Buxoro davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar propedevtika kafedrasi


Fanlararo va fanlar ichra aloqalar



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/374
Sana11.01.2022
Hajmi2,71 Mb.
#349989
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   374
Bog'liq
terapiyada hamshiralik ishi

 

2. Fanlararo va fanlar ichra aloqalar

 



 

82 


Irsiyat. YUIK rivojlanishiga oilaviy moyilllik mavjud, bu holat ba‘zi bir xavfli omillarning nasl 

suri-shi bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin. 

Tamaki chekish. 

Qandli diabet. 

Xafaqon kasalligi. 

Gipodinamiya - kam harakatlik. 

Keksa yosh. 

Podagra. 

Klinik  ko‗rinishi-  nekroz  joylashishiga  va  uning  hajmiga,  hamda  vegetativ  nerv  sistemasining 

reflektor  buzilishlari  darajasiga  bog‗liq.  A.  Iirik  o‗choqli  miokard  infarktining  tipik  klinik 

manzarasida jarayon dinamikasini ifodalaydigan 5 davr tafovut qilinadi: 

Prodromal  davr  yoki  darak  beruvchi  davr  (infarkt  oldi  holati).  Ilgari  bemorda  kuzatilmagan 

stenokardiya  xuruji  yoki  avval  ma‘lum  bo‗lgan  og‗riq  xuruji  miqdo-rining  va  xarakterining 

o‗zgarishi  (tez-tez  tutib  turi-shi  va  kuchayishi),  davom  etishligining  cho‗zilishi  (bir  necha 

soatdan  bir  oygacha),  nitroglitserin  ta‘sirining  pasayishi  yoki  yo‗qolishi,  zo‗riqish 

stenokardiyasiga  osoy-ishtalik  stenokardiya  yoki  prinsmetal  turining  qo‗shili-shi  bilan 

ifodalanadi.  EKGda  8-T  oralig‗i  o‗rta  to‗g‗ri  (izo)  chiziqdan  Yuqoriga  yoki  pastga  1-1,5  mm 

gacha siljigani kuzatiladi. 

O‗ta o‗tkir davr - miokard sohasida ishemiya rivoj-langanidan nekroz vujudga kelguncha oraliq 

davr,  bi-rinchi  vujudga  kelgan  miokard  infarktida  95  foiz  be-morlarda,  takrorlangan  miokard 

infarktida esa - 76 foizida kuzatiladi. Xastalikning klassik yoki tipik kechishi - anginoz turi to‗sh 

suyagi  orqasida,  ko‗krak  qafa-sining  chap  tomonida  joylashgan  keskin  og‗riq  xuruji  bilan 

ifodalanadi.  Miokard  infarkti  ko‗pincha  ertalab  (uyg‗onishdan  so‗ng  katexolaminlar  miqdori 

ko‗tarilishi),  jismoniy  taranglashishsiz,  tinch  holatda^  deyarli  sabab-siz  rivojlanadi.  Og‗riq 

bosilayotgandek,  ezilayotgandek,  kengayayotganlek,  kuyayotgandek  seziladi,  aksariyat  chap 

qo‗lga, kuraklar oralig‗iga tarqaladi va 20-30 daqiqa-dan 2 soatgacha davom etadi, nitroglitserin 

ta‘sirida  yo‗qolmaydi.  Og‗riqning  vujudga  kelishi  toj  arteriyala-rining  to‗liq  yoki  qisman 

bekilishi  tufayli  ishemiya  ri-vojlanishi  bilan  izohlanadi.  Ishemiya  sohasida  modda  almashinuvi 

buzilishi  sababli  kuchli  og‗riq  bilan  birga  holsizlanish,  ko‗ngil  aynishi,  qayt  qilish,  bezovtalik, 

vahima,  o‗lim  qo‗rqinchi,  havo  etishmaslik  sezgisi,  ter-lash  kuzatiladi.  Og‗riq  xuruji  vaqtida 

bemor  harakati  to‗xtaydi,  rang-ro‗yi  bo‗zaradi,  teri  sovuq  ter  bilan  qop-lanadi,  bo‗yin  venasi 

bo‗rtib  chiqadi,  Yurak  urishi  tezla-shadi  (1  daqiqada  100-120  marta).  Arterial  qon  bosim 

pasayadi.  Miokardning  qisqarish  faoliyati  kuchsizlanishi  oqibatida  Yurak  tovushlari  bo‗g‗iq 

eshitiladi,  Yurak  uchida  "ot  dupuri"  tovushi,  ekstrasistoliya  eshitilishi  mumkin.  EKGda  8-T 

oralig‗i  ko‗tarilgan  izo  chiziqdan  Yuqori,  T-tishchasi  bilan  qo‗shilib,  monofazali egri  chi-ziqni 

vujudga keltiradi. Bu holat bir necha soatdan 3 ko`ngacha davom etadi. 

O‗tkir  davr  -  nekroz  o‗chog‗i  va  miokard  miomalyasiyasi  (Yumshashi)  shakllanishi  vaqtiga 

to‗g‗ri keladii va 2 kun-dan 10 ko`ngacha davom etadi. Bu davrda og‗riq ancha kamaya-di yoki 

butunlay yo‗qolishi mumkin. Yurak etishmovchili-gi va arteriya qon bosimining pastligi, hamda 

Yurak  ritmi  buzilishining  saqlanishi  natijasida  bemorning  umumiy  ahvoli  og‗irligicha 

qolaveradi.  Odatda  mazkur  davr  nekroz  o‗chog‗iga  yaqin  bo‗lgan  mushak  sohalarida 

yallig‗lanish holatlari bilan kechadi. Xastalikning 2-3 - kunlari-da tana harorati keskin ko‗tariladi 

(38°S  gacha)  va  5-10  kun  davom  etadi.  Ancha  davomli  reaksiya  infarkt  asora-tidan  dalolat 

beradi.  Harorat  ko‗tarilishi  bilan  birga-likda  neytrofilli  leykotsitoz  (10  000  -  12  000)  paydo 

bo‗ladi  va  3-7  kun  davomida  saqlanadi.  Isitmalash  va  ley-kotsitoz  reaktiv  holat  natijasi 

hisoblanadi  va  infarkt  o‗chog‗idan  autoliz  (emirilish)  mahsulotlari  so‗rilishiga  bog‗liq.  Biroz 

keyinchalik  ECHT  ortadi.  Nekroz  o‗chog‗idan  ba‘zi  bir  fermentlar  (asparagin  transaminaza- 

AsAT,  laktatdegidrogenaza  -  LDG,  kreatinfosfokinaza  -  KFK)  ajralib  chiqishi  natijasida  qonda 

ularning  faolligi  ko‗tariladi.  Ko‗pincha  mo‗‗tadil  glikemiya  va  disprotei-nemiya  topiladi 

(albumin  miqdori  kamayadi,  globulin  va  fibrinogen  esa  -  ko‗payadi,  patologik  S-reaktiv  oqsil 

paydo  bo‗ladi).  EKGda  ko‗tarilgan  8-T  segmenti  pastga  tusha  boshlaydi,  izo  chiziqqa  bir 



 

83 


muncha  yaqinlashadi,  chu-qur  O  tishchasi    paydo  bo‗ladi,  T  tishchasi  shakllanadi  -  manfiy 

bo‗ladi. 

O‗rtacha o‗tkir davr - 4-8 xafta davom etadi, chandiqlanish jarayoni tugallanadi: nekroz o‗chog‗i 

granulyasion (biriktiruvchi) to‗qima bilan qoplanadi. Kollaterallar rivojlanadi, vaskulyarizatsiya 

(miokardning tomirlar orqali qon bilan ta‘minlanishi) tiklanadi. Bu davrda stenokardiya xurujlari 

bo‗lib  turishi  mumkin.  Yurak  etishmovchiligi  belgilari  ko‗p  hollarda  kamayadi,  lekin 

barqarorlashi, gohida kuchayishi ham mumkin. Og‗riq yo‗qoladi, qon bosimi biroz ko‗tariladi. 2-

3  xaftadan  keyin  ko‗pchilik  bemorlarda  buzilgan  Yurak  ritmi  tiklanadi.  Nekroz  so‗rilishi 

sindromi  kamayadi:  tana  harorati,  leykotsitoz,  fermentlar  faollanishi  asta-sekin  pasayadi  va 

xaftaning  oxiriga  kelib  me‘yorlashadi.  Eritrotsitlar  cho‗kish  tezligining  Yuqoriligi  va 

disproteinemiya  nekroz  o‗chog‗i  butunlay  chandiqlanib  bitguncha  (bir  necha  xafta)  saqlanadi. 

EKGda  8-T  segmenti  izoelektrik  chiziqda  joy-lashadi,  T-tishchasi  manfiy,  patologik  chuqur  0 

tishcha-si (08) paydo bo‗ladi. 

(5)  Infarktdan  keyingi  davr  (funksional  tiklanishdavr)-Yurak  mushagida  sklerotik  o‗zgarishlar. 

rivojla-nishi  (chandiq  zichligi  ko‗payishi),  surunkali  anevrizmshakllanishi,  Yurak-qon  tomir 

sistemasining yangi sharoitda ishlashga moslashish jarayoni belgilari bilan ifodalanadi va nekroz 

hosil bo‗lgan fursatdan boshlab 3-6oy davom etadi. Miokardning zararlanmagan sohasida kom-

pensatorli  gipertrofiya  belgilari  aniqlanadi.  Yurak  etishmovchiligi  ko‗pchilik  bemorlarda 

yo‗qoladi  yoki  kamayadi.  Yurak  ritmi  buzilishi  (ekstrasistoliya)  qaytadanvujudga  kelishi 

mumkin. Bemor ahvoli Yaxshilanadi, le-kin harakatda, Yuk ko‗tarishda vaqti-vaqti bilan Yurak 

sohasida  noxush  sezgilar,  Yurakning  tez  urishi,  hansirash  bezovta  qiladi.  EKG  da  8-T  oraligi 

izoelektrik chiziqda, O  chuqur va keng, T-tishcha bir necha oy yoki yil davomida manfiyligicha 

qoladi.  Mazkur  davr  kechishi  bo‗yicha  surunkali  YUIKning  har  xil  turlarini  eslatadi.  SHuning 

uchun bemorlarga "uyga statsionar" buYuriladi yoki shahar chekasidagi kardiologik sixatgohga 

Yuboriladi (10-rasm). 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish