Qaror qiladi:
Talaba yoshlarning Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Talabalar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish.
Guruh tyutori M.A.O`roqova
Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika, Tibbiy biologiya va Xalq tabobati fakulteti talabalari ishtirokida “Giyohvandlik umr zavoli” mavzusida o’tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
16.09 .2022yil Buxoro shahar
Qatnashdilar
|
TP,TB va XT fakulteti MMIBDO‘ N.Sh.Fayzullayeva, tyutor: M.A.O`roqova, 172-271-272-261-262-263-guruh talabalari
|
Kun tartibi
Giyohvandlik umr zavoli.
Talaba yoshlar o`rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish.
Talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va vatanga bo`lgan mehrini yanada mustahkamlash
Eshitildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tyutor M.A.O`roqova so`zga chiqib talabalarga giyohvandlik to`g`risida umumiy tushunchalar berib o`tishdi. BMT Bosh Assambleyasining 1987 yil 7 dekabrda qabul qilgan rezolyutsiyasiga (№42/112). binoan har yili 26 iyunda Xalqaro giyohvandlik va bangifurushlikka qarshi kurash kuni (International Day against Drug Abuse and Illicit Trafficking) nishonlanadi. Har yitli o‘tkazilaldigan tadbirlarga aloxida nom beriladi. Bu yilgi shior “Avvalambor eshiting” deb nomlangan.
Tahlilchilarning fikricha, giyohvand moddalarning keng tarqalishi bir qator ijtimoiy muammolarga sabab bo‘ladi. Jumladan, demografik fojealarni keltirib chiqaradi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda jinoyatchilik ko‘zga tashlanadi. BMTning jinoyatchilik va giyohvand moddalar ustidan nazorat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda giyohvandlikka ruju qo‘yganlar so‘nggi dunyoda 300 million kishidan oshib ketdi. Eng ko‘p iste’mol qilinadigani nasha ekani aytiladi.
Jahonda qayd qilinadigan o‘limlarning 43ta sababidan giyohvandlik oqibatida sodir bo‘ladigan o‘lim 19 o‘rinda turadi. Giyohvandlikka qarshi kurashda ilk bor bundan yuz yillar muqaddam hamkorlik qilina boshlandi. 1909 yilning fevral oyida 13ta davlat vakillari Osiyoda giyohvand moddalar yetishtirilishiga qarshi kurash maqsadida
Shanxayda to‘planishdi. O‘shanda Shanxay komissiya tashkil etilgshan edi.
BMT Bosh Assambleyasining tan olishicha, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, jahonda giyohvand moddalar noqonuniy savdosi muammoligicha qolmoqda. Bu muammo hamon jiddiy tahdid sifatida ko‘riladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lganlar orasida qayd etiladigan o‘limlarning 1,3 foizi giyohvandlik oqibatida yuz berar ekan. Bir yilda 211 mingta o‘lim aynan giyohvandlik oqibatida kelib chiqadi. Yevropada giyohvandlik oqibatida halok bo‘layotganlarning o‘rtacha yoshi 35 yoshni tashkil qiladi. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda giyohvandlik oqibatida 1,6 million kishi VICHga mubtalo bo‘ladi. 7,2 million kishi esa gepatit C virusini yuqtirib oladi. 1,2 million kishi gepatit B virusiga chalinadi.
Giyohvand moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq xastaliklarga uchraganlar soni dunyo bo‘yicha 29 milion kishidan ortib ketgan. BMT giyohvandlik va jinoyatchilik ustidan nazorat boshqarmasi e’lon qilgan yillik hisobotda qayd etilishicha, "so‘nggi 6 yilda ilk marotaba bu borada nomutanosib o‘sish kuzatilmoqda". Hujjatda ta’kidlanishicha, sayyora katta yoshli aholisining 5 foizi, ya’ni 250 million kishi, taqiqlangan moddalarni kamida bir marta iste’mol qiladi. "Bundan tashqari, 12 million kishi giyohvand moddalarni tomiridan qabul qiladi", - deyiladi Hisobotda. Geroin giyohvandligi Shimoliy Amerika, G‘arbiy va Markaziy Yevropada tobora avj olmoqda. Kannabis moddasi eng taqiqlangan, ammo keng tarqalgan giyohvand moddasi bo‘lib qolmoqda. Uni 2014 yilda 250 million kishidan 183 millioni kamida bir marta tatib ko‘rgan. Shu bilan birga, BMT boshqarmasi, asosan G‘arb mamlakatlarida marixuanadan foydalanish hollari tobora ortib borayotganidan xavotir bildirgan.
Bangifurushlik va giyohvand moddalar iste’moli so‘zsiz aholi sog‘lig‘i va jamoat xavfsizligiga taxdid sifatida ko‘riladi. Bir qator mamlakatlarda bu illat jamiyatning barqaror rivojlanishiga xalaqit berayotganidan aslo ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Jumladan, bangilarni davolash uchun katta miqdorda mablag‘lar sarflanadi. Bu mablag‘lar davlat budjetidan ajratiladi. Mutaxassislprning xisob kitoblariga qaraganda, bugungi kunda har olti giyohvandning bittasi davolanish imkoniyatiga ega ekan. Ularni davolanishi uchun bir yilda o‘rtacha 35 milliard dollar sarflanadi. Bangilarni davolash uchun ajratiladigan sarf-xarajatlar o‘z yo‘liga. Ammo ularning jamiyat xayotiga tahdid solishlarini ham aslo yoddan chiqarish kerak emas. Shu sababli ham bangilar sog‘liqni saqlash tizimidan tashqari ijtimoiy hayotga xam muammo yaratuvchi sifatida tan olinadi.
Bangilarning qurboni har bir kishi bo‘lishi mumkin. Giyohvandlikka mubtalo bo‘lish nafaqat bir shaxsning muammosi balki, ularning oilasi, jamimyat uchun ham bosh-og‘rig‘idir.
So‘nggi yillarda jahon mamlakatlarida giyohvandlikka qarshi keng qamrovli kurash olib boriloqda. uning uchun turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bunda ijtimoiy reklamalardan ham keng foydalanilmoqda. Eng muhimi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘lida ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda.
Giyohvandlikka qarshi kurash doirasida giyoxvand moddalarni noqonuniy savdosiga chek qo‘yish ham asosiy vazifalardan hisoblanadi. Transmilliy giyohvand moddalar
savdosiga qarshi kurashda xalqaro xuquqni muhofaza qilish tashkilotlari, jumladan Interpol, Yevropol, Jahon Bojxona tashkiloti kabi tashkilotlar hamkorlikda faoliyat yuritishmoqda. Ekspertlarning fikricha, giyohvand moddalar noqonuniy savdo aylanmasi bir yilda 300 milliard dollardan 800 milliard dollarni tashkil qiladi.
Giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilik Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy barqarorligiga katta xavf solmoqda.
Giyohvandlik zamonaviy hayotning eng xavfli ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Har kuni giyohvandlik deb atalmish qo‘rqinchli qarmoqqa minglab odamlar tushib qolmoqda.
Bugun giyohvandlik girdobiga mubtalo bo‘layotganlarga qarata bir og‘iz gap aytish kerak. Hayot go‘zal, yashash yaxshi. Har qanday muammoni hal qilish mumkin. Shu sababli o‘zingizni chohga tashlamang. Agar siz o‘lim suyuqligi solingan shpritsni qo‘lingizga olar ekansiz, kelajagingizni umrbod qorong‘ulik qa’riga tashlashingizni unutmang. Unutmang qo‘lingizga giyohvand modda berilar ekan, siz yo‘q degan qatiy so‘zni ayting. Shundagina tirik qolasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |