Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 
 
 
 
  4- MODUL. PUL MUOMALASINI TASHKIL QILISH 
VA PUL MASSASI 
 
1.
 
Pul muomalasini tashkil qilish asoslari.  
2.
 
Pul muomalasi qonunlari va ulardan kelib chiqadigan 
talablar. Pul massasi va uni tavsiflovchi ko`rsatkichlar. 
3.
 
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini aniqlash 
uslublari. I.Fisherning “almashuv tenglamasi”.  
 
4.1. Pul muomalasini tashkil qilish asoslari. 
 
Pul  muomlasini  tashkil  etishni  amalga  oshiruvchi,  tartibga 
soluvchi  va  nazorat  qiluvchi  yagona  organ,  davlatning  zaxira  va 
emission  muassasasi  -  O`zbekistan  Respublikasi  Markaziy  banki 
tashkil  etildi,  xalqaro  standartlar  talablariga  to`liq  javob  beradigan 
O`zbekistan  Respublikasining  1995  yil  21  dekabrda  «O`zbekistan 
Respublikasining Markaziy banki to`g’risida»gi Qonuni qabul qilindi. 
Shundan 
so`ng, 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
1994 
yil 
18 
martdagi 
«Bank 
tizimini 
takomillashtirish, pul- kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora-
tadbirlari  to`g’risida»gi  146-sonli  Qarorining  ijrosini  ta`minlash 
maqsadida, 
Markaziy 
bankning 
oltin-valyuta 
zaxiralarini 
shakllantirish 
va 
undan 
foydalanish 
bilan 
bog’liq  bo`lgan 
operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi. 
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1994 yilning 16 
iyundagi  «O`zbekiston  Respublikasi  milliy  valyutasini  muomalaga 
kiritish to`g’risida»gi Farmoni asosida 1994 yil 1 iyulidan boshlab o`z 
milliy valyutamiz «so`m» muomalaga kiritilishi O`zbekiston iqtisodiy 


67 
 
rivojlanishida  sifat  jihatdan  yangi  davr  -  mustaqil  pul-kredit  siyosati 
yuritilish,  xususan,  pul  maomlasini  tashkil  etish  va  muvofiqlashtirish  
davrining boshlanishi edi. 
Shuningdek,  pul  muomlasini  samarali  tashkil  etish  va 
muvofiqlashtirishda hozirgi kun amaliyotida O`zbekiston Respublikasi 
birinchi  Prezidenti va hukumat  rahbarlarini diqqat e`tiborida bo`lgan. 
Xususan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 1992 yil 
24  iyuldagi  №346  sonli  “Respublikada  kassa  muomalalarini  tartibga 
solishning  kechiktirib  bo`lmaydigan  chora-tadbirlari  to`g’risida”gi 
qarori,  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  maxkamasining  2002  yil  5 
avgustdagi    №280  sonli  “Pul  mablag’larining  bankdan  tashqari 
muomalasini  yanada  qisqartirish  chora  tadbirlari  to`g’risida”gi  qarori 
shular jumlasidandir. 
Shuning bilan birga, tovarlarni nakd pulsiz tartibda sotish ustidan 
monitoringni tashkil etishda savdo tarmoqlari orqali tovarlarni sotish, 
pul  birligini  xarid  quvvatini  oshirish  maqsadida  O`zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining  2002  yil  26  noyabrdagi  407-
son  qarori  bilan  tasdiqlangan  ulgurji  va  chakana  savdo  faoliyatini 
amalga  oshirish  tartibi  to`g’risidagi  nizom  bilan  tartibga  solina 
boshlandi.  Chakana  savdo  tashkilotlari  tomonidan  tovarlarni  naqd 
pulsiz  xisob-kitoblar  bo`yicha  sotish  o`tgan  oydagi  oylik  tovar 
aylanmasi  umumiy  xajmining  10  foizi  doirasida  amalga  oshirila 
boshlash mexanizmi joriy eildi.  
O`zbekiston  Respublikasi  birinchi  Prezidenti    I.  A.  Karimovning 
2005  yil  15  apreldagi  №57  sonli  “Naqd  pul  muomalasini 
takomillashtirish va bankdan tashqari aylamani qisqartirish borasidagi 
qo`shimcha  chora  tadbirlar  to`g’risida”gi  qarori  talablaridan 
ko`rishimiz mumkin.   
O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005  yil  15  apreldagi 
«Bank  tizimini  yanada  isloh  qilish  va  erkinlashtirish  chora-tadbirlari 
to`g’risida»gi 56-sonli qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan 
«2005-2007  yillarda  bank  tizimiin  isloh  qilish  va  rivojlantirish 
Dasturi»da asosan pul muomlasini tashkil etish va muvofiqlashtirishni 
muhim xuquqiy asoslarini yaratishda  o`z aksini topdi. Shuning bilan 
birga, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning 
2005  yil  5  avgustdagi  №147  sonli  “Banklardagi  depozit  hisob 
varaqlardan  naqd  pul  to`lovlarini  uzluksiz  ta`minlash  kafolatlari 
to`g’risida”gi qarorlar chiqarildi.  


68 
 
Yuqoridagi  O`zbekiston  Respublikasi  birinchi  Prezidenti  I.  A. 
Karimovning  №147  sonli  qaroriga  asosan  O`zbeiston  Respublikasi 
Markaziy  banki  zimmasiga  kechiktirib  bo`lmaydigan  chora-tadbirlar 
ishlab chiqish vazifasi yuklatildi va 2005 yil 29 avgustda O`zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  bankining  №18/1  sonli  va  adliya  Vazirligini 
№1518  son  “O`zbekiston  Respublikasida  banklar  tomonidan  pul 
muomlasiga  doir  ishlarni  tashkil  etish  to`g’risida”gi    Nizom  ishlab 
chiqildi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  boshqaruvining  2006 
yil  14  iyuldagi  16/7  sonli  “Bank  kassalaridagi  naqd  pul  qoldiqlariga 
limitlar  belgilash  va  ularga  rioya  etilishini  nazorat  qilish  tartibi  
to`g’risida”gi  Nizomi  va  2008  yil  10  martdagi  №300-V  sonli  “Naqd 
pul  tushumi  kelib  tushishini  xranometrajini  o`tkazish  tartibi 
to`g’risida”gi Nizomlar ishlab chiqildi.  
Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozni  yuzaga  kelishi,  mustaqil 
mamlakatlarda pul birliklarini moliyaviy barqarorligini mustahkamash 
uchun    davlatlar  zimmasiga  qo`shimcha  chora-tadbirlar  ishlab 
chiqishni  majbur  qildi.  Xususan,  O`zbekiston  Respublikasi  birinchi 
Prezidenti  I.  A.  Karimov  2008  yil  27  martda  №822  sonli  “Naqd  pul 
mablag’larini  jalb  qilish  va  unga  bo`lgan  extiyojni  ta`minlash 
borasidagi  qo`shimcha  chora-tadbirlari  to`g’risida”gi    qarorini  ishlab 
chiqdi. 
      Shundan  so`ng,  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 
Boshqaruvining  2013  yil  26  apreldagi  9/1-sonli  qaroriga  asosan 
“O`zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to`g’risidagi” 
Nizomlar  ishlab  chiqilib,  mamlakatimizda  naqd  pulsiz  hisob  kitob 
tizimini takomillashtirish  mexanizmlari ishlab chiqildi.   
1994  yil  1  yanvardan  boshlab  Hukumatimizning  1993  yil  30 
dekabrdagi  «Naqd  pul  muomalasini  mustahkamlash  chora-tadbirlari 
to`g’risida»  613-sonli  qarori,  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  «Pul  muomalasini  mustahkamlash  va  so`m-
kuponning xarid quvvatini oshirish bo`yicha kechiktirib bo`lmaydigan 
chora-tadbirlar  to`g’risida»gi    qaroriga  muvofiq  chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  maxkamasining  2001  yil  22 
iyundagi  №264  sonli  “Naqd  pul  muomalasini  mustahkamlash  va 
tijorat  banklarining  mas’uliyatini  oshirishga  doir  qo`shimcha  chora-
tadbirlar to`g’risdi”gi qaroriga asosan Markaziy bank pul muomlasini 


69 
 
tashkil  etish  va  samarali  mexanizmlarini  keng  joriy  etish  orqali  bu 
jarayonni  muvofiqlashtirib  borish  mustahkamlandi.  Chunki  tijorat 
banklari  zimmasiga  nizom  talablarini  bajarmagan  tijorat  banklari  
mas’ul shaxslarga nisbatan ma`muriy javobgarlik xattoki ishdan ozod 
etishgacha javobgarlik belgilandi.  
Pul  muomalasi  barqarorligini  ta`minlash  va  ijtimoiy  ahamiyatga 
ega bo`lgan to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirishni samarali tashkil 
etish  maqsadida,  Vazirlar  Mahkamasining  1994  yil  11  iyuldagi 
«Muomaladagi  naqd  pullarni  kamaytirishga  oid  chora-tadbirlar 
to`g’risida»  356-sonli  Qaroriga  ko`ra  Markaziy  bank  va  tijorat 
banklari  tomonidan  korxonalar,  tashkilotlar  va  muassasalarga, 
mulkchilik  shakllaridan  qat`i  nazar,  naqd  pullarni  ish  haqi  va  unga 
tenglashtirilgan  to`lovlar,  pensiyalar,  nafaqalar  va  stipendiyalarni 
to`lashga,  shuningdek,  xizmat  safari  xarajatlari  uchungina  berilishi 
belgilandi  hamda  1994  yilning  1  avgustidan  mehnatga  haq  to`lash 
uchun  ajratiladigan  mablag’lar  davlat  yo`li  bilan  tartibga  solinishi 
joriy etildi. 
Milliy  valyuta  muomalaga  kiritilgan  dastlabki  oylardan  boshlab 
respublikada  naqd  pul  emissiyasini  qisqartirish  va  uning  muomalada 
bo`lishini  tezlashtirish  asosida  pul  muomalasini  mustahkamlashga 
alohida  e`tibor  qaratildi.  Shu  maqsadda  qabul  qilingan  Vazirlar 
Mahkamasining  «Naqd  pul  muomalasini  tezlashtirish  chora-tadbirlar 
to`g’risida»  1994  yil  28  oktyabrdagi  526-sonli  Qarorida  ushbu 
vazifalarga oid dasturiy chora-tadbirlar belgilanib amalga oshirildi. 
Shuningdek,  Vazirlar  Mahkamasining  «Naqd  pul  mablag’lari 
emissiyasini  qisqartirish  chora-tadbirlari  to`g’risida»  1996  yil  2 
iyuldagi 230-sonli Qarori respublikada naqd pul emissiyasi darajasini 
pasaytirish,  respublika  mintaqalarida  pul  muomalasini  yaxshilash 
uchun  rahbarlar  va  mansabdor  shaxslarning  javobgarligini  oshirish 
maqsadida qabul qilindi. Ushbu qaror bilan «Respublika mintaqalarida 
pul  mablag’lari emissiyasi darajasini pasaytirish  prognozlari va kassa 
rejalari  bajarilishi  uchun  rahbarlar  va  mansabdor  shaxslarning 
javobgarligini  oshirish  va  ularni  rag’batlantirish  tartibi  to`g’risida 
Nizom» tasdiqlandi.  
2004 yil 24 sentyabrda 445-son bilan qabul qilingan O`zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  "Plastik  kartochkalar  asosida 
hisob-kitob  qilish  tizimini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari 
to`g’risida”gi  qarori  doirasida  yagona  umumrespublika  prosessing 


70 
 
markazi  tashkil  etildi.  U  savdo  tashkiloti  yoki  xizmatlar  sohasiga 
yoxud  plastik  kartochka  egasiga  qaysi  bank  orqali  xizmat 
ko`rsatilayotganidan  qat`iy  nazar,  bank  operatsiyalarini  barcha  savdo 
shoxobchalarida  yagona  rejimda  olib  borish  imkonini  beradi.  Ayni 
paytda,  Yagona  umumrespublika  prosessing  markazi  so`m  plastik 
kartochkalarini  muomalaga  chiqaruvchi  25  ta  tijorat  bankni 
birlashtiradi.  Markazda  “UZKART”  so`m  plastik  kartochkalari 
bo`yicha  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  banklararo  to`lov  tizimi  tashkil 
etilgan. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish