Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 
 
 
 
 
 
 
 


40 
 
2-MODUL. PUL NAZARIYALARI 
 
1.
 
Pulning metallilik nazariyasi.  
2.
 
Pulning nominallik nazariyasi.  
3.
 
Pulning miqdoriylik nazariyasi. 
4.
 
Zamonaviy monetarizm nazariyasi.    
 
2.1.Pulning metallilik nazariyasi 
 
Pulning metallik nazariyasi bu turli davlatlarda turli tadqiqotchilar 
tomonidan  aytilgan  ilmiy  qarashlarning  jamlanmasi  bo`lib,  ular  pul 
sifatida faqat oltin va kumushni ko`rdilar va ular jamiyat boyligining 
manbai  deb  hisobladilar.  Pul  va  uning  sotib  olish  quvvati  orasidagi 
munosabat  pul  nazariyalarining  markaziy  masalalaridan  biri  bo`lib 
kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funktsiyalari 
va  pul  muomalasiga  bo`lgan  qarashlari  pul  nazariyalarini  keltirib 
chiqardi.  Ilk  tarixiy  pul  nazariyalari  sifatida  nominallik  va  metallik 
nazariyalarni  keltirish  mumkin.  Kapitalizm  taraqqiyoti  bilan  birga  bu 
nazariyalar  ham  o`zgarib  yangi,  miqdoriy  nazariyaning  paydo 
bo`lishiga asos bo`ldi. 
Pul  nazariyalari  -  pul  tabiati  va  pulning  ishlab  chiqarishni 
shakllantirishga  ta`siri  haqidagi  nazariyalardir.  Bu  nazariyalar 
kapitalistik ishlab chiqarish usuligacha bo`lgan davrda vujudga keldi. 
Kapitalistik  ishlab  chiqarish  usuli  davrida,  pul-tovar  munosabatlari 
xo`jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul 
nazariyasi  keng  tarqaldi.    Pulning    metallilik    nazariyasi    XVI    asrda  
fransuz    olimi      Nikolo    Orezme    tomonidan    nazariya    sifatida  
shakllantirildi.  Keyinchalik  angliyalik  iqtisodchi  olimlar U.Stefford, 
T.Men,  P.Nors,  CHayld,    Fransiyada  A.Monkreten,  Germaniyada 
U.YUst; Italiyada  G.Skaruffi,  F.Galiyani  tomonidan  rivojlantirildi. 
Pulning    metallilik    nazariyasi    merkantilizm    g’oyalariga  
asoslanadi. 
Merkantilizm  –  dunyo    tarixidagi    birinchi    iqtisodiy    maktab  
hisoblanadi. Merkantilistlar  2 yirik  guruhga  bo`linadi: 
1.
 
Ilk  merkantilistlar. 
2.
 
So`nggi  merkantilistlar. 


41 
 
Ilk  merkantilistlar  -    aktiv    pul    balansi    degan    g’oyani    ilgari  
suradilar.    Ularning    fikriga    ko`ra    oltin    va  kumush    o`z    tabiatiga  
ko`ra  pul   hisoblanadi. Har bir  jamiyatning  boyligi  uning  oltin  va  
kumush    zaxiralari    bilan  belgilanadi.  Aktiv  pul    balansi  -  deganda  
oltin  va  kumushning  har  doim  mamlakatga  kirib  kelish  miqdori  
ularni    mamlakatdan    chiqib    ketish    miqdoridan    katta    bo`lishi  
tushiniladi.  Ilk  merkantilistlar    davlat    protektsionizm    siyosatini  
qo`llash  shart  deb  hisoblaydilar. Ular aytadiki, davlat mamlakatdan 
oltin va kumush pullarni chiqib ketishini to`sqinlik qilishi zarur. 
  So`nggi merkantilistlar pulning asosiy funktsiyasi bu jamg’arish 
funktsiyasi  deb  hisoblaydilar.  XVI  asrning  ikkinchi  yarimidan  XVII 
asr  oxiriga  qadar    Yevropada  so`nggi  merkantelistlarning  qarashlari 
hukmron  g’oyaga  aylandi.    So`nggi  merkantelistlarning    eng    taniqli 
vakili  Tomas  Men  hisoblanadi. T.Men ilk merkantalistlardan farqli 
ravishda  pulning  muhimligi  jamiyat  boyligining  manbai  ekanligida 
emas  balki  mamlakat  ichidagi  tovarlar    va  pullarning  harakatiga 
ta`siridadir degan xulosaga keldi.  
 T.Men  birinchi  bo’lib   metallilik  nazariyasiga  yangilik  kiritdi.  
Ushbu yangilik  quyidagilardan  iborat: 
1.
 
Mamlakat    savdo    balansi    ijobiy    saldoga    ega    bo`lganda  
tovarlarni  import  qilish  mumkin. 
2.
 
Agar  mamlakat  uchun  foydali  bo`lsa,  oltin  va  kumushni  
xalqaro  savdoni  rivojlantirish  uchun  ishlatish  mumkin. 
Tomas  Men    aytadiki    pul    savdoni    yaratadi,  savdo    esa    pulni  
ko`paytiradi.  Tomas  Men  birinchi  bo`lib  umumiy  savdo  balansi  
degan  tushunchani  kiritgan. 
  So`nggi  merkantalistlar  umumiy  savdo  balansi  g’oyasini  ilgari 
surdilar.  Bungacha  xususiy  savdo  balanslari  mavjud  edi.  Ular 
mamlakatning  alohida  olingan  bitta  mamlakat  bilan  savdo 
munosabatlarini aks ettirar edi.    
Merkantilistlar oltin  va  kumush  tangalarni  yemirilib  ketishini  
tan    olmaganlar.    Lekin    amaliyot    ko`rsatadiki    oltin    va    kumush  
tangalar  ishqalanish  xususiyatiga  ega.  Ushbu  tangalar  vaqt  o`tishi  
bilan    o`z  vaznining    bir    qismini    yo`qotadi,    natijada    ayirboshlash  
munosabatlarida    notenglik    holati    yuzaga    keladi.  VIII  asrga  kelib 
metall tangalarning yemirilishi isbotlandi. Shuningdek, birinchi jahon 
urushi ta`sirida Yevropada oltin standarti bekor bo`ldi.  


42 
 
  Dastlab  merkantilistlar Adam  Smit  va  Jorj Styuard  tomonidan  
qattiq  tanqidga    uchradi.    Ushbu    olimlarning    fikriga    ko`ra    pul  
jamiyatning      boyligi  emas,    balki    shartli    hisob    birligidir.    Pullar  
baho  masshtabi  sifatida  ayirboshlash  munosabatlarini  ifoda  etadi.  
Taniqli    iqtisodchi    olimlar  P.Samuelson  ,  J.Key      metall    pullar  
muomalasini  inkor  etganlar. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish