Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Jahon valyuta tizimi va uning elementlari. Valyuta



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 
20.2. Jahon valyuta tizimi va uning elementlari. Valyuta 
munosabatlarini tartibga solish tizimi. 
Valyuta 
tizimi 
ahamiyatining 
o`sishi 
rivojlangan 
mamlakatlarning  milliy  va  mahalliy  doirada  valyuta  sohasida  davlat 
monopolistik  boshqaruvining  yangi  usuli  va  vositalarini  izlashga 
majbur etmoqda. 
Jahon valyuta tizimi (JVT) va uning evolyutsiyasi 
Rivojlangan 
davlatlarning 
valyuta 
tizimi 
nafaqat 
ular 
o`rtasidagi  pul  hisobkitob  munosabatlarini,  balki  ichki  pul 
muomalasining  katta  qismini  ham  o`z  ichiga  oladi.  JVT  oltin 
standartga  asoslangan  tizimdan  asta  sekin  maqsadli  boshqariladigan, 
qog’ozkredit pullariga asoslanadigan tizimga aylandi. SHu bilan birga, 
uning  rivojlanishi  (o`n  yilliklar  farqi  bilan)  milliy  pul  tizimining 
rivojlanish  bosqichlarini  takrorlaydi.  Ichki  iqtisodiyotda  pul  tizimi 
oltin  tanga  standartidan  oltin  quyma  va  oltindeviz,  undan  kredit, 
qog’oz  pul  muomalasiga  o`tdi  va  oxirgi  bosqichda  ko`proq  e`tibor 
kredit vositalariga qaratiladigan bo`ldi. 
Jahon miqyosida bu holat keyinroq maxsus shakllarda namoyon 
bo`ldi.  Bunda  oltintanga  standarti  mutlaqo  bo`lmagan,  oltin  quyma 
standarti  asrlar  davomida  mavjud  bo`lgan;  oltin  bilan  bir  qatorda 
yordamchi  kredit  pullari  veksel,  chek  va  boshqa  ko`rinishida 


323 
 
rivojlangan.  Ammo  XX  asr  boshiga  kelib,  bu  tizim  xalqaro  iqtisodiy 
munosabatlarning  yangi  shakliga  javob  bermay  qoldi.  Bu  davrning 
eng asosiy belgilaridan biri kapitalni eksport qilish – JVT ning yangi 
oltin  standart  shakllari  bilan  qaramaqarshilikka  uchradi.  Bundan 
tashqari, oltin zaxiralari tez rivojlanib borayotgan davlatlar xazinasida 
to`plana  bordi.  SHuning  uchun  ham,  davlatlar  o`rtasida  yangi 
boshqariladigan  valyuta  tizimi  zarur  edi.  30yillarining  ikkinchi 
yarmida  oltin  standart  shakllari  o`rniga  qog’ozkredit  pul  muomalasi 
keldi.  U  davlatga  emissiya  mexanizmidan  iqtisodiyotni  boshqarish 
vositasi sifatida foydalanish imkonini berardi.  
Jahon  valyuta  tizimi  rivojlanishining  muhim  bosqichi  Ikkinchi 
Jahon urushidan keyin boshlandi. 
Ikkinchi  Jahon  urushi  oltin  zaxiralarining  yangi  taqsimotiga 
olib keldi: 
-barcha  davlatlarning  deyarli  4/5  oltin  zaxiralari  AQSHda 
to`plandi. 
Dollarning 
JVTda 
etakchi 
o`rindaligi, 
oltindeviz 
standartining oltin dollar shaklini olganligidan dalolat berardi.  
Bu 
holat 
rasmiy 
ravishda 
1944 
yil 
iyulda 
Brettonvudsdagi(AQSH)BMT 
Konferentsiyasida 
tasdiqlangandi. 
Unda urushdan keyingi Jahon valyuta tizimiga asos solindi. 
JVT  ining  tashkiliy  va  faoliyat  tamoyillari  quyidagilar  qilib 
belgilandi: 
– oltin JVTining asosi sifatida tan olindi; 
–  dollar  va  funtsterlingga  xalqaro  hisobkitoblarda  va  chet  el 
valyuta zaxiralarida asosiy o`rin berildi va ularni oltin o`rniga taqdim 
etilishi mumkinligi tasdiqlandi; 
–  dollarga  nisbatan  barcha  mamlakat  valyutalarining  qat`iy 
pariteti  o`rnatildi,  dollar  orqali  esa  –  oltinning  va  chet  el 
valyutalarining birbiriga nisbatan bahosi aniqlanadigan bo`ldi; 
– valyuta kursining dollar paritetiga  nisbatan tebranishi = 1 % 
darajasida belgilandi; 
–  JVTni  boshqarish  maqsadida  Xalqaro  Valyuta  Fondi  (XVF) 
va Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot banki (XRTB) tashkil etildi; 
–  valyuta  cheklovi  tizimi  bekor  qilinib,  milliy  valyuta 
konvertatsiyasi tiklandi. 
Bu  shaklda  tuzilgan,  II-  Jahon  urushidan  keyingi  JVT  xalqaro 
valyuta  moliya  munosabatlaridagi  tartibsizlikni  yo`qotishga  imkon 
berdi. 


324 
 
 Ammo  Brettonvuds  tizimining  qarama  qarshiligi  –  tartibsiz 
bozor  (oltinstandart)  va  boshqariladigan  dollar  tizimi  bo`yicha  ish 
yuritish quyidagilarga olib keldi: 
–  o`zgarmas  oltin  narxi  va  narxi  o`suvchi  tovar  va  xizmatlar 
orasida farq yuzaga kelishiga; 
AQSHdan ko`p miqdordagi kapitalning boshqa davlatlarga oqib 
ketishiga  (19571971  yillarda  54,2  mlrd.  dollar  miqdorida  to`g’ri 
investitsyalar tarzida AQSHdan boshqa davlatlarga oqib o`tgan); 
– chet ellardagi katta harbiy xarajatlarga; 
–  AQSHning  to`lov  balansi  taqchil  bo`lishiga  (uning  miqdori 
19531972 yillarda – 69 mlrd. dollarni tashkil qilgan); 
–  dollarning  real  kursi  va  uning  oltin  pariteti  orasida 
uzulishning bo`lishiga va boshqalar. 
Bundan tashqari, 60 yillarning ikkinchi yarmida G’arbiy evropa 
va YAponiya AQSHdan o`z oltin zaxiralari va eksport hajmi bo`yicha 
ikki  baravar  oshib  ketdi.  Natijada,  hatto  oltindeviz  standarti 
tayanadigan  umumiqtisodiy  asos  o`z  umrini  tugatdi.  Oltindollar 
standartining  buzilishi  valyuta  bozorlarida  dollarning  «tushishi»  va 
«valyuta isitmasi» degan iboralar tarzida o`z aksini topdi. 
SHuning  uchun,  1970  yilda  XVFchegarasida  maxsus  hisob  va 
to`lov  birligi  (SDR)  kiritildi  va  u  a`zo    davlatlarning  valyuta 
zaxiralarini  to`ldirish  uchun  mo`ljallangandi.  SDR  jahon  pulining  bir 
qator  funktsiyalarini  bajaradigan  bo`ldi.  U  XVF  a`zolarining 
kvotalariga  proportsional  tarzda  taqsimlanadi,  shuning  uchun  uning 
asosiy  qismi  (2/3  dan  3/4  gacha)  rivojlangan  davlatlarga,  1/4  qismi 
rivojlanayotganlariga  to`g’ri  keladi.  SDR  ning  boshlang’ich  kursi 
AQSH dollarining rasmiy oltin miqdoriga tenglashtirilgan. 
 Keyinchalik  uning  qobiliyati  16  valyuta  savati  bo`yicha, 
hozirda  esa  5  asosiy  milliy  valyutalar  bo`yicha  aniqlanadi.  SDR 
JVTning asosiy zaxira vositasiga aylanmokda. 
Bu sharoitda AQSH ikki marta dollar devalvatsiyasini o`tkazdi 
(1971  va  1973  yillarda).  Natijada  oltinning  rasmiy  kursi  troya 
untsiyasi  42,22  dollargacha  qilib  belgilab  berildi.  Bu  davrda 
ko`pchilik  rivojlangan  davlatlar  o`z  valyuta  kursini  ma`lum  darajada 
ushlab turish (dollarga nisbatan) majburiyatlaridan voz kechibdi. 1973 
yildan  oltin    maxsus  oltin  va  tovar  birjalaridagi  narx  asosida 
sotiladigan  va  sotib  olinadigan  bo`ldi.  Oltin  narxi  JVTga  bevosita 
ta`sir o`tkazmaydigan bo`ldi. 


325 
 
Bu  sharoitda  xalqaro  valyuta  munosabatlarini  qayta  tashkil 
qilish  muammosi  vujudga  keldi.  1976  yil  yanvarda  XVFning  Vaqtli 
Qo`mitasi  XVF  Nizomiga  bir  qator  o`zgarishlarni  kiritdi.  Bu 
o`zgarishlar  XVTi  faoliyatini  rasmiy  ravishda  qayta  taqsimlashni 
bildirardi(YAmayka kelishuvi, 19761978 yy.). Valyuta munosabatlari 
mexanizmidagi  o`zgarishlar  1978  yil  1  apreldan  kuchga  kirdi  va  u 
quyidagilardan tarkib topgandi: 
–  oltinning  rasmiy  narxi  bekor  qilindi  (XVFning  mavjud  oltin 
zaxirasi 33 foizining 1/6 qismini ochiq auktsionlarda sotib va yana 1/6 
qismini a`zo davlatlarga tarqatish yo`li bilan hisobdan chiqarishgandi); 
SDR  JVTning  asosiy  zaxira  aktiviga  rasmiy  ravishda 
aylantirildi. 
Valyuta  kurslarining  «suzuvchi»  tizimi  qonunlashtirildi.  A`zo 
davlatlar  o`z  valyuta  paritetini  SDR  yoki  boshqa  chet  el  valyutasida 
ifodalay olishi mumkin edi (ammo oltinda emas). 
Xalqaro valyuta boshqarish sohasi kengaytirildi. Buning uchun 
XVF  qoshida  iqtisodiy  siyosatni  muvofiqlashtirish  bo`yicha  a`zo 
davlatlar vazirlari darajasida qo`mita tashkil etildi. 
Tashkil  topgan  valyuta  tizimi  ko`p  jihatdan  XX  asrning  70 
yillaridagi jahon xo`jaligining o`zgargan sharoitlariga javob berardi. 
G’arbiy evropa valyuta integratsiyasining chuqurlashuvi evropa 
valyuta  tizimining  (EVT)  vujudga  kelishiga  olib  keldi.  Bu  valyuta 
tizimi  mintaqaviy  valyuta  tizimi  (MVT)  bo`lib,  u  JVTining 
elementlaridan biridir. 
EVT 1979 yili tashkil etildi. Bu MVTning asosiy belgisi eKYU 
mexanizmidir.  eKYU    maxsus  evropa  hisob  birligi  bo`lib,  GFR  (1/3 
qismi)  markasi  boshchiligidagi  G’arbiy  evropaning  10  mamlakati 
valyutasining  «savati»ga  asoslangandir.  SDRdan  farqli  ravishda 
eKYU  bank  va  firmalarning  xususiy  operatsiyalarida  qo`llaniladi. 
Milliy 
valyutalar 
kvotasi 
 
eKYUning 
tashkil 
etuvchilari  
mamlakatning  iqtisodiy  potentsiali  bilan  aniqlanadi  va  har  5  yilida 
qayta ko`rib chiqiladi. «Savat»ni qayta ko`rib chiqishda hamma aktiv 
va  passivlar  yangi  kurs  bo`yicha  qayta  baholanadi.  Oxirgi  marta 
eKYU 1989 yilda belgilangan bo`lib, valyutalar ulushi (% larda): 
GFR markasi – 30,1 
Frantsiya franki – 19,0 
Golland guldeni – 9,4 
Belgiya franki – 7,6  


326 
 
Ispaniya pesetasi – 5,3  
va boshqalar – 5,45 ni tashkil qilgan. 
EI  chegarasida  yagona  pul  birligiga  o`tilishi  eKYUni  asosiy 
valyutaga aylantiradi. 
YAmayka  valyuta  tizimidan  farqli  ravishda,  eVT  oltindan 
eKYUning 
ta`minoti 
sifatida 
kisman 
foydalanadi 
va 
a`zo 
mamlakatlarning  rasmiy  oltin  dollar  zaxiralarining  20  foizini 
birlashtiradi. 
Valyuta  kurslari  rejimi  valyutalarning  belgilangan  chegarada 
suzishiga  asoslangan  (asosiy  kursdan  =  2,25  %,  Italiyada  beqarorlik 
tufayli 6 %). 
EVT  mamlakatlararo  mintaqaviy  valyuta  boshqarishini  evropa 
valyuta hamkorligi fondi (EVXF) orqali amalga oshiradi. U Markaziy 
banklarga  qisqa  va  o`rta  muddatli  kreditlarni  valyuta  interventsiyasi 
bilan bog’liq to`lov balansi taqchilligini qoplash uchun beradi. 
Valyuta sohasida yagona pul asosi  jahon puli mavjud emas. 
Erkin  konvertatsiya  qilish  va  kapital  oqib  o`tishi  sharoitida 
mamlakatlarda  ichki  pul  muomalasi  va  xalqaro  to`lov  aylanmasi 
o`rtasidagi chegaralar yo`qolmoqda: 
Milliy 
va 
xalqaro 
pulkredit 
bozorining 
birgalashishi 
tendentsiyasi 
milliy 
pul-kredit 
bozorlarining 
o`ziga 
xosligi, 
ixtisosligini saqlagan holda rivojlanmoqda.  
Hatto  AQSH,  GFR,  Angliya,  SHveytsariya  va  boshqa 
bozorlarda operatsiyalarni erkinlashtirgan davlatlarda ham xalqaro va 
milliy kapital bozorlari farq qilmoqda. Masalan, AQSHning evrodollar 
va  milliy  kapital  bozorlarini  olaylik.  AQSHda  sotuvga  qo`yilgan 
rezident  va  rezident  bo`lmaganlarning  obligatsiyalari  ro`yxatdan 
o`tishi lozim. Bunday holat xalqaro bozorda mavjud emas. 
Bundan  tashqari,  xalqaro  bozorda  chiqarilganiga  bir  oy 
bo`lmagan  qimmatli  qog’ozlar  AQSHning  investorlarga  taqdim 
etilishi  mumkin  emas.  Boshqa  ko`pchilik  davlatlarda  bunday  holatlar 
erkinroq  namoyon  bo`ladi  (Frantsiya,  Belgiya,  Italiya,  YAponiya  va 
boshqalar). 
Valyuta  sohasining  xalqaro  ayirboshlash  munosabatlaridagi 
mavqeining oshish tendentsiyasi JVT rivojining hamma bosqichlarida 
(oltin  standartdan  boshlab)  kuzatiladi.  Milliy  xo`jalik  jahon  xo`jalik 
aloqalariga  qanchalik  ko`p  jalb  etilgan  bo`lsa,  mahalliy  qo`mitalar 
iqtisodiyotni  tashqi  nomaqbul  ta`sirlardan  holi  etishga  harakat  qiladi. 


327 
 
Bu  ziddiyat  har  bir  davlatning  oltin  standartdan  boshlab,  to  hozirgi 
kungacha  bo`lgan  evolyutsiyasini  belgilab  berdi.  Masalan,  oltin 
standart  davridagi  oltinning  tartibsiz  oqimi  (davlatlar  o`rtasida) 
oxiroqibatda  ularning  ishlab  chiqaruvchi  kuchlariga  salbiy  ta`sir  etdi. 
1929-1933 yilgi iqtisodiy krizis valyuta mexanizmining oltin standart 
davridagi  holatiga  putur  etkazdi:  erkin  valyuta  almashinuvi  qattiq 
valyuta cheklovlari bilan almashdi, valyuta bloklari va zonalari tashkil 
topdi,  baynalmilallashuv  jarayoni  to`xtatildi.  Bretton-vudsda  tuzilgan 
xalqaro hisobkitoblar modeli valyuta mexanizmini tiklashga qaratilgan 
qadam bo`ldi. U aniq belgilangan tamoyillar asosida ish yuritar, uning 
ustidan nazoratni XVF o`z bo`yniga olgandi. 
Bretton-Vuds  valyuta  mexanizmi  XX  asrning  70  yillari 
boshlarigacha  faoliyat  yuritdi,  u  milliy  manfaatlarni  xalqaro 
majburiyatlar  bilan  birlashtirdi:  davlatlarning  nisbiy  mustaqilligi 
(ichki  iqtisodiy  siyosatni  o`tkazish  sohasida)  xalqaro  kredit  tizimi 
ishtiroki  bilan  ta`minlanardi.  U  o`z  ichiga  XVF  krediti,  zayomlar 
to`g’risida  bosh  kelishuv  (1961  yil),  Markaziy  banklar  o`rtasidagi 
svop kreditlari va boshqalarni olar edi. 
O`tgan  asrning  70  yillari  boshida  rivojlangan  davlatlar 
iqtisodiyoti shunday chegaraga yaqinlashdiki, bunda keyingi iqtisodiy 
o`sish butun bazasini yangilash, valyuta ta`minotining samaradorligini 
oshirishni  talab  etardi.  SHuning  uchun  1971-1973  yillardagi 
«suzuvchi»  valyuta  kurslarining  kiritilishi  JVTning evolyutsiyasining 
qonuniy bosqichi edi. Hozirgi suzuvchi valyuta kurslari tizimi asosida 
xalqaro  hisobkitob  tizimida  chuqur  tarkibiy  o`zgarishlar  bo`lishiga 
olib  keladi.  Ular  nafaqat  moliyaviy  operatsiyalar  hajmining  o`sishida 
(ular  savdo  operatsiyalari  bilan  10:1  nisbatni  tashkil  etishdi),  balki 
moliyaviy  oqimlar  harakatining  davlat  byudjeti,  soliq  va  kredit 
siyosatidagi  farqlarda  o`z  aksini  topadi.  Va  shu  munosabat  bilan 
mamlakatlar  o`z  milliy  valyutasi  kursini  mustaqil  belgilash  imkonini 
oldilar. 
SHunday  qilib,  hozirgi  valyuta  tizimida,  xalqaro  va 
baynanminallik o`rtasidagi nisbat milliy omillar tomoniga xal bo`ldi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish