tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga
ko‘tarildi.
Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti,
Jahon iqtisodiy forumi,
Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-
maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va
tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
O‘tgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020 yillarda
chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi o‘rni
sezilarli darajada o‘sdi. Jahon banki “Biznes yuritish 2020” yangi yillik hisobotida
(Doing Business 2020) so‘nggi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi biznes
islohotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga
kirishga imkon bergan to‘rtta islohotni amalga oshirgani to‘g‘risidagi axborotni
tarqatdi.
Mamlakatning investisiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini
mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar
bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish maqsadida 2020 yilning 2
iyunida “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini
yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning
yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha
respublika
kengashi tashkil etilishi, davlat organlarining birinchi rahbarlari
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash
uchun mas'ul qilib belgilanishi alohida qayd etib o‘tilgan hamda mas'ul davlat
organlari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tegishli
qo‘mitalari ish rejalarida O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini
yaxshilash borasida 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qo‘mita
eshituvi shaklida davlat organlarining axborotlarini eshitib borish nazorat
tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Xuquqiy
xujjatning
5-ilovasida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas'ul
davlat organlari ro‘yxati” taqdim etilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatga kiritilgan mas'ul
vazirlik va idoralar faoliyati ustidan samarali parlament nazoratini olib borish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi
Innovasion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari
qo‘mitasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlantirish
vazirligining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi
o‘rnini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti
eshitildi.
Ta'kidlash joiz, Jahon iqtisodiy forumi tahliliy guruhi har yili global
raqobatbardoshlik indeksini e'lon qiladi. Ushbu tadqiqot
qaysi mamlakatlarda
biznes eng yaxshi rivojlanganligini va bozor mavqei va potensial investisiyalar
uchun boshqa mamlakatlar bilan raqobatlasha olish qobiliyatini namoyish etadi.
2020 yilning 2 sentyabrida Global innovasiyalar indeksining 2020 yilgi hisoboti
e'lon qilindi. Ushbu hisobotga ko‘ra, so‘nggi yillarda statistik ma'lumotlarning
ochiqligi va nashr etilishi uchun infratuzilmaning sezilarli yaxshilanishi tufayli
2016 yildan buyon O‘zbekiston birinchi marta indeksga kiritilgan. Respublika
dunyoning 131 mamlakati orasida 93 ball bilan 24-o‘rinni egalladi.
Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan har ikkala indeks bo‘yicha mamlakat
reytingini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va amalga
oshirilgan.
Avvalombor, sohaning huquqiy
bazasini takomillashtirish, xususan Innovasion
g‘oyalar va loyihalarni joriy qilish hamda amalga oshirish uchun qulay sharoitlar
yaratish, ishlab chiqaruvchilar va investorlar xuquqlarini himoya qilish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasining “Cheklangan sherikliklar to‘g‘risidagi” qonun
loyihasi ishlab chiqilgan va tegishli davlat organlariga taqdim etilgan.
2020 yildan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida yillik Moliyalashtirish
hajmi 425,0 mlrd. so‘mlik 1313 ta milliy va xalqaro loyihalar amalga
oshirilmoqda. Innovasion kompaniyalarni moliyalashtirish – kraudfanding
platformasi tashkil etilgan va bugungi kunda platformaga 10 ta, shu jumladan
ijtimoiy sohada 3 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 2 ta, axborot texnologiyalar
sohasida 2 ta, zamonaviy texnologiyalar sohasida 2 ta va qishloq xo‘jaligi sohasida
1 ta loyiha joylashtirilgan. Biroq, sohada olib borilayotgan
ishlarga qaramasdan
yuqorida aytilganidek ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston
Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda. To‘g‘ri, global pandemiya boshqa
davlatlar qatorida bizning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga xam o‘zining
ma'lum bir salbiy ta'sirini ko‘rsatdi. Biroq, global iqtisodiy inqiroz davrida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuslari bilan sohani rivojlantirishga
keng imkoniyatlar yaratib berildi, sohani moliyalashtirishga alohida e'tibor
qaratildi. Bu esa o‘z navbatida barcha mas'ul davlat organlari qatorida Innovasion
rivojlanish vazirligiga samarali ishlash imkoniyatlarini yaratadi.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xayotida sohaga oid
masalalarni tizimli tahlil qilib borish, yurtimizning investisiyaviy
jozibadorligi va
xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida
xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarni joriy qilish
samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: