IP va URL manzil tushunchalari
IP-manzilInternetga ulangan har bir kompyuterning unikal sonli manzili hisoblanadi. IP-manzil, odatda, qiymati nuqtalar bilan ajratilgan o’nli son( 0 dan 255 gacha) ko’rinishida yoziladigan 4 ta qismdan iborat, masalan, 155.125.46.36; 168.25.146.08 va hokazo. Kompyuterlar orasida ma’lumotlar almashish uchun IP-manzil ishlatiladi. URL manzilibu Internetdagi kompyuterlarning matnli nomi. URL manzil nuqtalar bilan ajratilgan harf va raqamlar ketma-ketligidan iborat uchta va undan ortiq qismdan tashkil topadi, masalan, http://www.microsoft.com, http://www.gov.uz, http://www.akmal.ru va hokazo. Internetda e’lon qilingan har qanday elektron hujjat o’zining URL manziliga ega bo’ladi. Kompyuterdagi ikkita elektron hujjat bir xil URL manziliga ega bo’lmaydi. Manzilning IP formada yozilishi kompyuter uchun qulay bo’lsa, foydalanuvchi uchun noqulaylik tug’diradi, chunki bu sonlar ketma-ketligini yodda saqlab qolish biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin. URL manzilini esda saqlab qolish osonroq. URL manzilining o’ng tomondan oxirgi ikkita qismi kompyuterning domen nomini aniqlaydi. URL manzilining eng oxirgi qismi kompyuter tegishli bo’lgan tashkilot kategoriyasini aniqlaydi. Masalan, uz qiymati kompyuterning O’zbekiston respublikasiga tegishli ekanligini bildiradi. URL manzilining yozilish qoidasi shundan iboratki, ixtiyoriy hujjatning qaysi davlatga tegishli ekanligini birdan aniqlab olish mumkin. URL manzilini kiritishni soddalashtirish ham mumkin. Birinchidan, manzilning http:// qismini yozmaslik ham mumkin, buni brauzerning o’zi avtomatik ravishda qo’yadi. U holda yuqorida keltirilgan manzillar www.gov.uz, www.microsoft.com, www.ramblert.ru ko’rinishda bo’ladi. Ikkinchidan, agar manzil www.microsoft.com ko’rinishda bo’lsa, u holda faqat microsoft qismini kiritish va CtrlEnter tugmachalarini bosish kerak bo’ladi. Brauzer avtomatik ravishda uni manzilga aylantiradi.
Ba’zi davlatlar uchun kompyuterning domen nomi(URL manzilining eng oxirgi qismi)ni keltiramiz: *.uzO’zbekiston, *.ruRossiya, *.ukBuyuk Britaniya, *.cnXitoy, *.deGermaniya, *.caKanada, *.frFranstiya, *.ilIsroil, *.uaUkraina va hokazo. Internetda Amerika Qo’shma Shtatlari uchun domen sifatida ko’p kodlar ishlatiladi. Masalan, *.comtijorat bilan shug’ullanuvchi firmalar uchun, *.eduuniversitet va boshqa o’quv yurtlari uchun, *.org notijorat tashkilotlar uchun, *.govDavlat miqyosida, *.netInternetning xizmat provayderlari uchun, *.milharbiylar uchun va hokazo. AQShda ba’zan *.su kodi ishlatilishi ham mumkin. Umuman, agar e’lon qilingan domen nomida davlatni bildiruvchi nom qo’llanmasa, u holda bu manzil AQShga tegishli ekanligini bildiradi.
Tayanch iboralar:
Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, maydon, yozuv, daraxtsimon, tarmoqli, relyastion modellar , maydon tiplari, maydon parametrlari, jadval, surov, forma, hisobot, QBE surovlar, SQL so’rovlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |