Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 
20.4. Valyuta kursi rejimlari.  
Valyuta  kursining  kelib  chiqishi  mamlakatlar  iqtisodiy 
faoliyatining  muhim  va  ajralmas  tarkibiy  qismi  bo`lgan  xalqaro 
savdoni  rivojlantirish  bilan  bog’liq.  Valyuta  kursi  xalqaro  savdoni 
rivojlanishiga  ta`sir  ko`rsatish  bilan  ichki  iqtisodiyotga  ham  ta`sir 
ko`rsatadi.  Bunga  sabab  valyuta  kursi  holati  bilan  mamlakat 
iqtisodiyotining  barcha  sohalarining  holati  o`rtasidagi  o`zaro 
bog’liqlikdir. 
Valyuta  kursi,  asosan,  kapital  va  kredit  harakatida,  tovar  va 
xizmatlar savdosida valyutalarni o`zaro ayirboshlash kabi jarayonlarni 
amalga oshiradi. Masalan, eksport qiluvchi chet el valyutasidan olgan 
tushumini o`z milliy valyutasiga aylantiradi, chunki boshqa davlatning 
valyutasi uning o`z davlatida qonuniy ravishda xarid qilish va to`lash 
vositasi  sifatida  amal  qila  olmaydi.  Import  qiluvchi  chetdan  sotib 
olgan tovarlarni to`lovni amalga oshirish uchun milliy valyutada olgan 
tushumini chet valyutasiga almashtiradi. Jahon bozori va milliy bozor 
narxlarini  hamda  turli  mamlakatlarning  milliy  va  chel  el  valyutasida 
ifodalangan qiymat ko`rsatkichlarini taqqoslaydi. 
SHuningdek,  firma  va  banklarning  chet  el  valyutasida  mavjud 
bo`lgan  davriy  qayta  baholash  va  boshqa  jarayonlar  uchun.  Valyuta 
kursi  –  bu  bir  mamlakat  pul  birligining  boshqa  mamlakatlar  pul 
birliklarida  yoki  xalqaro  pul  birliklarida  (SDR,  eKYU)  ifodalangan 
bahosidir.  Tashqi  jihatdan  valyuta  kursi  jahon  bozoridagi  talab  va 
taklif  asosida  aniqlangan  bir  valyutani  boshqa  bir  valyutaga  nisbatan 
hisoblab  chiqilgan  koefitsenti  sifatida  namoyon  bo`ladi.  Ammo 
valyuta  kursining  qiymat  asosi  valyutani  xarid  qilish  qobiliyati 
hisoblanadi.  Bu  iqtisodiy  tushuncha  tovar  ishlab  chiqarishda  ishtirok 
etadi  va  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  bilan  jahon  bozori  o`rtasidagi 
ishlab  chiqarish  munosabatlarini  ifodalaydi.  Qiymat  tovar  ishlab 
chiqarish  iqtisodiy  sharoitlarining  barcha  jihatlarini  ifodalaydi.  Bir 
mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi 
ishlab  chiqarish  va  ayirboshlash  jarayonida  yuzaga  keladigan  qiymat 
munosabatlariga  asoslanadi.  Ishlab  chiqaruvchilar  va  xaridorlar 
valyuta  kursi  yordamida  tovar  va  xizmatlarning  milliy  narxlarini 
boshqa  davlatlar  narxlari  bilan  solishtiradi.  Bunday  solishtirish 


330 
 
natijasida  ishlab  chiqarishni  mamlakat  ichkarisida  rivojlantirish  yoki 
chet  elga  investitsiya  qilishni  rivojlantirishga  asoslangan  foydalilik 
darajasi yuzaga keladi. 
Valyuta  kursi  boshqa  iqtisodiy  tushunchalar  bilan  uzviy 
bog’liqdir.  Valyuta  kursining  o`zgarishiga  bir  qancha  omillar  ta`sir 
etadi. Bu omillar iqtisodiy, siyosiy, struktura, huquqiy yoki psixologik 
xarakterga  ega  bo`lib,  valyuta  kursiga  to`g’ri  yoki  teskari  ta`sir 
ko`rsatadi.  Valyuta  kursiga  ta`sir  etuvchi  omillarni  quyidagi 
guruhlarga bo`lish mumkin: 
1.  Valyuta  kursining  dinamikasini  bevosita  aniqlovchi  yoki 
xalqaro iqtisodiy ayirboshlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo`lgan 
omillar: 
–  xalqaro  ayirboshlashda  qatnashuvchi  mamlakatlarning  yalpi 
milliy mahsulotining (YAMM) to`lov balansi; 
– pulning ichki va tashqi taklifi; 
– foiz stavkalari. 
Bu  ko`rsatilgan  omillarni  sabab  (uyushgan)  sifatida  ko`rsatish 
mumkin. 
2.(Uyushgan)  sababomillarning  o`zgarishiga  ta`sir  etuvchi  va 
valyuta  kursini  o`rnatish  mexanizmida  boshqaruvchi  sifatida  ta`sir 
etuvchi omillar. 
3.Iqtisodiy  tizimni  dinamik  tizim  tengligidan  chiqib  ketishi 
natijasida yuzaga keladigan omillar:  
– iqtisodiy tanglikning namoyon bo`lishi; 
– davlat byudjeti taqchilligi 
 – nazoratsiz emissiya; 
 – inflyatsiya; 
– ichki va tashqi baholar o`rtasidagi farq. 
 – monopol ishlab chiqarish; 
 – pullarning xorijiy valyuta funktsiyasini bajarishi. 
a) To`liq hajmda to`lov vositasi; 
b) jamg’arish vositasi; 
v) Kapitalning chetga oqib ketishi; 
– investitsiyani qisqartirish; 
– ishlab chiqarish hajmining pasayishi. 
– resurslar aylanmasida qatnashmaslik; 
– iste`molchilar foydalarining pasayishi; 
– valyuta birjasidagi o`yin; 


331 
 
– tovarlarning «yuvilishi»; 
–  demping  baholaridan  foydalanish  orqali  ayrim  firmalarning 
olib borayotgan tashqi savdo faoliyati. 
 4. Siyosiy omillar; 
–  mamlakat  pul  tizimiga  bevosita  o`zgarish  kirituvchi  siyosiy 
qarorlar; 
– boshqaruv tuzilmasining barqarorlik darajasi; 
– iqtisodiy tizimni boshqarishda ishonchlilik darajasi; 
–  iqtisodiy  va  siyosiy  struktura  vakillarini  birbirini  tushuna 
olish darajasi; 
– qonunlarni bajarilish darajasi; 
– iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori; 
–  mamlakatdagi  siyosiy  kuchlar  o`rtasidagi  kelishmovchiliklar 
darajasi; 
–  iqtisodiyotni  ko`tarish  bo`yicha  aniq  ishlangan  dasturning 
yo`qligi; 
– aholining boshqaruv strukturasiga ishonchlilik darajasi; 
– xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish