III.3.Qadimgi sharq va antik davr qulchiligi umumiylik va o`ziga xoslik.
Qadimgi Sharq qulchiligi va antik qulchilikning farqlari.Yuqoridagi
masalalarni farqlari.
Yuqoridagi masalalarni ko`rib chiqish jarayonida shunday xulosalarga
kelishimiz mumkin. Xammurapi va Xett qonunlaridan oila qulchiligi borasidagi
munosabatlar yumshoqroqdir, ya`ni oila boshlig`ini oila a`zolariga bo`lgan
munosabati qonunlardagi moddalarda aniq ifodalangan. Lekin O`rta Ossur
qonunlarida buni alohida aytish kerakki, ayollar va qizlarga bo`lgan munosabat
ancha shavqatsizdir. Buni biz yuqoridagi qonunlarning ayrim moddalari tahlili
misolida ham ko`rib chiqdik. Manu qonunlari ham O`rta Ossur qonunlari kabi,
past tabaqa vakillari hisoblash qullarining ahvoli nihoyatda qiyin ekanligini
moddalar orqali namoyon qiladi. Antik davlatlar bo`lgan Yunoniston eramizdan
avvalgi VIII-VI asrlar aynisa, muhimdir, bunga sabab bu davrdan boshlab
Yunoniston quldorlik orqada antic munosabatlari tarkib topmoqda edi. Qadimgi
Yunonistondasinfiy jamiyat tarkib topgan vaqtda uning tarkibida, dehqon
jamoatchilar yo`q edi, ularni o`rniga polislar- shahar davlatlar paydo bo`ldi
83
.
Shuning o`zi Yunonistonda va rimda quldorlik munosabatlarining tezroq taraqqiy
etishiga sharoit yaratib berdi. Antic quldorlik jamiyatning Qadimgi Sharqdan farqi
shu ediki, bunda ishlab chiqarish negizida quldorlik munosabatlarining
rivojlanishiga to`sqinlik qiladigan dehqon –jamoachilar mehnati yo`q edi. Bu hol
shunga olib keldiki, Yunonistonda quldorlik jamiyati taraqqiyoti qadimgi sharq
mamlakatlaridagi quldorlik jamiyati taraqqiyotidan uzib ketdi. Shuning uchun
ham eramizdan avvalgi V asrda Yunoniston va Rimda iqtisodiy hayot jadal
rivojlandi.
Bu rivojlanish antik quldorlik jamiyatining rivojlanishi asosi bo`lgan antik
qulchilik bo`lib hisoblanadi. Qadimgi Yunoniston Rimda davlatmand xo`jayinlar
o`z xo`jaliklarida qullar mehnatidan foydalanadigan qaram aholi yoki yetarli
miqdordagi kambag`allar shu joyda yo`qligi sababli chetdan keltirilgan qullarni
83
FomchenkoA.P. Qadimgidunyotarixidanmetodikqo`llanma. B.76
.
66
ko`plab sotib ola boshlaganlar. Katta-katta bozorlari mavjud bo`ldi Yunoniston va
Rimda qullarning shakllari quyidagicha:
1.
Harbiy urushlar natijasidagi qullar
2.
Qaroqchilik natijasida qulga tushirilgan qular
3.
Qarzi evaziga qullarga aylantirish
4.
Qonunni buzgani uchun jazo tariqasida qullarga aylantirilgan kishilar
5.
Bozordan sotib olingan qullar
Shunday qilib, arxaik davrida yunon polisarida qullikning emg sof va keskin
ko`rinishi paydo bo`lib rivojlangan va u antiл qullik deb nom olgan edi
84
.
Yunoniston va Rimda qullarni hech qanday yuridik jihatdan huquqlari yo`q edi.
Hatto, ular oila qurish huquqiga ha ega emasdilar. Xo`jayinlari xoxlasa ular oila
qurishi mumkin, lekin xo`jayin xoxlaganvaqtda ularni ajratishi mumkin. Boylarga
qarashli qullar juda og`ir mehnatqilganlar, faqatgina davlat qullarinigina axvoli
bir oz yaxshiroq bo`lgan. Qadimgi Sharq mamlakatlaridagi qulchilik bilan
Yunoniston va Rim qulchilikning asosiy farqi bu uy qulchiligini Qadimgi
Sharqda mavjudligi va uzoq vaqt saqlanganligi, bu holat quldorlik
munosabatlarining ham rivojlanishiga to`sqinlik qilgan. Shuning uchun ham
sharq mamlakatlarida quldorlik munosabatlari sekin o`sib brogan. Yuridik
jihatdan qullarni Sharqda ma`lum darajada huquqi bo`lgan.
Oila qurish masalasida masalan, Xammurapi qonunlarining 170,175,176
moddalarida qullar bilan oila qurish haqida aytib o`tilgan. Demak, Sharqda
qullarning oila qurish, qullar bilan oila qurish ta`qiqlanmagan. Lekin hamma
davlatda ham Qadimgi Sharqda o`zgacha Xammurapi qonunlarining 217
moddasida: “Agar biror kishini quli bo`lsa, davolagan kishiga ikki sikl kumush
berishi kerak, bu davolash uchun, albatta. Antic qulchilikda biz qullardagi
munosabatni bunday hollarini ko`ramiz. Shuning uchun ham Spartada, Rimda
qullarni katta qo`zg`alonlari bo`lib o`tdi. Bu qullarni shavqatsiz ezishni, “jonli
84
О.В. Кудрявцев .Эллинтический мир.С.150
.
67
tovardek” munosabatda bo`lganliklari uchun bo`lgan edi
85
. Shunday qilib,
yuqorida biz Qadimgi Sharq mamlakatlaridagi qonunchilik va ushbu qonunlarda
qulchilikning ifoda etilishi bilan tanishdik. Demak, ko`rib o`tilgan davlatlardagi
qulchilik ko`rinishlari turlicha , ba`zi hollarda esa ma`lum darajada o`xshash
hamdir. Qonunlarni qay tartibda tuzilishi o`sha davlatning ijtimoiy-siyosiy
tuzilishiga tabiiy- iqtisodiy rivojlanishiga bog`liq ravishfa tuzilgandir.
Qonunlarni tuzilishi bir qadar o`sha davrdagi xukmdorga, uning olib borayotgan
siyosatiga ham bog`liqdir.
Umuman olganda Xammurapi, Xett, Ossuriya, Manu qonunlari o`sha davr
hayotini barcha sohalarini o`rganish uchun eng muhim manba bo`lib bizga va
kelajak avlodga xizmat qiladi.
85
О.В. Кудрявцев. Эллинтические провинции Балканского полу острова во втором веке нашей эры. М.1954.
с.128.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |