Buxoro davlat universiteti 54610301 - Turizm (faotiyat turlari bo'yicha) mutaxassisligi magistratura talabasi Karimov Egamberdi Boboqul o’g’li tomonidan “Evaluating the effect of events on sustainable development of tourism in Uzbekistan” mavzusida magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga
TAQRIZ
BuxDU magistratura talabasi Karimov Egamberdi Boboqul o’g’li tomonidan tayorlangan magistrlik dissertatsiyasi O’zbekistonda barqaror turizmni rivojlantirishda turizmga oid tadbirlarning ahamiyatini baholash va bu orqali turistik korxonalar faoliyatida tadbirlarning ta’sirini tahlil qilishga bag'ishlangan. Magistrlik dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosa, foydanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovadan iborat. Uning kirish qismida dissertatsiyaning dolzarbligi asoslangan, tadqiqot maqsadi va vazifalari hamda ob'ekti va predmeti tavsiflangan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, tadqiqotning ilmiy yangiligi ko'rsatilgan, dissertatsiya tuzilishi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Theoretical aspects of event tourism” deb nomlangan, unda Tadbir sanoati va turizm sanoati o’rtasidagi bog’liqlikning nazariy jihatlari yoritilgan bo'lib, Tadbirlar tushunchasi va tasniflanishi nazariyasidagi turli ilmiy yondashuvlarining qiyosiy tahlil qilish; Festivallar va tadbirlarning o’ziga xos xarakteristikasi, turizm tadbirlari ortasidagi o’zaro bog’liqliklarni o’rganish, hamda "turizm tadbirlari" orqali turistik hududning jozibadorligini oshirish kabi masalalar tadqiq etilgan bo'lib, ushbu bob bo'yicha alohida xulosalar qilingan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “International experience of hosting events to promote tourism” deb nomlangan, bu bobda Dunyoning turli davlatlarida o’tkaziladigan yirik tadbirlariga mezbonlik qilish va ularning iqtisidiyot va turizmning rivojlanishiga ta’siri o’rganib chiqilgan, yirik tadbirlarning mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy va salbiy ta’sirlari, ushbu ta’sirlarni o’rganishda bir nechta modellardan foydalanish, tadbirlar bilan aloqador mustaqil sohalar, yirik tadbirlar strategiyasini qo’llash orqali turizmni targ’ib-tashviq qilish, rivojlangan davlatlarning tadbir turizm modellarini qiyosiy o’rganib chiqilgan.
Magistrlik dissertatsiyaning uchinchi bobi “Prospective ways to increase the importance of event tourism in Uzbekistan” deb nomlangan, bu bobda asosan O’zbekistonning turizm sohasi rivojlangan viloyatlarida o’tkaziladigan bir nechta turizm tadbirlari tanlab olingan bo’lib, bu tadbirlarning turizm rivojiga ta’sirini baholash maqsadida so’rovnomalar ishlab chiqarilib xorijlik va mahalliy turistlar fikri tadbir davomida o’rganib chiqilgan, shu bilan birga, tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilgan. O'zbekistonda tadbir turizmining ahamiyatini oshirish va rivojlanishiga ko'maklashish uchun quyidagi jihatlarga e'tibor qaratish lozimligi aytib o’tilgan:
-Xodimlar tadbirlardan xabardor bo'lishlari kerak va ko'ngillilar dasturini ishga tushirish kerak.
-Tadbir rejasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi kerak, Rejasiz taraqqiyot sekin va samarasiz bo'ladi.
-Ko'proq g'oyalar berilishi va eng yaxshi strategiyalarni tanlash maqsadida tadbirda mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etishi kerak.
-Tadbirni tashkil qilish orqali mezbon davlat tadbirni qaysi sohalarda amalga oshiradi va tegishli ma'sullarni belgilaydi, mamlakat uchun maqbul variant tanlanishi kerak.
-Turistik agentliklar tomonidan kelajakdagi mehmonlar va mahalliy sayyohlar uchun turli turpaketlar tayyorlanishi kerak. Bu sayyohlarga mezbon mamlakatning ko'plab diqqatga sazovor joylarini kashf qilish va ularda ijobiy taassurot qoldirish imkonini beradi. Shunday qilib, kelgusi yillarda sayyohlar soni ortadi.
-Tadbir haqidagi ma'lumotlar yetarli darajada targ'ib qilinishi kerak. Ushbu ma'lumotlar eng ko'p foydalaniladigan ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar, televidenie va radiolarda, shuningdek, plakatlarda taqdim etilishi kerak. Muxtasar qilib aytganda, voqea haqidagi ma'lumotlar odamlar uchun ochiq bo'lgan joyda ko'rsatilishi kerak.
-Turistlarning tadbir va mezbon davlat haqidagi taassurotlarini o‘rganish uchun tegishli muassasalar turli usullardan foydalanishi kerak. Bu sayyohlarda yaxshi taassurot qoldiradi, turistlar ularga g'amxo'rlik qilishlarini va ularning fikri inobatga olinishini ko'rsatadi. Shu bilan birga, bu yerda berilgan salbiy javoblardan mazkur muassasalar xulosa chiqarib, takomillashtirish yo‘llariga murojaat qilishlari yoki turistlarning ijobiy fikrlari, qiziqishlari va taasurotlarini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.
-Mutaxassisning fikricha, kafe va restoranlardagi narxlar davlat idoralari tomonidan nazorat qilinishi kerak, garchi tadbirkorlik subyektlari asosan xususiy bo‘lsa-da. Sayyohlardan foydalanish uchun narxlarni oshirish adolatdan emas, chunki biznes uchun bozor hali ham mahalliy. Agar korxonalar shu tarzda xizmat qilishda davom etsa, ular sodiq mijozlar bazasini yo'qotishi mumkin.
Tadqiqot davomida tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan yangi ilmiy g,oyalar quyidagilardan iborat:
- Bugungi kunda muzeyning jamiyatdagi o'rni uning vazifalaritahlil qilinib hozirgi kun muzeyining ijtimoiy madaniy qiyafasi tavsifi ilmiy nuqtai nazardan
takomillashtirilsan:
- muzey marketingining muzeyni iqtisodiy barqarorligini tashkil etishda asosiy strategiyalaridan foydalanib shu bilan muzey aiditoriyasini tashkil etish va kengaytirish mexaninrlarito'grisida yangicha yondashuvlar ishlab chiqilgan ;
-turistik hudud brendini yaratish va raqobatbardoshligi oshirishd a va Buxoro viloyati turistik brendini yaratishda innovatsion muzey xizmatlarining o'rnini ko' rsati sh ga harakat qilingan ;
Magistrlik dissertatsiyasi ishi natijasi bo'yicha bir nechta amaliy takliflar
berilgan. Ayniqsa magistrantning dissertatsiya ishining 3-chi bobida tavsiya etilgan innovatsion muzey xizmatlari Buxoro viloyati muzeylarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Magistrlik dissertasiya ishini yozishda juda ko'p xorijiy adabiyotlardan foydalanilgan, shu bilan bir qatorda, mahaliy adabiyotl ardagi mu mavzuga oid ma' lumotlami b atafsilroq o' rgani shni tavsiya etardim.
Umuman olganda, F.G. Kurbanov tomonidan "Mechanisms of implementation of innovative services in the museums of Bukhara region" mavzusida magistr akademik darajasini olish uchun tayorlangan dissertatsiya ishi nazariy, uslubiy va arnaliy ahapiyatga ega bo'lib, uni yuqoriy ball bilan a'lo baholashni tavsiya etaman.
Magistratura bitiruvchi esa 5,4.610301 Turizm (faoliyat turlari bo,yicha) mutaxassisligi bo'yicha "Magistr akademik darajasi"ni olish uchun sazovor deb, hisoblayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |