Buxoro Davlat Universiteti 9-2 uzb s-20 guruh talabasi Nishonaliyeva Ra’noning



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana28.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#414965
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi

Matnazar Abdulhakim tarjimasi 
Jonam ba fidoiy on, ki u ahil buvad, 
Sururi qadamash nihi agar sahl buvad. 
Xoji, ki bidoni yaqin do’zaxro 
Do’zax ba jahon suhbati noahil buvad. 
Mazmuni : 
Ahil bo’lgan odamga jonim fido bo’lsin, 


Uning qadami boshim - u kezimda bo’lsa ham, bu menga 
yengildur. 
Agar do’zaxni aniq ko’rishni istasang, 
Dunyo do’zaxi bu – noahil odam suhbati. 
Shoirning bu ruboiysi “zamon ahlidan nolish va ijtimoiy 
tengsizlikni ifodalovchi ruboiylar” guruhiga kiradi . Ushbu 
ruboiyning mazmun - mohiyati odamlarni ahillikka chorlash 
hamda birlikka chaqirishdir. 
Pahlavon Mahmud Chingizxonning qonli yurishlari natijasida 
mamlakatga yetkazilgan og`irjarohatlar hali bitmagan bir davrda 
yashagan. Bu davr O’rta Osiyo va ayniqsa, Xorazm tarixining eng 
og‘ir davri edi. Pahlavon Mahmud Vatan boshiga tushgan bu 
sonsiz-sanoqsiz balolar,to‘fonlarning shohidi bo‘lgan. Shoir 
mana shu tarixiy baxtsizliklarni bir ruboiyga sig‘dirib, uni obrazli 
tasvirlangan; 
Davron g’amidan ko’zumni giryon ko’rdum, 
Har ranj- u balo borki, bearmon ko’rdum. 
Nuh mingga kirib, ko’rgan edi bir to’fon, 
Men Nuh emasmas - da, mingta to’fon ko’rdum. 
Mazmuni : 
Dunyo g’amidan ko’zimda yosh ko’rdim, 


Neki balo bo’lsa, bearmon ko’rdim. 
Nuh ming yil yashab ko’rdi birgina to’fon, 
Men Nuh emasman, lek ming “to’fon” ko’rdim. 
Ushbu ruboiy ham zamondan nolish tipidagi ruboiylar sirasiga 
kiradi. Ruboiyda Nuh payg`ambar bilan bog’liq to`fon rivoyatiga 
ishorat berilgan va bu obraz orqali shoir talmeh san’atini ham 
qo’llagan. 
Filning kuchi senda bo’lsa ham mo’rdek bo’l, 
Har ikki jahon mulki bilan o’rdek bo’l. 
Ko’rsang - da hayotda aybini har kishining, 
Hech narsani sezmaguvchi bir ko’rdek bo’l. 
Qitoliyning tariqat suluki (yo’l ; axloq ; solikning tariqat yo’liga 
o’tish jarayoni) ruhida yozilgan ushbu ruboiysida insonlarni 
kuchi filnikidek bo’lsa ham o’zni kamtar tutishga, ikki jahon 
mulkining sohibi bo’lsa ham yalang’och gadodek yurishga, 
birovlarni aybini sezmaguvchi ko’rdek bo’lishga, ya’ni birovdan 
ayb qidirmaslikka keng da’vat etadi. 
Aqli uqalo payravi his kay gardad, 
Zar az hasadi hasud mis kay gardad. 
Nomard sag ast, mard daryoyi muhit 
Daryo badahoni sag najis kay gardad. 


Mazmuni : 
Oqil odamlarning aqli qachon hisga tobe bo’ladi ?! 
Oltin hasadchining hasadidan qachon mis bo’ladi ?! 
Nomard itdir, mard katta daryo 
Daryo qachon it og’zidan iflos bo’ladi ?! 
Ushbu ruboiyda yozilishicha, oqil, dono odam hech qachon 
hisga berilmaydi, chunki bungauning aqli bunga yo’l qo’ymaydi. 
Oqil hisga beril-maganidek, hasadchining hasadidan ham oltin 
misga aylanmaydi. Shoir nomard insonlarni itga mengzaydi, 
mard esa katta daryoga qiyoslanadiva bu daryo hech qachon 
itning og’zidan iflos bo’lmaydi. Daryo suvi teskari oqmaganikabi 
mardham o’z ahdida hech qaytmaydi. Shoir ushbu ruboiysi-da 
tashbeh va irsolu masal badiiy san’atlaridan juda mohirona 
foydalangan. Pahlavon Mahmud ko’pgina ruboiylarida oqillik, 
mardlik,jasurlikni, muhtojlarga beminnat saxovat ko’rsatishni, 
o’zi uchun esa hech narsa ta’ma qilmasliknitarg’ib etgan hamda 
botinda ilohiy ma’rifatni kashf etish, riyozat bilan irfoniy 
kamolot sari borishni hidoyat etadi : 
O’z nafsingga bo’lgin amir, shunda mardsan 
O’zgalarga bo’lma haqir, shunda mardsan. 
Yiqilganni tepib o’tish mardlik emas, 
Aftodaga bo’lsang dastgir, shunda mardsan. 


Mard uldirkim, o’z nafsining amiridir, ya’ni u o’z nafsini 
boshqara oladi ; o’zgalarga bo’lmas haqir, ya’ni u boshqalarga 
aslo razillik, tubanlik qilmaydi. Yiqliganni tepib o’tgan mard 
emas,balki nochor, abgorlarga yordamchi va homiy bo’lmoq 
mard ishidir. Qitoliy nazdida, inson birtariqatga kirishi uchun , 
avvalo , mard va oqil bo’lmog’i darkor. Shundagina u haqiqiy 
murshidlikdarajotiga oson erisha oladi. 
Pahlavon Mahmud har bir ash’orini juda falsafiy bitadi , 
mushtariylarni chuqur mushohada qilishga undaydi. Uning har 
bir baytining zamirida chuqur mazmun yotadi. U insonlarni 
komillikka, saodatga chorlaydi. Ruboiylari orqali xalqqa tariqat 
va vahdat ul- vujuddan saboq beradi hamda ularni ilohiy ishqqa 
o’rgatadi 
Gul qo’lda , qadah bongi quloqda bo’lsin ! 
Dunyo g’amidan kech – u uzoqda bo’lsin ! 
Suv nag’masi ostida , bulut soyasida 
Jom qo’lda mudom , ko’za quchoqda bo’lsin ! 
Ushbu ruboiyni ikki usulda tahlil qilish mumkin. Birinchi tahlil 
quyidagicha , ushbu ruboiyda dunyoning g’amlariga tupurib 
yashash, undan uzoq yurish kerakligi aytilgan. Buning soz davosi 
esa bulut soyasida va jilvalanayotgan suvning yonida doim 
ko’zani quchib, jomni bo’shatmayichishdir. Ikkinchi yondashuv 
bo’yicha bu tasavvufiy yo’g’rilgan, tariqat suluki asosida 
yozilganruboiydir. Tasavvufda qadah, jom – ko’ngil yoki so’fiy 
qalbini bildiradi, dunyo esa nafsoniy xuruj, shaytoniy istaklar 


makonidir. Shuning uchun ham ruboiyda o’tkinchi dunyoning 
g’am - g’ussalariga e’tibor bermaslikka, ulardan kechishga, o’zni 
uzoq tutishga da’vat etilgan. 
Gul – Alloh go’zalligi, ma’shuqa timsoli, orif yuragida paydo 
bo’ladigan dard va alam.Qitoliyning ko’plab ruboiylarida tuban, 
bevafo va o’tkinchi dunyoga ko’ngil bermaslik va buning asosiy 
davosi maydan mast-u sarxush bo’lishlik bosh mavzu qilib 
tasvirlanadi : 
Bosh bo’lsa tiniq, xush yoqadi toza sharob 
Kayf oshsa agar oqqusi ko’z yoshi shitob. 
Chunki bu tuban dunyo vafoni bilmas, 
G’amdan qutulib, quvonchga payvasta bo’lar. 
Quyidagi ruboiyda esa Puryoyvaliy umr hech qachon bir tekisda 
kechmasligini, u goh shirin,goh taxir bo’lishini insonlarga 
tushuntiradi. Lekin bu narsalar oqilning g’am chekishiga 
umumanarzimaydi, ammo bu dunyoda xor- u zor yashash unga 
og’irlik qilishini baytda qistirib o’tadi : 
Umring mayi goh shirin, gohi taxir 
Goh atlas - u goh bo’z bo’lar egningda, axir. 
G’am chekkali arzimas bular oqil uchun 
Bu dunyoda xor - u zor yashash unga og’ir. 


Pahlavon Mahmudning juda ko’p ruboiylari pandnoma tarzida 
yozilgan. Kishilarni hidoyatga boshlovchi, barkamollik sari 
yetaklovchi ruboiylari talaygina : 
Se sad Ko’hi Qofro ba hovan sudan 
Nuh Toqi falak ba xuni dil andudan. 
Sad sol asiri bandi zindon budan 
Beh zon ki damo hadami nodon budan. 
Mazmuni : 
Uch yuzta Ko’hi Qofni kelida tuymoq 
To’qqiz osmonni yurak qoni bilan bo’yamoq, 
Yuz yil zindonda asir bo’lib yotmoq 
Bir lahza nodon bilan hamsuhbat bo’lmoqdan yaxshidur. 
Shoir ushbu ruboiy orqali nodon , johil va kaltafahmlikni qattiq 
qoralaydi. Zimdan xalqni ilmolishga da’vat etadi. Shoir uchun 
nodon bilan bir lahza hamsuhbat bo’lishdan o’tadigan og’ir jazo 
yo’qdir. Undan ko’ra uch yuzta Ko’hi Qofni kelida tuyish, to’qqiz 
osmonni yurak qoniga bo’yash va bir asr zindonda asir bo’lib 
yotish afzaldir. 
Badfe’l kishi hamisha dilxasta bo’lar 
Unga talab eshigi mudom basta bo’lar. 
Gar yaxshi - yomon bilan chiqishsa har kim 


G’amdan qutulib, quvonchga payvasta bo’lar. 
Mazmuni : 
Badfe’l dam doim dil og’ritguvchi bo’lar 
Unga talab eshigi hamisha bog’liq bo’lar. 
Kimki ham yaxshi, ham yomon bilan chiqishsa 
G’am ko’rmay, quvonch ila hamroh bo’lar. 
Ruboiydan shu narsa ko’rinib turibdiki, shoir badfe’llikni 
qoralab, insonlarni samimiylikka va ahillikka chorlamoqda. Bu 
ham shoir ijodidagi pand-noma ruhida yozilgan ruboiylardan 
biridir. 
Kimni qarama katta gapirgay so’zni 
Tortishni tilar guldek o’ziga ko’zni. 
O’z soyam ila so’zlashaman men tun - u kun 
Ko’rgan kabi oyinada go’dak o’zni. 
Qitoliyning ushbu ruboiysida zamon ahlidan nolish ruhiyati 
yaqqol ko’zga tashlanadi. Shoir dastlabki baytida insonlarning 
katta gapirib gerdayishi hamda boshqalarning e’tiborini o’ziga 
jalb qilishi kabi illatlarni qattiq qoralaydi. Natijada shoir o’z 
soyasidan yaxshi sirdosh topolmaydi va tun - u kun u bilan 
so’zlashadi. Oxirgi misrada u oyinada o’zini go’dak timsolida 
ko’radi. Bu esa shoirning illatlardan xoli ekanligini, ruhan pokligi 


va ma’nan uyg’oqligini ko’rsatib turibdi.Shoiro’zini go’dakka 
qiyoslab go’zal tashbih qiladi. 
Pahlavon Mahmud she’riyatda ham, falsafada ham Umar 
Xayyomning zakovatli davomchisidir. Fors adabiyotida 
Xayyomdan so‘ng faqat ruboiy yozgan boshqa bir shoir yo‘q. 
Pahlavon Mahmud Xayyomning falsafiy va badiiy g‘oyalarini 
rivojlantirgan, unga o‘z asri ruhini bergan. 
Pahlavon Mahmud ruboiylarini o‘qigan kishi o‘zini qandaydir 
ma’naviy pokiza, ruhiy tetik va ulug‘vor his etadi, chunki bu 
ruboiylarda shu ruh singdirib yuborilgan. 
Pahlavon Mahmud ruboiyotida o‘zining barakali aksini topgan 
shaxs irodasi hamdaumum manfaatlari, qaynoq ehtiroslar 
hamda bu ehtiroslarni mo‘tadillashtirguvchiyakka shaxs murod-
maqsadlari bilan boshqalarning istak hamda orzu-umidlarini 
sbatiga jiddiy e’tibor qaratilganligining guvohi bo‘ldik. 
Bu manbalarda ta’kidlanishicha, yakka odamning umum jamoa 
bilan,muayyan shaxsning mavhum mezonlar bilan, 
tuyg‘ularning aql bilan, shuningdek,mavjud jihatlarning yuz 
berishi zarur bo‘lgan jihatlar bilan munosabatlaridagi 
muvozanat va mutanosiblik nihoyatda muhimdir. Mazkur 
masalalarga tegishli ohanglarning Pahlavon Mahmud ijodida 
ham yaqqol barqurib turishi buyuk mutafakkir bobomizning 
umumjahoniy tafakkur mevalaridan, jumladan, birinchi 
navbatda (albatta Qur’oni Karim hamda hadisi shariflardan 
keyin) yunon falsafasining antik asarlaridan bahramand 


bo‘lganligini ko‘rsatadi. Shunisi ayonki, javonmardiylik ahd bel 
bog‘ini bog‘lagan har bir insonning umumxalq manfaatlariga 
xizmat qilishi masalasi mazkur tariqatning mohiyatini tashkil 
etadi. 
Bu tariqat odobining barcha fazilatlari, xislat-xususiyatlari, 
talablari o‘zgalar nafsining mayllari bilan yakka shaxs nafslari 
mayllarinin gmuvozanatini ta’minlash ehtiyojidan kelib chiqib 
tarkib topgan. 
Yunon Antik davr tafakkur sarchashmalarining sohiblaridan 
bo‘lmish Homer,Hesiodsingari mutafakkirlarning ijodlarida 
umummanfaatlarning yakka shaxs manfaatlari bilan to‘qnash 
kelishidan bunyod bo‘lgan ziddiyatlar tahlili muhim o‘rin 
tutadi. Shunisi diqqatga sazovorki, yunon falsafasining ilm 
tonglarida nur sochgan xulosalar bilan hazrati Pahlavon 
Mahmudning teran misralarida yaqqol hamohangliklar seziladi.
Ruboiy: 
Ko‘p chekdimu dard, bo‘lmadim hech shod, darig‘, 
G‘urbatda bu jon, qilmadi faryod, darig‘. 
Afsus-nadomat yuki elkamda manim, 
Diydor qiyomatga chabarbod, darig‘. 
Ruboiy lirik qahramoning ruhi umumkayfiyat bilan ixtilofda 
ekanligi, qahramoning o‘z dardini anglamagan zamondoshlari 
bilan hamkayfiyat emasligi, el bilan shaxs o‘rtasidagi bir-birovni 
o‘zaro anglash sodir bo‘lmayotganligi sababli,mazkur zamonda 
hatto diydor ehtimoli (bu erda, ma’naviy diydor ko‘zda 


tutilayotgan bo‘lsa kerak ) ham yo‘qligi shaxs va umum 
manfaatlarinin mos emasligidan aniq xabar berib turibdi. 
Pahlavon Mahmudning ruboiyotiga jangovarlik tuyg‘usi, 
tasavvufiy odobikrom fazilatlaridan tashqari, fidokorlik, el-yurt 
uchun, do‘stu chun jondan kechish ohanglari ham muhim o‘rin 
tutadi. Biz mana shu boradagi fikrlarga ham shoir 
misralari bilan Antik davr, xususan, Homer asarlaridagi voqealar 
o‘rtasidagi ohangdoshliklarni tuyamiz. Chunonchi, Axill, garchi 
o‘z halokatini oldindan bilsa ham, Gektor bilan jangga hech 
ikkilanmasdan ravona bo‘ladi. “Olis-olislarda volidalardan, xuddi 
ushbu yerda halok bo‘lurman, jangdan tislanmagum, bilsam-da 
buni” – deydi uning halokatini bashorat qilgan otga javoban 
Axill. Umuman, yunon adabiyotida, xususan Homer asarlaridagi 
qahramonlarni jangning nima bilan tugashi unchalik 
qiziqtirmaydi. Ular uchun eng muhimi Vatan uchun, do‘st uchun 
jondan kechishgacha tayyor turish. Yunon adabiyoti 
qahramonlari, aytish mumkinki, shavkat uchun, shon uchun 
jang qiladilar. Pahlavon Mahmud hazratlari ruboiylaridan bir 
qanchasida jangovarlik ruhi oshkor va bu jihatning tarixiy 
asoslari ayon. Asoslar esa, Arastuning falsafiy, mohitana teran 
asarlari hamda qimmat fikrlaridir. 
Pahlavon Mahmudga nisbat beriladigan "Hazrati Paxlavon 
ruboiylari"ning qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA 
Sharqshunoslik institutida saqlanadi. 
Pahlavon Mahmud oʻz asrining donishmandi edi, u oʻzining 
uzoq umri davomida hayotni mushohada etib, toʻgʻri xulosalar 
chiqargan, bu hol uning ruboiylarida yorqin aks etib, ularni 
hikmatli soʻzlar darajasiga koʻtargan. Mana shulardan biri: 


Qora tosh sira ham boʻlmas lojuvard, 
Toza qalbga yuqmas aslo changu gard, 
Quloq solgin Puryoyvaliy soʻziga, 
Qoʻrqoqlardan biron chiqqanmidi mard! 
Rost aytadi bu ulugʻ donishmand, yomon odamdan faqat 
yomonlik, yovuzlik kutish mumkin, mardlikka, vallomatlikka, 
ezgulikka u qobil emas! 
Pahlavon Mahmudning nodonlardan, johillardan nafrati shu 
qadar zoʻrki, uni shoirning oʻz tili bilan aytmasdan boshqacha 
ta’bir bilan tushuntirish imkondan xorijdir.
Pahlavon Mahmudning muhabbat mavzuidagi ruboiylarini olib 
koʻraylik. Pahlavonning ishq mavzuidagi ruboiylari fikrning 
ravshanligi, mazmunning teranligi, mahbubga munosabatning 
samimiyligi, lirik qahramonning ma’shuqa rizosi uchun har 
qanday fidokorlikka hozirligi, obrazlarning rang-barangligi, 
xulosalarning favqulodda va kutilmaganligi bilan kishini 
hayratda qoldiradi. Chunonchi: 
Na choraki malomatdur vatanim, 
Ishq oʻldirdi, sevgi mening kafanim. 


Jannat bogʻlarida sen oʻtir, zohid, 
Men—mast bulbul, doʻzax mening chamanim. 
Soʻragin, goʻzalim, kerak boʻlsa jon, 
Jon emas, soʻragin hattoki imon. 
Faqat yaqinroq kel, qilma intizor, 
Sen harna istasang bergum begumon. 
Dedi yorim: «Yana nima gʻaming bor? 
Xayoling band etdi qaysi goʻzal yor?» 
Qoʻllariga berib oyna, dedimki: 
Kimning aksin koʻrsang—shu menga dildor. 
Pahlavon Mahmudning nazar-e’tiboridan molparast, 
dunyoparast, boshqacha aytganda, oltin-kumush bandalari ham 
chetda qolmagan. Mol-dunyoga, oltin-kumushga sajda qiluvchi 
bu toifa: «ema, ichma, boʻl baxil, boy boʻlmasang men kafil», 
shiori ostida ish koʻradilar. Bu toifa boy boʻladi, lekin gadodan 
battar kun kechiradi. Ular boyligini bolasidan ayaydi. Mahmud 
Pahlavon ana shu toifa ustidan istehzo qilib bunday deydi: 
Ey hoja, sen nechun buncha bexabar, 
Xayolingda kecha-kunduz kumush, zar, 
Dastmoyang-ku bu olamda bir kafan, 
Buyurganmi senga kafan, kim aytar? 


Professor To’xtasin Jalolovning Pahlavon Mahmud 
ruboiylari haqida fikrlari: 
Pahlavon Mahmud ruboiylarini oʻqigan kishi oʻzini qandaydir 
ma’naviy pokiza, ruhiy tetik va ulugʻvor his etadi, chunki bu 
ruboiylarda shu ruh singdirib yuborilgan. 
Xoʻsh, bu qudratli ruhning sarchashmasi qayerda? Bu Pahlavon 
Mahmudning shaxsiy e’tiqodlari ifodasimi yoxud biror tabaqa, 
guruhning gʻoyaviy dasturimi? 
Koʻhna manbalar, jumladan Farididdin Attorning «Tazkiratul 
avliyo» kitobida aytilishicha, bu pokiza ruh tarixda futuvvat yoki 
juvonmardlik nomi bilan mashhur bir oqimning, bir ijtimoiy 
tabaqaning dasturilamalidir. 
Juvonmardlar xalqqa beminnat xizmat qilib, muzdini haqdan 
talab qilish shiori ostida ish tutganlar. 
Eron olimlaridan Said Nafisiy «Sarchashmai tasavvuf dar Eron» 
nomli asarida: «Futuvvat — juvonmardlik guruhining ulugʻ 
peshvolaridan biri mashhur shoir Pahlavon Mahmud 
Xorazmiydir», — deb ta’kidlaydi. Shu olimning uqtirishicha, 
Oʻrta Osiyoning dovyurak isyonkorlari — sarbadorlar ham 
juvonmardlar guruhiga mansub boʻlganlar. 
XIII—XIV asrlarning bir daraja uyushgan mehnatkash tabaqasi, 
shubhasiz, shahar hunarmand-kosiblari edi. Bular temirchilar, 
qurolsozlar, misgarlar, duradgorlar, koʻnchilar, moʻynadoʻzlar, 
toʻquvchilar, tikuvchilar va me’morlardan iborat katta kuch 
edilar. Juvonmardlar mana shu hunarmandlar guruhining 
jangovar namoyandalari sifatida maydonga chiqdilar. 


Juvonmardlar guruhining hayot prinsiplari mardlik va uning 
bezagi: marhamat, shafqat, muruvvat, saxovat va olijanoblik 
asosiga qurilgan. Juvonmardlar elga xizmat qilishni, aftodalarga 
dastgir boʻlishni, muhtojlarga marhamatu zaiflarni himoya 
qilishni oʻzlari uchun sharaf deb bilganlar. 
Professor Ye. E. Bertel's «Soʻfizm va soʻfiylik adabiyoti» nomli 
kitobida: «Futuvvat hunarmandlarning yashirin tashkiloti» — 
deb ataydi. 
Yosh olimlarimizdan Yoqubjon Ishoqov futuvvat — 
juvonmardlik harakatidan bahs etib: «Hunarmandlar guruhining 
ilgʻor qarashlari va intilishlarini ifodalagan bu yoʻnalish oʻsha 
davrdagi ilgʻor kuchlarning ma’lum qismi uchun ma’naviy zamin 
boʻlgan» deydi. 
Pahlavon Mahmud futuvvat — juvonmardlik harakatining 
tashkilotchisigina emas, uning ma’naviy rahnamosi edi. 
Shoirning mardlik va olijanoblik ruhidagi ruboiylari shundan 
dalolat berib turibdi: 
Olam fili qaytarolmas jur’atimiz, 
Charxdan zoʻrroq qudratimiz, shavkatimiz, 
Gar chumoli kirib qolsa safimizga— 
Sher etajak uni darhol davlatimiz, 
Oʻz nafsingga boʻlgin amir, shunda mardsan, 
Oʻzgalarga boʻlma haqir, shunda mardsan,— 
Yiqilganni tepib oʻtish mardlik emas, 


Aftodaga boʻlsang dastgir, shunda mardsan. 
Ustoz Navoiy ham bu borada gʻoyat porloq bir fikr aytganlar, 
tabarruk uchun shu baytni keltiraman:. 
Muruvvat barcha bermoqdur, yemoq yoʻq, 
Futuvvat barcha qilmoqdur, demoq yoʻq. 
Pahlavon Mahmud 79 yil umr koʻrdi. (1247—1326). Oʻzining 
barakali umri davomida shoir talay tarixiy voqealarning shohidi 
boʻldi, koʻp kuzatishlar, mushohadalar oʻtkazdi. 
T. Jalolov, 1975 yil 
Ruboiylar 

Oʻzgalarni menga takyagoh qilma, 
Muhtoji vaziru podshoh qilma. 
Karamingdan qora sochim oqardi, 
Oq sochim-la zoru roʻsiyoh qilma. 



Gul yuzida bulut niqobdur hanuz, 
Koʻngillarda mayli sharobdur hanuz, 
Uxlamagin, gʻaflat vaqtimi hozir? 
May ich jono, zero oftobdur hanuz. 

Gul yogʻadi yuzlaringdan subhvor, 
Gul yogʻadi xulqingdan ham chun bahor, 
Lahza sari rangga toʻlib bu olam— 
Gul yogʻadi chehra ochib bu roʻzgor . 

Jahon chehra—ranggu roʻyi oʻzingsan, 
Aql daryo—uning suvi oʻzingsan, 
Gul bargida shabnamdayin oʻtirma, 
Bu boqchaning rangu boʻyi oʻznngsan. 



Umrimiz daraxtin past qilma, rabbi, 
Borliq sharobidan mast qilma, rabbi, 
Oʻzing karam bir-la mard yigitlarni 
Nokaslarga zeridast qilma, rabbi. 

Yiroqdan qarasam labing purxanda, 
Ozod edim, tagʻin boʻlibman banda. 
Ozodlikdan har bir banda erur shod 
Men shundan shod—senga boʻlibman banda. 

Dilim yana dilbar domiga tushdi, 
Ne dilbar, sitamgar domiga tushdi, 
Birining bandidan qutulmay hanuz, 
Boshqa laripaykar domiga tushdi, | 



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish