Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Tijorat banklarining funktsiyalari. Tijorat banklari



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 
16.2. Tijorat banklarining funktsiyalari. Tijorat banklari 
faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiy va huquqiy asoslari.  
Tijorat  banklarining  iqtisodiy  mavqei  faoliyat  doirasining  keng 
bo`lishiga olib keladi. 
Tijorat banklari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi. 
1.  Vaqtincha  bo`sh  turgan  pul  mablag’larni  yig’ish  va  ularni 
kapitalga aylantirish. 
2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash; 
3.  muomalaga  kredit  pullar  (muomalaning  kredit  vositalari)  ni 
chiqarish. 
4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to`lovlarni amalga oshirish. 
5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko`rsatish. 
6.  Iqtisodiy-moliyaviy  axborotlar  berish  va  konsultatsiya  xiz-
matlarini ko`rsatish. 
Banklar  bo`sh  pul  mablag’larini  yig’ish  va  ularni  kapitalga  ayla-
ntirish  funktsiyasini  bajara  turib,  mavjud  bo`sh  pul  daromadlari  va 
jamg’armalarni  yig’adi.  Jamg’aruvchi  (bo`sh  pul  mablag’i  egasi)  o`z 
mab-lag’larini  bankka  ishonib  topshirgani  uchun  va  bank  bu 
mablag’lardan  foydalangani  uchun  ma`lum  foiz  hisobida  daromad 
oladilar. Bo`sh pul mablag’lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga 
keladi  va  bu  fond  xalq  xo`jaligi  tarmoqlarini  kreditlash  uchun 
ishlatiladi. 
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o`rinni korxona, tashkilot-larni, 
aholini,  davlatni  kreditlash  egallaydi.  Kreditlash  jarayo-nini  tashkil 
qilishda  bank  moliyaviy  vositachi  rolini  o`ynaydi.  U  bo`sh  turgan 
mablag’larni  jalb  qiladi  va  o`z  nomidan  mijozlarga  vaqtincha 
foydalanishga  beradi.  Bank  krediti  hisobidan  xalq  xo`ja-ligining 
muhim  tarmoqlari  –  sanoat,  qishloq  xo`jaligi,  savdo  va  boshqalar 
moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo`ladi. 
Muomalaga kredit pullarni chiqarish funktsiyasi tijorat bank-larini 
boshqa  moliya  institutlaridan  ajratib  turadi.  Tijorat  banklari  depozit-
kredit  emissiya  qilganida,  ssudalar  berganida,  pul  massasi  oshadi  va 
ssuda bankka qaytarilganda, muomaladagi pul massasi kamayadi. 


265 
 
Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisob-lanadi. 
Tijorat bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga 
o`tkaziladi va bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag’ning 
ma`lum qismini naqd pul shaklida hisob raqamidan olishi mumkin. Bu 
holda  muomaladagi  pul  massasining  miqdori  oshadi.  SHuning  uchun 
ham, Markaziy bank tijorat banklarining faoliyati ustidan nazorat olib 
boradi. 
Tijorat banklarining  muhim funktsiyalaridan  biri hisob-kitoblarni 
olib  borishdir.  Hisob-kitoblarni  olib  borishda  bank  mijozlar  o`rtasida 
vositachi bo`lib xizmat qiladi. 
Tijorat banklari qimmatbaho qog’ozlar chiqarish va joylash-tirish 
bilan ham shug’ullanishi mumkin. 
Tijorat  banklari  iqtisodiy  ahvolni  nazorat  qilish  jarayonida 
mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berishi mumkin.  
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, 
kreditorlar,  umuman,  davlat  va  jamiyat  manfaatlariga  jiddiy  daxldor 
bo`lganligi tufayli uning tashkil topishi o`zoq davom etadigan jarayon 
hisoblanadi.  SHu  vaqt  ichida  bo`lg’usi  ta`sischilar  o`rtasida  o`zaro 
munosabatlar  o`rnatiladi,  bank  ustav  kapitali  uchun  zarur  bo`lgan 
mablag’lar  tayyorlanadi,  rahbar  shaxslar  zarur  hujjatlar  tayyorlaydi, 
tegishli tekshiruvdan o`tkaziladi va hokazolar. 
Tijorat  banklarini  tashkil  etish  va  tugatishning  huquqiy  asoslari 
“Banklar  va  bank  faoliyati  to`g’risida”gi  Qonunda  ifodalangan.  SHu 
qonunning  2-bobi “Banklarni  tashkil  etish  va  ular  faoliyatini  tugatish 
tartibi” deb nomlanib o`z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi   . 
Banklar  respublika  hududida  o`z  faoliyatlarini  Markaziy  bank 
tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. 
Banklarga  litsenziya  berish  O`zbekiston  Respublikasining 
“Banklar  va  bank  faoliyati  to`g’risida”,  “O`zbekiston  Respublikasi 
Markaziy banki to`g’risida”, “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar 
huquqini  himoya  qilish  to`g’risida”gi  Qonunlar  va  boshqa  qonunlari 
hamda  bankka  me`yoriy  hujjatlarda  belgilangan  talablar  asosida 
amalga oshiriladi.  
Tijorat  banklarini  tashkil  qilish  11  fevral  1999  yilda  qabul 
qilingan  “Banklarni  ro`yxatga  olish  va  ularga  litsenziya  berish  tartibi 
to`g’risida”gi  630-sonli  Nizom  asosida  olib  boriladi.  Ushbu  nizomda 
O`zbekiston  Respublikasi  hududida  banklarni  ro`yxatga  olish  va 
ularga  litsenziya  berish  tartibi  hamda  shartlari  belgilab  qo`yilgan 


266 
 
bo`lib,  tijorat  banklari  ochiq  yoki  yopiq  turdagi  aktsionerlik 
jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. 
Ssuda  kapitalisti  o`z  bo`sh  kapitalini  karzga  bersa,  bankirlar 
asosan  chetdan  jalb  qilingan  mablag’larga  tayanadi.  Ssuda 
kapitalistining daromadi ssuda foizi bulsa, bankirning daromadi - bank 
foydasi  xisoblanadi.  Banklar  korxona,  tashkilot,  davlat  muassasalari, 
axoli  bo`sh  pullarini  jalb  qilish  orkali  katta  xajmdagi  kapitalni  o`z 
kullarida  jamlaydilar  va  daromad  keltiruvchi  kapital  xarakatini 
boshkarib  boradilar.  Banklarning  yiriklashuvi
  va
  ular  faoliyatining 
takomillashuvi  ularning  maxsus  korxonalar  -  kredit  muassasalariga 
aylanishiga olib keladi. 
SHunday qilib, bank faoliyati xalq xo`jaligi mavjud bo`lgan bo`sh 
mablag’larni  jalb  qilish  va  ssuda  kapitalini  taqsimlashni  uy  ichiga 
oladi. Bank o`z faoliyati davomida ma`lum daromadga ega bo`ladi. Bu 
daromad  bank  jalb  kilgan  resurslarga  yo`llaydigan  foiz  bilan 
joylashtirgan  resurslari  bo`yicha  oladigan  foiz  urtasidagi  farqdan 
iborat bo`ladi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish