Maydondan chetlatish bilan jazolanuvchi qoida buzilish holatlari
Agar o`yinchi quyidagi 7 qoida buzilish holatlarining birini sodir etsa,
hakam tomonidan qizil kartochka ko`rsatish orqali ogohlantiriladi:
1.
o`ta qo`pol va xavfli harakatni amalga oshirsa;
2.
o`zini juda betartib holda tutsa;
3.
raqib o`yinchisi yoxud boshqa kimsaga nisbatan tupursa;
4.
to`pni atayin qo`li bilan ushlab qolish orqali raqib jamoa o`yinchilarining
to`pni darvozaga kiritishiga xalaqit qilsa (darvozabon o`z jarima
maydonchasi ichida to`pni qo`li bilan o`ynashi bundan mustasno);
5.
erkin zarba, jarima to`pi yoki 11 metrlik jarima to`pi belgilash bilan
jazolanuvchi qoida buzilishi holatini sodir etgan holda zarba berish holatiga
chiqayotgan raqib o`yinchisini to`xtatib qolsa;
6.
xaqoratli, odobsiz so`z va iboralarni ishlatsa;
7.
bir o`yinda ikki marta sariq kartochka bilan ogohlantirilsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |