O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
1-2PM-21 GURUH TALABASI NURMURODOV ASADBEKNING
MA’NAVIYATSHUNOSLIK FANIDAN
Mustaqil ishi
Tuzuvchi: N.Asadbek
Tekshirdi: G.Omarova
13-MAVZU: YANGILАNАYOTGАN O’ZBEKISTОN: MILLIY TIKLАNISHDАN – MILLIY YUKSАLISH SАRI
REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISMI:
I.BOB.Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi.
I.1.Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi - milliy tаrаqqiyotimizning yangi bоsqishi.
I.2.Xаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, dаvlаt idоrаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk.
II.BOB.O’zbekiston taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichi.
II.1. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari.
II.2. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni hamda nufuzini ortib borishi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning milliy tiklanishiga xizmat qildi. G‘oyaviy kurashlarda kunimizga yaradi. Xalqimizni birlashtirdi, buzg‘unchi g‘oyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017 yildan boshlab O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi - Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh maqsadi, xalqimizni turmush darajasini keskin ko‘tarish va bu borada rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin olishga qaratilgandir. Bu borada Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida biz hozir milliy taraqqiyotimizning mutlaqo yangi bosqichiga o‘tayotganligimizni, milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida ta’kidladilar.
Ma’lumki, 2019 yil 8 aprel kuni Prezidentimizning O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi. Mazkur hujjat qabul qilinishining zarurati nimalarda namoyon bo‘ladi? Rivojlangan mamlakatlarda milliy g‘oya davlat maqsadlarini xalq maqsadlariga uyg‘unlashtiradi. “Bir hudud - bir xalq” e’tiqodini shakllantirib, mamlakatlar aholisini birlashtirgani, umumiy maqsad yo‘lida safarbar qilganiga misollar ko‘p. Ularning aksarida milliy g‘oya milliy qadriyatlarga bog‘lab singdirilganini ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |