90
Irsiyat — bu ota-onaning ayrim belgi va xususiyatlarini genlar yordamida
farzandlarga o‘tishidir. Irsiyat orqali bolalarga:
- anatomo-fiziologik tuzilma, insoniyat vakili sifatida individning tashqi
xususiyatlarini ifodalovchi nutq layoqati, to‘g‘ri yurishi, tafakkuri, mehnat
faoliyati;
- jismoniy xususiyatlari: tashqi milliy xususiyatlari, gavda tuzilish xususi-
yatlari, yuz tuzilishi, sochi, ko‘zi, terisi rangi; fiziologik xususiyatlari, modda
almashinuvi, arterial bosimi va
qon guruhi;
- asab tizimi xususiyatlari: bosh miya qurilishi, uning ko‘rish, eshitish, hid
bilish sezgilari, odat va oliy asab faoliyati turini aniqlovchi asab jarayonlari
xususiyatlari;
- organizmdagi anomal rivojlanish: daltonizm; irsiy kasalliklarga moyillik:
gemofiliya (qon kasalligi), qandli diabet, shizofreniya, endokrin kasalliklar.
Irsiyatdan tashqari shaxsni shakllanishiga ta'sir etuvchi omillardan biri muhit
hisoblanadi.
Muhit — bu inson rivojlanishi amalga oshadigan real borliq. Shaxsni
shakllanishiga geografik, milliy, maktab, oila muhiti ta'sir qiladi. Shaxsni
shakllanishiga ta'sir etuvchi omillardan biri muloqot hisoblanadi. Muloqot — bu
shaxslararo munosabatlar shakllanishidagi, odamlar o‘rtasidagi kontaktlarni
rivojlanishi va shakllanishidagi shaxsning universal faolligi hisoblanadi.
Zamonaviy fiziologiya va psixologiya fani, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan
emas, balki biror bir qobiliyatning rivojlanishiga va ro‘yobga chiqishiga ta'sir
etadigan imkoniyatlar, ya'ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan
tug‘iladi degan qarashni ilgari suradi. Layoqat shaxsning idrok, tafakkur, xotira,
tasavvur kabi psixik xususiyatlarini individualligini ifodalaydi. Agar bolaning
layoqatiga mos sharoit yaratib berilsa, bola zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, uning
layoqati rivojlanishi, aksincha sharoit yaratilmasa, u yo‘q bo‘lib ketishi ham
mumkin.
91
Shaxsni rivojlanishi faqat faoliyatda amalga oshadi. Inson hayoti davomida
hamisha turli xildagi o‘yin, o‘quv, bilish, mehnat, ijtimoiy, siyosiy, badiiy, ijodiy,
sport faoliyatida ishtirok etadi.
Faoliyat inson mavjudligining yo‘l va shakli sifatida quyidagi vazifalarni
bajaradi:
insonni hayotini moddiy sharoitlarni yaratishni ta'minlaydi;
tabiiy insoniy ehtiyojlarni qondirilishini ta'minlaydi;
tashqi dunyoni qayta shakllantirish va bilishni ta'minlaydi;
insonni ma'naviy dunyosini rivojlantirish omili hisoblanadi;
insonga hayotdagi maqsadlariga erishishlarida, imkoniyatlarini amalga
oshirish vosita
vazifasini bajaradi;
insonga ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zini namoyon qilishi uchun sharoit
yaratadi.
Shaxsni rivojlanishiga jamoa faoliyati katta ta'sir qiladi. Olimlar
ta'kidlashicha, aniq sharoitlarda bir tomondan jamoa shaxsni zo‘riqishlarini,
ikkinchidan rivojlanishi va individualligi jamoada shakllanadi. Jamoa faoliyati
shaxsni ijodiy imkoniyatlarini namoyon qiladi. Shaxsda g‘oyaviy-axloqiy
sifatlarni, fuqarolik hissini shakllanishida jamoa faoliyatining roli katta.
Shaxs rivojlanishida o‘z-o‘zini tarbiyalash muhim rol o‘ynaydi. O‘z-o‘zini
tarbiyalash o‘z faoliyatini anglangan va qabul qilingan maqsadidan boshlanadi.
Xulq va faoliyatning o‘zi tomonidan aniqlangan maqsadi, ongli zo‘riqishlarini
hosil qilib, faoliyat rejasini aniqlaydi. Ushbu aniqlangan maqsad shaxs
rivojlanishini ta'minlaydi.
Shunday qilib, insonni rivojlanishi turli biologik va ijtimoiy omillar ta'sirida
amalga oshadi. Shaxsni rivojlantiradigan va shakllantiradigan omillar alohida-
alohida emas, balki kompleks ta'sir qiladi. Turli xil holatlarda shaxsni
rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar ko‘p va oz ta'sir qiladi. Ko‘plab
mutaxassislarning fikricha, shaxsni shakllanishida tarbiyaning roli beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: