39-MA’RUZA. BIRIKMALAR.
REJA:
Birikma turlari.
Parchin mixli birikmalar.
Chuzuvchi kuch ta’siridagi chokni hisoblash.
Eguvchi moment ta’sir etuvchi moment ta’sir etuvchi chokni hisoblash.
1. Birikma turlari.
Mashinalar uzellardan, uzellar esa o’z navbatida detallardan tuzilgan. Detallardan uzellar, uzellardan esa mashinalar, birikmalar vositasida yig’iladi.
Birikmalar ajralmaydigan va ajraladigan turlarga bo’linadi. Agar uzellarni yoki mashinani ayrim qismlarga ajratish uchun birikma elementlarini sindirish shart bo’lsa, bunday birikma ajralmaydigan, aks holda esa ajraladigan birikma deb ataladi. Parchin mixli va payvand birikmalar ajralmaydigan birikmalar bo’lsa, ponali, shponkali, shlistali va boltli birikmalar ajraladigan birikmalardir.
2. Parchin mixli birikmalar.
Parchin mixli birikmalar samolyotsozlikda, kemasozlikda, yuk ko’tarish mashinalarining fermalarida, ko’priklar qurishda ko’plab ishlatiladi. Parchin mixlar diametri 20 mm dan ortik bo’lmaganda mis, po’lat, alyuminiy simlardan yasaladi. Parchin mixlarining quyidagi turlari mavjud.
Charm va shunga o’xshash elastik materiallarni biriktirishda o’rtasi teshik parchin mixlar (piston) ishlatiladi. Parchin mixning diametri teshikning diametridan kichik qilinadi. Ikkita detal prchin mix bilan biriktirilsa parchin chok hosil bo’ladi. Bu mixning kesilishiga sabab bo’ladi. Diametri 12 mmgacha bo’lgan parchin mixlar sovuqlayin, diametri 12 mmdan katta bo’lganlari esa 10000 S temperaturagacha qizdirilib keyin parchinlanadi. Bunda sifatli chok olinadi.
Parchin mixning shakli
|
Parchin mixning turi
|
|
Yarim doiraviy kallakli po’lat parchin mix
|
Kesik konus kallakli po’lat parchin mix
|
Yashirin (o’rta ko’rinish) kallakli parchin mix
|
Yarim yashirin kallakli parchin mix
|
Ishlash sharoitiga qarab parchin mixli choklar quyidagi turlarga bo’linadi.
a) mustahkam choklar - mustahkam birikmalar (ko’prik, fermalar) tayyorlashda ishlatiladi.
b) mustahkam - jips choklar mexanik kuchlar ta’sir qilishi bilan birga, chokning germetikligi talab qilinganda (bug’ qozonlari, bosim ostida suyuqlik saqlanadigan idishlar).
v) jips choklar - germetiklik talab etilganda, ammo ta’sir etuvchi bosim uncha katta bo’lmagan hollarda (suv va surkov moylari saqlanadigan idishlar).
39.1-rasm.
3. Cho’zuvchi kuch ta’siridagi chokni hisoblash.
Choklarni hisoblashda, chokka ta’sir etuvchi kuch parchin mixlarga bir xilda, listning eni buylab esa bir tekisda taqsimlanadi deb olamiz. Chokning emirilishi parchin mixning kesilishi, parchin mixning yoki teshik devorining ezilishi, listning uzilishi, eng chetda joylashgan parchin mix ta’sirida listning kesilishi okibatida yuz beradi.
n - parchin mixlar soni, R0= R/n - bitta parchin mixga ta’sir etuvchi kuch bo’lsa, chokning mustahkamligini bajarish uchun quyidagi tengliklar bajarilishi kerak.
(1)
R=(t-d0) S [4] (2)
P=d0S [EZ] (3)
(4)
d - teshik diametri (parchin mix qadami)
t - parchin mix qadami.
t1 t2 - eng chetda joylashgan parchin mix markazidan list kirrasigacha bo’lgan masofa.
S - listning qalinligi.
[kes] - ruxsat etilgan kesuvchi kuchlanish.
[4] - ruxsat etilgan eguvchi kuchlanish.
[1kes] - listning chetki qismlari uchun ruxsat etilgan kesuvchi
kuchlanish.
[] = (1.4 1.7) [kes] ekanligini hisobga olib
(1) va (3) ifodalarni bir - biriga tenglashtirsak:
Bundan d = (1,8 2,2) S ekanligini aniqlaymiz. Listni kalinligi esa S = d/2 bo’ladi. [kes] = [r] deb faraz kilsak va (1) ni (2) ga tenglashtirsak:
Bu yerdan parchin mix qadamini topamiz:
t = 2,57 d0
t = (3... 5) d
[kes] = 0,8 []kes va S = d0/2 ekanligini e’tiborga olib (1) va (4) ifodalarni tenglashtiramiz. Bunda t1 = 1,5 d0 bo’ladi. Amaliy
hisoblashlarda t1 =(1,5 2) d0 va t2 = 1,5 d0 qilib olinadi. Agar listning qalinligi berilgan bo’lsa qolgan qiymatlar shunga qarab topilib, standartdan yaqini tanlab olinadi.
4. Eguvchi moment ta’sir etuvchi chokni hisoblash.
Bunday chokni hisoblash uchun mixlar soni, ularning joylashish sxemasi beriladi. Chizmada ikkita list kushimcha ustquyma 3 - list bilan birlashtirilayapti, bunga eguvchi moment M ta’sir etmoqda (37-rasm).
Chizmadan foydalanib M ni topamiz:
M < R1l1+ R2l2+ R3l3 +...... (5)
R1, R2, R3 - gorizontal qator bo’yicha ta’sir etuvchi kuchlar.
l1, l2, l3 - qatorlar orasidagi masofa.
39.2 - rasm. Eguvchi moment ta’sir etuvchi chok.
R2 va R3 ni R1 orqali topamiz:
(5) tenglamani quyidagicha yozamiz:
Chizmaga asosan gorizontal qatorga ta’sir etayotgan kuchlarning eng kattasi R. Uni (5a) dan topsak:
R birinchi qatordagi parchin mixlarga tushayotgan kuch bo’lgani uchun unda bitta parchin mixga to’g’ri keladigan kuch R = R/n bo’ladi. n - birinchi qatorga joylashgan parchin mixlar soni.
Parchin mixlar qatori neytral o’qqa qanchalik yaqin bo’lsa, shuncha kam kuch tushadi. Uzoqlashgan sari kuch kattalashib boradi, lekin parchin mix va choklar hosil kilish texnologiyasini qiyinligini hisobga olib hamma qatordagi mixlar diametrlari bir xil qilib olinadi.
Agar parchin mixli chokka ko’ndalang kuch Q xamda chuzuvchi kuch N ta’sir etsa kuchlarning teng ta’sir etuvchisi quyidagicha topiladi:
n - chokdagi parchin mixlarning umumiy soni
Q / n - Q kuchning bitta parchin mixga to’g’ri keladigan qiymati.
N / n - N kuchning bitta parchin mixga to’g’ri keladigan qiymati.
Keltirilgan hol uchun parchin mixli chokning mustahkamligi R0 dan foydalanib tekshiriladi.
Parchin mixlar po’lat, mis, latun, alyuminiyga o’xshash plastik materiallardan tayyorlanadi. Parchin mix tanlashda biriktirilayotgan materialning temperaturasi ta’sirida o’zgarish darajasini material va mix uchun iloji boricha bir xil bo’lishi kerak. Aks holda temperatura o’zgarishi bilan chokda qo’shimcha kuchlanishlar paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |