1. Lingvistik idrok. Biz to‘g‘ri tuzilgan gapni grammatik jihatdan noto‘g‘ri tuzilgan so‘zlar
birlashuvidan farqlay olamiz. Darhaqiqat, har qanday so‘zlar yig‘indisi to‘liq
grammatik gap bo‘la olmaydi.
Xomskiy tomonidan keltirilgan misollarda birinchi va ikkinchisi bu
grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan ingliz tillari, uchinchisi esa bundan mustasno.
The scene of the movie was in Chicago.
(Filmdagi bu lavha Chikagoda bo’lgandi).
The scene that I wrote vas in Chicago.
( Men yozgan lavha Chikagoda bo’lib o’tgan)
The scene of the movie and that I wrote vas in Chicago.
(Filmdagi bu lavha va u men yozgan Chikagoda bo‘lgan).
Ingliz tilini grammatikasi bu holni bizga tushuntirishi lozim.
Yuqorida keltirilgan misollar bizning gap tuzish qobiliyatimiz bilan bog‘liq:
uchinchi gap grammatik jihatdan noto‘g‘ri tuzilgan, lekin birinchi va ikkinchi
misollarni biz grammatik jihatdan to‘g‘ri tushunishimiz mumkin:
The scene of the movie that I wrote was in Chicago.
(Men yozgan filmdagi lavha Chikagoda bo’lib o’tgan).
Grammatik me’yorlarni bilish idrokimizga grammatik jihatdan to‘g‘ri va
noto‘g‘ri tuzilgan gaplarni farqlashda yordam beradi.
Misol tariqasida ingliz tilidan uch gapni olamiz:
The dog looks tetrifying.
(Itning ko’rinishi juda qo’rqinchli).
The dog looks barking.
(Itning ko’rinishi).
The dog looks lamb.
(Itning ko’rinishi qo’zichoqday).
Bu o‘rinda ikkinchi va uchinchi gaplar grammatik jihatdan noto‘g‘ri tuzilgan.
Ammo ularni she’riyatda qo‘llanilishi asarga alohida ruh bag‘ishlab bizlarga katta zavq
beradi.
Qisqa qilib aytganda, sintaktik nazariyani maqsadi bu lingvistik intuitsiyani
tushuntirish. Shu jihatdan, transformatsion grammatika tarafdorlari grammatika- bu
tilning nazariyasi, deb hisoblaydilar. Bu nazariya grammatik jihatdan to‘g‘ri va
noto‘g‘ri tuzilgan gaplarni farqlashda, til qonunlari buzilishini aniqlashda, gap
tuzilmasini, uning ma’nosi va tovush shakli bilan qiyoslashda va mazkur tilda mavjud
barcha gaplarni ta’riflashda katta rol o‘ynaydi. Nazariya deganda har qanday ilmiy
nazariya ko‘zda tutiladi. Yoshligimizdan biz berkitilgan til qoidalarini bilish
qobiliyatiga egamiz va bu holat bizga til tizimining qirralarini ochishda yordam beradi.
Taniqli tilshunos Liz ta’rifi bo‘yicha: “ Grammatika aytilgan fiklarning maksimal
jihatdan umumlashgan tizimini o‘zida mujassam qilishi lozim. Grammatika- bu tildan
foydalanishga imkon yaratadigan insonning bilimlari yoki qobiliyatini ta’riflashga
intilishdan iboratdir.
Muammoni boshqacharoq qilib ta’riflaganda, tilshunosni ilmi – bu gaplarni
ajrata oladigan mashina tuzishga intilish shu jihatdan, Xomskiy va boshqa tilishunoslar
tomonidan oldinga surilgan til qoidalari mazkur mashinaga beriladigan vazifa deb
hisoblanib, mashina grammatik jihatdan to‘g‘ri va noto‘g‘ri gaplarni ajratishni
belgilaydi. Yoki mashinaga gap tuzilishi bo‘yicha pragramma kiritib, uni barcha
mavjud bo‘lgan gaplarni tuza olishini va ularni barchasini grammatik jihatdan to‘g‘ri
bo‘lishini ko’rish mumkin. Shunday mashina tuzilishi hozirgi nazariy jihatdan qiziqish
uyg‘otadi, agar mashinaga inson faoliyatiga biron bir narsani qilishiga pragramma
kiritilsa, unda mashina o‘z faoliyatida ma ‘lum qoidalaga rioya qiladi, va ular o‘ziga
xos psixologik ekvivalentlarga ega. Agar lingvistik qoidalar tizimi asosida tuzilgan bu
dastur muvaffaqiyatli chiqsa, bu tizimda o‘z aksini topgan lingvistik bilimlar
psixologik jihatdan o’rinli ekanligi aytib o’tiladi.