoitlar  va 
imkoniyatlarni yaratish bo`yicha keng ko`lamli, aniq yo`naltirilgan chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqda.
1
 
O`zbekiston  Respublikasining  “Ta`lim  to`g`risida”gi  Qonuni  va  “Kadrlar 
tayyorlash  milliy  dasturi”da  ham  yosh  avlodni  jismonan  baquvvat  qilib 
tarbiyalashga, chuqur va mustahkam bilim berishga katta e`tibor berilgan. Shunday 
ekan,  jismoniy  tarbiya  jarayonida  yoshlarimizning  jismonan  barkamolligiga 
erishishni bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri, deb hisoblash mumkin.  
Jismoniy  madaniyat  va  sport  ta`limini  takomillashtirishda  davlatimizning 
shu  soha  bo`yicha  yetakchi  mutaxasis  olimlari  samarali  mehnat  qilmoqdalar. 
Ularning  olib  borayotgan  kuzatuvlari,  ilmiy  tadqiqot  ishlari  asosida  jismoniy 
madaniyatning 
hamma 
sohasiga 
oid 
darsliklar, 
o`quv 
qo`llanmalar, 
monografiyalar, metodik qo`llanmalar yaratilmoqda. Bularning kelajakda shu soha 
bo`yicha  kadrlarni  tayyorlash,  aholini  sog`lomlashtirish,  sportchilarning  sport 
mahoratini oshirish jarayonini takomillashtirish ishlarida samara berishi aniq.  
Jismoniy  tarbiya  o`qituvchilarining,  sport  mutaxassislarining,  ustoz-
murabbiylarning chuqur bilim, malaka, boy tajriba va mahoratga ega bo`lishi, har 
tomonlama  yetuk, ma`naviy barkamol kadrlar  tayyorlash garovidir. Zero, ustozlar 
                                                           
1
 Ibragimov M.B. Futbol madaniyati. O`quv qo`llanma. – T., 2013. B. 3. 



 
 
 
har  jihatdan  shogirdlariga  namuna  bo`la  olsagina,  kelajak  uchun  ishonchli  zamin 
tayyorlanadi.  Namunali  ustoz-murabbiy  bo`lish  uchun  o`qituvchilar  tinimsiz 
izlanishlari,  o`z  bilim  va  malakalarini  oshirib  borishning  barcha  imkoniyat  va 
vositalaridan, shu jumladan fanga tegishli adabiyotlardan, samarali foydalanishlari, 
rivojlangan  mamlakatlarning  zamonaviy  ta`lim  texnologiyalari,  ilg`or  tajribalari 
bilan tanishishlari, uni o`quv jarayonida qo`llay bilishlari kerak.  
Talaba-yoshlarni jismonan baquvvat qilish uchun tarbiyaviy ishlarni  har bir 
fan  bo`yicha,  ta`lim  -  tarbiyaning  hamma  bosqichlarida:  jismoniy  tarbiya 
darslarida, sinfdan  tashqari  olib  boriladigan  sport  mashg`ulotlarida, turar  joylarda 
o`tkaziladigan mashg`ulotlarda uzluksiz olib borish kerak.  
Insonning jismonan baquvvat, sog`lom bo`lib kamol topishida, hamma sport 
turlari  bilan  bir  qatorda  sport  o`yinlari  ham  muhim  o`rin  tutadi.  Futbol  –  Ona 
zaminimizda  eng  ommalashgan  millionlar  sevgan  sport  o`yinlaridan  biridir. 
Bizning  mamlakatimizda  ham  bu  sport  o`yinini    turli  yoshdagi  ko`plab  odamlar 
yaxshi ko`rib o`ynashadi.  
Vatanimiz  mustaqillikka  erishgach,  sportni,  shu  jumladan  sport  o`yinlarini 
rivojlantirishga e`tibor kuchaytirildi.  
O`zbekiston  Respublikasining  “Jismoniy  tarbiya  va  sport  to`g`risida”gi 
Qonuni  1992-yilning  14-yanvarida,  uning

Download 7,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish