3. AT iz va AT ex orsidagi munosabat Axborot texnologiyalari u uchun muhit bo’ladigan axborot tizimlari bilan bevosita bog’langan bo’lishi mumkin. Bir qarashda axborot texnologiyalari va axborot tizimlari uchun keltirilgan ta’riflar bir xilga o’xshaydi. Lekin bunday emas.
Axborot texnologiyalari-kompyuterda saqlanayotgan axborot ustida aniq va belgilangan har xil murakkablikdagi amallar, harakatlar bajarish usullari va jarayonlari majmuidan iborat. Axborot texnologiyalarining maqsadi-boshlang’ich ma’lumotlarni maqsadga yo’nalgan harakatlar natijasida qayta ishlab, foydalanuvchi uchun zarur axborot olishdan iborat.
Axborot tizimi-muhit bo’lib, unga kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, dasturiy mhsulotlar, ma’lumotlar bazasi, xodimlar, har xil texnik va dasturiy aloqa vositalari kiradi. Axborot tizimlarining asosiy maqsadi- axborotni saqlash va uzatish. Axborot tizimlari axbortga ishlov berishning odam-kompyuter tizimidir.
Axborot tizimlari funkstiyalarini bajarish unga mos yaratilgan axborot texnologiyasini bilmasdan bajarib bo’lmaydi. Axborot texnologiyalari axborot tizimidan tashqarida ham mavjud bo’lishi mumkin. Shunday qilib, Axborot texnologiyasi keng tushuncha bo’lib, zamonaviy axbortlashgan jamiyatda axborotga ishlov berish jarayonlarini bildiradi.
Axborot texnologiyasi-kompyuterda axborotga ishlov berish uchun xodimlarning aniq maqsadga yo’naltirgan harakatlar majmuidir. Axborot tizimlari- kompyuter axborot tizimlaridan foydalanib axborot mahsulotlari ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishni qo’llab quvvatlovchm odam-kompyuter tizimidir.
Axborot texnologiyalarining turlari Ma’lumotlarga ishlov beruvchi AT ex lar (MIBAT). 1. MIBAT ta’rifi va vazifasi.
Ma’lumotlarga ishlov berishning axborot texnologiyasi strukturalangan masalalarni echish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu masalalar bo’yicha zaruriy dastlabki ma’lumotlar mavjud bo’lishi va ularga ishlov berishning algoritmlari hamda standart prosteduralari ma’lum bo’lishi kerak. Bu texnologiya boshqaruv mehnatining ba’zi bir doimiy takrorlanadigan og’ir amallarini avtomatlashtirish maqsadlarida malakasi uncha yuqori bo’lmagan xodimlarning amaliy (ijro) operativ faoliyati darajasida qo’llaniladi. Shuning uchun bu darajadagi xodimlarning mehnat unumdorligini ancha oshiradi. Ularni og’ir va mashaqqatli mehnatdan ozod etadi, hattoki xodimlarning sonini qisqartirishga ham olib keladi. Operastion faoliyat darajasida quyidagi masalalar hal qilinadi:
Firma tomonidan amalga oshiriladigan operastiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarga ishlov berish;
Firmada ishlarning holati to’g’risidagi davriy nazorat hisobotlarini tuzish;
Turli-tuman joriy so’rovlarga javoblar olish va ularni qog’ozda hujjatlar yoki hisobotlar shaklida rasmiylashtirish.
Misol 1. Zerikarli bir xil amallarga misollar:
Ombordagi tovarlarning zahirasining mavjud normativ ko’rsatkichlarga mosligini tekshirish va zahira miqdori kamayganda ta’minotchiga tovarlar miqdori va olib kelinishi kerak bo’lgan muddatlarni ko’rsatib zakaz berish;
Firma tomonidan tovarlarni sotilishi haqida ma’lumotlarni qayd etish, xaridorga tovar nomi va narxi, tovarni tayyorlagan firma, yaroqlilik muddatlari va hokazo ma’lumotlar tushirilgan chek yoki kvitanstiya berish.
Misol 2. Nazorat hisoboti haqida misol. Har kunlik bankdan kelayotgan va bankga jo’natilayotgan tushular haqida ma’lumot tayyorlash.
Misol 3. So’rovlarga misol. Kadrlar bo’limidagi MX ga murojaat qilish. Ma’lum mansabni egallash uchun nomzodga qo’yiladigan talablar qanday bo’lishi kerak.
MIBAT ni boshqa ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalardan farqlaydigan xususiyatlar bor. Ularni keltiramiz:
Firmaning ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha masalalarini echish; har bir firmaning o’zining qonunlar bilan belgilangan masalalari mavjud. Shuning uchun har bir firmada ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha texnologiyasi va tizimi bo’lishi kerak;
Yaxshi strukturalangan masalalarni echish, ular uchun, ma’lumki, algoritmlar ishlab chiqish mumkin;
Qayta ishlashning standart prosteduralarini bajarish; mavjud standartlar ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha tipik prosteduralarni aniqlaydi va ularga bo’ysinishni belgilaydi;
Ishning asosiy hajmini avtomatik rejimda, insonning minimal ishtirokida echish;
Detallashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish; firmaning faoliyati detallashtirilgan ma’lumotlardan iborat, u firmani reviziya qilishni osonlashtiradi, reviziya firma faoliyatini boshidan oxirigacha tekshirish imkoniyatini beradi;
Voqealarning xronologiyasiga e’tibor berish;
Masalalar echishda boshqa darajadagi xodimlarning ishtiroki minimal.
2. Asosiy komponentalar va ularning tavsiflarini keltiramiz.
Ma’lumotlarni to’plash.Ma’lumotlar MB ga tashqi muhitdan kelib tushadi. Firmaning har bir harakati mos yozuv sifatida qayd qilinadi;