Pahlavon Mahmud
(1247-1326)
Mazmunan boy va teran, shaklan pishiq va go‘zal falsafiy
ruboiylari tufayli «Xorazm Xayyomi» nomi bilan shuhrat
qozongan bu ulug‘ inson Pahlavon Mahmud, Puryorvaliy (
ایروپ
ی
یلو
) deb Mazmunan boy va teran, shaklan pishiq va go‘zal
falsafiy ruboiylari tufayli «Xorazm Xayyomi» dovrug‘ taratgan
hassos shoir, yengilmas pahlavon va mashhur avliyodir. Eron,
Hind kabi ko‘plab Sharq mamlakatlaridagi kurash
musobaqalarida qatnashib, hamisha zafar quchgan, bir umr
kuragi yerga tegmay, mamlakatning birinchi polvoni,
pahlavonlar peshvosi bo‘lgan.
Ko‘pgina manbalarda shoirning «Kanz ul-haqoyiq» («Haqiqatlar
xazinasi») nomli masnaviysi borligi aytiladi. Ammo Yo.
Ishoqovning ma’lumot berishicha, eronlik olim Said Muhammad
Ali Safir 1967 yili uni Mahmud Shabustariyga nisbat berib, nashr
ettirgan.
Pahlavon Mahmud «din nazariyasi, falsafa va mantiqqa doir bir
necha risolalar yozgan» bo‘lsa-da, ular hozirgacha topilgan
emas. Pahlavon Mahmudning vasiyatiga ko‘ra shogirdlari uni
o‘zining po‘stindo‘zlik do‘koni atrofiga dafn etganlar.
Keyinchalik u qabr ustida maqbara tiklanib, avliyo poyiga
Qo‘ng‘irot urug‘idan bo‘lgan Xiva xonlari ko‘milgan. Bu maqbara
nodir me’morchilik yodgorligi sifatida mana necha asrdirki,
barchaning diqqatini o‘ziga tortib kelmoqda. Dunyoning turli
burchaklaridan kelayotgan sayyohlar bu buyuk insonning
qabrini ziyorat qiladilar. Maqbara devorlariga shoir ruboiylari
darj etilgan.
Pahlavon Mahmud Xivadagi futuvvatchilar jamoasining
boshlig‘i, javonmardlar peshvosi bo‘lgan. Uning o‘zi ham
mardlik va saxovatning eng oliy namunalarini ko‘rsatib,
boshqalarga ibrat bo‘lgan. Ruboiylarida futuvvatning nazariy
qoidalarini bayon qilgan.
Ma’lumki, javonmardlikka ko‘proq pahlavonlar talabgor
bo‘lganlar. Shu jihatdan, Pahlavon Mahmud pahlavonlarni
tarbiyalovchi ustozgina bo‘lib qolmay, balki javonmardlik
odobini o‘rgatuvchi pir ham edi. Javonmardlarning shiori
dunyodagi yovuzlikning barcha ko‘rinishlariga qarshi hamisha,
hamma yerda ezgulikni himoya qilish, targ‘ib etish va qo‘llab-
quvvatlashdan iborat. Bu g‘oyalar Pahlavon Mahmudning
ko‘pgina ruboiylarida o‘z aksini topgan.
Pahlavon Mahmud hayoti va ijodini o‘rganish, ruboiylarini
topib, xalqqa yetkazishda taniqli olim va zabardast mutarjim
To‘xtasin Jalolovning xizmatlari katta. Shoir ruboiylarini,
shuningdek, Muinzoda, Vasfiy, Ulfat, Boqir, M. Abdulhakim kabi
tarjimonlar ham tarjima qilganlar. Yo. Ishoqov, H. Homidiy, N.
Komilov, S. S. Buxoriy, M. Hasaniy, Y. Jumaboyev kabi olimlar bu
buyuk vatandoshimiz adabiy merosi va tarjimai holini ma’lum
darajada tadqiq etganlar.
Pahlavon Mahmud ruboiylari badiiy tasvir vositalariga boy,
xalqona sodda va yengil uslubda, ifoda tarzi aniq va lo‘nda,
o‘ynoqi, sershiddat tuyg‘ularga yo‘g‘rilgan. Barcha Sharq
shoirlari kabi Pahlavon Mahmud ham ikki ulug‘ manba —
Qur’oni karim va Hadisi sharifdan ta’sirlangani, ulardan
ilhomlanib qalam tebratgani qudsiy nafas ufurib turgan
ruboiylaridan shundoqqina sezilib turadi. Ayniqsa, ilohiy ishq
tarannum etilgan va vahdati vujud falsafasini tushuntirishga
bag‘ishlangan she’rlarida bu narsa yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Lekin shoir faqat ilohiy mavzular bilangina chegaralanmay,
zaminiy dardni ham qalamga olgan. Pahlavon Mahmud
ruboiylarida ilohiy va dunyoviy dard ko‘pincha birga, o‘zaro
qo‘shilib zuhur etadi.
N. Komilov: «Pahlavon Mahmud ruboiylarini to‘rt guruhga
bo‘lish mumkin: birinchisi — zamona ahlidan nolish, ijtimoiy
tengsizlikni ifodalovchi ruboiylar; ikkinchisi — tariqat suluki
haqida yozilgan ruboiylar; uchinchisi — vahdati vujud falsafasi
asoslarini tushuntiruvchi ruboiylar va to‘rtinchisi — ilohiy ishqni
tarannum etgan ruboiylar», — deb yozgan edi. Kezi kelganda,
biz shu paytgacha shoirning axloqiy qarashlariga nisbat berib
tadqiq etgan pand-nasihat ruhidagi ruboiylari aslida futuvvat
ruknlarining she’riy ifodasidan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tish
lozim. Ha, bunday she’rlarida u javonmardlar axloqini targ‘ib
etgan, ulardan ibrat olishga chaqirgan.
Eron olimi Said Nafisiy: «Futuvvat - juvonmardlik guruhining
peshvolaridan biri mashhur shoir Pahlavon Mahmud
Xorazmiydir», deydi.
Darvoqe, Pahlavon Mahmud po’stindo’z va telpakdo’z dedik,
chunki u tariqat pirlaridan edi. Hazrat Bahouddin matoga gul
solish kasbi bilan mashhur bo’lgan. Zero, tariqat pirlari ma’lum
bir kasbni o’rganib, shundan rizq-ro’zlarini o’tkazgan.
Payg’ambar alayhis-salomning: «Qur’onni o’qib, unga amal
qilinglar. Undan uzoqlashib ham ketmanglar, uning ma’nosiga
chuqur etaman deb, xato va mubolag’aga berilmang, uni
tirikchilik vositasi qilib, molu dunyo orttirishga ham
o’tmanglar», hadislariga tariqat pirlari amal qilganlar.
Naql qilinishicha, Pahlavon Mahmud Eron va Hindistonda ancha
yillar yashagan. Ma’rakalarda kurash tushgan va uni hech kim
enga olmagan. Pahlavon Mahmud oliyhimmat, mard, saxiy,
vatanparvar inson bo’lgan.
«Manoqiba»dagi xabarga ko’ra, Pahlavon Mahmud Hindiston
xalqi tomonida turib, Hindiston dushmanlariga qarshi jangda
ishtirok etibdi. Jang payti o’z jonini xatarga qo’yib bo’lsada,
Hind shohi Ray Ropoy Cho’pani o’limdan qutqaradi. Shunda
shoh Pahlavon Mahmudning bemisl bu jasorati, mardligini
taqdirlamoqchi bo’lib: «Tila tilagingni!», debdi. Pahlavon
Mahmud: «Ey buyuk shoh! Bundan ancha yillar muqaddam
mening vatandoshlarim - xorazmiylar bu erga asir qilib olib
kelingan. O’shalarni ozod etsangiz. Birdan bir tilagim shu!»,
debdi. Shoh hayron bo’lib: «Ey himmati baland pahlavon! Agar
yarim davlatimni tilaganingda edi, uni gap-so’zsiz senga in’om
qilgan bo’lurdim. Agar sohibjamol qizimni o’z nikohingga
olmoqni so’raganingda edi, seni o’zimga kuyov etib, toju
taxtimni senga bag’ishlagan bo’lurdim. Zero, jasorating ulkan
mukofotga munosibdir. Mayli, tilagingni bajo keltirdim.
Vatandoshlaring ozod! Ularni Xorazmga borgunlaricha egulik
oziq-ovqat, kiyim-bosh, ulov bilan ta’minlashni ham
buyuraman!», debdi.
Pahlavon Mahmud shohga qarab quyidagi ruboyisini o’qibdi:
O’z nafsiga kim bo’lsa amir,uldir – mard.
Xam o’zgaga bo’lmasa haqir, uldir – mard.
Utmak sira mag’lubni teppb mardlik emas,
Tutsa qo’lidan zabunni er, uldur — mard.
Do'stlaringiz bilan baham: |