GLOSSARIY (IZOHLI LUG`AT)
HOKIMIYATNING UCH ASOSIY TARMOG’I - davlat hokimiyatining
taqsimlanishi tamoyili, ya’ni davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijroiya va
sud hokimiyatiga bo’linishi demokratik huquqiy davlatga xosdir.
HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT - jamiyat taraqqiyoti va davlat
shakllarining rivojlanishi jarayonida yuzaga kelgan, davlatni tashkil qilishning eng
mukammal shakli va mazmuni. Huquqiy demokratik davlat uchun kurash bundan
to’rt-besh asr muqaddam boshlanib, faqat XX asrning ikkinchi yarmida haqiqatga
aylana boshladi.
FUQAROLARNING O’ZINI-O’ZI BOSHQARISH ORGANLARI - O’zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasining 105-moddasi va «Fuqarolarning o’zini-o’zi
boshqarish organlari to’g’risidagi Qonunning 1-moddasiga binoan, shahar, qishloq
va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi
mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini-o’zi boshqarish organlari.
O’ZBEKISTONDA SUD HOKIMIYATI - mamlakatimiz davlat hokimiyatining
uch mustaqil tarmoqlaridan biri hisoblanib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatlardan, shuningdek, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlaridan
mustaqil ish yuritadi. Sud hokimiyatini mamlakatimizda Konstitusiyaviy sud, Oliy
sud, Oliy xo’jalik sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog’iston
Respublikasi Xo’jalik sudi, Toshkent shahar sudi, viloyat sudlari, shahar va tuman
sudlari amalga oshiradi. to’rtinchi hokimiyat - jamiyatdagi ommaviy axborot
vositalari (OAV)ning, ya’ni gazetalar, jurnallar, radio, televideniye va ommaviy
axborot tarqatishning boshqa vositalarining jamiyat a’zolariga ta’sir kuchiga
aytiladi.
GKChP - Favqulodda holat Davlat Komiteti
MDH - Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi
BMT - Birlashgan Millatlar Tashkiloti
YEXHT - Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti
YETTB - Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki milliy qadriyatlar — millat uchun
muhim va jiddiy ahamiyatga ega jihatlar, xususiyatlar, moddiy va ma’naviy
bokliklar. Milliy qadriyatlari bo’lmagan millat yoki elat yo’q.
MILLAT — milliy qadriyatlarning sohibi; millatning tanazzuli — milliy
qadriyatlarning tanazzulidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi,
kelajagi, uni tashkil etgan 514 avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til,
ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi.
qadriyatlar — borliq, jamiyat, narsalar, voqyealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy
va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha.
Qadriyatlar bilan bog’liq masalalar hayotning eng asosiy mavzulari bo’lib
hisoblanadi.
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI (BMT) - Yer yuzida tinchlikni va
xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning va millatlarning o’zaro hamkorligini
rivojlantirish maqsadida 1945 yilda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan
g’alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashishi asosida tuzilgan
xalqaro tashkilot.
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI - tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni
mustahkamlash, o’zaro savdo-iqtisodiy xamkorlikni rivojlantirish maqsadida
tuzilgan xalqaro hukumatlararo tashkilot. 2006 yil boshlanishida oltita davlatni —
Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistonni o’z ichiga
oladi.
YEVRAZES — Yevropa—Osiyo Iqtisodiy hamjamiyati, 2000 yil oktyabr oyida
Belorussiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya va Tojikiston mustaqil davlatlari
rahbarlari imzo chekkan Shartnoma asosida tuzilgan xalqaro tashkilot.
GLOBALLASHUV (GLOBALIZASIYA) — lotincha «glob» so’zidan olingan
bo’lib, aynan uni «dumaloqlashuv», «kurralashuv» deb tarjima qilish mumkin. Yer
sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi
xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi.
VOTUM (lot. votum — xohish, iroda) – saylov jamoasi yoki vakillik
muassasasining ko’pchilik ovozi bilan ifodalangan yoki qabul qilingan fikri yoki
qarori. Masalan, saylov votumi — prezident, parlament, munisipalitet va
boshqalarga saylovlarda saylov kampaniyasining natijasi. Boshqaruvning
parlamentar shaklidagi davlatlar parlamenti amaliyotida votum — qoidaga ko’ra,
quyi palataning hukumat yoki alohida vazirning siyosiy yo’li, muayyan xatti-
harakati
yoki
qonun
loyihasini
ma’qullashi (ishonch votumi) yoki
ma’qullamasligidir (ishonchsizlik votumi). Ishonch votumi to’g’risidagi masalani
qo’yish tashabbuskori hukumatning o’zi, parlament fraksiyasi yoki deputatlar
guruhi bo’lishi mumkin. Hukumatga ishonchsizlik bildirilishi amaliyotda shu
hukumatning iste’fo berishiga va yangi hukumatni tuzishga (hukumat tangligiga)
yoki parlamentni (quyi palatani) tarqatib, parlamentga muddatidan oldin saylovlar
o’tkazishga olib kelishi mumkin. Ikkinchi variant hukumatga parlamentni
muddatidan oldin tarqatib yuborishni po’pisa qilish va shu orqali noma’qul qonun
loyihalarini parlamentdan o’tkazish imkonini beradi. Ko’plik (plyural) votum –
ayrim mamlakatlarda bunday votumga ko’ra saylovchilarning ayrim toifasi
saylovda ikki yoki undan ortiq ovozga ega bo’ladi. Bilvosita (eventual) votum –
mutanosib saylovlar tizimida ovoz berish natijalarini aniqlash tartibi, unga ko’ra
ma’lum nomzodga berilgan va saylov kvotasidan ortiqcha bo’lgan ovozlar shu
Do'stlaringiz bilan baham: |