Oʻsimlik va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi koʻpgina V. yumaloq
shaklda. Bugʻdoy va beda mozaikasi V. tashqi koʻrinishi bilan
bakteriya tayoqchasi yoki oʻqqa oʻxshaydi. V. tuzilishini elektron
mikroskop va rentgenda tadqiq qilish orqali baʼzi nozik tarkibiy
qismlari aniqlangan. Ularning hammasida ichki modda, asosan
nuklein kislotadan iborat boʻlib, u oqsil qobiq bilan oʻralgan. Bir necha
tur V.ning kimyoviy tarkibi oʻrganilgan, xolos. Vaksinalar V.ning
tuzilishi ham, chamasi oddiy bakteriyalarniki kabi murakkab. Uning
tarkibida nukleoproteinlar, uglevodlar va lipoidlar bor. Nuklein
kislotasi dezvksiriboza shaklida, lipoidlar guruhi esa xolesterol,
fosfolipid va neytral moy koʻrinishida uchraydi. Fitopatogen V.
tarkibida ribonuklein kislota (RNK), hayvon va odamlarda kasallik
qoʻzgʻatuvchi V.da esa RNK yoki DNK (dezoksiribonuklein kislota) bor.
Baʼzi V. tozalangan preparatlar holida olinib, ularning bir qismi toza
haqiqiy kristallar (mas., tamaki nekrozining V.), boshqalari esa suyuq
kristallar (mas., tamaki mozaikasi V.) yoki shakleiz choʻkmalar hosil
qiladi. V.ni ajratib olish va tozalash uchun ultratsentrifugalanadi, turli
xil fizikkimyoviy usullardan foydalaniladi.
V.ning tasnifi (klassifikatsiyasi) va ularni ifodalaydigan belgilar hali
qabul qilinmagan. Ularga ham xuddi hayvonlar va oʻsimliklarga
beriladigan tur va turkum nomi beriladi, xalq ifodalari, har xil
qisqartmalardan foydalaniladi, kasallanuvchi organizmning turkum
nomi bilan atalib, yoniga raqam qoʻyiladi yoki V. morfologik, kimyoviy
xossalari va reproduktiv xususiyatlariga binoan urug va oilalarga
birlashtiriladi. V. urugʻining lotincha nomiga virus soʻzi (mas.,
Enterovirus), oilasi nomiga viridae soʻzi (mas., Poxviridae) qoʻshilib
yoziladi.
V. organizmga har xil yoʻllar bilan kiradi, mas., V. oʻsimlik
hujayralariga chetdan faqat ular shikastlanganida kirishi mumkin.
Gripp V. va b.da hujayra qobigʻini buzish xususiyatiga ega boʻlgan
fermentlari bor. V. organizmga kirgach, infeksiyanint latent yoki
yashirin davri boshlanadi. Koʻpgina V. hujayralarda toʻplanib, hujayra
ichida oʻziga xos tarkibiy qismlar hosil qiladi (qarang Virusli
granullyoz). V. bilan zararlangan oʻsimliklar, odatda, butun hayoti
davomida infeksiya oʻchogʻi boʻlib qoladi. V. ekologik, biologikva b.
omillar taʼsirida vujudga keladigan kuchli oʻzgaruvchanlikka ega. V.
tabiatda keng tarqalgan boʻlib, ular juda koʻp xoʻjayinga ega. Asosan,
soʻruvchi hasharotlar, kanalar va nematodalar bilan tarqaladi. Baʼzi
V. urugʻlar orqali tarqaladi va deyarli barcha V. kasal oʻsimlik jinssiz
koʻpaytirilganda avlodga oʻtadi. V.ning patologik taʼsiri xilma-xil
boʻlib, asosan, ularning koʻpayishidan xoʻjayin organizmida yuz
beradigan oqsil va nuklein almashinuvining buzilishi bilan belgilanadi
(qarang Virusli kasalliklar). V.ni virusologiya fani oʻrganadi.
Viruslar bilan prokariot hujayralar orasidagi materialning
ko’chirilishini, tabiiy sharoitda bakteriyalarda o’tadigan
rekombinasiya mexanizmlarini o’rganish, plazmidalar va mo’tadil
faglarning hujayradagi hayotini tushunish genlar ustida turli
manipulyasillar o’tkazish imkonini beradi. Olimlar qo’lida DNK ning
kerakli bir qismini bakteriya hujayrasiga ko’chirib o’tkazilaigan
sistema-plazmidalar bor. Bunday transmissiv ko’chirib o’tkazuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |