Buxoro Davlat Universiteti 9-2 uzb s-20 guruh talabasi Nishonaliyeva Ra’noning



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana28.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#414965
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi

Pahlavon Mahmud
 (1247-1326) 
Mazmunan boy va teran, shaklan pishiq va go‘zal falsafiy 
ruboiylari tufayli «Xorazm Xayyomi» nomi bilan shuhrat 
qozongan bu ulug‘ inson Pahlavon Mahmud, Puryorvaliy (
ایروپ
ی
یلو
) deb Mazmunan boy va teran, shaklan pishiq va go‘zal 
falsafiy ruboiylari tufayli «Xorazm Xayyomi» dovrug‘ taratgan 
hassos shoir, yengilmas pahlavon va mashhur avliyodir. Eron, 
Hind kabi ko‘plab Sharq mamlakatlaridagi kurash 
musobaqalarida qatnashib, hamisha zafar quchgan, bir umr 
kuragi yerga tegmay, mamlakatning birinchi polvoni, 
pahlavonlar peshvosi bo‘lgan. 
Ko‘pgina manbalarda shoirning «Kanz ul-haqoyiq» («Haqiqatlar 
xazinasi») nomli masnaviysi borligi aytiladi. Ammo Yo. 
Ishoqovning ma’lumot berishicha, eronlik olim Said Muhammad 


Ali Safir 1967 yili uni Mahmud Shabustariyga nisbat berib, nashr 
ettirgan. 
Pahlavon Mahmud «din nazariyasi, falsafa va mantiqqa doir bir 
necha risolalar yozgan» bo‘lsa-da, ular hozirgacha topilgan 
emas. Pahlavon Mahmudning vasiyatiga ko‘ra shogirdlari uni 
o‘zining po‘stindo‘zlik do‘koni atrofiga dafn etganlar. 
Keyinchalik u qabr ustida maqbara tiklanib, avliyo poyiga 
Qo‘ng‘irot urug‘idan bo‘lgan Xiva xonlari ko‘milgan. Bu maqbara 
nodir me’morchilik yodgorligi sifatida mana necha asrdirki, 
barchaning diqqatini o‘ziga tortib kelmoqda. Dunyoning turli 
burchaklaridan kelayotgan sayyohlar bu buyuk insonning 
qabrini ziyorat qiladilar. Maqbara devorlariga shoir ruboiylari 
darj etilgan. 
Pahlavon Mahmud Xivadagi futuvvatchilar jamoasining 
boshlig‘i, javonmardlar peshvosi bo‘lgan. Uning o‘zi ham 
mardlik va saxovatning eng oliy namunalarini ko‘rsatib, 
boshqalarga ibrat bo‘lgan. Ruboiylarida futuvvatning nazariy 
qoidalarini bayon qilgan. 
Ma’lumki, javonmardlikka ko‘proq pahlavonlar talabgor 
bo‘lganlar. Shu jihatdan, Pahlavon Mahmud pahlavonlarni 
tarbiyalovchi ustozgina bo‘lib qolmay, balki javonmardlik 
odobini o‘rgatuvchi pir ham edi. Javonmardlarning shiori 


dunyodagi yovuzlikning barcha ko‘rinishlariga qarshi hamisha, 
hamma yerda ezgulikni himoya qilish, targ‘ib etish va qo‘llab-
quvvatlashdan iborat. Bu g‘oyalar Pahlavon Mahmudning 
ko‘pgina ruboiylarida o‘z aksini topgan. 
Pahlavon Mahmud hayoti va ijodini o‘rganish, ruboiylarini 
topib, xalqqa yetkazishda taniqli olim va zabardast mutarjim 
To‘xtasin Jalolovning xizmatlari katta. Shoir ruboiylarini, 
shuningdek, Muinzoda, Vasfiy, Ulfat, Boqir, M. Abdulhakim kabi 
tarjimonlar ham tarjima qilganlar. Yo. Ishoqov, H. Homidiy, N. 
Komilov, S. S. Buxoriy, M. Hasaniy, Y. Jumaboyev kabi olimlar bu 
buyuk vatandoshimiz adabiy merosi va tarjimai holini ma’lum 
darajada tadqiq etganlar. 
Pahlavon Mahmud ruboiylari badiiy tasvir vositalariga boy, 
xalqona sodda va yengil uslubda, ifoda tarzi aniq va lo‘nda, 
o‘ynoqi, sershiddat tuyg‘ularga yo‘g‘rilgan. Barcha Sharq 
shoirlari kabi Pahlavon Mahmud ham ikki ulug‘ manba — 
Qur’oni karim va Hadisi sharifdan ta’sirlangani, ulardan 
ilhomlanib qalam tebratgani qudsiy nafas ufurib turgan 
ruboiylaridan shundoqqina sezilib turadi. Ayniqsa, ilohiy ishq 
tarannum etilgan va vahdati vujud falsafasini tushuntirishga 
bag‘ishlangan she’rlarida bu narsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Lekin shoir faqat ilohiy mavzular bilangina chegaralanmay, 


zaminiy dardni ham qalamga olgan. Pahlavon Mahmud 
ruboiylarida ilohiy va dunyoviy dard ko‘pincha birga, o‘zaro 
qo‘shilib zuhur etadi. 
N. Komilov: «Pahlavon Mahmud ruboiylarini to‘rt guruhga 
bo‘lish mumkin: birinchisi — zamona ahlidan nolish, ijtimoiy 
tengsizlikni ifodalovchi ruboiylar; ikkinchisi — tariqat suluki 
haqida yozilgan ruboiylar; uchinchisi — vahdati vujud falsafasi 
asoslarini tushuntiruvchi ruboiylar va to‘rtinchisi — ilohiy ishqni 
tarannum etgan ruboiylar», — deb yozgan edi. Kezi kelganda, 
biz shu paytgacha shoirning axloqiy qarashlariga nisbat berib 
tadqiq etgan pand-nasihat ruhidagi ruboiylari aslida futuvvat 
ruknlarining she’riy ifodasidan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tish 
lozim. Ha, bunday she’rlarida u javonmardlar axloqini targ‘ib 
etgan, ulardan ibrat olishga chaqirgan. 
Eron olimi Said Nafisiy: «Futuvvat - juvonmardlik guruhining 
peshvolaridan biri mashhur shoir Pahlavon Mahmud 
Xorazmiydir», deydi. 
Darvoqe, Pahlavon Mahmud po’stindo’z va telpakdo’z dedik, 
chunki u tariqat pirlaridan edi. Hazrat Bahouddin matoga gul 
solish kasbi bilan mashhur bo’lgan. Zero, tariqat pirlari ma’lum 


bir kasbni o’rganib, shundan rizq-ro’zlarini o’tkazgan. 
Payg’ambar alayhis-salomning: «Qur’onni o’qib, unga amal 
qilinglar. Undan uzoqlashib ham ketmanglar, uning ma’nosiga 
chuqur etaman deb, xato va mubolag’aga berilmang, uni 
tirikchilik vositasi qilib, molu dunyo orttirishga ham 
o’tmanglar», hadislariga tariqat pirlari amal qilganlar. 
Naql qilinishicha, Pahlavon Mahmud Eron va Hindistonda ancha 
yillar yashagan. Ma’rakalarda kurash tushgan va uni hech kim 
enga olmagan. Pahlavon Mahmud oliyhimmat, mard, saxiy, 
vatanparvar inson bo’lgan. 
«Manoqiba»dagi xabarga ko’ra, Pahlavon Mahmud Hindiston 
xalqi tomonida turib, Hindiston dushmanlariga qarshi jangda 
ishtirok etibdi. Jang payti o’z jonini xatarga qo’yib bo’lsada, 
Hind shohi Ray Ropoy Cho’pani o’limdan qutqaradi. Shunda 
shoh Pahlavon Mahmudning bemisl bu jasorati, mardligini 
taqdirlamoqchi bo’lib: «Tila tilagingni!», debdi. Pahlavon 
Mahmud: «Ey buyuk shoh! Bundan ancha yillar muqaddam 
mening vatandoshlarim - xorazmiylar bu erga asir qilib olib 
kelingan. O’shalarni ozod etsangiz. Birdan bir tilagim shu!», 
debdi. Shoh hayron bo’lib: «Ey himmati baland pahlavon! Agar 
yarim davlatimni tilaganingda edi, uni gap-so’zsiz senga in’om 


qilgan bo’lurdim. Agar sohibjamol qizimni o’z nikohingga 
olmoqni so’raganingda edi, seni o’zimga kuyov etib, toju 
taxtimni senga bag’ishlagan bo’lurdim. Zero, jasorating ulkan 
mukofotga munosibdir. Mayli, tilagingni bajo keltirdim. 
Vatandoshlaring ozod! Ularni Xorazmga borgunlaricha egulik 
oziq-ovqat, kiyim-bosh, ulov bilan ta’minlashni ham 
buyuraman!», debdi. 
Pahlavon Mahmud shohga qarab quyidagi ruboyisini o’qibdi: 
O’z nafsiga kim bo’lsa amir,uldir – mard. 
Xam o’zgaga bo’lmasa haqir, uldir – mard. 
Utmak sira mag’lubni teppb mardlik emas, 
Tutsa qo’lidan zabunni er, uldur — mard. 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish