Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

birinchidan,
  kredit  munosabat  ishtirokchilari  -  qarz  beruvchi  va 
qarz  oluvchi  -  xuquqiy  jixatdan  mustakil  sub’ekt  bo`lishi  kerak 
Mustaqil  sub’ekt  sifatida  xar  ikkala  tomon  bir-biri  bilan  o`za`ro 
aloqalardan  kelib  chiquvchi  majburiyatlarni  bajarishini  moddiy 
jihatdan  kafolatlay  olishi  kerak  Majburiyatlarni  bajara  olish 
qobiliyatini  xisobga  olgan  xolda  mustakil  xuquqiy  sub`ekt  sifatida 
tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak 
ikkinchidan,
 qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari bir-biriga 
mos  tushgan  taqdirdagina  kredit  zaruriyatga  aylanadi.  Bu  manfaatlar 
avvalambor,  ob`ektiv  jarayonlar,  o`za`ro  manfaatlarni  taqozo  etuvchi 
aniq vaziyat bilan bog’liq. 
Kreditor  (qarz  beruvchi)  tomonidan  pul  mablag’larini  qarzga 
berish  bo`yicha,  qarz  oluvchi  tomonidan  esa  shu  mablag’larni  olish 
bo`yicha qizikish tug’ilgan taqdirdagina kredit yuunosabatlari vujudga 
keladi. 
Kreditning  vujudga  kelishi  kredit  munosabatlari  ishtirokchilari 
manfaatlarining  yo`nalishiga      bog’lik  tomonlar  manfaatlarning  mos 
kelishi  kredit  shartnomasi  tuzilishini  ta`minlaydi.  Lekin,  kredit 
munosabatlari  ishtirokchilari  manfaati  nafaqat  vaqt  va  fazo  jixatdan, 
shuningdek  sifat  jixatdan  xam  mos  tushgan  taqdirdagina  bu 
munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga kreditning bu muxim 


166 
 
sifatlari  kredit  munosabatlari  sodir  bo`lishining  asosiy  sababi 
bo`laolmaydi.  Kredit  vujudga  kelishi  uchun,  yuqorida  aytilgandek 
aniq  bir  iqtisodiy  asos  -fondlarning  doiraviy  aylanishi  va  shunga 
o`xshash boshqa aniq sharoitlar bo`lishi
 
zarur. Faqatgina ana shu ta`sir 
etuvchi  omillar  bo`lgan  taqdirdagina  kreditning  vujudga  kelishi 
reallikka aylanadi. 
Tijorat  banklarining  aktiv  operatsiyalari  ichida  kredit  jarayoni 
asosiy o`rinni egallaydi. U quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi: 
•      kredit          olish          uchun          berilgan          mijozning          ariza 
talabnomasini ko`rib chiqish; 
•      qarz    oluvchining  to`lovga    va    kreditga    layoqatliligini  bank 
tomonidan o`rganib chiqilishi; 
•   kredit qo`mitasining qarori; 
•   kredit bitimini rasmiylashtirish; 
•   kredit berilishi; 
•      ssuda  va  u  bo`yicha  foiz  tulashni  bank  tomonidan  nazorat 
qilinishi. 
Kredit asosan  ishlab  chiqarish,  hizmat ko`rsatish, savdo  va boshqa 
iqtisodiy  munosaatlarni  rag’batlantiradi.  CHunki  kreditning  iqtisodiy 
asosi  faqat  tomonlarni  manfatiga  xizmat  qiladi.  SHuning  uchun  kredit 
operatsiyalari  nafaqat  tomonlarni  balki  xam  mikro  ham  makro 
darajadagi  ahamiyati  tomonlari  ham  beqiyos.  Bu  mamlakatning  yalpi 
ichki  maxsulotini  o`sishiga    va  nihoyat  mamlakatni  ijtimoiy  iqtisodiy 
o`sishiga  olib  boradi.  Mazkur  o`sishga  kreditning  ta`siri  ahamiyatli 
xisoblanib,  bunda  uning  xarakterli  tomonlarini  ochib  berish  maqsadga 
muvofiqdir. Bu quyidagilardan iborat: 
-kredit    chetda  turib  qolgan    bo`sh  pul  mablag’larini  xarakatga 
keltiradi: 
-kredit  kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini  doimiy pul 
mablag’lari bilan ta`minlaydi: 
-kredit asosiy ishlab chiqarishni doimiy rag’batlantirib boradi. 
Kredit  va  uni  to`lash  jarayoni  kredit  shartnomasida  ko`rsatilgan 
bo`lib,  kredit  va  qarz  oluvchi  o`rtasidagi  majburiyat  va  xuquqlarni 
belgilab  beradi.  Unda  kreditning  maqsadi  va  ob`ekti,  kredit  miqdori, 
ssudani berish va uni to`lash muddati, kredit ta`minotining turlari, kredit 
uchun  foiz  stavkasi  va  boshqalar  ko`rsatiladi.  Ssuda  to`lashni  nazorat 
qilish  bankning  kredit  portfelini  muntazam  tahlil  qilish  asosida  olib 
boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi. 


167 
 
Tijorat  banklari  tomonidan  beriladigan  barcha  kreditlar  uning  kredit 
portfelida o`z ifodasini topadi. 
Moliyalashtirish  manbalariga  va  qarz  oluvchining  mintaqaviy  o`rni 
va  manziliga  qarab  tijorat  banklarining  kredit  portfelini  tasniflash 
mumkin.  Tijorat  banklari  tasniflashni  asosan  milliy  valyutada  olib 
boradilar  va  ba`zi  xollarda  qayta  moliyalashtirish  va  o`z  mablag’lari 
xisobidan  beriladigan  kreditlar  bugungi  kunda  tijorat  banklari  kredit 
portfelining  ma`lum  bir  qismini  muammoli  kreditlar  tashkil  etadi. 
Ajratilgan  kreditlar  bo`yicha  extimoliy  yo`qotishlarning  oldini  olish 
maqsadida,  tijorat  bankining  kredit  portfeli  doimiy  ravishda 
tasniflanib boradi. Kreditlarni o`z navbatida 5 ta turga , ya`ni yaxshi, 
standart,  substandart,  shubxali  va  umidsiz  kredit  turlariga  tasniflash 
mumkin.  SHubxali  va  umidsiz  kredit  deb  tasniflangan  kreditlar 
muammoli kreditlar deb qaraladi. Muammoli kreditlar tijorat banklari 
faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Banklarning asosiy vazifasi, kredit 
berish  o`rniga  kreditlarning  o`z  muddatida  qaytaruvchanligini 
ta`minlashdangina  iborat  bo`lib  qolmoqda.    CHunki,  muammoli 
kreditlar  tijorat  bankining  foyda  olib  keladigan  aktivlarini 
kamaytiradi,  bu  esa  o`z  navbatida,  bankning  istiqbol  rejasi 
ko`rsatkichlariga erisha olmasligidan dalolat beradi. 
Xozirgi  vaqtda  markazlashtirilgan  kreditlar  xukumatimizning 
chiqargan  qarorlariga  asosan,  ustuvor  tarmoqlarni  rivojlantirish  uchun 
milliy  valyutada  beriladi.  Qayta  moliyalashtirish  va  bankning  o`z 
mablag’lari  xisobidan  beriladigan  kreditlar  mijoz  kreditga  layoqatli 
bo`lganda miliy valyutada yoki xorijiy davlat valyutasidi berilishi mumkin. 
Tijorat  banklari  faoliyatida  turli  xil  risklar  uchrab  turadi.  Lekin 
ularning  faoliyatida  ko`proq  kredit  riski,  likvidlilik  riski  va  foiz  stavkasi 
ta`sir qiladi. Tijorat banklar faoliyatining asosiy qismi kreditlar berish va shu 
asosda      foyda      olishga        yunaltirilgan        bo`lganligi        uchun        ular 
faoliyatida bu risklarning salmog’i xam yuqori bo`ladi. 
Ssuda  kapitali  kapital  bozorida  muxim  o`rin  tutib  milliy 
iktisodiyot  extiyojlarini  qondiradi.Ssuda  kapitalining  o`ziga  xos 
xususiyatlari, uning kreditordan qarz oluvchiga bo`lgan xarakatida va 
aksincha  bo`lgan  jarayonida  ko`proq  ko`rinadi.  Bu  xususiyatlar 
quyidagilardan iborat: 
1.
 
Ssuda  kapitali  kapital  sifatida  -  bu  mulk  uning  egasi  qarz 
oluvchiga  kapitalini  doimiy  egalikka  emas,  balki  vaqtincha 
foydalanish  uchun  beradi.  Bu  xolda  kapitalga  bo`lgan  egalik  kapital 
xarakatidan  ajraladi.  Kapital  korxonalarning  ishlab  chiqarish 


168 
 
faoliyatini  tashkil  kilishning  boshidan  oxirigacha  qatnashib,  uning 
xajmi  ortib  borsada,  belgilangan  kapital  miqdori  oxir  oqibatda  o`z 
egasi - kreditorga kaytib to`lanishi lozim. 
2.
 
Ssuda  kapitalining  o`ziga  xos  xususiyati,  uning  tovar  sifatida 
ekanligidir.  Kreditor  tomonidan  pul  mablag’lari  qarzdor  korxonaga 
“sotiladi”, Korxonalar bu kapital xisobidan chiqarish vositalari va ish 
kuchini  sotib  oladilar.  Ssuda  kapitalining  tovar  sifatidagi  iste`mol 
qiymati - qarz oluvchi tomonidan uning samarali ishlatilishi natijasida 
qarzdor  oladigan  foyda  xisoblanadi.  Ssuda  kapitalining  iste`mol 
kiymati oddiy tovarning iste`mol kiymatidan far qiladi. Ssuda kapitali 
bo`yicha  olingan  foidaning  bir  kismi  ssuda  foizini  tulash  uchun 
ishlatiladi. 
3.
 
Ssuda kapitalining yana bir xususiyati, kreditor va qarz oluvchi 
o`rtasidagi  munosabatning  uzok  davom  kilishidir.  Ssuda  kapitalining 
kreditordan qarz oluvchiga o`tish jarayoni davrlar bo`yicha tarkatilgan 
to`lov  mexanizmining  bosqichlarida  ifodalanadi.  Masalan,  oddiy 
savdo  sotik      jarayonida  sotilgan  tovarning  narxi  shu  zaxotiyok 
to`lanadi.  Kredit  resurslari  va  ulardan  foydalanganlik  uchun  to`lovlar 
odatda ma`lum vaqt o`tgandan keyin to`lanadi. 
4.  Ssuda  kapitali  xarakatining  o`ziga  xos  xususiyatlaridan  yana 
biri  shundaki,  ssuda  kapitali  xarakati  sanoat  va  savdo  kapitali 
xarakatidan  farq  qilib,  “sotuvchi”  (kreditor)  va  “xaridor”  (qarz 
oluvchi)o`rtasidagi  munosabat,  ya’ni  kapital  xarakati,  pul  (P-T) 
ko`rinishida bo`ladi.

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish