Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar


 
Kreditga sotilgan 
tovarlar narxi 
summasi 
 нархи суммаси 
Majburiyatlar 
bo’yicha to’lovlar 
summasi 
+
 
Bir-birini 
qoplaydigan 
to’lovlar summasi. 

 
 Pulning muomala va to’lov vositasi sifatida o’rtacha aylanish tezligi. 


72 
 
SHunday  qilib,  muomala  uchun  zarur  bo`lgan  pul  miqdoriga 
ishlab  chiqarish  rivoji  va  shart-sharoitlariga  bog’liq  bo`lgan  turli  xil 
omillar ta`sir ko`rsatadi. Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga 
ta`sir  ko`rsatuvchi  asosiy  omil  –  bu  tovarlar  va  xizmatlar  bahosi 
hisoblanadi.  Pul  miqdori  tovarlar  va  xizmatlar  bahosiga  to`g’ri 
proporsional,  ya`ni  tovarlar  va  xizmatlar  bahosining  oshishi 
muomalaga  ko`p  pul  chiqarishni  talab  qiladi.  Pul  miqdoriga  ta`sir 
qiluvchi  ikkinchi  omil  –  bu  pulning  aylanish  tezligi  hisoblanadi.  Bu 
omil pul miqdoriga teskari ta`sir ko`rsatadi. Odatda, pul qanchalik tez 
aylansa, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori shuncha kam talab 
qilinadi va aksincha. 
Muomala  uchun  zarur  bo`lgan  pul  miqdorini  kamaytirish  uchun 
quyidagi  choralarni  amalga  oshirish  muhimdir.  Bular:  iste`mol 
kreditni  rivojlantirish;  kreditga  qanchalik  ko`p  tovar  sotilsa,  shuncha 
kam miqdorda pul muomalada kerak bo`ladi; 
– naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi; 
– pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. 
Har  bir  jamiyat  pul  muomalasi  qonuni  talablarini  hisobga  olgan 
holda ish yuritishi zarur. Chunki pul  muomalasi qonunining buzilishi 
pul  barqarorligiga  putur  yetkazadi.  Bu  holda  muomalaga  chiqarilgan 
pul  miqdori  muomaladagi  tovarlar  bahosidan  oshib  ketishi,  ya`ni 
inflyatsiya  bo`lishiga  yoki  pul  tanqisligiga  (yetishmovchiligiga)  olib 
kelishi mumkin. 
Xulosa  qilib  aytganda,  pul  muomalasini  ushlab  turish  shart-
sharoitlari  va  qonuniyatlari  ikki  omilning  o`zaro  ta`siri  bilan,  ya`ni 
xo`jalikning  pulga  bo`lgan  ehtiyoji  va  amalda  pullarning  muomalaga 
borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko`proq uchraydigan hol 
bu  aylanmada  xo`jalikka  kerak  bo`lganidan  ko`proq  pulning 
bo`lishidir.  Bu,  albatta,  pulning  qadrsizlanishiga  –  pul  birligi  xarid 
qobiliyatining tushishiga olib keladi. 
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o`lchash imkoniyatini 
beruvchi  ko`rsatkichlardir.  Xalqaro  amaliyotda  quyidagi  pul 
agregatlaridan keng foydalaniladi: 
1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan 
muomalaga  chiqarilgan  ya`ni  emissiya  qilingan  barcha  naqd  pullar 
summasidan  banklar  va  korxonalarning  kassasidagi  naqd  pullarning 
qoldig’i  ayirib  tashlanadi.  Tarqqiy  etgan  mamlakatlar  bank 
amaliyotida M0 hisobga olinmaydi. 


73 
 
2.  M1  =  M0  +  talab  qilib  olinadigan  depozitlar  +  yo`l  cheklari. 
Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi. 
3.  M2  =  M1  +  muddatli  depozitlar  +  jamg’arma  depozitlar.  M2 
hisoblashda  summasi  uncha  katta  bo`lmagan  muddatli  va  jamg’arma 
depoztlar olinadi. 
4.  M3  =  M2  +  yirik  summadagi  muddatli  depozitlar  +  deposit 
sertifikatlari + jamg’arma sertifikati. 
M4  (L-  AQSHda)  =  M3  +  davlatning  qisqa  muddatli 
obligatsiyalari  +  korporativ  obligatsiya  +  jamg’arma  obligatsiyalar  + 
bank aktseptlari + pul bozori o`zaro fondlari paylari. 
Taniqli  olim  F.Mishkenning  fikriga  ko`ra  Markaziy  bank  pul 
agregatlarining  qisqa  muddatli  davriy  orqalidagi  o`sishini  e`tiborga 
olmasligi  lozim,  chunki  pul  agregatlarining  qisqa  davrda  o`sishi 
mavsumiy omillar ta`sisirida bo`ladi. Shuning uchun pul massasining 
yillik  o`sish  sur`atlarini  nazorat  qilish  lozim.  Pul  muomalasining 
muhim  ko`rsatkichi  pul  massasi  hisoblanadi.  Pul  massasi  xo`jalik 
aylanmasidagi  naqd  pullik  hisob-kitoblarni  aholi,  korxonalar,  davlat 
muassasalariga  tegishli  xarid  va  to`lov  vositalarining  yalpi  hajmini 
o`zida ifodalaydi. 
Pul  muomalasining  belgilangan  muddat  va  belgilangan  davri 
uchun miqdoriy o`zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi 
hajmi  va  o`sish  sur`atlarini  tartibga  solish  bo`yicha  tadbirlarni  ishlab 
chiqarish  uchun  turli  xil  ko`rsatkichlar  (  pul  agregatlari)  dan 
foydalaniladi. 
Sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlarning 
moliya 
statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari 
to`plamidan (guruhidan) foydalaniladi: 
M-1  agregati  –  muomaladagi  naqd  pullar  (banknotalar,  tangalar) 
va joriy bank schyotlaridagi mablag’larni o`z ichiga oladi;  
M-2  agregati  –  M-1  agregati  va  tijorat  banklaridagi  muddatli  va 
jamg’arma qo`yilmalaridan (to`rt yilgacha) tarkib topgan;  
M-3  agregati  –  o`z  ichiga  M-2  agregati  va  ixtisoslashgan  kredit 
muassasalaridagi jamg’arma qo`yilmalarini kiritgan; 
M-4  agregati  –  M-3  agregati  hamda  yillik  tijoriy  banklarining 
depozitli sertifikatlaridan iborat.  
AQSH  da  pul  massasini  aniqlash  uchun  4  ta  pul  agregati, 
Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Fransiyada – ikkita pul 
agregatidan foydalaniladi.  


74 
 
Pul  massasi  tarkibi  va  dinamikasini  tahlil  qilish  Markaziy  bank 
tomonidan  to`g’ri  pul-kredit  siyosati  olib  borishda  muhim  ahamiyat 
kasb etadi.  
Rossiya  Federatsiyada  muomaladagi  jami  pul  massasi  hisob-
kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo`llaniladi.  
M-O agregati – naqd pullar;  
M-1  agregati  –  M-O  agregati  va  hisob-kitob,  joriy  va  boshqa 
schyotlar (maxsus schyotlar, kapital qo`yilmalar schyotlari, akkreditiv 
va  chek  schyotlari,  mahalliy  byudjet  schyotlari,  byudjet,  kasaba, 
uyush-malari,  jamoat  va  boshqa  tashkilotlarning  schyotlari,  davlat 
sug’urta mablag’lari, uzoq muddatga kreditlash fondi) dagi mablag’lar 
ti-jorat  banklariga  qo`yilmalar  va  jamg’arma  banklaridagi  talab  qilib 
olinadigan depozitlarning yig’indisiga teng;  
M-2 agregati – M-1 agregati va jamg’arma banklaridagi muddatli 
qo`yilmalardan iborat;  
M-3  agregati  –  M-2  agregati  hamda  depozitli  sertifikatlar  va 
davlat zayom obligatsiyalari yig’indisidan iborat.  
Pul  massasi  tarkibini  uning  harakatiga  qarab  ikkiga  bo`lish 
mumkin,  ya`ni  pul  massasining  aktiv  qismi  –  bu  pul  mablag’larining 
xo`jalik  faoliyatidagi  turli  xil  shakldagi  hisob-kitoblarni  olib  borish 
bilan bog’liq qismi va ikkinchisi passiv qism – jamg’ar-madagi pullar 
va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.  
Pul  massasi  naqd  pullardan  tashqari  muddatli  hisob  raqamdagi 
mablag’ va jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning 
aktsiyalarini  o`z  ichiga  oladi.  Pul  massasining  yuqoridagi  elementlari 
«kvazi» - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar 
bo`lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish